Hakimova Sharofat Abdusattorovna
Termiz davlat pedagogika instituti Tabiy va aniq fanlar fakulteti Texnologiya va geografiya kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya
Ushbu maqolada texnologik ta’lim jarayonida o‘quvchilarning kinestik qobiliyatlarini rivojlantirishda qo‘llaniladigan o‘qitish shakllari va vositalarining pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Kinestik qobiliyat – bu harakat, amaliy faoliyat va jismoniy bajarish jarayonida bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish imkonini beruvchi muhim psixologik-pedagogik xususiyat hisoblanadi. Maqolada zamonaviy ta’limda qo‘llanilayotgan interfaol metodlar, amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari, loyiha asosida o‘qitish hamda didaktik vositalarning kinestik qobiliyatni rivojlantirishdagi roli yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning faol ishtirokini ta’minlash, ijodkorlik va mustaqil fikrlashni rivojlantirishda o‘qitish shakllarining samaradorligi asoslab beriladi.