Articles

SURXONDARYO IQLIMIDA INTRODUKSIYA QILINGAN VALERIANA OFFICINALIS ILDIZPOYASI TARKIBIDAGI EFIR MOYLARI VA MURAKKAB EFIRLAR MIQDORINI ANIQLASH

Vol. 4 No. 5 (Specaial Issue) (2024): Quality in pharmaceuticals: problems and prospects 40-41

DOI: 10.5281/zenodo.11185038 2024-05-13 Articles CC BY 4.0 Open Access

Authors

  • S.S. Tolibov Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
  • G.Ch. Amonova Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
  • B.Yo. Tuxtayev Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi
  • A.A. Sharipov Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent shahri, O‘zbekiston Respublikasi

Abstract

Respublikamizda uchramaydigan, endilikda tabiatimizga moslashtirilayotgan yoki Yer sharining boshqa floristik oblastlaridan introduksiya qilinayotgan va iqlimlashtirilayotgan dorivor o‘simliklarni o‘rganish sohasida ham olimlar ko‘pgina ishlar qildilar va bu izlanishlar davom ettirilmoqda. Ma’lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 1/3 qismi dorivor o‘simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda.Valeriana Osiyoning tog‘li mintaqalarida tarqalgan. O‘rta Osiyoda 12 tur, Respublikamizda esa 3 turi uchraydi. Tabobatda turkumning, asosan, dorivor valeriana – Valeriana officinalis turi ishlatiladi, mazkur tur maxsus xo‘jaliklarda ekib o‘stiriladi. Dori vositalari tayyorlash uchun valeriananing ildizi va ildizpoyasi ishlatiladi. Valeriana officinalis preparatlari (ildizidan kukun, tabletka, damlama, qaynatma, ekstrakt) asab tizimini tinchlantiruvchi, yurak faoliyati ishini tartibga solishda, qon tomirlarini kengaytirishda, qon aylanishini normallashtirishda foydalaniladi. Valeriana turkumi turlari tabiatda tarqoq holda uchragani bois tabiiy zahiralari farmatsevtika sanoati hamda aholi talabini qondira olmaydi.

References

Хасанова Б.Ж., Олимов Н.К., Абдуллаева М.У., Дусчанова Г.М.Изучение анатомо-морфологических признаков янтака –верблюжьей колючки. Farmatsiya, научно-практический журнал, Ташкент, №1/2023, С. 39-43;

Хасанова Б.Ж., Олимов Н.К., Абдуллаева М.У., Рахимова Д.О. Изучение острой токсичности и специфической активности водного настоя растения верблюжья колючка. «Абу Али Ибн Сино и инновации в современной фармацевтике». В сб. материалов VI Международной научно-практической конференции, Ташкент, 2023, С. 334;

Государственная фармакопея Республики Узбекистан, Ташкент, 2021, С. 66, 174, 375.

Published

2024-05-13

How to Cite

Tolibov, S., Amonova , G., Tuxtayev , B., & Sharipov, A. (2024). SURXONDARYO IQLIMIDA INTRODUKSIYA QILINGAN VALERIANA OFFICINALIS ILDIZPOYASI TARKIBIDAGI EFIR MOYLARI VA MURAKKAB EFIRLAR MIQDORINI ANIQLASH. Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 4(5 (Specaial Issue), 40-41. https://doi.org/10.5281/zenodo.11185038
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads