Текущий выпуск
Том 5 № 5 (2026): Наука и технология в современном мире
«Наука и технология в современном мире» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2026-02-13
Статьи
НЕЙРОХИРУРГИЧЕСКАЯ КОРРЕКЦИЯ ВРОЖДЕННЫХ ПОРОКОВ РАЗВИТИЯ ГОЛОВНОГО МОЗГА В ПЕДИАТРИЧЕСКОЙ ПРАКТИКЕ
Врожденные пороки развития головного мозга у детей требуют своевременной нейрохирургической коррекции для предотвращения прогрессирования неврологических нарушений и формирования стойкой инвалидизации. В статье представлены современные подходы к диагностике и хирургическому лечению таких состояний, как окклюзионная гидроцефалия, мальформация Киари, арахноидальные кисты и краниосиностоз. Оценены показания к оперативному вмешательству, выбор методики и ранние послеоперационные результаты. Особое внимание уделено малоинвазивным эндоскопическим технологиям и их преимуществам в педиатрической практике. Проведён анализ клинической эффективности различных хирургических подходов и факторов, влияющих на прогноз, с акцентом на возраст пациента и степень выраженности структурных изменений мозга.
2026-02-12
GLOBAL IQLIM O‘ZGARISHI SHAROITIDA KUZGI BUG‘DOYNING SUV ISTE’MOLI VA EVAPOTRANSPIRATSIYA KO‘RSATKICHLARINING O‘ZGARISH QONUNIYATLARI
Mazkur maqolada global iqlim o‘zgarishi sharoitida kuzgi bug‘doyning suv iste’moli va evapotranspiratsiya jarayonlarining o‘zgarish xususiyatlari yoritiladi. Atmosfera haroratining ortishi, havoning qurishi va vegetatsiya davrining termik rejimi o‘zgarishi natijasida o‘simlikning suvga bo‘lgan ehtiyoji ortib borishi aniqlanadi. Ayniqsa boshoqlash va don to‘lish bosqichlarida suv tanqisligi xavfi kuchayishi kuzatiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, iqlim isishi sharoitida mavjud sug‘orish me’yorlari barqaror hosil olish uchun yetarli bo‘lmay qoladi. Olingan xulosalar suv resurslaridan samarali foydalanishga asoslangan sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
2026-02-12
XALQARO MOLIYA INSTITUTLAR: XALQARO VALYUTA JAMG’ARMASI VA JAHON BANK
Ushbu maqola shuni yoritadiki, bu dunyodagi barcha rivojlanayotgan mamlakatlarga barqaror rivojlanish uchun istiqbolli qadamni yaratib beruvchi moliyaviy institut. Ushbu institutlar rivojlanish sur’ati past bo‘lgan mamlakatlarga kam foizlarda kredit orqali mamlakat iqtisodiyotini qayta tiklash uchun imkoniyatlar taqdim etadi. Ushbu ikki institut hamkorlikda turli xil muzokaralarni doimiy ravishda amalga oshirib boradi. Ushbu moliyaviy institutlar bilan O‘zbekiston jozibador aloqalarni o‘rnatmoqda. Tashqi qarz bu mamlakat iqtisodiyotini salbiylashayotganini ifodalamaydi, bu ko‘rsatkich orqali mamlakat iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqa olishimiz mumkin.
2026-02-13
ISLOM SIVILIZATSIYASI MARKAZI LOYIHASI ORQALI O‘ZBEKISTONNING SIYOSIY INSTITUTLARIDA MA’NAVIY-MA’RIFIY SIYOSATNI INSTITUTSIONALLASHTIRISH JARAYONI
Mazkur tezisda Islom sivilizatsiyasi markazi loyihasi orqali O‘zbekiston siyosiy institutlarida ma’naviy-ma’rifiy siyosatni institutsionallashtirish jarayoni ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda loyihaning tarixiy-siyosiy shart-sharoitlari, huquqiy asoslari hamda siyosiy-institutsional mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, loyihaning “Yangi O‘zbekiston” strategiyasi va “Uchinchi Renessans” konsepsiyasi doirasidagi o‘rni, ma’naviy siyosatni davlat institutlari tizimiga integratsiyalash jarayoni va uning zamonaviy siyosiy jarayonlardagi roli ochib beriladi.
2026-02-13
KETMA-KET KELGAN UCHTA SON KVADRATLARINING XOSSASI
Men Jumayev Shariyor Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Zarmetan mahallasida yashayman. Buxoro Davlat Pedagokika institutida Fizika-Matematika fakultetining Matematika bo’limini bitirganman. Ko’p yillar matematika fani bo’yicha o’quvchilarga saboq berib keldim. Hozir nafaqadaman. O’quvchilarim turli jabhalarda ishlab kelmoqda. Shogirdlarim ham talaygina. Men ular bilan faxrlanaman.
2026-02-16
OLIY TIBBIY TA`LIMNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLASHTIRISH VA SU’NIY INTELEKTDAN FOYDALANISHNING ISTIQBOLLI YO’NALISHLARI, ERISHILGAN YUTUQLARI
Oliy tibbiy ta’lim tizimini rivojlantirishda raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishning dolzarbligi, asosiy yo‘nalishlari hamda erishilgan yutuqlari yoritiladi. Raqamli ta’lim platformalari, virtual simulyatorlar, sun’iy intellekt asosidagi diagnostik tizimlar va moslashuvchan o‘quv modellarining tibbiy ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, kelajak istiqbollari va mavjud muammolar ham ilmiy nuqtai nazardan ko’rilgan.
2026-02-16
РАҚАМЛАШТИРИШ ШАРОИТИДА СОЛИҚ ТИЗИМИНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ
Ҳозирги глобал иқтисодий ривожланиш босқичида рақамлаштириш жараёнлари миллий иқтисодиётнинг барча тармоқларини қамраб олмоқда. Давлат бошқаруви, молия тизими ва хусусан солиқ маъмурчилигида рақамли технологияларни жорий этиш иқтисодий самарадорликни оширишнинг муҳим омилига айланди. Рақамли иқтисодиёт шароитида солиқ тизими олдига янги вазифалар қўйилмоқда, жумладан солиқ базасини кенгайтириш, яширин иқтисодиёт улушини қисқартириш, солиқ тўловчилар билан ўзаро муносабатларни шаффофлаштириш ва маъмурий харажатларни камайтириш масалалари долзарб аҳамият касб этмоқда.
2026-02-16
TA’LIM MUASSASALARIDA AXBOROT TIZIMLARINI LOYIHALASH VA JORIY ETISH SAMARADORLIGI
Mazkur maqolada ta’lim muassasalarida axborot tizimlarini loyihalash va joriy etish jarayonining ilmiy-nazariy asoslari hamda ularning boshqaruv va ta’lim jarayoni samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Tadqiqotda elektron hujjat aylanishi, o‘quv jarayonini avtomatlashtirish, ma’lumotlar bazasini boshqarish va raqamli xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatlarini birlashtirgan axborot tizimlarining ta’lim muassasalari faoliyatini optimallashtirishdagi roli o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada axborot tizimlarini loyihalashda texnik, tashkiliy va kadrlar omillarini hisobga olgan holda samarali joriy etish modeli taklif etiladi. Tadqiqot natijalari ta’lim muassasalarida boshqaruv jarayonlarini modernizatsiya qilish, resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan strategik qarorlarni ishlab chiqishda metodik asos bo‘lib xizmat qiladi.
2026-02-17
INGLIZ TILI FONETIKASINI O‘RGANISH UCHUN DASTURIY TA’MINOT: VOSITALAR, AFZALLIKLAR VA SAMARALI FOYDALANISH
Ingliz tili fonetikasini mukammal o‘zlashtirish tilni yuqori darajada egallash uchun zarurdir. To‘g‘ri talaffuz nafaqat aniq va ravon muloqotni ta’minlaydi, balki fonemik farqlar sababli yuzaga keladigan tushunmovchiliklarning oldini oladi. Mazkur maqolada fonetik kompetensiyani rivojlantirishda ta’limiy dasturiy ta’minotning o‘rni yoritiladi. Unda ELSA Speak, Sounds: The Pronunciation App va Phonetics Focus kabi talaffuzga yo‘naltirilgan ilovalarning funksiyalari, afzalliklari va samarali qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Tadqiqot o‘quvchilarning talaffuz, artikulyatsiya va tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirishda qulaylik, individuallashtirilgan ta’lim va tezkor fikr-mulohazaning muhim ahamiyatini ta’kidlaydi.
2026-02-17
РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАР ОРҚАЛИ МАҲАЛЛИЙ СОЛИҚЛАРНИ БОШҚАРИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ: МЕТОДОЛОГИК ВА АМАЛИЁТ ЙЎНАЛИШЛАРИ
Мазкур мақолада рақамли иқтисодиёт шароитида маҳаллий солиқлар бўйича солиқ маъмуриятчилиги механизмини такомиллаштиришнинг методологик асослари ва амалий йўналишлари тадқиқ этилган. Рақамли технологиялар, катта маълумотлар таҳлили, ахборот тизимлари интеграцияси ҳамда хавф-хатарларга асосланган назорат механизмларининг маҳаллий бюджет даромадларини оширишдаги ўрни илмий жиҳатдан асосланган. Шунингдек, маҳаллий солиқларни рақамлаштириш орқали солиқ базасини кенгайтириш, солиқ интизомини мустаҳкамлаш ва бюджет прогнозларининг аниқлигини таъминлаш имкониятлари таҳлил қилинган. Тадқиқот натижалари маҳаллий бюджетларнинг молиявий барқарорлигини таъминлаш ва солиқ маъмуриятчилигини замонавий рақамли механизмлар асосида трансформация қилиш бўйича амалий таклифларни ишлаб чиқишга хизмат қилади.
2026-02-17
O‘ZBEK ROMANCHILIGINING YUZAGA KELISHI VA SHAKLLANISHI
Ushbu maqolada o‘zbek romanchiligining yuzaga kelishi va shakllanish bosqichlari tahlil qilinadi. O‘zbek adabiyotida roman janrining paydo bo‘lishi XX asr boshlariga to‘g‘ri kelib, bu jarayon jadidchilik harakati va milliy uyg‘onish davri bilan chambarchas bog‘liqdir. Xususan, Abdulla Qodiriy tomonidan yaratilgan O‘tkan kunlar romani o‘zbek romanchiligining asoschisi sifatida e’tirof etiladi. Shuningdek, Mehrobdan chayon asari ham milliy roman taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi.
2026-02-17
“ALKIMYOGAR” ASARINING INGLIZ VA O‘ZBEK TILIDAGI TARJIMALARI TAHLILI: OZOD SHARAFIDDINOVNING TARJIMONLIK MAHORATI
Braziliyalik taniqli yozuvchi Paulo Koelo qalamiga mansub “Alkimyogar” asari o‘zining chuqur falsafiy mazmuni, ramziy obrazlari hamda ta’sirchan, ammo sodda tili bilan alohida qadrlanadi. Mazkur maqolada ushbu asarning ingliz va o‘zbek tilidagi tarjimalari taqqoslanib, muhokama ostiga olinadi. Shuningdek, adabiyotshunos va tarjimon Ozod Sharafiddinovning murakkab diniy tushunchalar va chuqur falsafiy fikrlarni o‘zbek tilida taqdim etishda yaqqol namoyon bo‘ladigan tarjimonlik mahorati, yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi. Fikr va xulosalar asardan keltirilgan parchalar va izohlar orqali mustahkamlanadi.
2026-02-18
СОЛИҚ ТИЗИМИ: ХОРИЖ ТАЖРБАСИНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ
Ривожланган мамлакатларда солиқ тизими, одатда, юқори даражада диверсификация қилинган бўлиб, бевосита ва билвосита солиқлар, шунингдек ижтимоий бадаллар ўртасида нисбатан мувозанат сақланади. Ушбу мувозанат ҳар бир мамлакатнинг иқтисодий стратегиясига боғлиқ равишда шаклланади. Масалан, ижтимоий давлат модели устувор бўлган Европа мамлакатларида даромад солиғи ва ижтимоий бадаллар улуши юқори бўлса, бозор иқтисодиёти устувор бўлган мамлакатларда бевосита солиқлар нисбатан камроқ ва хусусий сектор улуши юқорироқ бўлиши мумкин.
2026-02-18
ISHLAB CHIQARISH JARAYONINI INVESTITSION VA INNOVATSION RIVOJLANISHINI MATEMATIK KORRELYATSION USULDA ISTIQBOLLASHTIRISH
Ushbu maqolada ishlab chiqarish jarayonini investitsion va innovatsion rivojlanish nuqtai nazaridan matematik korrelyatsion usul yordamida istiqbollashtirish tahlil etiladi. Tadqiqotda investitsion xarajatlar, ilmiy‑texnik tadqiqot va tajriba‑konstruktorlik (R&D) xarajatlari, ishlab chiqarish samaradorligi hamda yalpi ichki mahsulot (YAIM) o‘sishining korrelyativ bog‘liqligi ko‘rsatkichlar bilan aniqlangan.
2026-02-18
JAMIYAT TARAQQIYOTIDA IJTIMOIY TARMOQNING O‘RNI
Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarning ahamiyati haqida ortiqcha ta'rif berishga hojat yo‘q. Negaki o‘zaro muloqotda, biznesda, yangi mijozlar topishda, mahsulot sotuvini oshirishda, biror soha bo‘yicha mutaxassis tanlovida ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish strategiyasini yo‘lga qo‘yib olish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari boshqalar bilan bog‘lanish va axborot almashinuvi, masofaviy ta’lim, telecommuting va ijara, masofaviy ish faoliyatlarini olib borishning osonligi, internet orqali savdo qilish imkoniyati, tibbiyot sohasida ishlab chiqarish, virtual o‘yinlar va qiziqishlar, media va ijtimoiy tarmoqlarda o‘zaro aloqalar kabi imkoniyatlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu vositalar jamiyatni demokratlashtirishga, biznesni kengaytirishga va global hamkorlikka undaydi, avtomatlashtirish va sun’iy intellekt kabi texnologiyalar ishlab chiqarish jarayonlarini tezlashtirib, harajatlarni kamaytiradi. Turli xil kelib chiqishi va yosh guruhlarini qamrab olgan milliardlab odamlar ushbu platformalarni hayotlarining ajralmas qismi sifatida qabul qilishadi.
2026-02-19
MUHAMMAD RIZO OGAHIY: HAYOTI VA IJODIY MEROSI
Mazkur maqolada XIX asr Xorazm adabiy-madaniy muhitining yirik namoyandasi Muhammad Rizo Ogahiyning hayoti va ko‘p qirrali ijodiy merosi yoritiladi. Unda shoirning ta’lim olishi, ilmga chanqoqligi, mumtoz she’riyatdagi o‘rni, tarjimonlik faoliyati hamda tarixnavislik xizmatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, Ogahiy merosining o‘zbek adabiyoti va tarixshunosligidagi ahamiyati ilmiy manbalar asosida baholanadi.
2026-02-19
МЕТОДЫ ВЫЯВЛЕНИЯ ИНФОРМАЦИОННЫХ ХАРАКТЕРИСТИК НА ИЗОБРАЖЕНИЯХ ЧЕЛОВЕЧЕСКОГО ЛИЦА
В данной статье представлен всесторонний анализ исследований, проведенных учеными в этой области. Авторы анализируют методы идентификации цветных видеоданных, полученных с помощью разрабатываемого автором анализатора «роботизированного глаза», а также решения задач геометрического моделирования и оптимизации.
2026-02-19
GLOBAL IQTISODIY BARQARORLIK
Ushbu maqola global iqtisodiy barqarorlikning zamonaviy holatini tahlil qiladi va ularning ta'sirini shakllantiruvchi asosiy omillarni ko'rib chiqadi. Shuningdek, maqolada global iqtisodiy barqarorlikning asosiy omillari — texnologik inqilob, raqamli iqtisodiyot, barqaror energetika va xalqaro savdo kabi faktorlar tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, kelajakda glabal iqtisodiy barqarorlikning istiqbollari va ushbu o'sish uchun zarur bo'lgan chora-tadbirlar, jumladan, yashil iqtisodiyot va texnologik innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash haqida fikr yuritadi.
2026-02-19
ТАКРОРИЙ ЭКИНЛАР УРУҒИНИ ЭКАДИГАН ҲАМДА ЎҒИТЛАЙДИГАН КОМБИНАЦИЯЛАШГАН ҚУРИЛМАНИНГ УРУҒ ЭКУВЧИ СОШНИКЛАРНИНГ ПАРАМEТРЛАРИ АСОСЛАШ БЎЙИЧА ЎТКАЗИЛГАН ТАДҚИҚОТЛАРНИНГ НАТИЖАЛАРИ
Ушбу мақолада комбинациялашган қурилманинг уруғ экиш сошниги бўйича ўтказилган тадқиқотлар натижалари келтирилган.
2026-02-20
MAHALLA FUQAROLAR YIG‘ININING DAVLAT XUSUSIY SHERIKLIK SHARTNOMALARIDAGI ISHTIROKI
Yangi О‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik mexanizmi infratuzilma obyektlarini qurish va rivojlantirishning asosiy vositalaridan biriga aylanmoqda. О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “О‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yо‘lga qо‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida” PQ–402-son qarori mahallalarni isloh qilish jarayonida yangi bosqichni belgilab berdi. Qarorning 11-bandiga kо‘ra, О‘zbekiston mahallalari uyushmasiga uch yil muddatda namunaviy mahalla binolarini qurish va topshirish vazifasi yuklatilgan. Bu jarayon moliyalashtirishning an’anaviy davlat byudjetidan tashqari turli manbalarini, jumladan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini keng qо‘llashni nazarda tutadi. Shuning uchun ushbu masalani fuqarolik huquqi va davlat-xususiy sheriklik nazariyasi nuqtai nazaridan atroflicha yoritish muhim ahamiyatga ega.
2026-02-20
RETSEPTIV ESTETIKA TAMOYILLARI ASOSIDA BOLALAR ADABIYOTINI O‘QITISHNING PEDAGOGIK SAMARADORLIGI
Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim jarayonida ertaklardan foydalanish orqali oʻquvchilarning tanqidiy tafakkurini rivojlantirish masalasi retseptiv estetika nazariyasi asosida tahlil qilinadi. Ertak matnlarini qabul qilish, anglash, talqin qilish va baholash jarayonlarida oʻquvchilarda kuzatiladigan fikrlash operatsiyalari ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan yoritiladi. Shuningdek, ertaklarning estetik, tarbiyaviy va bilish imkoniyatlari tanqidiy tafakkurni shakllantirishdagi didaktik vosita sifatidagi ahamiyati ochib beriladi.
2026-02-23
BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARINING KASBIY-IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHDA REFLEKSIV-INTEGRATIV METODLARDAN FOYDALANISH
Mazkur maqolada pedagog kadrlar tayyorlash jarayonida musiqa terapiyasiga oid bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishning ahamiyati, metodik yondashuvlari va zamonaviy ta’lim tizimidagi o‘rni tadqiq etilgan. Musiqa vositasida bolalar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatish, stress, qo‘rquv va agressiyani kamaytirish, ijtimoiylashuvni ta’minlash kabi vazifalarni pedagog kadrlar orqali amalga oshirish zarurligi asoslab berilgan.
2026-02-23
RAQAMLI PEDAGOGIKA: GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA INTERAKTIV VOSITALAR SAMARADORLIGI
mazkur tezisda umumta’lim maktablarida geografiya fanini o‘qitishda raqamli pedagogika va interaktiv vositalarning qo‘llanishi, ularning o‘quvchilar faoliyatiga ta’siri hamda metodik afzalliklari tahlil qilinadi. O‘zbekiston ta’lim tizimida so‘nggi yillarda joriy etilgan raqamli darsliklar, multimediya resurslari, virtual laboratoriyalar va interaktiv metodlarning samaradorligi xalqaro tajriba asosida qiyosiy baholanadi. Tadqiqot o‘qituvchilar va o‘quvchilarning motivatsiyasi, geografik tafakkur, tahliliy fikrlash ko‘nikmalarining rivojlanishiga interaktiv texnologiyalarning ta’sirini ko‘rsatadi.
2026-02-23
TIL O‘RGANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING LINGVODIDAKTIK ASOSLARI
Ushbu maqolada global raqamlashtirish sharoitida xorijiy tillarni o‘zlashtirishning lingvodidaktik va kognitiv jihatlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar prizmasi orqali tadqiq etiladi. Tadqiqotda sun’iy intellekt (AI), gamifikatsiya va "to‘ntarilgan sinf" (flipped classroom) metodlarining o‘quvchi motivatsiyasi, affektiv filtrni pasaytirishi va kognitiv yuklamani optimallashtirishdagi roli tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekistondagi ta’lim islohotlari va yoshlar harakati kontekstida innovatsion texnologiyalarning lingvistik kompetensiyani shakllantirishdagi samaradorligi so‘nggi yillardagi (2020-2025) nufuzli ilmiy manbalar va empirik ma’lumotlar asosida asoslab beriladi. Maqola yakunida raqamli texnologiyalarni til ta’limiga integratsiya qilishning istiqbolli yo‘nalishlari va metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2026-02-23
EFFECTIVE PEDAGOGICAL METHODS OF TEACHING SPEAKING
Speaking is one of the vital skills that need to be assimilated by students of English as a Foreign Language (EFL), as achievement is often limited by the ability to carry out a conversation in the target language. Teaching students to speak English may become a challenge for some EFL teachers. It is not an easy task to make students speak because the language is not commonly used in the community, and they have limited exposure to it. Teachers should expose students to the language, help them understand its meaning, understand its form (how it is constructed), and provide sufficient practice. Consequently, in order to inspire students to speak, teachers must do something different from what they usually do when teaching other skills. Teachers can create a more pleasant speaking class by implementing activities such as role-plays, discussions, and various games to promote students’ speaking ability.
2026-02-23
THE IMPORTANCE OF NETWORK SECURITY IN THE DIGITAL AGE
In the digital age, the rapid expansion of interconnected systems, cloud computing, Internet of Things (IoT), and remote work infrastructures has significantly increased the attack surface of modern organizations. Network security has therefore become a fundamental component of information assurance, critical infrastructure protection, and economic stability. This article analyzes the importance of network security through the lens of internationally recognized standards, peer-reviewed research, and global threat intelligence reports. Drawing upon data from organizations such as the National Institute of Standards and Technology (NIST), the International Telecommunication Union (ITU), IBM Security, Verizon, ENISA, and other authoritative sources, the paper examines the evolution of cyber threats, the financial and operational impact of security breaches, and the effectiveness of contemporary defensive strategies. The findings demonstrate that proactive risk management, layered defense architectures, encryption, zero-trust models, and continuous monitoring significantly reduce vulnerability exposure and breach impact.
2026-02-23
OLOMON PSIXOLOGIYАSI
Ushbu maqolada olomon psixologiyasi fenomeni ijtimoiy va psixologik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Maqolada Gustav Lebon, Zigmund Freyd va Karl Yungning nazariy qarashlari asosida olomonda deindividatsiya, ongsizlik ustunligi, yuqumlilik va manipulyatsiya jarayonlari yoritiladi. Shuningdek, ommaviy harakatlarning irratsional xarakteri, yetakchilarning hissiy ta’sir vositalaridan foydalanishi, propaganda va manipulyatsiya mexanizmlari tarixiy misollar asosida tahlil qilinadi. Ommaviy harakatlarda shaxsiy aql va javobgarlikning susayishi, his-tuyg‘ularning ustuvorlik qilishi jamiyat hayotida keng ko‘lamli ijtimoiy o‘zgarishlarga olib kelishi mumkinligini asoslab beradi. Maqola siyosat, ijtimoiy psixologiya va ommaviy kommunikatsiya sohalari uchun nazariy va amaliy ahamiyatga ega.
2026-02-23
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SANOAT TARAQQIYOTI VA STRUKTURAVIY O‘ZGARISHLAR
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida sanoat tarmog‘ining 2019–2024 yillardagi rivojlanish tendensiyalari rasmiy statistik ma’lumotlar asosida ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot Statistika agentligining “Industry-2” bo‘limida e’lon qilingan sanoat mahsulotlari hajmi, o‘sish sur’atlari hamda tarmoqlar bo‘yicha struktura ko‘rsatkichlariga asoslanadi. Tahlil natijalari sanoat ishlab chiqarishida barqaror o‘sish mavjudligini, biroq yuqori texnologiyali tarmoqlar ulushining nisbatan pastligini ko‘rsatadi.
2026-02-26
SUN’IY INTELLEKTGA ASOSLANGAN ALOQA TARMOQLARIDA HAVO VA YER USTI BAZA STANSIYALARI RESURSLARINI DINAMIK TAQSIMLASH USULLARINI TADQIQ QILISH VA ISHLAB CHIQISH
Mazkur maqolada sun’iy intellektga asoslangan aloqa tarmoqlarida havo (UAV) va yer usti baza stansiyalari resurslarini samarali taqsimlash masalasi kompleks va tizimli ravishda tahlil qilinadi. Avvalo, 5G va istiqboldagi 6G arxitekturalarida gibrid tarmoq infratuzilmasining ahamiyati asoslab beriladi, shuningdek, cheklangan spektr, quvvat va energiya resurslari sharoitida optimal boshqaruvni ta’minlash zarurati izohlanadi. Shu bilan birga, an’anaviy optimallashtirish usullari hamda mashinali o‘rganish, chuqur o‘rganish va mustahkamlovchi o‘rganish algoritmlariga asoslangan zamonaviy yondashuvlar qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt asosidagi adaptiv modellar dinamik muhitda yuqori spektr samaradorligi, interferensiyaning kamayishi va energiya tejamkorligini ta’minlaydi. Demak, kelajak avlod mobil tarmoqlarida resurslarni boshqarishda intellektual algoritmlarni qo‘llash ustuvor yo‘nalish hisoblanadi.
2026-02-28
ПРИНЦИПЫ СОСТАВЛЕНИЯ ФРАНКО-УЗБЕКСКОГО ИДЕОГРАФИЧЕСКОГО СЛОВАРЯ ГАСТРОНОМИЧЕСКИХ ГЛАГОЛОВ (НА ОСНОВЕ ФРАНЦУЗСКОЙ ЛЕКСИКОГРАФИЧЕСКОЙ ТРАДИЦИИ)
В статье рассматриваются особенности представления гастрономической терминологии во французских лексикографических источниках, включая специализированные словари кулинарных терминов и лексиконы профессиональной кухни. Анализируются принципы отбора, классификации и описания гастрономических глаголов в трудах французских лексикографов, особенности их тематической группировки, технических дефиниций, контекстуальных иллюстраций, а также отражение полисемии и метафорических значений.
2026-02-28
РОЛЬ ПЕРЕВОДА МЕЖДУ УЗБЕКСКОЙ И МИРОВОЙ ЛИТЕРАТУРОЙ
В данной статье анализируется взаимосвязь литературы и перевода, их роль в духовном и культурном процессе, а также влияние перевода на развитие узбекской литературы. Отмечается, что перевод — это не просто передача языка, а средство межкультурного общения. В статье рассматривается значение переводов, выполненных представителями узбекской литературы, развитие переводческой деятельности в современную эпоху и новые интерпретации.
2026-02-28
FARG‘ONA SHAROITIDA 25–64 YOSHDAGI AYOLLAR POPULYATSIYASIDA 2 YIL DAVOMIDA OILADAGI STRESSNING ARTERIAL GIPERTENZIYA (AG) RIVOJLANISH XAVFIGA TA’SIRINI O‘RGANISH
1994-yilda JSSTning “MONICA-psixosotsial” dasturining uchinchi skriningi doirasida Farg‘jna shahrida yashovchi 25–64 yoshdagi ayollardan iborat tasodifiy tanlangan, reprezentativ guruh (n=870) tekshiruvdan o‘tkazildi. Oiladagi stress darajasi “O‘z salomatligiga bo‘lgan bilim va munosabat” so‘rovnomasi yordamida baholandi. Tadqiqotga anamnezida arterial gipertenziya bo‘lmagan shaxslar kiritildi va ular 2 yil davomida (2024–2026-yillar) kuzatildi. Kuzatuv davrida AG ning birinchi marta rivojlangan barcha holatlari (tekshiruvlar, tibbiy hujjatlar tahlili) qayd etildi. AG rivojlanish xavfini baholash uchun Koksning proporsional regressiya modeli (HR) qo‘llanildi. Guruhlar o‘rtasidagi farqlarning statistik ahamiyatini aniqlashda χ² mezoni ishlatildi.
2026-02-28
ПАТОГЕНЕТИЧЕСКАЯ РОЛЬ КОМПЛЕКСНОЙ КОРРЕКЦИИ МЕСТНОГО ГОМЕОСТАЗА ПОЛОСТИ РТА В ПРОФИЛАКТИКЕ ПРОГРЕССИРОВАНИЯ ЭРОЗИЙ ЗУБОВ У ДЕТЕЙ С ГАСТРОЭЗОФАГЕАЛЬНОЙ РЕФЛЮКСНОЙ БОЛЕЗНЬЮ
Проведённое клинико-лабораторное исследование убедительно показало, что гастроэзофагеальная рефлюксная болезнь у детей сопровождается выраженными нарушениями местного гомеостаза полости рта, проявляющимися декомпенсированным ацидозом, снижением буферных свойств и объёма слюны, повышенной метаболической активностью кислотопродуцирующей микрофлоры, а также уменьшением кислотоустойчивости и замедлением процессов реминерализации твёрдых тканей зубов. Указанные изменения формируют патогенетическую основу для развития и прогрессирования эрозивных поражений эмали и дентина, что обуславливает необходимость целенаправленного комплексного воздействия на основные звенья патологического процесса.
2026-02-28
USING THE UNIDROIT PRINCIPLES (UPICC) TO INTERPRET SMART CONTRACTS WHEN NATIONAL LAW IS SILENT ON DIGITAL ISSUES
This thesis examines the critical challenge of interpreting smart contracts in jurisdictions where national law, particularly civil codes, remains silent on digital assets and automated performance. By analyzing the UNIDROIT Principles of International Commercial Contracts (UPICC) as a supplementary framework, this study proposes a mechanism to fill regulatory gaps, specifically within the transitioning legal system of the Republic of Uzbekistan. The research highlights how UPICC's flexible doctrines—such as good faith, common intention, and the right to cure—can mitigate the rigid determinism of algorithmic execution and protect parties in cross-border digital commerce.
2026-02-28
ОРТОДОНТИЧЕСКИЕ МЕРОПРИЯТИЯ У ДЕТЕЙ С РАННЕЙ ПОТЕРЕЙ МОЛОЧНЫХ ЗУБОВ
Ортодонтические мероприятия у детей с ранней потерей молочных зубов представляют собой один из наиболее важных и актуальных разделов современной детской стоматологии, направленный на предотвращение формирования зубочелюстно-лицевых аномалий, сохранение физиологического развития зубочелюстной системы и обеспечение оптимальных условий для прорезывания постоянных зубов.
2026-02-28
O'ZBEKISTONNING TARIXIY SHAHARLARI MAVZUSINI O'QITISHDA FSMU TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI (9-SINF ONA TILI DARSLIGI ASOSIDA)
Mazkur maqolada 9-sinf ona tili darsligida berilgan “O‘zbekistonning tarixiy shaharlari” mavzusini o‘qitishda FSMU texnologiyasidan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Tadqiqotda mazkur texnologiyaning o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirish, matnni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda nutqiy kompetensiyalarini rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, FSMU texnologiyasini dars jarayonida qo‘llash o‘quvchilarning faolligini oshirishi va mavzuni chuqurroq o‘zlashtirishiga xizmat qilishi asoslab berilgan.
2026-02-28
