RAQOBATBARDOSH KADRLARNI TAYYORLASH VA METROPOLITEN IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH

Main Article Content

Аннотация:





Mazkur maqolada raqobatbardosh kadrlar tayyorlash va metropoliten iqtisodiyotini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Zamonaviy sharoitda yirik shaharlar iqtisodiyotining samarali faoliyat yuritishi uchun inson kapitali sifati va innovatsion yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Metropoliten hududlarda transport, infratuzilma va xizmat koʻrsatish tarmoqlarining rivoji raqobatbardoshlikni oshirishda strategik omil sifatida namoyon boʻladi. Shu bilan birga, kadrlar tayyorlash tizimining xalqaro standartlarga mosligi, amaliy koʻnikmalarni rivojlantirish va iqtisodiy jarayonlarga tezkor moslashuvchanlik mehnat bozorining barqarorligi hamda shahar iqtisodiyotining innovatsion rivojlanishini taʼminlaydi. Tadqiqotda metropoliten iqtisodiyoti rivojida ilm-fan, taʼlim, transport va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari integratsiyasining ahamiyati yoritilgan.





Article Details

Как цитировать:

Muhamedov , A. . (2025). RAQOBATBARDOSH KADRLARNI TAYYORLASH VA METROPOLITEN IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH . Евразийский журнал предпринимательства и педагогики, 3(2), 26–30. извлечено от https://www.in-academy.uz/index.php/ejep/article/view/60753