Manfaatlar toʻqnashuvi va AI siyosati

«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» (ZDIFT)

Manfaatlar toʻqnashuvi

Manfaatlar toʻqnashuvi — tadqiqot natijasiga yoki uni baholashga taʼsir qilishi mumkin boʻlgan har qanday moliyaviy, shaxsiy yoki tashkiliy aloqadir.

  • Mualliflar tadqiqotni moliyalashtirgan tashkilot, grant raqami yoki tijorat manfaatini tezisda koʻrsatishi kerak.
  • Aloqa boʻlmasa, alohida bayonot talab qilinmaydi.
  • Tahririyat aʼzosi oʻz ishi yoki yaqin hamkasbining ishi koʻrilayotganda qaror qabul qilishdan chetlatiladi.

Sunʼiy intellektdan foydalanish

Sunʼiy intellekt vositalari (masalan, matn generatorlari, tarjimon va tahrirlash yordamchilari) taqiqlanmagan, ammo quyidagi qoidalar amal qiladi:

  • AI muallif boʻla olmaydi. Muallif sifatida faqat jismoniy shaxslar koʻrsatiladi — javobgarlikni faqat inson zimmasiga olishi mumkin.
  • Foydalanish oshkor qilinadi. AI matn yozish, maʼlumot tahlil qilish yoki tarjimada jiddiy darajada ishlatilgan boʻlsa, bu tezisda yoki xat orqali tahririyatga maʼlum qilinadi.
  • Javobgarlik muallifda. AI keltirgan faktlar, iqtiboslar va manbalar muallif tomonidan tekshirilishi shart; mavjud boʻlmagan manbaga havola qilish etik buzilish hisoblanadi.
  • Imlo va uslub tuzatish uchun AI ishlatish oshkor qilinishi talab etilmaydi.

Buzilish aniqlansa, nashr etikasi va qaytarib olish tartibi qoʻllanadi.


Nashriyot: Innovative Academy Research Support Center (Innovative Academy RSC)

Manzil: 100017, Toshkent, Amir Temur shoh koʻchasi 120/30

Aloqa: info@in-academy.uz · +998 93 569 23 06