FARZANDLIKKA OLISHDA BOLA MANFAATLARINI BAHOLASH MEZONLARI VA SUD AMALIYOTI
;
Farzandlikka olish, bola manfaatlari, bolaning eng ustun manfaatlari tamoyili, sud amaliyoti, oila qonunchiligi, Bola huquqlari konvensiyasi, manfiy filtrlar, psixologik kompetentlik, farzandlikka olishni bekor qilish, O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksiAbstrak
Ushbu maqolada O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi normalariga asosan farzandlikka olish jarayonida bola manfaatlarini baholashning huquqiy mezonlari tadqiq etilgan. Maqolada “bolaning eng ustun manfaatlari” tamoyilining uch qirrali mohiyati — moddiy huquq, huquqni sharhlash tamoyili va protsessual qoida sifatidagi ta’siri — tahlil qilingan. Bolaga oid shaxsiy mezonlar (yosh, sog’liq, istak va biologik oila bilan aloqa) hamda farzandlikka oluvchi nomzodga qo’yiladigan talablar (ijobiy shartlar va “manfiy filtrlar” tizimi) o’rganilgan. O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2011-yil 16-sonli Qarori doirasida farzandlikka olish bo’yicha sud ish yuritishining protsessual xususiyatlari — sudlovga taalluqliligi, ishtirokchilar doirasi, yopiq sud majlisi va farzandlikka olishni bekor qilish asoslari — tahlil qilingan. Tadqiqot psixologik tayyorgarlik mezonini baholash tizimiga kiritish va bolaning biologik oila bilan aloqasini saqlash masalasidagi huquqiy bo’shliqni bartaraf etish zarurligini ilmiy jihatdan asoslab beradi.
Iqtiboslar
O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: 2023-yil 8-maydagi O'RQ-837-sonli Konstitutsiyaviy Qonun bilan tasdiqlangan. – Toshkent: O'zbekiston, 2023. – 80 b.
O'zbekiston Respublikasining Oila kodeksi: 1998-yil 30-apreldagi O'RQ-607-I-son // O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi. – 1998. – № 5–6. – 143-modda.
O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni: 2008-yil 7-yanvardagi O'RQ-139-son // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. – Toshkent, 2008.
O'zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining "Sudlar tomonidan farzandlikka olish to'g'risidagi qonunchilikni qo'llash amaliyoti haqida"gi qarori: 2011-yil 25-noyabrdagi 16-son. – Toshkent, 2011.
Бабажанова Д.И. Соотношение усыновления и суррогатного материнства в рамках отечественной и зарубежной фамилистики // Юриспруденция. – 2021. – № SI-1. – С. 55–63.
Xayitov M.M. Ota-onalik huquqi va majburiyatlariga oid tushunchalarga yuridik tavsif: nazariya va amaliyot // Yuridik fanlar axborotnomasi. – 2021. – № 2 (10/S). – B. 30–37.
Muntean A., Ungureanu R. Adoptions of children in Romania: applying attachment theory // Procedia – Social and Behavioral Sciences. – 2012. – Vol. 33. – P. 6–10.
Legrand J.C. Child care system reforms in Eastern and Central Europe and Central Asia: Why there is a need to focus on children below three years. – New York: UNICEF, 2014. – 45 p.
Gresdahl M., Fauske H., Storhaug A.S. Balancing child participation and protection in emergency cases: Ensuring the child's best interests // Children and Youth Services Review. – 2025. – Vol. 172. – Art. 108259.
##submission.downloads##
Nashr qilingan
Nashr
Bo'lim
Iqtibos keltirish tartibi