"Yangi O'zbekiston talabalari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2025-12-06

BO'LINISH BELGILARI. SONLARNING UMUMIY BO'LUVCHISI VA KARRALISI

Ushbu maqola sonlarning eng katta umumiy bo‘luvchisi (EKUB) va eng kichik umumiy karrali (EKUK) tushunchalarining nazariy, amaliy va pedagogik jihatlarini ilmiy asosda tahlil qiladi. Mavzuda EKUB va EKUKni topishning klassik va algoritmik usullari, ularning bo‘linish belgilari bilan aloqasi va matematik ta’limda qo‘llanilishi misollar bilan ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot o‘quvchilarda mantiqiy fikrlash va tizimli yechim ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi rolini tasdiqlaydi.

Turayev Ziyovuddin , Boboqulova Durdona Sanjar qizi

4-7

2025-12-05

NARX SHAKLLANISH MASALASIDA TENGLAMALAR SISTEMASINI QO’LLASH

Ushbu maqola narxlash jarayonlarini tahlil qilishda tenglamalar sistemasidan foydalanishni o'rganadi. Bir-biriga bog'liq bo'lgan talab va taklifning chiziqli modelidan foydalanib, ikkita o'rnini bosuvchi tovar bozoridagi muvozanat narxlarini aniqlash uchun hisoblash tajribasi o'tkazildi. Natijalar shuni ko'rsatadiki, tenglamalar sistemasidan foydalanish prognozlashning aniqligi va boshqaruv qarorlarining haqiqiyligini oshiradi.

Akbarova Aziza Abduxakimovna, Oribjonov Abduraxmat Lachinbek o’g’li

8-10

2025-12-05

YURAK KASALLIKLARIDA QON XOLESTERININI PASAYTIRISHDA SAPONINLARNING AHAMIYATI

Maqolada o‘simliklar tarkibida uchraydigan saponinlarning yurak-qon tomir tizimi kasalliklarida xolesterin almashinuviga ta’siri tahlil qilinadi. Saponinlarning kimyoviy tabiatiga, ichakda xolesterinni bog‘lash xususiyatiga, o‘t kislotalari almashinuviga ta’siriga va aterosklerozning oldini olishdagi ahamiyatiga farmakognoziya va biokimyo bo‘yicha asosiy adabiyotlar asosida yondashiladi. Mavjud ilmiy ma’lumotlar saponinlarni yurak kasalliklari profilaktikasi va davosida istiqbolli tabiiy vosita sifatida baholash imkonini beradi.

Toxirjonova Ziyodaxon Tolibjon qizi, Aynura Qurbonova

11-13

2025-12-05

GʻAFUR GʻULOMNING “YODGOR” QISSASIDA TENGLIK VA MA’RIFAT GʻOYALARI

Gʻafur Gʻulomning “Yodgor” qissasi insoniylik, mehr-oqibat, ma’rifat va adolat gʻoyalarini aks ettiruvchi asardir. Unda Joʻraning begona goʻdakni asrab-avaylashi, Saodatning oqila va mehribon obrazi, ayollar ta’limi va ijtimoiy tenglik masalalari hayotiy voqealar orqali yoritiladi. Qissa soddaligi, samimiyligi va xalqona ohangi bilan o‘quvchini ezgulikka chorlaydi.

Usmonov Ibrohim Alisher oʻgʻli

14-16

2025-12-08

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИ ХИЗМАТЛАРИ ФАОЛИЯТИНИНГ ҲУҚУҚИЙ АСОСЛАРИ ТАХЛИЛИ

Мақолада ички ишлар органлари ҳуқуқбузарликлар профилактикаси хизматлари фаолиятининг ҳуқуқий асослари тахлили хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклифлар ҳамда тавсиялар билдирилган.

