«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.

Опубликован: 2026-02-19

EXPERIENCE OF ORGANIZING TOURISM ACTIVITIES IN EUROPEAN COUNTRIES (ON THE EXAMPLE OF FRANCE) AND OPPORTUNITIES FOR ITS APPLICATION IN UZBEKISTAN

In the 21st century, tourism has emerged as one of the strategic sectors of the global economy. According to the World Tourism Organization (UNWTO), the tourism sector accounts for approximately 10% of the world’s gross domestic product and provides every tenth job worldwide. The significance of tourism extends beyond economic revenue, contributing to regional development, cultural exchange, social stability, and international integration.

Hoshimjon Nurullayev, Utkir Safarov

4-8

2026-02-18

SAMARQAND TARIXIY JARAYONLARINI O‘RGANISHGA BAG‘ISHLANGAN TADQIQOTLAR (ALEKSANDR MORRISON ILMIY FAOLIYATI MISOLIDA)

Samarqand nafaqat Markaziy Osiyo hududida, balki jahon miqyosida ham eng qadimiy shaharlardan biri sifatida e’tirof etiladi hamda umuminsoniy sivilizatsiya taraqqiyotida muhim o‘rin tutgan yirik siyosiy va madaniy markazlardan biri hisoblanadi. Mazkur shahar jahon tarixiy jarayonlarida o‘ziga xos va beqiyos ahamiyat kasb etgan. Ko‘p asrlik tarixiy merosga ega bo‘lgan ushbu maskan bugungi kunda ham turli rivojlangan davlatlarning yetakchi ilmiy markazlari va zamonaviy tarix institutlarida keng ko‘lamda o‘rganilayotgan dolzarb tadqiqot obyektiga aylangan. Mazkur maqolada Aleksandr Morrisonning Samarqand tarixi yuzasidan ilgari surgan qarashlari hamda ilmiy xulosalari manbaviy asosda tahlil etiladi va tarixshunoslik nuqtayi nazaridan baholanadi.

Imomоv Ulug‘bek Ismoilоvich

9-12

2026-02-18

РОЛЬ ЭКСПЕРТА И СПЕЦИАЛИСТА В ПОЛУЧЕНИИ ОБРАЗЦОВ ДЛЯ ЭКСПЕРТНОГО ИССЛЕДОВАНИЯ

Получение образцов для экспертного исследования сопряжено с использованием специальных знаний. Следовательно, в перечень лиц, правомочных получать образцы для экспертного исследования, входят эксперт и специалист. Деятельность данных лиц регулируется рядом нормативно-правовых актов, таких как Закон Республики Узбекистан «О судебной экспертизе», Уголовно-процессуальный кодекс и т.п.

Парахатова Шахноза Ерназаровна

13-15

2026-02-19

ПРАВОВЫЕ И КРИМИНАЛИСТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ПОЛУЧЕНИЯ ОБРАЗЦОВ ДЛЯ КОМПЬЮТЕРНО-ТЕХНИЧЕСКОЙ ЭКСПЕРТИЗЫ ПРИ РАССЛЕДОВАНИИ КИБЕРПРЕСТУПЛЕНИЙ

Стремительное развитие информационно-коммуникационных технологий и их повсеместная интеграция во все сферы общественной жизни обусловили качественные изменения в характере и структуре преступности. В условиях цифровой трансформации общества киберпреступления становятся одной из наиболее динамично развивающихся форм противоправной деятельности, представляющих повышенную общественную опасность. Их отличительными особенностями являются трансграничность, анонимность, высокая латентность и сложность выявления следов преступления. Указанные характеристики существенно осложняют деятельность правоохранительных органов и требуют пересмотра традиционных криминалистических подходов к раскрытию и расследованию преступлений.

Парахатова Шахноза Ерназаровна

16-19

2026-02-19

ИҚТИСОДИЙ СУДЛАРДА ДАЪВО ТАРТИБИДА ИШ ЮРИТИШНИНГ АЙРИМ ИНСТИТУТЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ

иқтисодий судларда даъво тартибида иш юритишда муҳим аҳамиятга эга бўлган процессуал институтлардан бири ҳисобланган даъво аризаси юзасидан ёзма фикр бўйича процессуал қонунчиликда белгиланган нормалар мазкур институтдан самарали фойдаланиш имконини бермайди ва уни такомиллаштириш заруратини келтириб чиқаради. Шунингдек, процессуал қонунчиликда суд мажлиси вақтида тартиб бузилган тақдирда, раислик қилувчи тартибни бузган шахсни суд номидан огоҳлантириши, тартиб такроран бузилган тақдирда, мазкур шахс раислик қилувчининг фармойиши билан суд мажлиси залидан чиқариб юборилиши мумкинлиги белгиланган бўлса-да, ушбу процессуал мажбурлов чоралари кодексда алоҳида бобда процессуал жиҳатдан мустаҳкамланмаган, бундай чоралар қўлланилиши мумкин бўлган ҳаракатлар ва шахслар доираси аниқ белгиланмаган.

Асқар Мамараимов

20-30

2026-02-19

O‘ZBEKISTONNING XALQARO TASHKILOTLARDAGI ROLI

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotlar tizimidagi o‘rni, tashqi siyosatining ko‘p tomonlama diplomatiyaga asoslanganligi hamda global va mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy rivojlanish, ekologiya va gumanitar sohalardagi faoliyati tahlil qilinadi. Shuningdek, mamlakatning BMT, SHHT, MDH, YeXHT, va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi tashabbuslari, erishilgan natijalari hamda istiqbollari ilmiy jihatdan yoritiladi.

Baxitova Dilfuza

31-36

2026-02-20

JADIDLARNING MA’RIFATPARVARLIK VA MILLIY UYG‘ONISH HAQIDAGI FALSAFIY G‘OYALARI

Ushbu maqola jadidlarning ma’rifatparvarlik, milliy uyg‘onish va taraqqiyot haqidagi falsafiy g‘oyalarini bugungi Yangi O‘zbekiston taraqqiyot konsepsiyasi bilan qiyosiy tahlil qiladi. Tadqiqot jadidlarning ilm, tafakkur erkinligi, inson sha’ni va ma’naviy poklikni jamiyat taraqqiyotining markaziy omillari sifatida ko‘rsatganini aniqlaydi. Shu bilan birga, Yangi O‘zbekiston siyosati yoshlar intellektual va estetik salohiyatini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan keng qamrovli institutsional islohotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan. Maqolada komparativ tahlil, tarixiy-falsafiy yondashuv va ijtimoiy-falsafiy tahlil metodlari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, jadidlarning g‘oyalari va bugungi strategiyalar g‘oyaviy uzviylikka ega, farq faqat kontekst, institutsional daraja va global texnologiyalarni qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Shu asosda, ilm, ma’naviy va estetik tarbiya milliy taraqqiyotning asosiy omillari sifatida saqlanib qoladi.

Mamurov Iqboljon Khurshidjon o‘g‘li

37-39

2026-02-23

INGLIZ TILIDA MEHNAT VA KASBIY FAOLIYAT BILAN BOG‘LIQ FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING ETIMOLOGIK VA LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI

Mazkur tezisda ingliz tilida mehnat va kasbiy faoliyat bilan bog‘liq frazeologik birliklarning semantik butunligi, metaforik motivatsiyasi, uslubiy qatlamlanishi hamda lingvomadaniy mazmuni nazariy va amaliy jihatdan yoritiladi. Tahlil frazeologizmlarning kelib chiqishi va zamonaviy professional diskursdagi pragmatik funksiyalarini ko‘rsatishga qaratiladi. Misollar asosida mehnatga oid idiomalar ingliz tilida ish etikasi, kasbiy munosabatlar va ijtimoiy qadriyatlarning barqaror ifodasi ekanligi asoslanadi.

Shahriyorova Shahnoza Shuhratjon qizi, Bobojonova Shakhnoza

40-42

2026-02-23

TURKISTON GENERAL-GUBERNATORLIGI DAVRIDA QAMOQXONA TIZIMI

XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan Markaziy Osiyoning katta qismi bosib olinib, 1867-yilda Turkiston general-gubernatorligi tashkil etildi. Bu siyosiy-ma’muriy tuzilma mintaqani imperiya tarkibiga to‘liq kiritish, uning boshqaruv, sud, moliya va huquq tizimlarini rus qonunlariga moslashtirish maqsadida tuzilgan edi. Shu jarayonda qamoqxonalar tizimi ham Rossiya imperiyasining jinoyat-sud amaliyotlariga asoslangan holda shakllantirildi.            

Mamutov Marat Mambetmuratovich

43-44

2026-02-23

BIR XIL STANDART VA BIR XIL HISOBOT SHAROITIDA TURLI QARORLAR: BUXGALTERIYA QARORLARIDA INSON OMILINING YASHIRIN RO’LI

Hozirgi kunda barcha rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlarda tabiiyki o’zining ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchi korxonalari mavjud bo’lib, bu korxonalarning yuragi buxgalter hisoblanadi. Juda ko’p insonlar buxgalteriyani shunchaki raqamlar dunyosi yoki faqatgina matematik hisob kitoblar deb o’ylashadi, ammo aslida u qat’iy standartlar, aniq qoidalar va soliq talablariga amal qilish orqali korxonaning moliyaviy natijalarini shakllantiradigan, uning kelajagini belgilab beradigan va inson omili boshqaradigan katta bir tizimdir. Shu bilan birga amaliyot shuni ko‘rsatadiki, moliyaviy hisobotlar faqat iqtisodiy jarayonlarning qog’ozda aks ettirilishi emas, balki ularni baholayotgan mutaxassisning professional qarorlari natijasidir. Bu tizimda buxgalterning bir donagina kichik qarori, bir yil ichidagi foydani bir necha barobar oshirishi yoki kamaytirishi ham mumkin. 

Botirjonova Bonu Baxtiyor qizi, Abdusalomova Nodira Baxodirovna

45-52

2026-02-24

THE ROLE OF FEEDBACK IN CONTENT AND LANGUAGE INTEGRATED LEARNING (CLIL)

Feedback plays a crucial role in Content and Language Integrated Learning (CLIL), where learners are required to simultaneously acquire subject knowledge and develop foreign language competence. Unlike traditional language instruction, CLIL environments demand a balanced approach to feedback that supports both content understanding and linguistic development. This article explores the multifaceted role of feedback in CLIL classrooms, examining how different types of feedback-corrective, formative, peer-based, and self-reflective-contribute to effective learning outcomes. Drawing on theories of second language acquisition, sociocultural theory, and formative assessment, the study analyzes how feedback facilitates scaffolding, promotes learner autonomy, and enhances communicative competence. The discussion highlights the importance of timing, quality, and adaptability of feedback in CLIL contexts, as well as the role of teachers and learners in the feedback process. The findings suggest that effective feedback in CLIL must be strategic, interactive, and context-sensitive, ensuring that learners can integrate content knowledge with language skills in a meaningful way.

Dildora Babaxanova

53-55

2026-02-24

MAKTAB VA UNIVERSITETLARDA ZO‘RAVONLIKKA QARSHI KURASH MEXANIZMLARI: TAJRIBA VA TAKLIFLAR

Mazkur maqolada maktab va universitetlarda uchraydigan zo‘ravonlik holatlarining ijtimoiy-psixologik va institutsional sabablari tahlil qilingan. Shuningdek, milliy va xorijiy tajribalar asosida ta’lim muassasalarida zo‘ravonlikka qarshi kurashish mexanizmlari o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari asosida profilaktik chora-tadbirlar, institutsional hamkorlik modellari hamda amaliy takliflar ishlab chiqilgan.

Abdujalilov Bekzod

56-59

2026-02-25

YOSHLAR O‘RTASIDA ZO‘RAVONLIKNING OLDINI OLISHDA OILANING IJTIMOIY MAS’ULIYATI

Ushbu maqola yoshlar o‘rtasida zo‘ravonlik muammosini, uning oldini olishda oilaning tutgan o‘rni va ijtimoiy mas’uliyatini o‘rganadi. Maqolada zamonaviy jamiyatda zo‘ravonlikning tarqalish sabablari, bolalar va o‘smirlar psixologiyasiga ta’siri, shuningdek, oilaning bu jarayondagi roli tahli qilinadi. Tadqiqotning maqsadi – oilaviy muhitning yosh avlodga ijobiy ta’sir ko‘rsatishdagi ahamiyatini belgilab berish va zo‘ravonlikka qarshi kurashda samarali chora-tadbirlarni taklif qilish.

Abdujalilov Bekzod

60-64

2026-02-25

ANALYSIS OF BODY LANGUAGE IN CONFLICT PROCESSES BASED ON PSYCHOLOGICAL APPROACHES AND PEDAGOGICAL RESEARCH

This scientific study analyzes the psychological approaches and pedagogical aspects of body language in conflict processes, based on the results obtained from research. From a psychological perspective, body movements, facial expressions, eye contact, proxemics, tone of voice, breathing rhythm, and other psychophysiological indicators are discussed as crucial diagnostic and management tools during the stages of conflict emergence, development, and resolution. Pedagogical research substantiates the importance of correctly interpreting and consciously managing body language in conflicts between teachers and students. The results-based analysis provides evidence that a deep understanding of body language in conflict situations serves to manage disputes effectively and enhance the effectiveness of pedagogical influence.

Muyassar Tangirbergenova , Yulduz Maxpurova , Zaynab Ismailova

65-69

2026-02-25

НАДТЕКСТОВОЙ ДИАЛОГ В ЛИТЕРАТУРЕ И ЕГО ВЫРАЖЕНИЕ

В статье рассматривается надтекстовой диалог как сложное явление, определяющее глубинную структуру художественного текста и его включённость в широкий культурный и исторический контекст. Анализ показывает, что надтекстовой диалог реализуется через аллюзии, реминисценции, жанровые переклички, философские и мифологические коды, переосмысление классических сюжетов, создавая полифоническую структуру и интерпретационную открытость произведения. Он обеспечивает диалог с литературной традицией, расширяет смысловые границы текста и активизирует читательское восприятие. Исследование подчёркивает роль надтекстового диалога в литературной эволюции и его значение для понимания механизмов культурной памяти.

Цой Кристина Владимировна

70-77

2026-02-25

QADIMGI DINIY E’TIQODLARDA TABIATGA MUNOSABAT

Xalqimizning ong shuurida qaror topgan, uning milliy qadriyatlari negizida singib borgan, hamda rivojlanish darajasini belgilovchi ijtimoiy munosabatlarning ekologiyalashgan yo‘nalishlari va ularning majmuasi, millatimizning tabiatni muhofaza qilishdan iborat madaniyatiga asos hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqimiz ekologik madaniyatining nisbatan mustaqilligi xususiy hodisa emas, balki, umumiylikning namoyon bo‘lishidir. Chunki, «tabiat-jamiyat-inson» majmuasidagi ijtimoiy munosabatlar majmuasi ekologik ong va madaniyat yordamida boshqariladi. Shunga ko‘ra, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarni tabiatni muhofaza qilish sohasidagi amaliy munosabatlariga ekologik borliq, xususan ekologik madaniyatdan ajralgan holda olib qarash metodologik jihatdan xatodir. Zero, ekologik madaniyat jamiyat ijtimoiy-ekologik munosabatlarining asosi, harakatlantiruvchi mexanizmi hisoblangan tabiatni muhofaza qilish ehtiyojlariga borib taqaladi. Aniqroq qilib aytganda, ekologik madaniyat insonning tabiatni muhofaza qilish bilan bog‘liq hayotiy ehtiyojlarini qondirishning vositasi bo‘lib hisoblanadi.

Jo’raqulova Munisa Navruz qizi

78-81

2026-02-25

O'ZBEKISTONDA KASBIY TA'LIM TIZIMIGA QO'YILGAN ILK QADAM

Mazkur maqolada O‘zbekistonda kasbiy ta’lim tizimini shakllantirishga qo‘yilgan ilk qadamlar tarixiy va me’yoriy manbalar asosida tahlil qilinadi. Mustaqillikning dastlabki davrida kadrlar tayyorlash masalasi iqtisodiy islohotlar, mehnat bozori ehtiyojlari va uzluksiz ta’lim g‘oyasi bilan chambarchas bog‘langan holda kun tartibiga chiqdi. 1997 yildagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kasbiy ta’limni alohida bosqich sifatida huquqiy va tashkiliy jihatdan belgilab berdi, 1998 yildagi hukumat qarori esa akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini tashkil etish hamda boshqarish mexanizmlarini amaliyotga tushirdi. Maqolada mazkur hujjatlar asosida tizimning maqsadlari, tuzilmasi, boshqaruv modeli, o‘quv dasturlarining mehnat bozoriga yo‘naltirilishi hamda keyingi modernizatsiya jarayonlari izohlanadi. 

Qo'chqorov Matkarimxo'ja Sirojidin o'g'li

82-84

2026-02-26

TALABALARNING TA’LIM EHTIYOJLARI TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK VA PSIXOLOGIK TALQINI

Maqolada talabalarning ta’lim ehtiyojlari tushunchasining pedagogik va psixologik mazmuni ilmiy va nazariy jihatdan tahlil etilgan. Ta’lim ehtiyojlarining mohiyati, shaxsning rivojlanishidagi o‘rni, bilim olishga undovchi omillar bilan bog‘liqligi hamda zamonaviy oliy ta’lim tizimida shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvni ta’minlashdagi ahamiyati yoritilgan. Shu bilan birga, ehtiyoj, motiv, qiziqish va qadriyat tushunchalari o‘zaro bog‘liqlikda ifodalangan. Tadqiqot natijasida talabalarning ta’lim ehtiyojlarini aniqlash va rivojlantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari ilmiy asoslangan.

Ravshanov Hamroqul Amirqulovich, Chorshanbiyev Ravshan Xushmurodovich

85-87

2026-02-27

MAMLAKATDA AHOLINI IJTIMOIY HIMOYA QILISHNING MOLIYAVIY MANBALARI VA TASHKILIY-HUQUQIY ASOSLARI

Mazkur maqolada mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining moliyaviy manbalari hamda uning tashkiliy-huquqiy asoslari ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 2020–2024 yillar kesimida davlat byudjeti xarajatlari, ijtimoiy transferlar, byudjetdan tashqari jamg‘armalar hamda xalqaro moliyaviy institutlar mablag‘lari dinamikasi o‘rganildi. Normativ-huquqiy baza sifatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari tahlil qilindi. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ijtimoiy himoya xarajatlarining YAIMdagi ulushi oshib bormoqda va moliyalashtirish tizimi bosqichma-bosqich manzillilik tamoyiliga o‘tkazilmoqda.

J.K. Majidov

88-90

2026-02-27

SHAXSNING O'Z ORZULARI VA REAL IMKONIYATLARI O'RTASIDAGI EMOTSIONAL TAHLILLAR

Ushbu tadqiqotda shaxsning o‘z orzulari va real imkoniyatlari o‘rtasidagi emotsional tafovut psixologik nuqtai nazardan chuqur tahlil qilinadi. Tadqiqotda muvaffaqiyatga erishish bosimi zamonaviy jamiyat sharoitida qanday shakllanishi, uning ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy taqqoslash, oilaviy va madaniy jihatlar orqali kuchayishi ilmiy dalillar asosida yoritiladi. Empirik psixologik tadqiqotlar natijalari asosida orzu va real sharoitlar o‘rtasidagi nomutanosiblikning depressiya, xavotir, psixologik kuyish sindromi va motivatsion pasayish bilan bog‘liqligi ko‘rsatib beriladi. Natijalarga asoslangan tahlillar shuni ko’rsatdiki, shaxsning psixologik farovonligi orzular va imkoniyatlar o‘rtasidagi mutlaq tenglikda emas, balki ularni moslashtirish, qayta baholas, emotsional jihatdan sog‘lom psixologik muhitni ta’minlash asosida namoyon bo‘ladi.

Melisova Dilnoza Azamat qizi, Orazimbetova Munisaxan Muratovna, Mavlanova Maxliyo Aybek qizi, Safarova Xilola Hamid qizi

91-95

2026-02-27

XALQARO XUSUSIY HUQUQDA KOLLIZION NORMALARNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Ushbu tezis hozirda mavjud turli mamlakatlar o‘rtasidagi huquqiy munosabatlarda, chet el yuridik shaxslarining huquq va manfaatlarini himoya qilishda turli xalqaro xususiy huquq tarmoqlarning to‘qnash kelishi, bu munosabatlarda nizolar mavjudligi va ularni qanday hal qilinishida kollizion normalarning o’rni muhimligi haqida so‘z yuritiladi.

Mahmudov Shaxboz, Masharipova Naziraxon

96-98

2026-02-27

KONFLIKTLI JAǴDAYLARDI SHESHIWDE SHAŃARAQTIŃ ROLI

Usı ilimiy izertlewde konflikt jaǵdaylardı sheshiwde shańaraqtıń roli sociallıq-psixologiyalıq hám pedagogikalıq kóz-qaraslardan kelip shıqqan pikirler analizlendi. Izertlew sheńberinde shańaraqtıń shaxstıń sociallasıwındaǵı ornı, konflikt mádeniyatınıń qáliplesiw mexanizmleri hám de shańaraqlıq psixologiyalıq ortalıqtıń kelispewshilikler dinamikasına tásiri haqqındaǵı tiykarǵı maǵlıwmatlar keltiriledi. Izertlewimiz dawamında kognitiv interpretaciya, emocional reaktivlik, kommunikativ tosqınlıqlar hám roller sisteması sıyaqlı psixologiyalıq mexanizmlerge baylanıslı jaǵdaylar ashıp berildi. Shańaraqta ashıq sóylesiwdi hám psixologiyalıq jantasıwlardı rawajlandırıw kelispewshiliklerdi nátiyjeli sheshiwdiń áhmiyetli faktorı sıpatında tiykarlanadı. Sonday-aq, izertlewimiz nátiyjelerine tiykarlanǵan analizler shańaraq turaqlılıǵın bekkemlew, shaxstıń konfliktologiyalıq kompetentligin qáliplestiriw hám salamat sociallıq-psixologiyalıq ortalıq jaratıwda úlken áhmiyetke iye.

Shamuratova Aygul Zamir qizi, Perdebayeva Gulzar Ong'arbayevna, Rambergenova Muxabbat Bahadir qizi, Tolemisova Qazna Eliwbay qizi

99-103

2026-02-28

BERDAQ POEZIYASIDAGI AXLOQIY QADRIYATLARNI INGLIZ TILI ORQALI O‘RGANISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI

Mazkur tezisda buyuk qoraqalpoq shoiri Berdaq she’riyatida tarannum etilgan axloqiy qadriyatlarni (halollik, adolat, insonparvarlik, vafo) umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilariga ingliz tili vositasida o‘rgatishning pedagogik va psixologik imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqotda axloqiy tushunchalarni chet tili orqali o‘zlashtirish jarayonida yuzaga keladigan kognitiv va affektiv omillar tahlil qilingan. Shuningdek, Berdaq g‘oyalarini ingliz tilida ifodalash davomida o‘quvchilarda milliy g‘urur va bag‘rikenglik kabi shaxsiy sifatlarning rivojlanish dinamikasi ko‘rsatib berilgan. Muallif tomonidan axloqiy mazmundagi she’riy parchalar asosida ishlab chiqilgan lingvopsixologik mashqlar tizimi va ularning dastlabki natijalari haqida ma’lumot berilgan. Tajriba-sinov ishlari Qoraqalpog‘ston Respublikasi Xo‘jayli tumanidagi shaxsiy maktabning 10-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tkazilib, natijalar Berdaq she’riyatidagi axloqiy qadriyatlarni ingliz tili orqali o‘rganish o‘quvchilarning nafaqat lingvistik, balki axloqiy-psixologik rivojlanishiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan.

Esemuratov Azizbek Abdimurat o‘g‘li

104-107

2026-02-28

O‘RTA MAXSUS TA’LIM PEDAGOG XODIMLARINING KASBIY ETIKASI: NAZARIY ASOSLAR VA AMALIY JIHATLAR

Mazkur maqolada o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarning kasbiy etikasi masalalari tahlil qilinadi. Pedagogik faoliyatda etik me’yorlarga rioya etishning mazmuni, ahamiyati hamda ta’lim sifati va tarbiyaviy jarayonga ta’siri yoritib beriladi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim sharoitida pedagog kasbiy etikasining dolzarbligi asoslab beriladi.

Serjanova G.S., Kudaybergenova T.

108-110

2026-02-28

MEKTEP OQIWSHILARI HÁM JAS ÓSPIRIMLER ARASINDAǴI KELISPEWSHILIKLERDIŃ SEBEBIN ANIQLAW

Usı izertlewde mektep oqıwshıları ortasında júz beretuǵın kelispewshiliklerdiń tiykarǵı sebeplerin anıqlaw boyınsha pedagogikalıq izertlewler, olardıń psixologiyalıq hám shańaraq faktorları menen baylanısın kompleksli analiz yetiw máseleleri dodalanadı. Izertlewimiz dawamında konflikt túsiniginiń teoriyalıq tiykarları haqqında ulıwma túsinikler, mektep jası dáwirlerinde oqıwshılardıń psixologiyası kózqarasınan kelispewshiliklerdiń kelip shıǵıw ózgeshelikleri, oqıwshılar temperamenti hám individual-psixologiyalıq sıpatlarınıń tásiri, shańaraqlıq tárbiya usılları, klass jámáátiniń sociallıq strukturası hám mektep psixologiyalıq ortalıǵınıń tiykarǵı faktorları keltirip ótiledi. Sonday-aq, kelispewshilik sebeplerin anıqlawda diagnostikalıq metodlar - baqlaw, sáwbetlesiw, sorawnama hám psixologiyalıq testlerden paydalanıwdıń áhmieti tiykarlap beriledi. Izertlew nátiyjelerinde mektep ortalıǵında salamat psixologiyalıq ortalıqtı qáliplestiriw, oqıwshılardıń dúnyaqarasın rawajlandırıw hám de qarama-qarsılıqlardı konstruktivlik basqarıw boyınsha pikirler keltiriledi.

Turemuratova Aziza Begibaevna, Djumanyazova Gulmira Jalgasbaevna

111-115

2026-02-28

ORGANIZING AND CONDUCTING MASS SPORTS EVENTS AMONG STUDENTS

This article expands the content requirements for developing students’ competence in organizing and conducting mass sports events based on innovative and systematic approaches, and proposes a model grounded in the development of system classification. It formulates scientific conclusions and recommendations for enhancing students’ competence in organizing and conducting mass sports activities. The current state of this competence is analyzed, and the system, content, conditions, factors, and tools for its further development are examined and expanded.

Baxtiyor Anorqulov

116-119

2026-02-28

INTEGRATING ARTIFICIAL INTELLIGENCE TOOLS INTO ESL LESSONS

This article examines the pedagogical integration of artificial intelligence (AI) tools into English as a Second Language instruction. It explores theoretical foundations, practical classroom applications, benefits, and challenges associated with AI-supported language learning. Particular attention is given to personalization, assessment, teacher roles, and ethical considerations. The article argues that AI, when used thoughtfully and responsibly, enhances learner engagement, autonomy, and communicative competence while preserving the central role of the teacher in meaningful language education.

Laylo Matyakubova, Mohlaroy Asadullayeva

120-123

2026-02-28

OILAVIY AJRIMLARNING KUN SAYIN OMMALASHISHIGA NIMA SABAB BO‘LMOQDA?

Jamiyatimizda oila muqaddasligi, uning davlat himoyasida ekanligi Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilishi boshqa davlatlar huquqiy tizimida ko‘rilmagani bilan birga uning qadr-qimmatini yanada yuqori pog‘onaga ko‘tarilganini ham anglatadi. Yurtimizda oila qurish azaliy an’ana bo‘lib, taraflarning ixtiyoriy roziligi, o‘zaro tengligi asosida qurilgan nikohlar davlat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlanadi, rivojlanishi uchun sharoit yaratiladi. Shuningdek, oilaning muqaddasligi, oila ham bir ne’mat ekanligi har kimga yoshligidan singdiriladi. Ammo shunga qaramay, turli xohish-istaklarga bo‘ysunish, o‘zaro tushunmovchilik, uchinchi tomonning aralashuvi tufayli ko‘plab oilalar ajrim yoqasiga kelib qolmoqda.

Gulposhsha Yuldasheva

124-125

2026-02-28

“MENING OTIM QIRMIZI” VA “ISYON VA ITOAT” ASARLARINING G‘OYAVIY-FALSAFIY TALQINI

Ushbu tezisda O‘rxon Pomuqning “Mening otim Qirmizi” hamda Ulugʻbek Hamdamning “Isyon va itoat” romanlarida ilgari surilgan g‘oya va falsafiylik tahlil qilinadi. Har ikki asarda o‘tish davrining murakkab ma’naviy-ruhiy jarayonlarini inson qalbi, tafakkuri va e’tiqodi orqali yoritiladi.

Sanakulova Mohibonu

126-128

2026-02-28

KARIM YO‘LDOSHEV IJODIDA TARIXIY MAVZULARNING SAHNAVIY TALQINI

Ushbu tezisda rejissyor Karim Yo‘ldoshev ijodida tarixiy mavzularni sahnaga olib chiqish tamoyillari tahlil qilinadi. Tarixiy syujetni teatr tiliga ko‘chirishda hujjiylik va badiiy umumlashtirish muvozanati, tarixiy shaxs obrazini ideallashtirmasdan dramatik konflikt orqali ochish, sahna makoni hamda ssenografik ramzlar yordamida davr ruhini yaratish masalalari yoritiladi. Tadqiqotda Yo‘ldoshevning tarixiy mavzuga murojaati uning repertuar tanlovi va teatr amaliyotidagi tajribasi bilan bog‘lab izohlanadi; shuningdek, o‘zbek tarixiy dramasi sahna talqini bo‘yicha ilmiy manbalarda berilgan yondashuvlar bilan qiyosiy xulosalar chiqariladi.

Turopxo‘jayev Anvar G‘anixo‘jayevich

129-133

2026-02-28

ОЦЕНКА ЭФФЕКТИВНОСТИ ДЕЙСТВУЮЩЕГО ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКОГО МЕХАНИЗМА УПРАВЛЕНИЯ ТРАНСПОРТНЫМИ УСЛУГАМИ

В статье проведена комплексная оценка эффективности действующего организационно-экономического механизма управления транспортными услугами. Рассматриваются институциональные, финансовые, инфраструктурные и цифровые аспекты функционирования транспортного сектора, а также их влияние на качество и устойчивость перевозочного процесса. На основе статистических данных раскрываются показатели вклада транспорта в ВВП, состояния инфраструктуры, уровня безопасности и логистической результативности. Выявлены системные ограничения действующего механизма, связанные с инвестиционным дефицитом, фрагментацией управления и недостаточной цифровой интеграцией. Обоснованы направления совершенствования организационно-экономических инструментов с учетом принципов устойчивого развития и сервисной ориентации.

Кайыбеков Парахат Конысбаевич

134-136

2026-02-28

THE LEGAL QUALIFICATION OF HYBRID DIGITAL-PHYSICAL INTERNATIONAL SALES CONTRACTS UNDER THE LEX FORI

This article explores the profound challenges that the Internet of Things (IoT) and "smart" products pose to the traditional taxonomies of private international law. As commercial transactions increasingly involve hybrid bundles of tangible hardware, embedded software, and continuous digital services, the threshold step of legal "characterization" or "qualification" has become highly complex. Operating primarily under the doctrine of the lex fori, courts apply domestic legal definitions to categorize these atypical contracts as either sales of goods or provisions of services. This study analyzes how the lex fori approach inevitably leads to conflicts of characterization across different jurisdictions, resulting in "limping" legal relationships. By examining comparative frameworks—such as the Predominant Purpose Test in the U.S., the "Goods with Digital Elements" paradigm in the EU, and the international regime of the CISG—this research highlights the urgent need to modernize domestic legal categories to prevent jurisprudential fragmentation and safeguard predictability in global digital trade.

Davronbek Abdugaffarov

137-145

2026-02-28

TARJIMASHUNOSLIKDA ELLIPSISNI TARJIMA QILISH MUAMMOLARI

Mazkur maqolada tarjimashunoslikda ellipsis hodisasini tarjima qilish bilan bog‘liq muammolar va ularning nazariy hamda amaliy jihatlari tahlil qilinadi. Ellipsis badiiy matnda nutqning ixchamligi, semantik zichligi va stilistik ifoda kuchini ta’minlovchi muhim lingvistik vositalardan biri hisoblanadi. Shu sababli uni boshqa tilga tarjima qilish jarayonida muallif uslubini, yashirin semantik qatlamni hamda kontekstual ma’noni to‘g‘ri yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada ellipsisning grammatik, stilistik va pragmatik xususiyatlari ko‘rib chiqilib, uning turli tillardagi ifodalanish usullari qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, badiiy matn tarjimasida ellipsisni saqlab qolish, uni kompensatsiya qilish yoki to‘ldirish orqali tarjima qilish kabi usullar misollar asosida yoritiladi.

Muxlisa Nizametdinovna Nasretdinova

146-149

2026-02-28

MEHNAT JAMOASIDA PSIXOLOGIK MUHITNI YAXSHILASHNING USULLARI

Ushbu tezisda mehnat jamoasidagi psixologik iqlim tushunchasi, uning tarkibiy qismlari va tashkilot faoliyatiga hamda uning ish  samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Psixologik iqlim tashkilot psixologiyasining muhim kategoriyalaridan biri bo‘lib, jamoa a’zolari o‘rtasidagi emotsional, kommunikativ va ijtimoiy munosabatlar tizimini ifodalaydi. U jamoaning ichki ruhiy muhitini belgilaydi hamda mehnat unumdorligi, motivatsiya va tashkilot barqarorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.

Aripova Oyxumor Abduvahobovna

150-152

2026-02-28