Наука и технология в современном мире
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift

«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
«Innovative Academy RSC» LLCru-RUНаука и технология в современном мире2181-2020WEB-SAHIFA BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51503

Mazkur maqola "Web-sahifa bo'limini o'qitish metodikasi" mavzusiga bag'ishlangan bo'lib, web-sahifa dizayni va dasturlashni o'qitishda samarali metodlarni tahlil qiladi. Maqolada web-sahifa bo'limini o'qitishda o'quvchilarga interaktiv va amaliy yondashuvlarni qo'llash, shuningdek, web-sahifaning turli bo'limlarini o'rgatishda innovatsion pedagogik metodlar orqali bilimlarni mustahkamlash imkoniyatlari ko'rib chiqiladi. O'qitish jarayonida, web-sahifa dizayni, HTML, CSS, JavaScript kabi texnologiyalarni o'rgatish orqali o'quvchilarga nafaqat dasturlash ko'nikmalarini, balki kreativ fikrlash va amaliy tajriba ham berish zarurati ta'kidlanadi.
Maxliyo Umirova Muxiba Yaxiyaxonova
Copyright (c) 2025
2025-05-122025-05-1241149AXBOROT BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51504

Mazkur maqolada axborot bo‘limini o‘qitish metodikasi masalalari keng qamrovda ko‘rib chiqilgan. O‘qitish jarayonida axborot texnologiyalarining roli va ularning ta’limga ta’siri, shuningdek, zamonaviy metodlar va yondashuvlar taqdim etilgan. Maqolada leksik-metodologik metodni qo‘llashning afzalliklari, axborotning asosiy tushunchalari va ularning ta’lim jarayoniga integratsiyasi haqida fikr yuritiladi. O‘quvchilarning axborot madaniyatini shakllantirish, axborotlarni to‘g‘ri ishlash va tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar hamda zamonaviy texnologiyalarni dars jarayonida samarali qo‘llash usullari yoritilgan.
Nilufar TojiyevaMuxiba Yaxiyaxonova
Copyright (c) 2025
2025-05-122025-05-124111016INTERNETDA ISHLASH ASOSLARI BO’LIMINI O’QITISH METODIKASI
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51505

Ushbu maqolada informatika fanining muhim boʻlimlaridan biri boʻlgan "Internetda ishlash asoslari" boʻlimini samarali oʻqitish metodikasi, dars shakllari, taʼlim texnologiyalari va interfaol metodlar orqali mazkur bilimlarni o‘quvchilarga yetkazish yo‘llari keng yoritilgan. Internet xavfsizligi, etik muomala, axborot madaniyati kabi jihatlar ham nazarda tutilgan.
Yogdor SattorovMuxiba Yaxiyaxonova
Copyright (c) 2025
2025-05-122025-05-124111722INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANINI OʻQITISHDA MEDIASAVODXONLIGINING OʻRNI
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51506

Bugungi kunda axborot texnologiyalarining tez rivojlanishi va internetning keng tarqalishi bilan, mediasavodxonlik oʻquvchilarda axborotlarni toʻgʻri tahlil qilish va ularni baholash koʻnikmalarini rivojlantirishda muhim rol oʻynamoqda. Ushbu maqolada informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda mediasavodxonlikning o‘rni yoritiladi. Mediasavodxonlik zamonaviy jamiyatda tanqidiy fikrlashni shakllantirish, feyk axborotni aniqlash va axborot xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quv dasturlarini takomillashtirish, interaktiv o‘qitish usullaridan foydalanish, o‘qituvchilar va talabalar uchun treninglar tashkil etish kabi chora-tadbirlar mediasavodxonlikni oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada shuningdek, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan mediasavodxonlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va innovatsion texnologik yondashuvlar tahlil qilinadi.
Anora Allanazarova Muxiba Yaxiyaxonova
Copyright (c) 2025
2025-05-122025-05-124112327ZAMONAVIY KOMPYUTERLAR BO‘LIMINI O‘QITISH METODIKASI
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51507

Ushbu maqolada zamonaviy kompyuterlar bo‘limini o‘qitish metodikasi tahlil qilinadi. Kompyuter fanlarini o‘qitishda innovatsion yondashuvlar, interfaol metodlar, virtual laboratoriyalar va gamifikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, loyiha asosida ta’lim berish va raqamli texnologiyalar orqali o‘quvchilarning bilim olish jarayonini optimallashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Sarvinoz Xurramova
Copyright (c) 2025
2025-05-122025-05-124112831TAQDIMOT SLAYDLARINI YARATISH BOʻLIMINI OʻQITISH METODIKASI
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51508

"Taqdimot slaydlarini yaratish boʻlimini oʻqitish metodikasi" bu taqdimot slaydlarini samarali yaratish va ularni ta'lim jarayonida qanday foydalanishni o'rgatish bo'yicha metodik yondoshuvlarni taqdim etadi. Maqolada taqdimot slaydlarining o'quvchilarga ta'lim berishda qanday ahamiyatga ega ekanligi, ularning diqqatini jalb qilish va axborotni samarali yetkazishdagi roli tahlil qilingan. Slaydlarni yaratishning asosiy prinsiplariga, vizual va matnli elementlarning muvofiqligiga, shuningdek, slaydlarning strukturaviy tuzilishiga alohida e'tibor qaratilgan. Ushbu metodika taqdimot slaydlarini yaratishda o'qituvchilarga kerakli ko'nikmalarni berish, ta'lim jarayonini yaxshilash va o'quvchilarning o'zlashtirish darajasini oshirishga qaratilgan. Maqola shuningdek, taqdimotlarni o'qitishda zamonaviy texnologiyalar va interaktiv usullarni qanday qo'llash mumkinligi haqida tavsiyalar beradi.
Shoira Uzoqova Muxiba Yaxiyaxonova
Copyright (c) 2025
2025-05-122025-05-124113236O‘QUV-METODIK TA’MINOTGA OID MATERIALLAR BILAN TANISHISH
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51509

O‘quv-metodik ta’minot ta’lim jarayonining uzviy qismi bo‘lib, uning sifat va samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Mazkur maqolada o‘quv-metodik materiallarning tarkibi, ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni va samaradorlikka ta’siri keng tahlil qilinadi. An’anaviy va zamonaviy o‘quv-metodik resurslarning o‘zaro integratsiyasi, ularni ishlab chiqish tamoyillari va ulardan foydalanish usullari ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, elektron darsliklar, interfaol ta’lim platformalari, multimediya vositalari va raqamli resurslarning ahamiyati o‘rganilib, ularning ta’lim sifati va talabalarning bilimini oshirishga ta’siri tahlil qilinadi. O‘quv-metodik materiallarning raqamlashtirilishi va innovatsion texnologiyalar bilan uyg‘unligi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Maqolada, shuningdek, o‘quv-metodik ta’minotdan samarali foydalanishning strategiyalari va ta’lim jarayonida metodik materiallarning moslashuvchanligi muhokama qilinadi. Tadqiqot natijalari ta’lim jarayonini takomillashtirish va o‘quv dasturlarini rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishga qaratilgan.
Sevinch Bozorova Muxiba Yaxiyaxonova
Copyright (c) 2025
2025-05-122025-05-124113741O‘QITISHNING DIDAKTIK TAMOYILLARINI YARATISH G‘OYALARI
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51510

Ushbu maqolada o‘qitishning didaktik tamoyillarini yaratish g‘oyalari tahlil qilinadi. Didaktika – o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish va ta’limning sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy soha bo‘lib, uning asosiy maqsadi talaba va o‘quvchining o‘zlashtirish darajasini yuqorilashdir. Ushbu maqolada didaktik tamoyillarni yaratishning nazariy asoslari, ularning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati ko‘rib chiqiladi. Yaratilgan tamoyillar o‘qitishning samaradorligini oshirishga, shuningdek, o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini rivojlantirishga qaratilgan. Mazkur maqolada o‘qitishning didaktik tamoyillarini yaratish jarayoni, uning ta’lim samaradorligini oshirishdagi o‘rni va zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan integratsiyasi tahlil qilinadi. Didaktik tamoyillar o‘quvchilarning bilim olish jarayonini samarali tashkil etish, mustaqil fikrlashni rivojlantirish va interaktiv usullarni qo‘llash orqali ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Maqolada O‘ktam Xaydarov, Shavkat Tursunov, John Hattie va David Kolb kabi mutaxassislarning ta’lim jarayoniga oid ilmiy qarashlari tahlil qilinib, ularning o‘qitish usullarini takomillashtirish borasidagi yondashuvlari o‘rganiladi.
Maftuna BoymirzayevaMuxiba Yaxiyaxonova
Copyright (c) 2025
2025-05-122025-05-124114246STANDART BO’LINISH UCHUN KUTISH VAQTI FUNKSIYALARINING ASIMPTOTIK HOLATI
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51695

