Articles

«TEMFULGAN» INFUZION ERITMASINING SIFATINI O'ZBEKISTON DAVLAT FARMAKOPEYASI HAMDA YEVROPA FARMAKOPEYA MEZONLARI ASOSIDA BAHOLASH

Vol. 6 No. 4 (2026): Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences 29-44

DOI: 10.5281/zenodo.19439129 2026-04-06 Articles Open Access

Authors

  • Aslonova, Mehrigul
  • Yusupova, Shaxlo
  • Tursunov, Xurshid

Abstract

Ushbu maqolada asosiy ta‘sir etuvchi moddasi paratsetomol bo‘lgan analgetik-antipiretik ta’sirli infuzion eritmaning O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi hamda Yevropa farmakopeya maqolalari talablariga asosan muvofiqligini baholashning tadqiqot usullari va ularning natijalari keltirilgan. Hozirgi kunda zamonaviy farmatsevtika amaliyotida dori vositalarining sifatini, samaradorligini hamda xavfsizliligini ta’minlash maqsadida infuzion eritmalarni farmakopeya talablariga tayangan holda nazorat qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida infuzion eritmaning tavsifi, identifikatsiyasi, fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlari, tozaligi va miqdoriy tarkibi laboratoriya sharoitida zamonaviy tahlil usullari yordamida tahlil qilindi. Olingan natijalar infuzion eritma O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasi hamda Yevropa farmakopeya maqolalari talablariga to‘liq mos kelishini ko‘rsatdi. Paratsetamol infuziyasi — sog‘liqni saqlash muassasalarida og‘riq va isitmani davolashda keng qo‘llaniladigan dori vositasidir. Farmatsevtik mahsulotlarning sifati va xavfsizligini ta’minlash jamoat salomatligini himoya qilish uchun muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, ushbu farmatsevtik preparatlarning O‘zbekiston dorilar bozoridagi sifati xalqaro standartlar va yo‘riqnomalarga muvofiqligi bo‘yicha tadqiq etilishi lozim [1].

Readership

1 Views
0 PDF downloads
1 Countries

    Downloads

    Published

    2026-04-06

    How to Cite

    Mehrigul, A., Shaxlo, Y., & Xurshid, T. (2026). «TEMFULGAN» INFUZION ERITMASINING SIFATINI O’ZBEKISTON DAVLAT FARMAKOPEYASI HAMDA YEVROPA FARMAKOPEYA MEZONLARI ASOSIDA BAHOLASH. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 6(4), 29-44. https://doi.org/10.5281/zenodo.19439129
    Innovative Academy RSC
    Article metrics Views and PDF downloads
    0 Views
    0 Downloads