Аманов Аброржон Абдуллаевич

17-23

2025-12-08

REKTUM VA PERIREKTAL TO'QIMALARINING LIMFATIK OQIMI FIZIOLOGIYASI, KISTA RIVOJLANISHIDA LIMFOSTAZ VA LIMFA DRENAJINING BUZILISHI

Ushbu maqolada rektum va perirektal to‘qimalarning limfatik tizimi, uning anatomik-fiziologik xususiyatlari hamda limfa oqimining buzilishi bilan bog‘liq patologik jarayonlar chuqur ilmiy tahlil qilingan. Rektal hududda limfostazning rivojlanishi interstisial suyuqlikning to‘planishiga, limfa drenajining sekinlashishiga va lokal to‘qimalarda trofik o‘zgarishlarning kuchayishiga olib kelishi ko‘rsatilgan. Tadqiqotda limfa kapillyarlarining tuzilishi, kollektorlarning funksional yuklamasi, limfa tugunlarining immunologik ro’li va limfatik drenajning fiziologik mexanizmlari izohlangan. Shuningdek, limfostazning rektal va perirektal kistalar patogenezidagi o‘rni, yallig‘lanish mediatorlari ishtiroki, mikrotsirkulyator buzilishlar va fibroz jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik yoritilgan. Klinik ko‘rinishlar, xavf omillari, tashxis qo‘yishning zamonaviy usullari hamda limfa drenajini tiklashga qaratilgan davolash yondashuvlari tahlil etiladi. Mazkur maqola koloproktologiya va limfologiya sohalarida limfa oqimi buzilishi bilan bog‘liq kasalliklarning chuqur tushunilishini ta’minlashga qaratilgan.

Akbarova Dilnozaxon Abdurashid qizi, Mazalova Azizaxon Jahongir qizi

24-28

2025-12-09

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH TEZLIGI VA TUSHUNISH DARAJASINING O‘ZARO BOG‘LIQLIGI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish tezligi va matnni tushunish darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. O‘qish jarayonining psixologik va metodik xususiyatlari, o‘quvchilarda o‘qish texnikasining shakllanish bosqichlari hamda uning matn mazmunini anglashga ta’siri yoritiladi. Tadqiqot davomida o‘qish tezligi oshishi bilan matnni tushunish darajasi qanday o‘zgarishi, optimal o‘qish sur’ati va uning ta’lim samaradorligiga ta’siri haqida xulosalar beriladi. Maqola boshlang‘ich ta’lim jarayonida samarali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metodik tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Abdramanova Dinara

29-31

2025-12-10

HOMILADORLIKDA TIROID GORMONLARINING DINAMIKASI, HCG, ESTROGEN VA TIROKSIN ALMANISHINUVINING FIZIOLOGIK MEXANIZMLARI

Homiladorlik davrida tiroid gormonlari - tiroksin (T4), triyodtironin (T3) va tireotrop gormonning fiziologik dinamikasi, ularning o‘zgarishiga ta’sir qiluvchi HCG (chorionik gonadotropin), estrogenlar va tirozin almashinuv jarayonlarining murakkab o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Homiladorlik organizmda endokrin tizimning qayta tashkil etilishini talab qilib, tiroid bezining funksional faolligi 30–50% gacha ortishi bilan xarakterlanadi. Maqolada embrional rivojlanishning erta bosqichlarida HCGning TSH–retseptorlarga o‘xshash ta’siri va uning T4/T3 transitor ko‘tarilishiga olib keluvchi mexanizmlari, shuningdek estrogenlarning globulinlar (asosan TBG) sintezini kuchaytirish orqali gormonlarning bog‘langan va erkin fraksiyalariga ta’siri batafsil yoritiladi. Tirozin almashinuvining homiladorlikda jadal bo‘lishi, fetoplatsentar birlik orqali yod transporti, deiodinazalar faolligi va homila miyelinizatsiyasi uchun zarur bo‘lgan T3 biosintezining kritik ahamiyati ham chuqur tahlil qilinadi. Shuningdek, tiroid gormonlarining yetishmovchiligi yoki ortiqchaligi homila neyropsixik rivojlanishi, yurak-qon tomir barqarorligi va metabolik muvozanatga ko‘rsatadigan ta’sirlar, zamonaviy diagnostika yondashuvlari hamda fiziologik kompensator mexanizmlar ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Maqola maternal-fetal endokrinologiya nuqtai nazaridan kompleks tahlil bo‘lib, homiladorlikdagi tiroid homeostazining nazariy va amaliy jihatlarini qamrab oladi.

