FALSAFIY-REFLEKSIV TAFAKKUR FENOMENINING MAZMUN-MOHIYATI VA UNING SHAXS INTELLEKTUAL-MA’NAVIY RIVOJLANISHIDAGI O‘RNI
;
falsafiy-refleksiv tafakkur; refleksiya; metakognitsiya; gnoseologiya; aksiologiya; ontologiya; ekzistensializm; tanqidiy fikrlash; ma’naviy rivojlanish; o‘zlikni anglash; axloqiy mas’uliyat; pedagogik amaliyot; muammoga asoslangan o‘qitish; reflektiv esse; metabilish; qadriyatlar tizimi; intellektual erkinlik; sinergetik yondashuv; ijtimoiy integratsiya; Kant imperativi.Abstrak
Ushbu maqolada falsafiy-refleksiv tafakkur muammosi pedagogika va falsafa fanlari kesishmasida kompleks tarzda tahlil qilinadi.Refleksiya tushunchasining lotincha etimologiyasidan kelib chiqib, uni tor psixologik yoki uslubiy doiradan chiqarib, ekzistensial va gnoseologik xarakterga ega fundamental fenomen sifatida talqin qiladi. Maqolada falsafiy-refleksiv tafakkurning uch asosiy o‘lchami — evristik-gnoseologik (metabilish), aksiologik (qadriyatli) va ontologik (borliqdagi o‘rin) — batafsil yoritilgan. Tadqiqotning markaziy qismini ushbu tafakkurning tarkibiy komponentlari (kognitiv-intellektual, ekzistensial-ma’naviy, ijtimoiy-kommunikativ) hamda ularning pedagogik natijalarini tizimlashtiruvchi jadval tashkil etadi. Immanuil Kantning kategorik imperativi va Sokratning intellektual kamtarlik tamoyiliga tayangan holda, falsafiy refleksiyaning shaxs ma’naviyati, o‘zlikni anglash va ekzistensial inqirozlarni yengib o‘tishdagi rolini asoslaydi. Maqolaning amaliy qismida falsafiy-refleksiv tafakkurni rivojlantirishning pedagogik metodlari — muammoga asoslangan o‘qitish, reflektiv esse va jurnal yuritish, dialogik-diskussion usullar, mentorlik va modelling — ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, an’anaviy baholash tizimlaridan farqli o‘laroq, portfel va situatsion vazifalarga asoslangan yangi baholash mezonlari taklif etiladi.
Iqtiboslar
Kant I. Grundlegung zur Metaphysik der Sitten (Axloq metafizikasining asoslari). — 1785.
Kant I. Kritik der praktischen Vernunft (Amaliy aql tanqidi). — 1788.
Platon. Diologlar (Sokrat obrazi asosidagi falsafiy-etik ta'limotlar).
Dewey J. How We Think. — Boston: D.C. Heath & Co., 1910.
Schön D. A. The Reflective Practitioner: How Professionals Think in Action. — New York: Basic Books, 1983.
Vygotsky L. S. Mind in Society: The Development of Higher Psychological Processes. — Cambridge, MA: Harvard University Press, 1978.
Flavell J. H. Metacognition and cognitive monitoring: A new area of cognitive-developmental inquiry // American Psychologist. — 1979.
Mezirow J. Transformative Dimensions of Adult Learning. — San Francisco: Jossey-Bass, 1991.
Habermas J. Knowledge and Human Interests. — Boston: Beacon Press, 1971.
O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni va Milliy ta'lim dasturiga oid me'yoriy-huquqiy hujjatlar.
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi