"Yangi O'zbekiston talabalari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2025-09-06
Статьи
TA'LIMDA INNOVATSIYALAR:IMKONIYATLAR VA QIYINCHILIKLAR
Ushbu maqolada innovatsiyalarning jamiyat rivojlanishidagi o‘rni, ular bilan bog‘liq qiyinchiliklar va imkoniyatlar yoritilgan. Innovatsion taraqqiyotning oldida turgan muammolar, ularni yengish yo‘llari hamda iqtisodiy, ijtimoiy va texnologik rivojlanishga qo‘shadigan hissasi haqida ma’lumot berilgan.
2025-09-08
HOMILADORLIK DAVRIDA SIYDIK YO’LLARI INFEKSIYALARI.
Homiladorlik davrida siydik yo‘llari infeksiyalari (SYI) ayollar orasida keng tarqalgan bo’lib homila va ona salomatligiga sezilarli xavf tug‘diruvchi patologik holatlardan biri hisoblanadi. Ularning rivojlanishi asosan gormonal o‘zgarishlar, siydik chiqarish tizimida anatomik-funksional o‘zgarishlar, immun tizim faoliyatining pasayishi bilan bog‘liqdir. Eng ko‘p uchraydigan klinik ko‘rinishlarga bakteriuriya, sistit va pielonefrit kiradi. Infeksiyaning erta aniqlanishi va samarali davolash choralarini qo‘llash ona va homila uchun og‘ir asoratlarning (erta tug‘ruq, past vaznli chaqaloq, sepsis) oldini olishda muhim ahamiyatga egadir. Shuningdek, homilador ayollarda siydik yo‘llari infeksiyalarini davolashda dori vositalarining xavfsizligiga alohida e’tibor berish lozim. Tadqiqotda ushbu patologiyaning tarqalishini, asosiy sababchisi mikroorganizmlar, klinik xususiyatlari, diagnostika usullari va zamonaviy davolash tamoyillari tahlil qilinadi.
2025-09-09
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING IQTISODIY O’SISHGA QO’SHGAN HISSASI
Mazkur maqolada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiy rivojlanishidagi o‘rni hamda ularga yaratilayotgan imkoniyatlar ilmiy tahlil qilinadi. Xususan, kichik biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, aholi bandligini ta’minlashdagi roli, investitsion muhitni shakllantirishdagi ahamiyati hamda innovatsion rivojlanishga qo‘shayotgan hissasi o‘rganiladi. Shuningdek, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari yoritiladi. Tadqiqot natijalari kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda strategik omil ekanligini ko‘rsatadi.
2025-09-11
AYOLLAR TADBIRKORLIGINI RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI
Mazkur maqolada ayollar tadbirkorligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilingan. Ayollar tadbirkorligi nafaqat yangi ish o‘rinlari yaratish, oilaviy daromadni oshirish va gender tenglikni ta’minlashda, balki hududlarning iqtisodiy barqarorligini mustahkamlashda ham muhim omil ekanligi ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat siyosati, kredit-moliya mexanizmlari va xalqaro tajriba tahlil qilinib, ushbu sohani rivojlantirish istiqbollari yoritilgan.
2025-09-11
MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARINI BOSHQARISHDA TOʻGʻRI QAROR QABUL QILISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Ushbu maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarini boshqarish jarayonida toʻgʻri qaror qabul qilishning nazariy asoslari, ularga taʼsir etuvchi xavf va noaniqlik omillari hamda ularning menejment amaliyotidagi oʻrni tahlil qilingan. Muallif qaror qabul qilishda axborotning yetarli emasligi, muammolarning murakkabligi va innovatsion yechimlarni tanlash zarurati bilan bogʻliq holatlarni yoritadi. Shuningdek, zamonaviy rahbarlardan talab qilinadigan strategik fikrlash, boshqaruvda masʼuliyatni oshirish va turli alternativ yechimlarning samaradorligini baholash zarurligiga alohida urgʻu berilgan.
2025-09-11
SHAYBONIYLAR QO‘SHINLARI QO‘LLAGAN HARBIY TAKTIKALARI VA JANG USULLARI
Mazkur maqolada Shayboniylar hukmronligi davrida qo‘shinlarning harbiy aslahalari, ularning shakllanishi, tayyorlanishi va qo‘llanishi tarixiy manbalar asosida tahlil qilinadi. Unda nayza, qilich, kamon, o‘q, zirh, dubulg‘a kabi asosiy qurollar hamda boshqa himoya vositalarining tuzilishi va jang maydonida qo‘llanish xususiyatlari ochib beriladi. Maqolada Shayboniylar harbiy islohotlarida bu aslahalarning tutgan o‘rni, jangovar tayyorgarlikdagi roli va harbiy salohiyatni oshirishdagi ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan.
2025-09-12
EKOLOGIK MUAMMOLAR ,ULARNING TURLARI VA KELIB CHIQADIGAN KASALLIKLAR
Ushbu maqolada hozirgi zamonning eng dolzarb global muammolaridan biri — ekologik inqirozlar, ularning sabablari, turlari va oqibatlari chuqur yoritib berilgan. Ekologik muammo — bu inson faoliyati yoki tabiiy omillar natijasida atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan, biologik tizimlar barqarorligini buzadigan holatdir. Maqola 6 qismga bo‘lingan bo‘lib, unda ekologik muammolarning asosiy yo‘nalishlari — atmosfera ifloslanishi, suv resurslarining kamayishi, chiqindilar muammosi, o‘rmonlarning qisqarishi, biologik xilma-xillikning yo‘qolishi, shuningdek, ushbu muammolarni hal qilish yo‘llari batafsil ko‘rib chiqilgan. Har bir bo‘lim o‘ziga xos muammoni ilmiy asosda tahlil qilgan bo‘lib, statistik ma’lumotlar, zamonaviy ekologik xavf-xatarlar va ularning inson salomatligi, iqlim, iqtisodiyot hamda global siyosatga ta’siri haqida fikr yuritilgan. Atmosferaning ifloslanishi global isish va iqlim o‘zgarishiga olib kelayotgani, suv tanqisligi esa butun dunyo bo‘yicha sog‘liq va oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgani, chiqindilarning esa tabiiy muhitga uzoq muddatli zarar yetkazayotgani aniq misollar orqali ko‘rsatilgan.
2025-09-15
YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI: IMKONIYATLAR DAVRI VA PREZIDENT SHAVKAT MIRZIYOYEVNING SA'Y-HARAKATLARI.
Ushbu maqola Yangi O'zbekistonda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar va ularning rivojlanishidagi o'zgarishlarni tahlil qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan yoshlar siyosatini takomillashtirish, ta'lim, bandlik, tadbirkorlik va ijtimoiy sohalarda yaratilgan imkoniyatlar ko'rib chiqiladi. Maqola, shuningdek, yoshlarning mamlakat rivojidagi ishtirokini oshirish, ularning muammolarini hal qilish va kelajak avlod uchun yanada farovon jamiyat qurishga qaratilgan sa'y-harakatlarni o'rganadi.
2025-09-19
SH. AYTMATOVTIŃ "JÁMIYLA" POVESTINDE KONFLIKT JASAW SHEBERLIGI
Bul maqala qırģız jazıwshısı Sh.Aytmatovnıń eń belgili shıģarması bolģan "Jámiyla" povestindegi epizodlar hám ondaģı konlikt máselelerin sóz etemiz.
2025-09-25
ТЕМАТИЧЕСКИЙ СЛОВАРЬ КАК СРЕДСТВО МЕЖКУЛЬТУРНОГО ДИАЛОГА В ВУЗОВСКОМ ОБУЧЕНИИ РУССКОМУ ЯЗЫКУ
В статье рассматривается роль тематического словаря в формировании межкультурной компетенции студентов, изучающих русский язык как неродной. Анализируются методические принципы создания словаря, его структура и визуальное оформление. Предлагаются пути интеграции словаря в учебный процесс вузов, с акцентом на билингвальный подход, культурную адаптацию лексики и мотивационные элементы, способствующие успешной языковой социализации
2025-09-26
БИЛИНГВАЛЬНАЯ ПОВСЕДНЕВНАЯ РЕЧЬ СТУДЕНТОВ: СОПОСТАВЛЕНИЕ РУССКИХ И УЗБЕКСКИХ ВЫРАЖЕНИЙ
В статье анализируются особенности билингвальной повседневной речи студентов вузов Узбекистана, использующих русский и узбекский языки в учебной и бытовой коммуникации. Исследование направлено на выявление типичных выражений, различий в речевых стратегиях и культурных кодах, отражённых в языковых формулировках. Автор предлагает методические подходы к интеграции сопоставительного анализа в преподавание русского языка как неродного, с целью развития межкультурной компетенции и речевой гибкости студентов..
2025-09-26
MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI TARBIYALASHDA MARIYA MONTESSORI METODIKASIDAN FOYDALANISH.
Ushbu maqolada Mariya Montessori metodikasidan foydalanish haqida so'z boradi. Ta'limning insonparvarlashuvi va inson qobiliyatlarining ochilishi hamda uning ta'limga nisbatan bo'lgan turli -tuman ehtiyojlari qondirilishi, milliy umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson jamiyat va atrof muhit o'zaro munosabatlarining uyg'unlashuvidir. Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta'lim pedagogikasini rivojlantirish maqsadida bir qancha ilg'or usullar tatbiq etib kelinmoqda. Shulardan biri Mariya Montessori texnologiyasidir. Bu mohiyatan hayotdan o'zlashtirilgan "tabiiy" usul bo'lib, bola tarbiyasida o'zining har tomonlama mukammaligi bilan ommalashgan. "Bizning bolalarga bo'lgan munosabatimizni o'ylar ekanman -deydi.
2025-09-29
GIPOSPADIYA VA EPISPADIYA: KLINIK DIAGNOSTIKA VA JARROHLIK DAVOLASHDAGI MUOMMOLAR
Gipospadiya va epispadiya — erkak jinsiy olatining tug‘ma rivojlanish nuqsonlari bo‘lib, ular siydik chiqarish yo‘lining noto‘g‘ri joylashuvi bilan tavsiflanadi. Ushbu nuqsonlar bolalik davridan boshlab klinik ko‘rinish beradi va nafaqat fiziologik, balki psixososial muammolarga ham olib kelishi mumkin. Gipospadiya ko‘proq uchraydigan nuqson bo‘lsa, epispadiya nisbatan kam uchraydi, ammo murakkabroq jarrohlik yondashuvlarni talab etadi. Tashxis qo‘yishda jismoniy ko‘rik, instrumental usullar va differensial diagnostika muhim ahamiyat kasb etadi. Jarrohlik davolash – asosiy tanlov bo‘lib, u odatda 1–2 yoshda bajarilishi tavsiya qilinadi. Amaliyotlar bir bosqichli yoki ko‘p bosqichli ko‘rinishda olib borilishi mumkin. Shunga qaramay, fistula hosil bo‘lishi, siydik yo‘li strikturalari, infektsiya va qayta operatsiya zaruriyati kabi asoratlar uchrab turadi. Maqolada gipospadiya va epispadiya tashxisida uchraydigan qiyinchiliklar, turli jarrohlik usullarining afzallik va kamchiliklari, shuningdek, davolash jarayonida duch kelinadigan klinik muammolar yoritilgan.
2025-09-29
BANK TIZIMINING IQTISODIY RIVOJLANISHDAGI O‘RNI
Ushbu maqolada bank tizimining milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni, uning asosiy funksiyalari va iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillari tahlil qilinadi. Banklar moliyaviy resurslarni samarali taqsimlash, investitsiyalarni rag‘batlantirish, ishlab chiqarish jarayonlarini qo‘llab-quvvatlash va pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi. Maqolada bank tizimining iqtisodiy rivojlanishga ta’siri nazariy va amaliy jihatdan ko‘rib chiqiladi hamda O‘zbekiston tajribasi misolida yoritib beriladi.
2025-09-29
QISHLOQ XO‘JALIGI IQTISODIYOTI VA OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI
Ushbu maqolada qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti va uning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Qishloq xo‘jaligi sohasi mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish, eksport salohiyatini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotining asosiy xususiyatlari, oziq-ovqat xavfsizligining nazariy va amaliy jihatlari, zamonaviy yondashuvlar hamda O‘zbekiston misolida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi
2025-09-29
QANDLI DIABETI BOR AYOLLARDA HOMILADORLIK JARAYONINING KECHISHI VA TUG‘RUQDAGI ASORATLAR
Mazkur ilmiy maqolada qandli diabet kasalligiga ega ayollarda homiladorlik davrining klinik kechishi va tug‘ruq jarayonida uchraydigan asoratlar chuqur tahlil qilingan. Diabetning ona organizmiga ta’siri, metabolik va gormonal o‘zgarishlar, homila rivojlanishidagi buzilishlar hamda perinatal xavf omillari yoritilgan. Shuningdek, tug‘ruq jarayonida kuzatiladigan akusherlik muammolari, homiladorlikning turli trimestrlarida uchraydigan klinik belgilar va ularni boshqarish strategiyalari ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Maqolada homiladorlikni kuzatishning zamonaviy usullari, glyukoza nazorati, insulinoterapiya, parhez va profilaktika choralarining ahamiyati bayon etilgan. Tadqiqot natijalari diabet bilan og‘rigan homilador ayollarda ona va homila salomatligini saqlash, tug‘ruqdagi xavflarni kamaytirish va amaliyotchi shifokorlarga samarali yondashuvni ishlab chiqishda nazariy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
2025-09-30
YANGI TUG‘ILGAN CHAQALOQLARDA KO‘KRAK SUTI BIOAKTIV KOMPONENTLARINING IMMUN TIZIMGA TA’SIRI
Ushbu maqolada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda ko‘krak suti bioaktiv komponentlarining immun tizimga ta’siri yoritilgan. Ona sutida mavjud bo‘lgan immunoglobulinlar, laktoferrin, lizotsim, oligosaxaridlar va boshqa biologik faol moddalarning chaqaloq organizmini infektsiyalardan himoya qilishdagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda ko‘krak suti orqali bolalarda tug‘ma va orttirilgan immunitetning shakllanishi, shuningdek, allergik va yallig‘lanishli kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati ilmiy asoslangan. Maqolada ona sutini iste’mol qilishning chaqaloq salomatligi va immun tizimi rivojiga ijobiy ta’sirlari bo‘yicha xulosalar berilgan.
2025-09-30
ARAB TILINING IKKINCHI TIL SIFATIDA O‘RGATILISHI
Ushbu maqolada arab tilining ikkinchi til sifatida o‘rgatilishiga oid muhim jihatlar yoritilgan. Arab tili — diniy, madaniy va ilmiy ahiyatga ega bo‘lgan xalqaro til hisoblanadi. Ko‘plab musulmon davlatlari, jumladan, O‘zbekiston ham, arab tilini o‘rganishga alohida e’tibor qaratadi. Arab tilining fonetik, morfologik va sintaktik murakkabliklari, o‘ziga xos yozuv tizimi, shuningdek, uni ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan o‘quvchilarning motivatsiyasi va muammolari maqolada tahlil qilinadi. Shuningdek, arab tilini samarali o‘qitishning zamonaviy metodlari, chet tillarni o‘rgatishdagi kommunikativ yondashuvning roli ham muhokama etiladi. Maqola yakunida til o‘rganishdagi muammolarni yengib o‘tish bo‘yicha takliflar keltiriladi.
2025-09-30
O’ZBEKISTONDA ILLIZAROV APPARATINI QO’LLASH TAJRIBALARI
Maqolada Oʻzbekistonda Ilizarov apparatini qoʻllash bo‘yicha mavjud tajribalar yoritilgan. Ushbu usulning ortopediya va travmatologiyadagi o‘rni, xususan, murakkab suyak sinishlari, tug‘ma va orttirilgan deformatsiyalar, shuningdek, infeksiyalangan suyak birikmasini davolashdagi samaradorligi ko‘rib chiqiladi. Mamlakatda klinik amaliyotida erishilgan natijalar, uchraydigan qiyinchiliklar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilingan. Shuningdek, kelgusida milliy standartlarni shakllantirish, malakali kadrlar tayyorlash va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali Ilizarov apparatidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
2025-09-30
DEPRESSIYA VA ICHAK MIKROBIOTASI O’RTASIDAGI ALOQA
So‘nggi yillarda depressiya va ichak mikrobiotasi o‘rtasidagi bog‘liqlik ilmiy tadqiqotlarda diqqat markazida turibdi. Ichak mikrobiotasi – insonning ichaklarida yashovchi mikroorganizmlar majmuasi bo‘lib, u hazm qilish jarayoni, immunitet va markaziy asab tizimi faoliyatiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ichak mikrobiotasining muvozanatining buzilishi ruhiy holatga, xususan depressiya rivojlanishiga olib kelishi mumkin. Ushbu maqolada depressiya va ichak mikrobiotasi o‘rtasidagi biologik mexanizmlar, shu jumladan ichak-miya o‘qi orqali signallarning uzatilishi, mikrobiotada mavjud Lactobacillus, Bifidobacterium va Faecalibacterium turlarining depressiya bilan bog‘liqligi tahlil qilinadi. Shuningdek, probiyotiklar, prebiotiklar va turmush tarzini o‘zgartirish orqali depressiyani oldini olish yoki yengillashtirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqiladi. Maqola depressiya bilan bog‘liq mikrobiologik o‘zgarishlarni tushunishga, shuningdek, yangi davolash strategiyalarini rivojlantirishga hissa qo‘shadi.
2025-09-30