Qo’chqarova Shoxidaxon Ibraximovna, Samatov Mirzoxid Ulug’bek o’g’li

32-36

2025-12-12

ИЧКИ ИШЛАР ОРГАНЛАРИ УЧУН МАЛАКАЛИ МУТАХАССИСЛАРНИ ТАЙЁРЛАШ, ҚАЙТА ТАЙЁРЛАШ ҲАМДА МАЛАКАСИНИ ОШИРИШ.

Мақолада ички ишлар органлари учун малакали мутахассисларни тайёрлаш, қайта тайёрлаш ҳамда малакасини ошириш хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклифлар ҳамда тавсиялар билдирилган.

Аманов Аброржон Абдуллаевич

37-41

2025-12-12

HOKIMIYATLAR BO‘LINISHI TAMOYILINING DAVLAT APPARATI FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI

Ushbu maqolada hokimiyat, davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipi, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlari faoliyati, hokimiyat bo‘linishi tamoyilining davlat apprati faoliyatidagi ahamiyati haqida fikrlar ilgari surilgan.

Allambergenov Saparbay Dauletbayevich

42-44

2025-12-15

BOSH MIYA O’SMALARI VA ULARNING NEVROLOGIK SIMPTOMLARI

Bosh miya o‘smalari markaziy asab tizimining eng murakkab va klinik jihatdan muhim patologiyalaridan biri bo‘lib, ular turli yosh guruhlarida uchrashi va yuqori nogironlik hamda o‘lim ko‘rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Ushbu maqolada bosh miya o‘smalarining kelib chiqish sabablari, morfologik va biologik xususiyatlari, benign va malign shakllari, shuningdek ularning joylashuviga bog‘liq holda namoyon bo‘ladigan nevrologik simptomlar keng yoritilgan. O‘smalarning miya po‘stlog‘i, chuqur tuzilmalar, miya ustuni va miyada qon aylanish tizimiga ta’siri natijasida yuzaga keladigan klinik belgilari bosh og‘rig‘i, tutqanoq xurujlari, parez va falajlar, sezgi buzilishlari, nutq va kognitiv funksiyalarning izdan chiqishi, ko‘rish va eshitish buzilishlari patofiziologik mexanizmlar asosida tahlil qilinadi. Shuningdek, intrakranial bosim oshishi bilan bog‘liq umumiy simptomlar va o‘smalarning asta-sekin yoki tez rivojlanishiga qarab klinik kechishi muhokama etiladi

Ismoiljonova Shaxloxon Ulug’bek qizi, Tojiddinov Mirzoulug’bek Avazbek o’g’li

45-49

2025-12-15

CULTURAL HERITAGE AND TOURISM IN KARAKALPAKSTAN

This article investigates the role of cultural heritage in fostering tourism development in Karakalpakstan, an autonomous republic located in the northwestern part of Uzbekistan. Using official national statistics, regional tourism data, museum reports, and international tourism analyses, the study examines how key cultural assets—most notably the Savitsky Museum and the archaeological fortresses of Ancient Khorezm—contribute to visitor flows, employment, and regional visibility. The paper further analyzes the economic and social benefits of cultural tourism and identifies structural and environmental constraints limiting sustainable growth, including infrastructural gaps and the long-term consequences of the Aral Sea ecological crisis. Based on empirical data from 2023–2025, the study concludes that while cultural tourism in Karakalpakstan is expanding steadily, strategic investment in infrastructure, professional training, digital branding, and conservation financing is essential to transform cultural heritage into a long-term engine of sustainable regional development.

Aziza Kuanishbaeva

50-54

2025-12-22

KASBIY CHARCHOQ TURLARI VA ULARNI OLDINI OLISHNING AHAMIYATI

Ushbu maqolada kasbiy charchoq turlari va ularni bartaraf etishning ahamiyatiga doir tushunchalar o'z ifodasini topgan. Shuningdek, kasbiy charchoqni bartaraf etishda xususiy va umumiy strategiyalaridan foydalanish, emotsional va jismoniy holatga nisbatan charchoq turlarini bartaraf etishga doir fikrlar ifoda etilgan. Charchoq turlarining tasniflari, professional ish faoliyatiga ta'siri, kasbiy charchoqning psixologiyaga ta'siri, kognitiv charchoq kabilarni oldini olish  yuzasidan ilmiy qarashlar oʻz ifodasini topgan. Maqolada stress, depressiyaning ortishi, hissiy beqarorlik, kasbiy deformatsiya kabilarning paydo boʻlishi va bartaraf etish yoʻllari izohlangan.

Kochkarova Xurshida

55-59

2025-12-22

ZAMONAVIY TIBBIYOTDA PREMEDIKATSIYA: SAMARADORLIK VA XAVFSIZLIK

Mazkur ilmiy maqolada zamonaviy tibbiyotda premedikatsiyaning nazariy va amaliy jihatlari keng yoritiladi. Premedikatsiya jarrohlik, invaziv diagnostik va terapevtik muolajalar oldidan bemorni kompleks tayyorlashning muhim bosqichi bo‘lib, uning asosiy maqsadi psixoemotsional zo‘riqishni kamaytirish, og‘riq sezuvchanligini pasaytirish, vegetativ asab tizimi reaksiyalarini barqarorlashtirish hamda anesteziya va muolajalar bilan bog‘liq asoratlar xavfini minimallashtirishdan iborat. Maqolada premedikatsiyaning samaradorligi turli klinik holatlar misolida tahlil qilinadi, dori vositalarining farmakologik xususiyatlari, ta’sir mexanizmlari va o‘zaro ta’siri ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, bolalar, kattalar va keksa yoshdagi bemorlarda, shuningdek surunkali kasalliklari mavjud shaxslarda premedikatsiyani qo‘llashda xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi. Zamonaviy dalillarga asoslangan tibbiyot tamoyillari, klinik protokollar va individual yondashuv premedikatsiya samaradorligini oshirish hamda bemor xavfsizligini ta’minlashda muhim omil sifatida baholanadi.

Rustambekova Gulrangbegim Bohodirjon qizi, Pulatova Muxlisabonu Farhodjon qizi, Karimov Abubakirsiddiq Shukrullo o’g’li

60-64

2025-12-22

KÚNXOJA IBRAYIM ULÍ POEZIYASÍNÍŃ KÓRKEM TILI (METAFORALARDIŃ STILLIK QOLLANILIWI)

Maqalada qaraqalpaq ádebiyatınıń klassik shayırı Kúnxoja Ibrayim ulı poeziyasınıń kórkem tili analizlendi. Sonıń ishinde kórkemlew qurallarınan metaforalardıń qollanılıw órisi haqqında analiz islendi.

Saparmatov Omar Shamurat ogli

65-68

2025-12-23

FROM VERSE TO SCREEN: ALEKSANDR FAYNBERG’S CREATIVE JOURNEY

Alexandr Arkadevich Fainberg (1939–2009) was a celebrated Soviet and Uzbek poet, translator, and screenwriter of Russian descent whose work created a lasting cultural bridge between Uzbek and Russian literary traditions. Through poetry, translation, and cinema, he became one of the most versatile and influential literary figures in modern Uzbekistan. This article offers an overview of his life, artistic achievements, and enduring legacy

Intizor Murodova, Makhliyo Vokhidova

69-70

2025-12-25

THE THEORETICAL FOUNDATIONS AND PRACTICAL APPLICATIONS OF ECONOMETRIC MODELING

Econometric modeling provides a rigorous and systematic framework for translating economic theory into empirically testable relationships using real-world data. Moreover, econometric models support causal inference by addressing key empirical challenges such as endogeneity, omitted variable bias, multicollinearity, and structural breaks. This study examines the theoretical foundations of econometric modeling, including model specification, identification, estimation, inference, and diagnostic testing, while also highlighting its practical applications in policy evaluation, macroeconomic forecasting, finance, and business analytics. Furthermore, contemporary econometric approaches—such as panel data techniques, instrumental variables, and robust estimation methods—are discussed as effective tools for improving empirical validity. Overall, the findings emphasize that econometric modeling is most effective when theoretical consistency, data quality, and methodological rigor are carefully aligned.

Aysuliu Doshimova

71-75

2025-12-26

OTA-ONALARDAGI PEDAGOGIK,PSIXOLOGIK BILIMLARNING FARZAND TARBIYASIGA TA’SIRI.

Mazkur maqolada ota-onalarning pedagogik va psixologik bilimlarga ega bo‘lish darajasi farzand tarbiyasi jarayoniga qanday ta’sir ko‘rsatishi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda oilaviy muhit, ota-onaning tarbiyaviy savodxonligi, bolaga nisbatan munosabat shakllari hamda tarbiya uslublarining bolaning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy moslashuvi va emotsional barqarorligiga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, ota-onalarning pedagogik-psixologik tayyorgarligi yetarli bo‘lmagan holatlarda yuzaga keladigan muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari ilmiy asosda ko‘rsatib berilgan. Maqola natijalari ota-onalar bilan olib boriladigan ma’rifiy va psixologik-pedagogik ishlarni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tursunbayeva Gavharoy Abdivohid qizi

76-82

2025-12-29

JETKINSHEKTI BAQSÍShÍLÍQ KÓRKEM ÓNERINE QÍZÍQTÍRÍW USÍLLARÍ.

Maqalada kórkem ónerdiń úlken bir tarawı muzikalıq sheberlik haqqında ilimiy dóretiwshilik jumısları keń túrde izertlew obyektine alındı. Sonday-aq, jas jetkinshekti baqsıshılıq kórkem ónerine qızıqtırıwdıń usılları hám metodları úyrenuw haqqında keń túrde talqılaw jumısları alıp barılǵan..

Bekbaulieva Feruza Majit qızı

83-85

2025-12-29

MASOFAVIY TA’LIMNING O’QUVCHILARNING KOGNETIV O’ZLASHTIRISHIGA TA’SIRI OMILLARI.

Mazkur maqolada masofaviy ta’lim sharoitida o‘quvchilarning bilimlarni kognitiv o‘zlashtirish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilinadi. Jumladan, raqamli texnologiyalarning samarali qo‘llanilishi, o‘quv materiallarining didaktik tuzilishi, o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi interaktiv aloqalar, mustaqil ta’lim ko‘nikmalari hamda motivatsion omillarning roli ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqotda masofaviy ta’limning kognitiv jarayonlar — idrok, xotira, tafakkur va diqqatga ta’siri baholanib, ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Olingan natijalar masofaviy ta’lim sifatini yaxshilash va ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan holda tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Botirova Oydina Vadimovna

86-91

2025-12-31

SMART SHARTNOMALAR ORQALI MULK HUQUQINI O‘TKAZISH: HUQUQIY ASOSLAR VA AMALIY MUAMMOLAR

Ushbu maqolada smart shartnomalar tushunchasi, ularning huquqiy tabiati va O‘zbekiston fuqarolik huquqi tizimidagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda smart shartnomalar orqali mulk huquqini o‘tkazishning nazariy asoslari hamda amaliy mexanizmlari, xususan, tokenizatsiya va blokcheyn texnologiyalarining ahamiyati yoritiladi. Maqolada O‘zbekiston sharoitida smart shartnomalarni joriy etishni takomillashtirish bo‘yicha huquqiy va institutsional takliflar ilgari suriladi

Madiyarova Shaxnoza Ońǵarbaevna

92-96

2025-12-31