O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI FARMATSEVTIKA BOZORIDA BUYRAK-TOSH KASALLIKLARIDA ISHLATILADIGAN DORI VOSITALARINING ASSORTIMENT TAXLILI

Authors

  • Maksudova, Firuza Author
  • Javliyeva, O'g'iloy Author
  • Raximova, Gulnora Author
  • Raximova, Oygul Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14959461

Abstract

Nefrolitiaz – buyrak va siydik yo‘llarida tosh hosil bo‘lishi bilan kechuvchi kasallik. Tadqiqotda mamlakatimizda buyrak-tosh kasalligiga qarshi dori vositalarining tarkibi, miqdori, shakli va narxi tahlil qilindi. So‘nggi to‘rt yilda buyrak-tosh kasalligiga qarshi dorilar tahlil qilinganda, asosan oksalat va urat toshlariga qarshi vositalar ko‘proq qo‘llangani aniqlandi. Xorijiy dorilar ulushi 58,34% dan 42,85% gacha kamaydi, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ulushi 25% dan 28,57% gacha, MDH davlatlarinik esa 16,67% dan 28,57% gacha oshdi. Biroq, umumiy miqdor jihatdan sezilarli o‘zgarish kuzatilmadi. Eng ko‘p ishlatiladigan dori shakllari tabletka va kapsulalar (33,3%) bo‘lib, ularning barchasi xorijiy yoki MDH davlatlarida ishlab chiqarilgan. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar orasida ushbu dori shakllari mavjud emas. Shuningdek, kukun, granula, sirop va inyeksion eritmalar (8,33%) ham qo‘llaniladi. Import qilingan dorilarning tannarxi yuqori ekani qayd etildi. Tadqiqotning maqsadi – samarali tabletka shaklidagi dori ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganish va farmatsevtika sohasidagi mavjud bo‘shliqni bartaraf etishdir.

Downloads

Published

2025-03-03

How to Cite

Firuza, M., O'g'iloy, J., Gulnora, R., & Oygul, R. (2025). O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI FARMATSEVTIKA BOZORIDA BUYRAK-TOSH KASALLIKLARIDA ISHLATILADIGAN DORI VOSITALARINING ASSORTIMENT TAXLILI. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 5(2), 91-99. https://doi.org/10.5281/zenodo.14959461
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads