TIJORAT BANKLARIDA MOLIYAVIY XIZMATLARNING IQTISODIY MAZMUNI VA NAZARIY ASOSLARI
Jild 5 son 24 (2026): Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 137-139
Annotatsiya
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat banklari moliya tizimining muhim institutsional bo‘g‘ini sifatida iqtisodiyotning turli subyektlari o‘rtasida moliyaviy resurslarning samarali taqsimlanishini ta’minlaydi. Banklarning iqtisodiy jarayonlardagi roli nafaqat kredit va depozit operatsiyalarini amalga oshirish, balki aholining, tadbirkorlik subyektlarining hamda korxonalarning turli moliyaviy ehtiyojlarini qondiruvchi keng ko‘lamli xizmatlarni tashkil etish bilan ham belgilanadi. Shu nuqtayi nazardan, tijorat banklarida moliyaviy xizmatlarning iqtisodiy mazmuni, mohiyati va nazariy asoslarini chuqur o‘rganish bank faoliyatining samaradorligini oshirish hamda zamonaviy moliya bozorining rivojlanish qonuniyatlarini anglashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Litsenziya
##submission.license.cc.by4.footer##Iqtibos keltirish tartibi