OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA MOLIYAVIY RESURSLARNI BOSHQARISH YO‘LLARINI TAKOMILLASHTIRISH: AN’ANAVIY SMETA TIZIMIDAN KPI TIZIMIGA O‘TISH
Abstract
Dunyoning nufuzli universitetlari tajribasi shuni koʻrsatadiki, ularning byudjetida anʼanaviy oʻquv jarayonidan (toʻlov-kontrakt) tushadigan mablagʻlar asosiy ulushni tashkil etmaydi. Masalan, rivojlangan davlatlar tajribasida ushbu koʻrsatkich 20 foizdan ham kamroqdir. Xalqaro tahliliy agentliklar, xususan, IMARC Group’ning 2024-2026 yillardagi yangilangan ma’lumotlariga ko‘ra, jahon oliy ta’lim bozori 2034-yilga kelib 163,8 mlrd dollarga yetishi bashorat qilinmoqda. Yillik o‘rtacha o‘sish sur’atining 18,5% dan yuqori bo‘lishi, OTMlarni an’anaviy moliyalashtirishdan diversifikatsiyalangan, texnologik jihatdan boshqariladigan va moliyaviy barqaror tizimlarga o‘tkazishni taqozo etmoqda. Global integratsiya jarayonlarining chuqurlashuvi sharoitida oliy ta’lim muassasalarining moliya tizmiga xos muammolar yechimi bo‘yicha keng ko‘lamli ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Xususan, oliy ta’lim xizmatlari bozorida barqaror dinamikani ta’minlashda texnologik transformatsiya va globallashuv drayverlarini baholash, davlatning strategik tashabbuslari hamda sanoat sektorining jadal rivojlanishi kabi omillar tahlili ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.
Downloads
Published
Issue
Section
How to Cite