JANUBIY USTYURT MILLIY TABIAT BOGʻIDA QO'NG'IR QUMUZUMNING TARQALISHI VA FITOTSENOTIK O'RNI

Авторы

  • Bazarbaeva, Saida Автор

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18752612

Аннотация

Mazkur maqolada "Janubiy Ustyurt" milliy tabiat bogʻida uchraydigan Peganaceae oilasiga mansub Malacocarpus crithmifolius o‘simligining tarqalish xususiyatlari hamda uning cho‘l fitotsenozlaridagi o‘rni chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida turning asosan toshloq va sho‘rlangan tuproqlarda, shuningdek, chuchuk atroflarida lokal populyatsiyalar hosil qilishi aniqlandi. Shuningdek, o‘simlikning ekologik-morfologik moslashuvlari, jumladan, qurg‘oqchilik va yuqori haroratga chidamliligi uning Janubiy Ustyurtning ekstremal iqlim sharoitida barqaror saqlanib qolishiga imkon berishi asoslab berildi. Bundan tashqari, Malacocarpus crithmifoliusning fitotsenozlar tarkibida tuproqni mustahkamlash, eroziya jarayonlarini cheklash hamda o‘simlik–hasharot munosabatlarini barqarorlashtirishdagi ahamiyati ochib berildi. Tadqiqot natijalari cho‘l ekotizimlarining barqarorligini ta’minlash va biologik xilma-xillikni muhofaza qilishda mazkur turning muhim ekologik komponent ekanligini ko‘rsatadi..

Опубликован

2026-02-24

Как цитировать

Saida, B. (2026). JANUBIY USTYURT MILLIY TABIAT BOGʻIDA QO’NG’IR QUMUZUMNING TARQALISHI VA FITOTSENOTIK O’RNI. Центральноазиатский журнал академических исследований, 4(2), 137-140. https://doi.org/10.5281/zenodo.18752612
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads