YARIMO‘TKAZGICHLARNI LEGIRLASH ORQALI ULARNING ELEKTR VA FOTOELEKTRIK XUSUSIYATLARINI BOSHQARISH
Jild 5 son 28 (2026) 32-35
Annotatsiya
Ushbu maqolada yarimo‘tkazgichlarni legirlash orqali ularning elektr va fotoelektrik xususiyatlarini boshqarishning fizik asoslari tahlil qilinadi. Legirlash jarayonida kirishma atomlarining yarimo‘tkazgich kristall panjarasiga kiritilishi, donor va akseptor energetik sathlarining shakllanishi hamda zaryad tashuvchilar konsentratsiyasining o‘zgarishi ko‘rib chiqilgan. Termik diffuziya va ion implantatsiyasi kabi asosiy legirlash usullarining fizik mohiyati yoritilgan. Ayniqsa, kremniyni selen bilan legirlashning materialning elektr o‘tkazuvchanligi, infraqizil nurlanishni yutishi va fotoelektrik javobiga ta’siri tahlil qilingan. Adabiyotlar tahlili asosida legirlash konsentratsiyasi, harorat va termik ishlov rejimlarining fotoqabulqilgich parametrlariga ta’siri bo‘yicha xulosalar chiqarilgan.
Kalit soʻzlar:
Iqtiboslar
Pichler P. Role of Defects in the Dopant Diffusion in Si. Semiconductors and Semimetals. 2015. Vol. 91. P. 1–46. DOI: 10.1016/bs.semsem.2014.11.001.
Hammadi O.A. Photovoltaic properties of thermally-grown selenium-doped silicon photo-diodes for infrared detection applications. Photonic Sensors. 2015. Vol. 5(2). P. 152–158. DOI: 10.1007/s13320-015-0241-4.
Zhou S. et al. Hyperdoping silicon with selenium: solid vs. liquid phase epitaxy. Scientific Reports. 2015. Vol. 5. Article 8329. DOI: 10.1038/srep08329.
Komarov S. et al. Broad infrared absorption band through ion beam hyperdoping of silicon with selenium. Applied Surface Science. 2023. Vol. 639. Article 158168. DOI: 10.1016/j.apsusc.2023.158168.
Dependence of the optoelectronic properties of selenium-hyperdoped silicon on the anneal-ing temperature. Materials Science in Semiconductor Processing. 2013. Vol. 16. P. 987–991.
Metallic conduction behavior in selenium-hyperdoped silicon. Materials Science in Semi-conductor Processing. 2014. Vol. 17. P. 134–137.
Structural and electrical properties of Se-hyperdoped Si via ion implantation and flash lamp annealing. Nuclear Instruments and Methods in Physics Research B. 2018. Vol. 424. P. 52–55.
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Litsenziya
##submission.license.cc.by4.footer##Iqtibos keltirish tartibi