O‘ZBEKISTON AGRAR SOHASIGA INVESTITSIYA JALB QILISHNING HOZIRGI HOLATI VA ISTIQBOLLARI
Jild 4 son 21 (2025): Science and technology in the modern world 114-116
Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasi agrar sektori iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, mamlakat aholisining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini oshirishda muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi tizimida chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda — yer munosabatlari takomillashtirilmoqda, agroklasterlar rivojlanmoqda, ilg‘or texnologiyalar joriy etilmoqda. Ushbu o‘zgarishlarning barqaror rivojlanishi esa, bevosita agrar sohaga yetarli miqdorda va maqsadli yo‘naltirilgan investitsiyalarni jalb qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. Investitsiyalar agrar sohaning modernizatsiyasi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, sug‘orish tizimlarini yaxshilash va ekologik muammolarni hal qilishda muhim manba hisoblanadi. Hozirgi davrda davlat tomonidan bu borada bir qator qo‘llab-quvvatlov choralarining ko‘rilayotganiga qaramay, investitsion jarayonlarda tizimli muammolar va to‘siqlar hamon mavjud.
Oʻquvchilar geografiyasi
Nashr qilingan
Son
Boʻlim
Iqtibos keltirish tartibi