GLITSIRRETIN KISLOTA/ΒETTA-SIKLODEKSTRIN INKLYUZIV KOMPLEKS SINTEZI VA UNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINI TAVSIFLASH

Mualliflar

  • Shomurodova, Mohinur Muallif
  • Hakimov, Shavkat Muallif
  • Boboyev, Zufar Muallif
  • Sharipov, Avez Muallif

;

https://doi.org/10.5281/zenodo.19349652

Abstrak

Glitsirretin kislota biologik faol triterpenoid birikma bo‘lib, uning suvda yomon eruvchanligi amaliy qo‘llanilishini cheklovchi asosiy omillardan biridir. Mazkur tadqiqotda glitsirretin kislota va β-siklodekstrin asosida inklyuziv kompleks sintez qilindi. Kompleks 1:1 molyar nisbatda eritma usulida, vakuum filtrlash va liofilizatsiya yordamida ajratib olindi. Olingan mahsulot oq rangli kukun ko‘rinishida bo‘lib, chiqish unumi 88,02% ni tashkil etdi. Kompleks hosil bo‘lishi IQ-spektroskopiya, kukunli rentgen difraktometrik va termogravimetrik tahlil usullari yordamida mexanik aralashma bilan qiyosiy solishtirib o‘rganildi. Tadqiqotlar funksional guruhlar tebranishlari, kristall tuzilish va termik xossalardagi o‘zgarishlarni ko‘rsatib, glitsirretin kislota molekulalarining β-siklodekstrin bo‘shlig‘iga inklyuziyalanishi natijasida supramolekulyar birikma hosil bo‘lganini tasdiqladi.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-03-31

Iqtibos keltirish tartibi

Mohinur, S., Shavkat, H., Zufar, B., & Avez, S. (2026). GLITSIRRETIN KISLOTA/ΒETTA-SIKLODEKSTRIN INKLYUZIV KOMPLEKS SINTEZI VA UNING FIZIK-KIMYOVIY XOSSALARINI TAVSIFLASH. Yevroosiyo Tibbiyot Va Tabiiy Fanlar Jurnali, 6(3), 258-271. https://doi.org/10.5281/zenodo.19349652
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads