Abdumalikova Dilfuza Abduraubovna
JDPU O'zbek tilini o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu tezisda rasmiy va norasmiy diskursning kommunikativ farqlari lingvopragmatik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Rasmiy diskursda me’yoriylik, institutsional maqom, aniqlik, masofa va nutqiy tartib ustuvor bo‘lsa, norasmiy diskursda erkinlik, emotsionallik, shaxslararo yaqinlik va kontekstga bog‘liqlik kuchli namoyon bo‘ladi. Tadqiqotda diskurs ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabat, nutq maqsadi, uslubiy vositalar, murojaat shakllari hamda kommunikativ strategiyalar qiyosiy tahlil qilinadi. Natijalar rasmiy va norasmiy diskursning farqi faqat til birliklarida emas, balki ijtimoiy vaziyat, kommunikativ niyat va madaniy me’yorlar bilan ham belgilanadi.
Abdumalikova, D. (2026). RASMIY VA NORASMIY DISKURSNING KOMMUNIKATIV FARQLARI. Zamonaviy Dunyoda Innovatsion Tadqiqotlar, 5(16), 32-33. https://doi.org/10.5281/zenodo.20377252