MOTURIDIYLIK TA’LIMOTINING “OLTIN ASRI” NAMOYANDASI
Main Article Content
Abstract:
Ushbu maqolada moturidiylik ta’limotining XII asrdagi yetuk namoyandasi, qomusiy olim Imomzoda Buxoriyning (491/1098-573/1178) hayoti va ilmiy-ma’naviy merosi tahlil qilingan. Tadqiqotda olimning moturidiylik “oltin asri” davridagi intellektual muhiti, uning Abul Muin Nasafiy merosi zaminida shakllanishi va Najmiddin Nasafiy, Sirojiddin O‘shiy kabi zamondosh mutakallimlar bilan bog‘liqligi o‘rganilgan. Maqolada Imomzodaning “U’qudul aqoid” asari orqali moturidiy aqidasini nazmda ifodalash an’anasiga qo‘shgan hissasi, xususan, bu asarning “Bad’ul amoliy”dan avval yozilgani ilmiy asoslantirilgan. Shuningdek, uning ustozlari (Shamsulaimma Zaranjariy, Roziyuddin Naysaburiy) va shogirdlari (Abdusattor Kardariy, Burhoniddin Zarnujiy) orqali hanafiy-moturidiy ta’limotining uzluksizligini ta’minlashdagi markaziy o‘rni ochib berilgan.
Article Details
How to Cite:
References:
Abu Bakr Narshaxiy. Buxoro tarixi // A. Rasulov tahqiqi. – Toshkent: Anorbook, 2022.
Abdulkarim Sam’oniy. Al-Ansob // Abu Bakr Muhammad Hoshimiy tahqiqi. – Haydarobod: Majlis dairo al-ma’orif al-Usmoniya, 1962.
Abdulkarim Sam’oniy. At-Tahbir fi al-moʻjam al-kabir // Munira Noji Salim tahqiqi. – Bag‘dod: Riasa devon al-avqof, 1975.
Yoqut Hamaviy. Moʻjam al-buldon // Muhaqqiqi noma’lum. – Bayrut: Dor sodir, 1977.
Zakariyo ibn Muhammad ibn Mahmud Qazviniy. Asar al-bilad va axbar al-i’bad // Muhaqqiqi noma’lum. – Bayrut: Dor Sodir, yili noma’lum.
Shamsuddin Zahabiy. Siyar a’lam an-nubalo // Shu’ayb Arnaut tahqiqi. – Bayrut: Muassasa ar-risala, 1985.
Shamsuddin Zahabiy. Tarix al-islam // Umar Abdussalom Tadmiriy tahqiqi. – Bayrut: Dor al-kitab al-arobiy, 1993.
Salohiddin Sofdiy. al-Vofiy bi al-vafayat // Ahmad Arnaut tahqiqi. – Bayrut: Dor ihyo at-turos al-arobiy, 2000.
Abdulqodir Qurashiy. Al-Javohir al-muziya fi tarojim al-hanafiya // Abdulfattoh Muhammad Huluv tahqiqi. – Qohira: Dor hijr, 1993.
Xo‘ja Muhammad Porso. Fasl al-xitob. Nofiz Posho qo‘lyozmasi, R: 431.
Ibn Hajar Asqaloniy. Tabsir al-muntabih bi-tahrir al-mushtabih // Muhammad Ali Najjor tahqiqi. – Bayrut: al-Maktaba al-ilmiya, yili noma’lum.
Qosim ibn Qutlubug‘o. Toj at-tarojim // Muhammad Xoyr Ramazon Yusuf tahqiqi. – Bayrut: Dor al-qalam, 1992.
Mahmud ibn Sulaymon Kafaviy. Kataib a’lam al-axyar min fuqohai mazhab an-No‘mon al-muxtor // Sofva Ko‘sa tahqiqi. – Istanbul: Maktabat al-irshod, 2017.
Taqiyuddin Abdulqodir Tamimiy. at-Tobaqot as-saniya fi tarojim al-hanafiya // Abdulfattoh Muhammad Huluv tahqiqi. – Qohira: Dor hijr, 1989.
Hoji Xalifa. Kashf az-zunun a’n asma al-kutub va al-funun // Akmaliddin Ehson O‘g‘li tahqiqi. – Bayrut: Dor ihyo at-turos al-arobiy, yil.
Hoji Xalifa. Sullam al-vusul ila tobaqot al-fuhul // Muhammad Abdulqodir Arnaut tahqiqi. – Istanbul: Yildiz nashriyoti, 2010.
Ismoil Posho Bag‘dodiy. Hadiyat al-orifin. – Tehron: Maktaba al-islomiya, 1967.
Abdulhay Laknaviy. al-Favoid al-bahiya fi tarojim al-hanafiya // Muhammad Badruddin Abu Farros Na’soniy tahqiqi. – Qohira: Dor al-kitab al-islamiy, 1906.
Xayriddin Zirikliy. Al-A’lam. – Bayrut: Dor al-ilm lil-malayin, 2002.
Umar Rizo Kahhola. Moʻjam al-muallifin. – Bayrut: Maktaba al-musanno, yili noma’lum.
Ahmad Fuad Ahvoniy. at-Tarbiya fi al-islam av at-ta’lim ro’y al-Qobisiy. – Qohira: nashriyot, 1955.
Imomzoda Buxoriy. U’qud al-aqoid fi funun al-favoid. Kastamonu qo‘lyozmasi, R: 2327.
Imomzoda Muhammad ibn Abu Bakr Buxoriy. U’qud al-aqoid fi funun al-favoid // Muhammad Usmon Dug‘on tahqiqi. – Amman: Dor al-fath, 2018.
Karl Brukelman. Tarix al-adib al-arobiy // Abduhalim Najjor tahqiqi. – Qohira: Dor al-ma’orif, yili noma’lum.
