TUG'MA ICHAK TUTILISHI BILAN TUG'ILGAN CHAQALOQLARDA JARROHLIK TAKTIKASI VA OPERATSIYADAN KEYINGI REABILITATSIYANI OPTIMALLASHTIRISH

Авторы

  • Xushbakova, X.M. Автор
  • Azizov, M.K. Автор
  • Ochilov, U.U. Автор

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.20080633

Аннотация

Tug‘ma ichak tutilishi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda eng og‘ir va ijtimoiy ahamiyatli jarrohlik patologiyalardan biri hisoblanadi. Ushbu kasallikning yuzaga kelish chastotasi xalqaro statistik ma’lumotlarga ko‘ra 1:1500 dan 1:5000 gacha o‘zgaradi. Ingichka ichak atreziyasi, duodenal tutilish, mekoniy tutilishi va ichak malrotatsiyasi sindromi ushbu kasallikning eng ko‘p uchraydigan klinik-anatomik shakllaridir. Hozirgi vaqtda jarrohlik usulini tanlash va operatsiyadan keyingi reabilitatsiya alohida o‘rganilib, yagona differensial yondashuv yo‘q. Mazkur tadqiqotda 2023–2025 yillar oralig‘ida tug‘ma ichak tutilishi bilan tug‘ilgan 150 nafar chaqaloq qiyosiy tekshirildi. Bemorlar nazorat (n=68) va asosiy (n=82) guruhlarga taqsimlandi. Asosiy guruhda klinik-anatomik shakl, gestatsion yosh, tana vazni va perinatal omillar inobatga olingan differensial jarrohlik taktikasi hamda erta enteral oziqlantirishga asoslangan reabilitatsiya algoritmi qo‘llanildi. Birlamchi anastomoz, bosqichli operatsiya va stoma shakllantirishning samaradorligi qiyosiy tahlil qilindi. Asosiy guruhda jarrohlikdan keyingi asoratlar chastotasi 26,5% dan 12,2% gacha kamaydi (p<0,05), o‘rtacha statsionarda yotish muddati 24,8 kundan 17,5 kungacha qisqardi, o‘limlik ko‘rsatkichi 11,8% dan 6,1% gacha pasaydi. Sepsis 17,6% dan 7,3% gacha, xolestaz esa 14,7% dan 4,9% gacha kamaydi. Olingan natijalar tavsiya etilgan algoritmning klinik samaradorligini va bolalar jarrohligi amaliyotiga keng joriy etish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi.

Опубликован

2026-05-08

Выпуск

Раздел

Статьи

Как цитировать

X.M., X., M.K., A., & U.U., O. (2026). TUG’MA ICHAK TUTILISHI BILAN TUG’ILGAN CHAQALOQLARDA JARROHLIK TAKTIKASI VA OPERATSIYADAN KEYINGI REABILITATSIYANI OPTIMALLASHTIRISH. Центральноазиатский журнал академических исследований, 4(5), 118-124. https://doi.org/10.5281/zenodo.20080633
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads