«Zamonaviy dunyoda ilm-fan va texnologiya» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2025-11-04
Статьи
EKO VA AQLLI SHAHARLARNI LOYIHALASHDA BIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH STRATEGIYALARI
BIM Binolarni informatsion modellashtirish (Building Informational Modeling) jarayoni bo‘lib, uning natijasida binoning informatsion modeli shakllanadi. BIM obyekt haqidagi barcha mavjud raqamli tavsif, ya'ni loyihalash va qurilish bosqichida hamda foydalanish, hatto buzish vaqtida ham ishlatiladigan axborotdir. BIM tushunchasi ilk bor 1975-yilda Jorjiya texnologik instituti professori Chak Istman tomonidan "Building Description System" nomi ostida ilmiy hisobotda keltirilgan.
2025-10-31
TA’LIM JARAYONIDA MUAMMOLI VA TEXNOLOGIK YONDASHUV TAMOYILLARI, TURLARI VA ISHLAB CHIQISH BOSQICHLAR
Ta’lim jarayonida muammoli va texnologik yondashuv tamoyillari, turlari va ishlab chiqish bosqichlari yoritilgan.
2025-10-31
TA’LIM TIZIMIDA RAQAMLI MARKETING STRATEGIYALARINING AHAMIYATI
Zamonaviy raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimining samarali faoliyati raqamli marketing strategiyalarini to‘g‘ri tanlash va ularni amaliyotga joriy etish darajasiga bevosita bog‘liqdir. Bugungi kunda raqamli marketing ta’lim muassasalarining raqobatbardoshligini ta’minlash, o‘quvchi va talabalarni jalb etish, brendni shakllantirish hamda xizmat sifatini oshirishda muhim omil sifatida e’tirof etilmoqda
2025-10-31
AKSELERATSIYA JARAYONINING INSON PSIXIKASIGA TA’SIRI
Akseleratsiya (rivojlanishning tezlashishi) zamonaviy jamiyatda kuzatiladigan muhim ijtimoiy-biologik hodisa boʻlib, insonning jismoniy va psixik rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatadi. Ushbu maqolada akseleratsiya jarayonining inson psixikasiga taʼsiri, shuningdek, bolalik, oʻsmirlik va kattalik davridagi psixik oʻzgarishlar keng yoritilgan. Maqolada, shuningdek, akseleratsiyaning ijtimoiy, madaniy va ekologik omillari tahlil qilingan. Akseleratsiya jarayonini chuqur oʻrganish insonning psixik salomatligini saqlash va rivojlanishini optimallashtirishga yordam beradi.
2025-10-31
DAVLAT FUQAROLIK XIZMATCHILARINING ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH SAMARADORLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI
Ushbu maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarining zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Zamonaviy axborot tizimlari va elektron hujjat aylanishi orqali davlat organlarida ish samaradorligini oshirish imkoniyatlari, xodimlarning malaka oshirishning muhimligi va IT resurslaridan samarali foydalanish strategiyalari o‘rganiladi. Maqolada mavjud amaliy tajribalar, davlat organlarida axborot texnologiyalarini joriy etishning afzalliklari va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar ham ko‘rib chiqilgan.
2025-10-31
OLIY TA’LIM TALABALARIDA STRESSGA QARSHI BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISHDA PSIXOLOGIK TRENINGLARNING O‘RNI
Mazkur maqolada talabalar ta’lim faoliyati davomida duch keladigan stressli holatlar va ularga qarshi barqarorlikni shakllantirishning psixologik hamda pedagogik mexanizmlari tahlil etiladi. Ta’lim jarayonida yuzaga keladigan stress omillari — o‘quv yuklamasining ko‘pligi, vaqt yetishmasligi, baholash tizimi, ijtimoiy raqobat va o‘zini namoyon qilish bosimi kabi holatlar sifatida ko‘rib chiqiladi.
2025-10-31
TALABALARDA TA’LIM FAOLIYATIDAGI STRESSLI HOLATLARIGA QARSHI BARQARORLIKNI SHAKLLANTIRISH
Mazkur maqolada talabalar ta’lim faoliyati davomida duch keladigan stressli holatlar va ularga qarshi barqarorlikni shakllantirishning psixologik hamda pedagogik mexanizmlari tahlil etiladi. Ta’lim jarayonida yuzaga keladigan stress omillari — o‘quv yuklamasining ko‘pligi, vaqt yetishmasligi, baholash tizimi, ijtimoiy raqobat va o‘zini namoyon qilish bosimi kabi holatlar sifatida ko‘rib chiqiladi.
2025-10-31
ARXITEKTURA YODGORLIKLARINING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada arxitektura yodgorliklari nomlarining lingvomadaniy xususiyatlari qiyosiy tahlil qilingan. Tadqiqot UNESCO va ICOMOS bazalari, shuningdek, arxitektura yodgorliklari bo‘yicha ilmiy tadqiqot materiallari asosida olib borildi. Yodgorliklar nomlari milliy tarixiy, diniy qadriyatlar va madaniy kod bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ko‘rsatildi. Bundan tashqari nomlarning lingvomadaniy qatlamlari (tarixiy, diniy, ramziy) va tarjima strategiyalari birgalikda tahlil qilindi.
2025-10-31
INGLIZ VA O’ZBEK XALQLARI ARXITEKTURAVIY YODGORLIKLARINING QIYOSIY TAHLILI
Ushbu maqolada o’zbek va ingliz madaniyatida arxitekturaviy yodgorliklarning lingvomadaniy xususiyatlari tahlil qilinadi. Arxitekturaviy yodgorliklar nafaqat bino yoki inshoot, balki xalqning urf-odati, til boyligi va madaniy qadriyatlarining ifodasi sifatida qaraladi. Tadqiqot davomida tarixiy manbalar, ilmiy maqolalar va zamonaviy kuzatuvlar asosida qiyosiy tahlil oʻtkazildi. Olingan natijalar arxitekturaviy yodgorliklarning nomlanishi, til birliklarida ifodalanishi hamda lingvomadaniy xususiyatlari har ikki madaniyatda oʻxshash va farqli jihatlarga ega ekanini koʻrsatadi.
2025-10-31
НАУКОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ НАУЧНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ УЗБЕКИСТАНА В АГРАРНОЙ СФЕРЕ НА ОСНОВЕ ОТКРЫТЫХ ДАННЫХ СИСТЕМЫ SCIMAGO COUNTRY RANK
В статье представлен наукометрический анализ научной деятельности Узбекистана в аграрной сфере. На основе открытой базы данных SCImago Country Rank изучена динамика публикационной активности по сельскому хозяйству за последние пять лет, а также проведён анализ по показателям documents, citable documents, citations, citations per document и H-index.
2025-10-31
AVTOMOBIL YIG‘ISH JARAYONIDA SANOAT ROBOTLARIDAN FOYDALANISHNING ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI
Ushbu maqolada avtomobilsozlik sanoatida robotlashtirilgan texnologiyalarni qo‘llashning ishlab chiqarish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Sanoat robotlari yig‘ish jarayonida aniqlik, barqaror sifat, yuqori mehnat unumdorligi hamda xavfsizlik darajasini oshirishga xizmat qilishi ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, robotlashtirish jarayonining iqtisodiy samaradorlikka, ishlab chiqarish tannarxiga va raqobatbardoshlikka ta’siri bo‘yicha xalqaro tajribalar asosida tahlil va muhokama olib boriladi.
2025-10-31
AVTOMOBIL DETAL VA UZELLARINING ISHLASH MUDDATINI OSHIRISHDA SIRTNI QATTIQLASHTIRISH TEXNOLOGIYALARI
Ushbu tezisda avtomobil sanoatida qo‘llaniladigan detallar va uzellarning xizmat qilish muddatini uzaytirish maqsadida sirtni qattiqlashtirish texnologiyalarining qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Metall sirtini mustahkamlashning asosiy usullari — sementatsiya, karbonitridlash, termik ishlov, plazmali nitrlash, lazerli sirtga ishlov berish va ion implantatsiyasi usullarining samaradorligi ilmiy manbalar asosida bayon etiladi. Sirt qattiqligini oshirish natijasida detalning yeyilish tezligi kamayadi, ishqalanishga chidamlilik oshadi va avtomobil mexanik uzellarining ishonchliligi ko‘payadi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqarish jarayonida optimal qattiqlashtirish usullarini tanlash muhimligini ko‘rsatadi.
2025-10-31
MIKROSKOPIK SUVO‘TLARINI BALIQCHILIKDA QO‘LLASHNING ISTIQBOLLARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 maydagi PQ-2939-son “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida” gi farmoniga muvoffiq hududda baliqchilik hovuzlarida baliqlarni intensiv holda ko‘paytirish uchun mutaxassislar tomonidan loyihalar tayyorlangan va ushbu loyihalar asosida baliqchilik havzalari qurilmoqda.
2025-10-31
TOG‘AY MUROD ROMANLARIDA TIMSOL VA METAFORA
Tog‘ay Murod asarlari o‘zbek tilidagi noyob o‘xshatishlarni, milliylikni adabiyotga keng qamrovda olib kirdi. “Tog‘ay Murod o‘zbekka o‘z nasriy ruhini qaytarib berdi. U o‘qirmanlari qalbida or tuyg‘usini, yaqin insonlari uchun tirgak bo‘lish, ma’suliyatni olishga harakat qildi” - deb ta’kidladi adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshev. Tog‘ay Murod – o‘zbek adabiyotiga betakror uslub kiritgan yozuvchi sifatida kitobxonlarning sevimli adibiga aylandi. Tog‘ay Murod asarlarida go‘zal o‘xshatishlar va timsollar asarni yanada jonliroq qilishga xizmat qilgan. Har bir asarda yozuvchining yashab o‘tgan makon va zamonga xos til unsurlari aks etib turadi. Tog‘ay Murodning ilk romani “Otamdan qolgan dalalar” adib ijodidagina emas, milliy adabiyotimizning so‘nmas asarlaridan biridir. “Otamdan qolgan dalalar” ramziy roman. Asarda bosh qahramon Dehqonqul o‘zbek xalqining timsoli sifatida tasvirlangan. Dehqonqul obrazining milliy xarakteri shakllanishida til asosiy o‘rin tutgan g‘oyaviy-badiiy jihatdan mukammal asardir.
2025-10-31
ГУЛИМАНСАР ЎСИМЛИГИНИНГ АНТИТОКСИК ХУСУСИЯТЛАРИ
Тажрибамиз давомида, ис газидан сурункали захарланишда бир вақтнинг ўзида гулимансар ўсимлиги дамламаси билан коррекция қилинган тажриба ҳайвонлари лимфа тугунлари катталашишини камайишига олиб келди. Ис газидан сурункали захарланишда бир вақтнинг ўзида гулимансар ўсимлиги дамламаси билан коррекция қилинган тажриба каламушлари лимфа тугунлари морфологиясида турли табиатдаги ижобий ўзгаришлар ривожланиб, лимфа суюқлиги ва веноз димланиш камайди, лимфостаз жараёнининг камайиши кузатилди. Морфологик суратларда лимфа томирлари кенгайганлиги камайганлиги эвазига лимфа тугунининг барча анатомик тузилмаларида лимфа суюқлиги димланишини камайиши ҳисобидан турли хилдаги кенгайишлар бартараф этилган натижани кўрдик.
2025-10-31
EKINLARNI AEROPONIKA USULIDA YETISHTIRISHNING AFZALLIKLARI
Ushbu maqoloda ekinlarni aeroponika usulida sug`orish tarixi, mohiyati, afzallik va kamchiliklari tomonlari hamda qishloq xo`jaligidagi ahamiyati haqida ma`lumotlar keltirilgan.
2025-10-31
MYTHOLOGEME AS A UNIVERSAL UNIT OF THE MYTHOLOGICAL WORLD PICTURE
Mythologeme is a shared structural feature of the world view in the myths that conveys archetypal themes and symbolic meaning common to all cultures and throughout history. As a recurring figure, image, or theme of narrative, the mythologeme conveys humanity's overall cognitive and affective experience, which governs how societies think about existence, morality, and cosmology. Although definitions vary among scholars, mythologemes are commonly defined as stable yet elastic signs that survive over time, bridging between old and new narratives. Universality stems from common human experience, psychological archetypes, cultural diffusion, and symbolic descriptions of natural and social phenomena. Serving as the building blocks of myths, mythologemes frame mythological discourse, transmit cultural values, and preserve collective identity. They are powerful in determining worldviews, establishing cosmological order, and symbolizing cyclical patterns of life, death, and rebirth. Firmly rooted in language, literature, and folklore, mythologemes persistently evolve, connecting the religious and the secular, past and present. They affirm their enduring presence by demonstrating that mythology is a necessary means for understanding the human condition and the interrelatedness of all cultures.
2025-10-31
O‘ZBEKISTONDA YUVENAL YUSTITSIYANING ISTIQBOLLARI VA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda sud-huquq tizimini tubdan yangilashga qaratilgan islohotlar jadallashgan. Xususan, sudlar faoliyati, huquq-amaliy mexanizmlar, huquqni muhofaza qilish organlari va yoshlar bilan ishlash – barcha jarayonlar yangicha yondashuvga tayanmoqda. Shu bilan birga, yoshlar jinoyatchiligi va voyaga yetmaganlar bilan alohida ishlash (yuvenal yustitsiya) masalalari ham dolzarb ekanligi oshkor bo‘lmoqda. Ushbu tezisda sud islohotlarining asosiy yo‘nalishlari, yuvenal yustitsiyaning hozirgi holati va uning rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Bugungi kunda bolalar huquq va manfaatlarini himoya qilishga doir keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
2025-10-31
RASHIDUDDIN HAMADONIY QALAMIGA MANSUB “JOME’ AT TAVORIX” ASARI YOZILISH TARIXI VA O‘ZIGA XOS JIHATLARI
Mazkur tadqiqot ishida XIV asrning yirik davlat arbobi va tarixchi olimi Rashiduddin Fazlulloh Hamadoniy hayoti hamda ilmiy merosi, xususan, uning mashhur “Jome‘ at tavorix” (“Tarixlar to‘plami”) asarining yaratilish tarixi, nusxalarining taqdiri va ilmiy ahamiyati yoritilgan. Shuningdek Ilxoniylar davrida Fors diyorida faoliyat yuritgan Rashiduddinning siyosiy mavqei, G‘azonxon va O‘ljaytu hukmronlik davrlaridagi faoliyati, shuningdek, uning vafotidan keyingi siyosiy beqarorlik oqibatida vayron etilgan “Rab‘i Rashidiy” majmuasi haqida ma’lumotlar beradi.
2025-10-31
ZAMONAVIY NUTQ TERAPIYASI FALSAFASI
Mazkur maqolada nutq terapiyasining tarixiy rivojlanish bosqichlari, XX asrda logopediya fanining shakllanish jarayoni hamda zamonaviy nutq terapiyasining falsafiy va amaliy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda nutq terapiyasining inson shaxsiga yo‘naltirilgan yondashuvga asoslanishi, individual va integratsion metodlarning qo‘llanishi, shuningdek innovatsion texnologiyalar, neyroplastiklik va kognitiv reabilitatsiya tamoyillarining ahamiyati yoritilgan. Zamonaviy logopediya insonning nafaqat nutq faoliyatini, balki psixologik, ijtimoiy va kognitiv rivojlanishini qo‘llab-quvvatlovchi kompleks tizim sifatida talqin etiladi.
2025-10-31
PANEL MA’LUMOTLAR ASOSIDA O‘ZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA VOSITACHILIK XIZMATLARI HAJMINING SAMARADORLIKKA TA’SIRI
Mazkur tezisda O‘zbekiston tijorat banklari misolida vositachilik xizmatlari hajmining samaradorlik ko‘rsatkichlariga ta’siri panel ma’lumotlar yondashuvi asosida tahlil qilinadi. Empirik dizayn asosiy vositachilik ko‘rsatkichlari sifatida aktivlarda kreditlar ulushi va passivlarda depozitlar ulushini, nazorat o‘zgaruvchilari sifatida sof foiz marjasi, xarajat/daromad nisbati hamda bank hajmini qamrab oladi. Model tarkibida bankga xos o‘zgarmas xususiyatlarni yutish uchun individual fiks-effektlar va yil shoklarini ushlash uchun vaqt fiks-effektlari kiritiladi. Natijalar mantiqan shuni ko‘rsatadiki, kredit va depozit vositachiligi samaradorlik bilan ijobiy bog‘liq bo‘lishi kutiladi, biroq bu bog‘liqlik foiz marjasi va operatsion samaradorlik sharoitlari bilan chegaralanadi. Tadqiqot xulosalari bank boshqaruviga intermedatsiya strategiyasini xarajat intizomi va barqaror depozit bazasi bilan uyg‘unlashtirish zarurligini ko‘rsatadi.
2025-10-31
YOʻLOVCHI TASHISH XIZMATLARI SIFATINI YAXSHILASH YOʻNALISHLARI
Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda yoʻlovchi tashish xizmatlari sohasida sifatni oshirish masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Bu tendensiya bir qator ichki va tashqi omillar bilan bogʻliq: transport infratuzilmasini rivojlantirish, demografik harakatlilikning oshishi, turizm va biznes sayohatlarining koʻpayishi sifatida. Shu sharoitda yoʻlovchi tashish xizmatlarida (xususan temiryoʻl va shahar-aro yoʻlovchi tashishlari) sifatni yaxshilash uchun tizimli yoʻnalishlarni belgilab olish zarur. Quyida ushbu yoʻnalishlar batafsil tahlil qilinadi.
2025-10-31
“SMART POWER” (AQLLI KUCH) SIYOSATINI YURITISHDA DAVLAT VA XALQARO SIYOSIY INSTITUTLARNING O‘RNI VA AHAMIYATI
“Smart power” — harbiy kuch, diplomatiya, madaniy va iqtisodiy ta’sir kuchini uyg‘unlashtiruvchi, zamonaviy xalqaro munosabatlar va milliy xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirilgan murakkab yondashuvdir. Bu termin kuch ishlatish yoki yumshoq ta’sir yo‘li bilan, balki ikkisiga moslashuvchanlik bilan muvaffaqiyatli natijalarga erishish uchun ishlab chiqilgan. Davlat va xalqaro siyosiy institutlar ushbu strategik yondashuvni muvaffaqiyatli amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Aqlli kuch faqatgina harbiy kuch ishlatish yoki yumshoq kuch vositalari bilan emas, balki ularning moslashuvchan uyg‘unligi orqali yuqori samarali natijalarga erishish maqsadida paydo bo‘ldi. Bunday yondashuv globallashgan dunyodagi murakkab muammolarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2025-10-31
ИНСОН ҚАДРИНИ ТАЪМИНЛАШДА ДЕМОКРАТИК ҚАДРИЯТЛАР ВА ИНСОНПАРВАРЛИК ҒОЯЛАРИНИНГ ИЖТИМОИЙ-ФАЛСАФИЙ ТАҲЛИЛИ
Мазкур мақолада инсон қадри тушунчасининг фалсафий моҳияти, уни таъминлашда демократик қадриятлар ва инсонпарварлик ғояларининг ўзаро боғлиқлиги таҳлил этилган. Шунингдек, Янги Ўзбекистон шароитида инсон қадрини юксалтириш сиёсатида инсонпарварлик ва демократик қадриятларнинг аҳамияти очиб берилган.
2025-10-31
TASVIRIY SAN’ATDA AVLODLAR ALMASHINUVI JARAYONIDA AN’ANAVIYLIK VA ZAMONAVIYLIK UYG‘UNLIGI FENOMENI
Mazkur maqolada tasviriy san’atda avlodlar almashinuvi jarayonida an’anaviylik va zamonaviylik uyg‘unligi fenomeni san’atning rivojlanishida muhim ijtimoiy va estetik omil hisoblanadi. Ushbu uyg‘unlik san’at asarlarini nafaqat estetik jihatdan boyitadi, balki madaniy merosni saqlash va innovatsiyalarni tatbiq etish imkonini beradi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, muvaffaqiyatli san’at asarlari o‘zida tarixiy an’analarni hurmat qilgan holda, zamonaviy kontekstni ham aks ettirishi bayon qilingan.
2025-10-31
VIRTUAL REALITY IN THE TRAINING OF DOCTORS AND MEDICAL STUDENTS
This article examines the role of virtual reality (VR) technologies in medical education. It emphasizes that VR is one of the most promising innovations that can significantly improve the quality of training for future medical professionals. The use of virtual reality creates a safe and controlled learning environment in which students and physicians can practice complex clinical procedures without posing any risk to patients. The paper analyzes the main advantages of VR — safety, repeatability, visualization, development of clinical thinking, and personalization of learning. It also highlights the major challenges of implementing this technology: high equipment costs, lack of quality educational content, and the need for teacher training. The conclusion underlines the significant potential of VR in the future of medical education, especially when integrated with artificial intelligence and machine learning.
2025-10-31
NEGOTIATING MEANING ACROSS CULTURES: THE CHALLENGES OF TRANSLATING IDIOMATIC EXPRESSIONS IN INTERCULTURAL COMMUNICATION
Idiomatic expressions represent one of the most complex challenges in translation, as their figurative meanings rarely correspond directly across languages. This thesis investigates the translation of idioms between English and Uzbek, focusing on the negotiation of cultural meaning and communicative intent. Drawing upon theoretical frameworks from Nida, Newmark, Baker, and Venuti, as well as Uzbek scholars such as Qo‘chqorov and Yo‘ldoshev, the study analyzes idioms in both directions: English into Uzbek and Uzbek into English. Through detailed case studies, the research highlights how literal translation often fails, while functional equivalence, adaptation, cultural substitution, and descriptive translation provide more effective solutions. The findings underscore the translator’s role as a cultural mediator and emphasize the need for idiomatic competence in translation training programs in Uzbekistan. By situating idiom translation within the broader field of intercultural communication, the paper demonstrates that translation is more than a transfer of words; it is the transfer of meaning, culture, and worldview.
2025-10-31
RECONCEPTUALIZING LANGUAGE PEDAGOGY: COGNITIVE, COMMUNICATIVE, AND METHODOLOGICAL INNOVATIONS FOR TRANSFORMATIVE 21ST-CENTURY CLASSROOMS
This thesis interrogates contemporary trajectories in language pedagogy by synthesizing cognitive, communicative, and methodological perspectives within the framework of 21st-century educational demands. It contends that language pedagogy can no longer be confined to prescriptive methodologies but must instead reflect epistemological pluralism, intercultural competence, and technological affordances. Drawing upon theoretical foundations from cognitive psychology (Piaget, Vygotsky), sociolinguistics (Hymes, Canale & Swain), and applied linguistics (Ellis, Richards & Rodgers), this study underscores the urgency of reconceptualizing language pedagogy as a dynamic, adaptive, and transformative enterprise.
2025-10-31
THE PRACTICAL IMPORTANCE OF USING THE WAYS OF DEVELOPMENT OF TOURISM IN CENTRAL ASIA
Central Asia, a region known for its rich cultural heritage and diverse natural landscapes, has immense potential for tourism development. This scientific article explores the practical importance of adopting various strategies to harness the tourism potential in Central Asia. The analysis emphasizes the economic, social, and environmental benefits that arise from the effective development of tourism in the region. By examining the ways in which Central Asian countries can leverage their unique attractions and implement sustainable tourism practices, this article aims to shed light on the transformative power of tourism for the region's growth and prosperity.
2025-10-31
NEYROLINGVISTIKANING PAYDO BO‘LISHI VA AHAMIYATI
Neyrolingvistika bu-amaliy psixologiyaning mashhur va qizg'in muhokama qilinadigan sohasidir. Ushbu mavzuning dolzarbligi bir qator sabablarga bog'liq. Birinchidan, neyrolingvistika usullari bir nechta fanlarning chorrahasida joylashgan: psixologiya, psixoterapiya, dasturlash va tilshunoslik. Ikkinchidan, esa- bu asosan inson hayotida amaliy qo'llashga qaratilgan yangi tadqiqot yo'nalishi. Bundan tashqari, neyrolingvistika ko'pincha akademik hamjamiyat tomonidan tanqid qilinsa-da, ushbu intizom ushbu bo'limning darslarida muhokama qilinadigan juda ko'p foydali va "ishchi" texnikalarni o'z ichiga oladi.
2025-10-31
ZAMONAVIY LINGVISTIKANING YANGI FAN TARMOQLARI
Zamonaviy lingvistika XXI asrda turli fanlar bilan integratsiyalashib, yangi tarmoqlarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada kognitiv lingvistika, kompyuter lingvistikasi, biolingvistika, medialingvistika, pragmalingvistika, diskurs tahlili, translingvistika kabi yo‘nalishlar tahlil qilinadi. Har bir tarmoqning nazariy asoslari, tadqiqot uslublari va amaliy qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Maqola tilshunoslikning interdiscipliner xususiyatini yoritadi va yangi fan tarmoqlarining jamiyat, texnologiya hamda tafakkur bilan aloqasini ochib beradi.
2025-10-31
YURAK TRANSPLANTATSIYASI: AMALIYOT, QIYINCHILIKLAR VA KELAJAK ISTIQBOLLARI
Ushbu tezis yurak transplantatsiyasi jarayoni, uning amaliyoti, duch kelinadigan qiyinchiliklar va kelajak istiqbollarini o‘rganadi. Yurak transplantatsiyasi zamonaviy kardioxirurgiyaning eng murakkab va hayotiy ahamiyatga ega yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Tezisda transplantatsiya jarayonining klinik jihatlari, donor tanlash, jarrohlik texnikasi, immunosupressiv davolash, postoperatsion boshqaruv, shuningdek, transplantatsiya bilan bog‘liq xavf va qiyinchiliklar tahlil qilinadi. Shuningdek, yangi texnologiyalar va biotexnologik yondashuvlar orqali yurak transplantatsiyasining kelajakdagi rivojlanish istiqbollari ko‘rib chiqiladi.
2025-10-31
KORONAR ARTER BYPASS OPERATSIYASI (CABG) VA UNING BEMORLAR HAYOT SIFATI BILAN BOG‘LIQ NATIJALARI
Ushbu tezis koronar arter bypass operatsiyasi (CABG) va uning bemorlar hayot sifati (quality of life – QoL)ga ta’sirini o‘rganadi. Tezisda CABGning klinik natijalari, bemorlar operatsiyadan keyingi jismoniy va ruhiy salomatligi, shuningdek, operatsiya samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, CABG bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi, ayniqsa angina simptomlari va jismoniy cheklovlar kamayadi. Tezis shuningdek, bemorlarning psixologik holatini, sog‘lom turmush tarziga qaytish darajasini ham yoritadi.
2025-10-31
ОПТИМИЗАЦИЯ ТЕРАПИИ НЕЙРОПАТИИ ТРОЙНИЧНОГО НЕРВА: СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ ТРАДИЦИОННЫХ И КОМБИНИРОВАННЫХ МЕТОДОВ ЛЕЧЕНИЯ
Терапия нейропатии тройничного нерва (НТН) остаётся одной из наиболее сложных проблем клинической неврологии. Несмотря на десятилетия клинических наблюдений и разработку множества фармакологических схем, часть пациентов продолжает испытывать хроническую боль и сниженное качество жизни. Традиционное лечение, основанное преимущественно на применении антиконвульсантов, в ряде случаев приводит к частичной ремиссии, но не обеспечивает стойкого купирования болевого синдрома и часто сопровождается побочными эффектами — сонливостью, головокружением, атаксиями, когнитивными нарушениями.
2025-10-31
MAKTABLARDA SUN’IY INTELLEKTNI RIVOJLANTIRISHNING O‘RNI
Ushbu tezisda maktab ta’limida sun’iy intellekt (AI) texnologiyalarini joriy etishning ilmiy-nazariy asoslari, ularning o‘quvchilarda raqamli tafakkur va kreativ kompetensiyalarni rivojlantirishdagi ahamiyati yoritilgan. Raqamli ta’lim muhitida AI vositalaridan foydalanish o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi munosabatni yangi bosqichga olib chiqadi hamda ta’lim jarayonining samaradorligini oshiradi.
2025-10-31
UNIVERSITET TALABALARIDA BOSHQARUV KO‘NIKMASINI RIVOJLANTIRISH MASALALARI
Globalizatsiya va raqamli transformatsiya jarayonlari sharoitida universitet bitiruvchilaridan nafaqat kasbiy bilimlar, balki samarali boshqaruv ko‘nikmalari ham talab qilinmoqda. Talabalarda boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish — bu rejalashtirish, tashkil etish, motivatsiya berish, nazorat qilish va jamoa faoliyatini boshqarish qobiliyatlarini shakllantirish demakdir. Ushbu maqolada talabalarda boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishning nazariy asoslari, xalqaro boshqaruv tajribasidan kelib chiqqan holda samarali strategiyalari va istiqbollari yoritiladi.
2025-10-31
“TA’LIM MUASSASALARI РEDAGOG KADRLARINI TAYYORLASH, QАYTA TАYYORLАSH VА MАLАKАSINI ОSHIRISHNING ZAMONAVIY TENDESIYALARI.”
mazkur maqolada umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun mo'ljallangan malaka oshirish kurslarining asosiy mavzulari, maqsadlari va metodlari tahlil qilinadi. Ushbu ishda malaka oshirish dasturlarining o'qituvchilarning pedagogik mahoratlariga, o'quvchilarning ta'lim sifatiga va o'qituvchilarning kasbiy rivojlanish jarayoniga ta'siri qay darajada samarali ekanligi o'rganiladi.
2025-10-31
“TABIIY VA SUN’IY INTELLEKT: MOHIYATI VA MAZMUNI”
Mazkur maqolada tabiiy va sun’iy intellekt tushunchalarining mohiyati, ularning o‘zaro farqli va umumiy jihatlari, hamda inson hayoti va ilm-fan rivojidagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, intellektning tabiiy va texnologik ko‘rinishlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, kelajakdagi hamkorlik imkoniyatlari va etik muammolar haqida fikr yuritilgan.
2025-10-31
FIZIKADAN EKSPERIMENTAL MASALALAR YECHISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Maqolada fizikadan eksperimental masalalarni yechishda raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Virtual laboratoriyalar va simulyatsiya dasturlari orqali o‘quvchilarda fizik hodisalarni chuqurroq tushunish va tajriba o‘tkazish ko‘nikmalari shakllanadi.
2025-10-31
YALPI ICHKI MAXSULOTNI SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Ushbu maqolada mamlakat iqtisodiy rivojlanishining asosiy ko‘rsatkichi bo‘lgan yalpi ichki mahsulot (YaIM) tushunchasi, uning o‘sishiga ta’sir etuvchi omillar va samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Maqolada ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va inson kapitaliga sarmoya kiritishning YaIM o‘sishidagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, investitsion muhitni yaxshilash, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishning mamlakat iqtisodiy samaradorligiga ijobiy ta’siri tahliliy tarzda ko‘rsatib o‘tilgan.
2025-10-31