Mazkur maqolada standart bo‘linishga asoslangan ehtimollik jarayonlarida kutish vaqti funksiyalarining asimptotik holati o‘rganiladi. Asosan, stoxastik modellar doirasida ketma-ket yuz beradigan hodisalar uchun kutilayotgan vaqtni aniqlovchi funksiyalarning cheksizlikdagi xatti-harakati tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu funksiyalarning chegaraviy baholari, tezlik darajalari va yondashuv usullari (ayniqsa Markov jarayonlari va ergodik tizimlar doirasida) batafsil ko‘rib chiqiladi. Olingan natijalar nazariy matematikada hamda texnik va tabiiy tizimlarni modellashtirishda qo‘llanilishi mumkin.
Qahramon Xudoynazarov
Copyright (c) 2025
2025-05-132025-05-134114750QUYOSH ENERGIYASIDAN FOYDALANISH
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51708

Ushbu maqola quyosh energiyasi haqida ma’lumotlar va quyosh energiyasining qishloq xo'jaligi va agrosanoatni rivojlantirishdagi potentsial rolini o'z ichiga oladi. Quyosh energiyasining afzalliklaridan foydalanish va turli xil agrotexnika ishlarini bajarish uchun mo’ljallangan.
Kamoliddin Usmonov Xonzodabegim UraimovaMohinur Yarbekova
Copyright (c) 2025
2025-05-132025-05-134115154QURITISH TEXNOLOGIYASI UZUM NAVLARI MISOLIDA
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51709

Kishmish uzum navi urug'siz bo'lib, shirin ta'mi va yupqa po'stlog'i bilan ajralib turadi. Uni quritish orqali yuqori sifatli mag'iz (mayiz) olish mumkin. Ushbu maqolada Kishmish uzumini quritishning turli usullari, jumladan, oftobi (quyoshda), objo'sh (qaynoq suvda ishlov berish) va soyaki (soyada) usullari batafsil yoritiladi. Har bir usulning afzalliklari va kamchiliklari ko'rib chiqilib, eng samarali usullar tahlil qilinadi. Kishmish uzum navlari o‘zining yuqori shakar (qand) miqdori bilan ajralib turadi, bu ko‘rsatkich odatda 23–25% atrofida bo‘ladi. Bunday yuqori shakar miqdori ushbu navlarni quritish uchun juda qulay qiladi, chunki u quritilgan mahsulotning sifati, taʼmi va uzoq muddat saqlanishini taʼminlaydi. Shakar miqdori yuqori bo‘lgan uzum quritganda kamroq chiriydi, tezroq quriydi va foydali xususiyatlarini uzoq saqlab qoladi.
Xolida XasanovaDiyora Madraimova Saidvalixon Adhamov
Copyright (c) 2025
2025-05-132025-05-134115557DASTURIY TA'MINOT ISHLAB CHIQISH UCHUN TALABLARNI SHAKLLANTIRISH VA ULARNING TAHLIL
https://www.in-academy.uz/index.php/zdift/article/view/51710

Dasturiy taʼminot (DT) ishlab chiqish jarayonida talablarni shakllantirish va ularning tahlili — loyihaning muvaffaqiyati uchun bevosita hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Ko‘pincha loyiha jamoasi va manfaatdor tomonlar kutgan natijalar orasidagi tafovut, vaqt yoki byudjet cheklovlari, texnik murakkabliklar aynan shunday talablarni noto‘g‘ri yoki yetarlicha chuqur tahlil qilinmasligidan kelib chiqadi. Shu bois, DT loyihalarida talablarni yig‘ish, tasniflash, hujjatlashtirish va keyin ularni sifat jihatidan baholash (tahlil) jarayonlari bir-biriga chambarchas bog‘langan va o‘zaro to‘ldiruvchi bosqichlar hisoblanadi.
Moxlaroyim SerobiddinovaAlisher Ismailov
Copyright (c) 2025
2025-05-132025-05-134115864