ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA ORFOGRAFIYA VA PUNKTUATSIYANI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Jild 5 son 23 (2026): Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya 121-122
Annotatsiya
Mazkur dissertatsiya ishi zamonaviy ta’lim sharoitida o‘quvchilarning yozma nutq savodxonligi, xususan, orfografik va punktuatsion kompetensiyasini rivojlantirish masalasiga bag‘ishlangan. Globallashuv va raqamli texnologiyalarning jadal taraqqiyoti, ta’lim sifatiga qo‘yilayotgan yangi talablar, shuningdek, o‘quvchilarda adabiy til me’yorlariga ongli munosabatni shakllantirish zarurati mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Mavjud ilmiy tadqiqotlarda orfografiya va punktuatsiyani o‘qitishning alohida jihatlari o‘rganilgan bo‘lsa-da, ularni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida kompleks o‘qitish, strukturaviy-funksional modelini ishlab chiqish va samaradorligini tajriba-sinov yo‘li bilan isbotlash yetarlicha yoritilmagan. Shu bois, ishning maqsadi ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida orfografiya va punktuatsiyani o‘qitish metodikasini nazariy jihatdan asoslash, amaliy modelini ishlab chiqish va uning samaradorligini amaliyotda aniqlashdan iborat. Tadqiqot ob’yekti – umumiy o‘rta ta’lim maktablarida ona tili fanini o‘qitish jarayoni. Predmeti – o‘quvchilarning orfografik va punktuatsion kompetensiyasini shakllantirish mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllari.
Kalit soʻzlar:
Iqtiboslar
Bespalko, V.P. (1989). Слагаемые педагогической технологии. Moskva: Педагогика.
Farberman, B.L. (2000). Ilg‘or pedagogik texnologiyalar. Toshkent: Fan.
G‘ulomov, A., Qodirov, M., Ernazarova, M., & boshq. (2012). Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent: Fan va texnologiya.
Mahmudov, N. (2013). Til. Toshkent: Akademnashr.
Mengliyev, B.R. (2018). Hozirgi o‘zbek adabiy tili. Toshkent: Tafakkur Bo‘stoni.
Tolipov, U.Q., & Usmonboyeva, M. (2006). Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. Toshkent: Fan.
Ishmuxamedov, R., Abduqodirov, A., & Pardaev, A. (2008). Ta'limda innovatsion texnologiyalar. Toshkent: Iste'dod.
Vygotskiy, L.S. (1978). Mind in Society. Cambridge, MA: Harvard University Press.
Oʻquvchilar geografiyasi
Yuklab olishlar
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Iqtibos keltirish tartibi