Maqolalar

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA GEYMIFIKATSIYANI JORIY ETISH VA BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBALARI

Jild 4 son 22 (2025): Innovative research in the modern world: theory and practice 146-148

2025-06-25 Maqolalar Open Access

Mualliflar

  • Rushano Aslonova Qoraqalpoq davlat universiteti

Annotatsiya

Jahonda iqtisodiy jarayonlarning globallashuvi natijasida inson kapitaliga bo‘lgan talab keskin ortib bormoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar, raqamli texnologiyalar va kreativ metodikalar bilan uyg‘unlashgan o‘qitish uslublarini joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Maktabgacha ta’lim tizimi esa inson shaxsining shakllanishidagi eng muhim bosqich sifatida, o‘z mazmun-mohiyatini qayta ko‘rib chiqishni va zamonaviy yondashuvlar bilan boyitishni talab qilmoqda. Geymifikatsiya – ya’ni o‘yin mexanizmlarini ta’lim jarayoniga integratsiyalash – bolalarning bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, motivatsiyasini kuchaytirish, ijodiy fikrlash va raqamli savodxonlikni erta shakllantirishga xizmat qiladi. Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, rivojlangan davlatlar maktabgacha ta’limda geymifikatsiyalash orqali zamonaviy mehnat bozoriga mos, muammoli vaziyatlarda yechim topa oluvchi, adaptiv fikrlaydigan avlodni shakllantirishga erishmoqda.

Iqtiboslar

M.R. Isxakova. Maktabgacha ta'limda innovatsion texnologiyalar . Fan va texnologiya-2020.B.180

G.N. Ibragimova. Maktabgacha ta'limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Yangi asr avlodi-2019. B.220

K. M. Kapp. Gamification of Learning and Instruction: Game-based Methods and Strategies for Training and Education. Pfeiffer 2012. P.336.

M. Karl The Gamification of Learning and Instruction Fieldbook: Ideas into Practice. Pfeiffer.2013. P.480

J. Hamari. The Gamification of Learning: A Meta-analysis. IEEE Transactions on Learning Technologies-2014.P. 13

Oʻquvchilar geografiyasi

3 Koʻrishlar
0 PDF yuklab olishlar
3 Davlatlar

    Nashr qilingan

    2025-06-25

    Iqtibos keltirish tartibi

    Aslonova , R. (2025). MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDA GEYMIFIKATSIYANI JORIY ETISH VA BOSHQARISHNING XORIJ TAJRIBALARI. Zamonaviy Dunyoda Innovatsion Tadqiqotlar, 4(22), 146-148. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDIT/article/view/17513
    Innovative Academy RSC
    Article metrics Views and PDF downloads
    3 Views
    0 Downloads