O'ZBEKISTONDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: STATISTIK TAHLIL
DOI:
https://doi.org/10.5281/zenodo.17997441Abstract
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy himoya tizimining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari 2020–2025 yillar statistik ma’lumotlari asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining rasmiy ma’lumotlariga tayangan holda olib borilib, ijtimoiy himoyaga yo‘naltirilgan byudjet xarajatlari, pensiya va nafaqa oluvchilar soni, ijtimoiy yordam qamrovi hamda kambag‘allik darajasi ko‘rsatkichlari o‘rganilgan. Statistik tahlil natijalari ijtimoiy himoya tizimiga ajratilayotgan mablag‘lar hajmi barqaror oshib borayotganini, ijtimoiy yordam oluvchilar qamrovi kengayayotganini hamda kambag‘allik darajasining bosqichma-bosqich pasayayotganini ko‘rsatdi. Shu bilan birga, hududlar o‘rtasida ijtimoiy xizmatlardan foydalanish darajasida tafovutlar mavjudligi aniqlandi. Maqolada ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish, yordamlarning manzilliligini kuchaytirish va ularni bandlik siyosati bilan integratsiya qilish bo‘yicha ilmiy-amaliy xulosalar berilgan.Downloads
Published
2025-12-20
Issue
Section
Articles
How to Cite
Umidbek, A. (2025). O’ZBEKISTONDA IJTIMOIY HIMOYA TIZIMINING HOLATI VA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: STATISTIK TAHLIL. Central Asian Journal of Academic Research, 3(12), 116-118. https://doi.org/10.5281/zenodo.17997441
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads