Центральноазиатский журнал академических исследований - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.

Nashr qilingan: 2025-10-31

QISHLOQ JOYLARDA KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH

Maqolada O‘zbekiston Respublikasida qishloq joylarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish dinamikasi, mavjud muammolar va istiqbollari tahlil qilinadi. 2019–2025-yillar oralig‘idagi rasmiy statistika asosida tarmoqning iqtisodiyotdagi ulushi, yangi korxonalarning tashkil etilishi, fermer va dehqon xo‘jaliklari faoliyati, ularning ishlab chiqarish hajmi va bandlikdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi.

Mamura Nasretdinova

5-7

2025-10-30

THE STUDY OF LOANWORDS AND NEOLOGISMS IN ENGLISH AND KARAKALPAK LANGUAGES

This article presents an in-depth comparative study of loanwords and neologisms in English and Karakalpak languages, emphasizing their linguistic, social, and cultural functions. It explores the mechanisms of word formation, the historical background of borrowing, and the role of globalization and technological development in shaping modern vocabulary. Moreover, it examines how the processes of lexical innovation reflect the identity, creativity, and adaptability of both language communities. The study demonstrates that while English has long been an influential donor language, Karakalpak has actively borrowed and creatively adapted lexical items to meet the needs of a rapidly changing society

Nursultan Bisenbaev

8-11

2025-10-30

THE ROLE OF SPEAKING SKILLS IN ENGLISH LANGUAGE LEARNING AND PEDAGOGICAL APPROACHES FOR EFFECTIVE INSTRUCTION

The crucial element of English language learning and teaching is speaking. This study discusses the importance of speaking skills as an association for effective communication and academic achievement. The paper explores the challenges teachers and learners come across in developing speaking competence and examines pedagogical approaches that foster speaking proficiency. It also emphasizes such factors as motivational, linguistic and methodological that impact the success of students, and such classroom activities as discussions, role plays and debates that develop students’ fluency and confidence. The paper concludes with the view that the combination of communicative principles, learner-centered techniques and consistent teacher support is highly required for effective speaking instruction

Jamila Eshmuratova

12-19

2025-10-30

THE ROLE OF ART-BASED PEDAGOGICAL APPROACHES IN FOREIGN LANGUAGE TEACHING: A COMPARATIVE ANALYSIS

Art-based approaches that combine creativity and language growth have emerged as a major methodological trend in modern foreign language teaching. This paper examines two studies — “English Activation through Art: Tensions and Reward” by Tat Heung Choi (2016) and “Visual Thinking Strategies for English Learners: Learning Language through the Power of Art” by Beth Clark-Gareca and Tom Meyer (2022) [1] - that explore the incorporation of art into English language teaching. To reveal how the integration of art in language teaching can promote communication, creativity, and motivation among learners and teachers, this paper discusses and compares the goals, methodology, and results of these studies.

Jamila Eshmuratova

20-22

2025-10-30

UCHINCHI RENESАNS DАVRIDА YOSHLАRNING XORIJIY TILLАRNI OʼRGАNISHGА BO‘LGАN ISHTIYOQLАR VА IMKONIYATLАR

Hozirgi kunda xorijiy tilga eʼtibor ortib, ehtiyoj ham kuchayib bormoqda. Oʼzbekistonda ham xorijiy tilni oʼrganish va oʼrgatish yuqori pogʼonaga koʼtarildi. Ushbu maqola yoshlarni xorijiy tilni oʼrganishga boʼlgan ishtiyoqlari va tillarni oʼrganishga yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr yuritilgan. Mamlakatimizda xorijiy tilni oʼrganishga talabning ortib borish sabablari ham bayon etilgan.

Fariza Baxriyeva

23-25

2025-10-30

MAHALLA HUQUQ-TARTIBOT MASKANIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING BOSHQA DAVLAT ORGANLARI BILAN O‘ZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Maqola O‘zbekiston Respublikasida mahalla huquq-tartibot maskani (MHTM) doirasida profilaktika inspektorlarining boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligining tashkiliy-huquqiy jihatlarini ilmiy tahlil qiladi. PQ-5050-son (2021) va PQ-1-son (2025) qarorlarining Nizom talqiniga asoslanib, hamkorlikning iyerarxiya va matritsa modellari, vakolatlar taqsimotidagi kolliziyalar, institutsional muvofiqlashtirish (hududiy xavfsizlik kengashlari, E-Mahalla Safety platformasi), differensial javobgarlik tizimi va xorijiy tajriba (Germaniya, Turkiya, Singapur) adaptatsiyasi ko‘rib chiqiladi.

Gulnoza Mirhalilova , Asadbek Shermamatov

26-28

2025-10-30

DUAL TA’LIM ASOSIDA TALABALARNING KASBIY MALAKALARINI RIVOJLANTIRISH NAZARIYASI

Tadqiqotda dual ta’lim tizimi asosida talabalarning kasbiy malakalarini rivojlantirishning nazariy asoslari tahlil qilingan. Dual ta’limning mazmuni, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, hamda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirishdagi samaradorlik ilmiy asosda o‘rganilgan. Natijada, mehnat bozoriga mos, raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga xizmat qiluvchi nazariy model ishlab chiqilgan.

Zuxriddin Shukurov

29-32

2025-10-30

ИДИОПАТИК АРТРИТ: САБАБЛАРИ, РИВОЖЛАНИШИ ВА МУАММОЛИ ЖИҲАТЛАРИ

Ушбу мақолада идиопатик артритнинг моҳияти, келиб чиқиш сабаблари, патогенези, клиник белгилари, диагностика усуллари ва замонавий даволаш ёндашувлари ёритилган. Идиопатик артритнинг асосий хусусияти — унинг аниқ сабабининг номаълумлиги бўлиб, кўп ҳолларда аутоиммун жараёнлар билан боғлиқлиги таъкидланади. Мақолада айниқса болаларда учрайдиган ювенил идиопатик артрит ҳақида маълумотлар келтирилган. Шунингдек, эрта ташхис ва мақсадли даволашнинг аҳамияти ҳақида сўз боради.

Д.Р. Xaмраева, Ш.Ш. Тохирова

33-35

2025-10-30

KICHIK YOSHDAGI BOLALARNI (4-8- YOSH) SOG’LOM OVQATLANISH DASTURINI O ‘RGATISHDA GEYMIFIKATSIYA ORQALI TASHKIL ETISH

Ushbu maqolada aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etish usullari,sog’lom turmush tarziga bolalarni yoshlik davridan o‘rgatishda raqamli o‘yin dasturlari tashkil etish haqida ma’lumotlar beriladi.Maqoladan asosiy maqsadimiz kichik yoshli bolalar o’rtasida ortiqcha vazndan saqlanish borasida  ota-onalarga ko ‘maklashishdan iborat

Komila Xamidova

36-42

2025-10-30

USTKI ASSORTIMENT BUYUMLARNI TAYYORLASHDA TIKUVCHILIK IPLARINI SIFATINI BAHOLASH USULLARINI TADQIQ QILISH

Tikuvchilik iplarining sifati assortiment buyumlarning mustahkamligi, estetik ko‘rinishi va funksionalligida muhim rol o‘ynaydi. Ushbu tadqiqot tikuvchilik iplarining sifatini baholashning turli usullarini, xususan, fizik, mexanik va ishlash ko‘rsatkichlariga asoslangan testlarni o‘rganadi. ASTM D204 va ISO standartlariga muvofiq, polyester, paxta va neylon iplardan iborat namunalar nazorat sharoitlarida sinovdan o‘tkazildi. Asosiy baholash parametrlariga tortishish kuchi, uzilishdagi cho‘zilish, ishqalanishga chidamlilik, tikuv mustahkamligi va qisqarish kiradi. 50 ta ip namunasi bo‘yicha olib borilgan laboratoriya tajribalari natijasida polyester iplar o‘rtacha 45 N tortishish kuchi bilan paxta iplariga (32 N) nisbatan ustunlik ko‘rsatdi, bu yuqori stressli kiyimlarda tikuv mustahkamligiga ta’sir qiladi. Muhokamada ushbu usullar tikuvchilik iplarini tanlashni optimallashtirish, nuqsonlarni kamaytirish va mahsulot umrini uzaytirishda qanday yordam berishi ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot to‘qimachilik sanoatida sifatni baholashning standartlashtirilgan usullariga bo‘lgan ehtiyojni ta’kidlaydi.

Gulchexra Shukurova , Munira Bobojonova

43-47

2025-10-30

THE LEGAL REGULATION OF LABOR RELATIONS OF EMPLOYEES ASSIGNED TO THE DIPLOMATIC AND CONSULAR INSTITUTIONS OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN.

This article examines the legal framework governing the labor relations of employees assigned to the diplomatic and consular institutions of the Republic of Uzbekistan. Drawing upon the Law on Diplomatic Service (2022), the Labor Code (2023), and relevant international instruments, it analyzes how national labor legislation applies to diplomatic personnel abroad. The study identifies systemic issues such as unclear jurisdiction in labor disputes, outdated internal regulations, and limited social guarantees. The research concludes that harmonizing diplomatic and labor law, establishing an internal labor inspection system within the Ministry of Foreign Affairs (MFA), and introducing digital monitoring mechanisms are essential for strengthening labor-rights protection in the foreign-service system..

Sulton Jurayev

48-51

2025-10-30

ECONOMIC GROWTH AND INNOVATION: HOW MANAGEMENT STRATEGIES SHAPE NATIONAL DEVELOPMENT

This article explores how management strategies influence the relationship between innovation and national economic growth. It explains that innovation alone is not enough to ensure development — what truly matters is how organizations, industries, and governments manage and support innovation. Using insights from both classic and modern theories of economic growth, the paper discusses the role of management practices such as research and development (R&D), human capital investment, and strategic planning. It also examines public policies that help nations turn innovation into sustainable progress. The article concludes with key recommendations for managers and policymakers to strengthen innovation systems and promote inclusive national development.

Malika Nigmatova

52-56

2025-10-30

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING HUQUQBUZARLIK SODIR ETGAN SHAXSLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNING NAZARIY JIHATLARI

Ushbu maqola profilaktika inspektorining huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil etishning nazariy jihatlarini o‘z ichiga oladi. Huquqbuzarliklar profilaktikasining huquqiy asoslari, sabablari va shart-sharoitlari ilmiy tahlil qilinadi. Individual profilaktika modellari, viktimologiya va kriminologiya nuqtayi nazaridan shaxslarning reabilitatsiyasi va moslashtirishi, humoniylik va samaradorlik prinsiplari ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi, zamonaviy muammolar (kiberhuquqbuzarliklar) va takomillashtirish yo‘llari (raqamli texnologiyalar, KPI tizimi) tahlil etiladi. Maqola huquqbuzarliklarning qayta sodir etilishining oldini olish va jamiyatda xavfsizlikni ta’minlashning nazariy-amaliy mexanizmlarini ochib beradi..

Shohrux Qushboqov , Elbek Saparov

57-61

2025-10-30

«ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАРДА ЖИНОЯТЧИЛИККА ҚАРШИ КУРАШНИНГ ҲУҚУҚИЙ ВА ФАЛСАФИЙ АСОСЛАРИ: ЎЗБЕКИСТОН ТАЖРИБАСИ ВА ХАЛҚАРО АМАЛИЁТ»

Мазкур мақолада Ўзбекистонда ижтимоий тармоқларда жиноятчиликнинг олдини олиш масалалари, унинг ҳуқуқий, фалсафий ва амалий асослари таҳлил қилинган. Тадқиқотда 2017–2021 йиллардаги Ҳаракатлар стратегияси, 2022 йилда қабул қилинган «Киберхавфсизлик тўғрисида»ги ва 2014 йилдаги «Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси тўғрисида»ги қонунлар асосида ижтимоий тармоқлардаги жиноятчиликка қарши курашнинг ҳуқуқий базаси ёритилган. Ўзбекистон Республикаси президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2025 йил 9 июл ва 30 апрелдаги нутқлари ҳамда фармонларида белгиланган вазифалардан келиб чиқиб, кибержиноятчиликнинг ўсиш сабаблари, ахборот-коммуникация технологияларининг таъсири ва профилактик чоралар тизими илмий асосда кўриб чиқилган.

Мардонбек Рахматуллаев

62-71

2025-10-31

SUDLANGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY REABILITATSIYASI VA MOSLASHUVI JARAYONLARINING AXBOROT TIZIMLARI NUQTAYI NAZARIDAN TAHLILI

Mazkur dissertatsiya ishida sudlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi va moslashuv jarayonlarini axborot tizimlari nuqtayi nazaridan tahlil qilish, ularning samaradorligini oshirishga qaratilgan intellektual ekspert tizimini yaratish metodologiyasi ishlab chiqilgan. Tadqiqotning dolzarbligi jamiyatga qayta integratsiya jarayonlarini raqamlashtirish, shaxsiy yondashuvni ta’minlash hamda qayta jinoyatchilikning oldini olishda axborot texnologiyalarining rolini kuchaytirish zaruratidan kelib chiqadi.

N.S. Murodova

72-86

2025-10-31

ЯНГИ ТУҒИЛГАН ТУҒИЛГАН ЧАҚАЛОҚЛАР РЕСПИРАТОР ДИСТРЕСС СИНДРОМИДА ЎПКА ТЎҚИМАСИНИНГ МОРФОМЕТРИК ТЕКШИРУВЛАР ТАҲЛИЛИ

дистресс синдромида ўпкада кузатиладиган морфологик ва морфометрик кўрсатгичлари таҳлили ўрганилган. Материал сифатида 22-37 ҳафталиклар оралиғида чала туғилганлар клиник-анамнестик таҳлил натижаси ва ўпка тўқимаси олинган. Натижалар кўрсатишича, чала туғилган чақалоқлар ўпкасида респиратор дистресс синдром ривожланишида ўпка тўқимасининг етилмаганлиги, қон айланишининг бузилиши ва альвеоляр ҳамда бронхиал эпителийнинг шикастланиши катта аҳамият касб қилади. Морфометрик текширувлар натижалари кўрсатишича, 22-27 ҳафталикларда туғилган чақалоқлар ўпкасининг бор-йўғи 1/3 қисми альвеолаларигаҳхаво кирганлиги, альвеолалар оралиғи тўқимаси қалинлиги, альвеолалар эпителийси ҳам нисбатан йириклиги, пайдо бўлган гиалин мембраналар нисбатан юпқа толалардан иборатлиги кузатилди. 28-32 ва 33-37  ҳафталикларда ўлган гуруҳлар чақалоқлар ўпкасида ҳаво кирган альвеолалар эгаллаган майдон кенгайгани,  оралиқ тўқима юпқалашганлиги, гиалин мембраналар олдинги гуруҳга нисбатан қалинлашганлиги кузатилди.

Озода Мирзабекова , Абдисалим Кулкараев , Феруза Нуриддинова

87-94

2025-10-31

MINORAYI KALON VA UNING QURILISH TARIXI

Oʻzbekiston – qadimiy sivilizatsiya va boy tarixiy merosga ega yurtlardan biridir. Bu zamin oʻz bagʻrida ming yillar davomida turli davrlarga oid meʼmoriy yodgorliklarni saqlab kelmoqda. Ana shunday nodir obidalardan biri bu — Minorayi Kalon, ya'ni "Buyuk minora" boʻlib, u Buxoro shahrining markazida, tarixiy Poi Kalon majmuasining ajralmas qismi sifatida qad rostlagan. Minoraning oʻziga xos meʼmoriy tuzilishi, nafis bezaklari va balandligi uni Markaziy Osiyodagi eng yirik diniy meʼmoriy inshootlardan biriga aylantirgan

Munisa Rajabova

95-99

2025-10-31

SHAXSIYLASHTIRILGAN TA’LIM VA ADAPTIV O‘QUV MODELLARNING NAZARIY ASOSLARI

Mazkur maqolada shaxsiylashtirilgan ta’lim va adaptiv o‘quv modellarning nazariy asoslari tahlil qilinadi. Global ta’lim tizimida raqamli transformatsiya jarayonlari o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini qondirish, o‘zlashtirish sur’atlari va o‘rganish uslublarini inobatga olgan holda o‘qitish zaruratini kuchaytirmoqda. Shu boisdan shaxsiylashtirilgan ta’lim konsepsiyasi konstruktivistik pedagogika, metakognitiv yondashuv va raqamli pedagogika integratsiyasi sifatida talqin etiladi. Tadqiqotda aralash metod (mixed-methods) yondashuvi asosida sifat va miqdoriy tahlil uyg‘unligida kontent tahlili, komparativ tahlil hamda konseptual modellashtirish metodlari qo‘llanilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, adaptiv o‘quv tizimlari diagnostika, moslashuv, monitoring va refleksiya kabi komponentlar orqali talabaning bilim olish jarayonini individuallashtiradi.

Iroda Altmisheva

100-107

2025-10-31

TEMURIYLAR SULOLASI DAVRIDA ILM-FAN, ADABIYOT VA ME’MORCHILIKNING GULLAB-YASHNASHI

Ushbu maqolada Temuriylar sulolasi davrida O‘rta Osiyo hududida ilm-fan, adabiyot va me’morchilikning yuksak darajada rivojlanish jarayoni keng tahlil qilinadi. Maqolada Amir Temur va uning avlodlari tomonidan barpo etilgan markazlashgan davlatning siyosiy barqarorligi, ilm va madaniyat sohalariga ko‘rsatilgan e’tiborning ijobiy natijalari ilmiy asosda ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, Mirzo Ulug‘bek, Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod singari allomalar ijodi orqali bu davrda fan, adabiyot va san’atning qanday yuksalganligi yoritiladi. Maqolada shuningdek, me’morchilik sohasidagi yuksak yutuqlar — Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Ulug‘bek rasadxonasi kabi inshootlarning badiiy va ilmiy ahamiyati tahlil qilinadi. Temuriylar davrining madaniy yuksalish sabablari, uning O‘zbekiston tarixidagi o‘rni va bugungi avlod uchun qoldirgan ma’naviy merosi ilmiy manbalar asosida asoslab beriladi

Axmed Aymurzaev

108-110

2025-10-31

O‘SIMLIK PIGMENTLARINING KIMYOVIY XUSUSIYATLARI VA ULARNING FOTOSINTEZ JARAYONIDAGI AHAMIYATI

Mazkur maqolada o‘simlik pigmentlarining kimyoviy tuzilishi, fizik-kimyoviy xususiyatlari hamda fotosintez jarayonidagi o‘rni batafsil tahlil qilingan. Xlorofill, karotinoid, antosiyanin va boshqa yordamchi pigmentlarning o‘zaro munosabati, energiya almashinuvidagi roli, ekologik omillarga bog‘liq o‘zgarishlari va ularning biotexnologik ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi.

Raziya Koʻptilewova

111-114

2025-10-31

ЗАМОНАВИЙ ТЕХНОЛОГИЯЛАР АСОСИДА ТАРИХ ДАРСЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШИНГ ИСТИҚБОЛЛАРИ ХУСУСИДА

Мазкур мақолада муаллифнинг тарих дарсларини ташкил этишда замонавий технологиялардан фойдаланишнинг аҳамияти хусусидаги фикр-мулоҳазалари баён қилинган..

Мадина Исматова

115-118

2025-10-31

KONSTITUTSIYAVIY ODIL SUDLOV INSTITUTINING SHAKLLANISHI

Ushbu maqolada Konstitutsiyaviy odil sudlov institutining Jahonda va O’zbekistonda shakllanishi, xorij tajribasi, hozirgi kunda ushbu tizimdagi dolzarb masalalar va ularga berilgan maqbul yechim haqida so’z boradi. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sud organini solishtirish bilan birga Germaniya Federativ Respublikasining Konstitutsiyaviy sudini qiyoslash, ikkalasi o’rtasidagi o’xshash va farqli jihatlari haqida ma’lumot berib o’tiladi

Sunnatjon Rajabboyev

119-129

2025-10-31

YOSHLAR O‘RTASIDA IJTIMOIY-FALSAFIY YONDASHUVNI MUSTAHKAMLASH ORQALI KIBERJINOYATCHILIKNI OLDINI OLISH

Ushbu maqolada yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-falsafiy yondashuvni mustahkamlash orqali kiberjinoyatchilikning oldini olish masalalari tahlil qilinadi. Qolaversa, kiberjinoyatchilikning mohiyati, uning ijtimoiy va ma’naviy ildizlari, yoshlar ongiga ta’siri, shuningdek, bu jarayonda falsafiy tafakkurning o‘rni yoritilgan. Maqolada kiberjinoyat nafaqat texnik, balki ijtimoiy-falsafiy muammo sifatida ko‘rib chiqiladi. Yoshlar orasida axborot madaniyati, raqamli savodxonlik va ma’naviy immunitetni shakllantirishning ahamiyati asoslab beriladi. Shuningdek, ta’lim tizimi, oila, jamiyat va davlat siyosatining bu boradagi roli tahlil etiladi

Azizbek Zokirjonov

130-133

2025-10-31

AR-RODIY AL-ASTAROBODIY SHARHLARIDA MANSUBOTLARNING IZOHİ VA ULARNING KOFIYADAGI NAZARIY ASOSI

Mazkur maqolada ar-Rodiy al-Astarobodiy tomonidan yozilgan Sharh al-Kofiya asarida mansubotlar (arab tilida ma’mul va amil o‘rtasidagi grammatik munosabatlar)ning talqini va ularning Ibn Hojibning al-Kofiya asaridagi nazariy asoslari tahlil qilinadi. Mansubotlarning grammatik mohiyati, fe’l, ism va harf bilan aloqasi hamda arab tili sintaksisidagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, bu hodisalar zamonaviy sintaktik tahlil usullari bilan solishtiriladi.

Muhammad Yusuf Abdurahmonov

134-135

2025-10-31

ISHEMIK INFARKTNI KELIB CHIQISHI SABABLARINI ERTA ANIQLASH DAVOLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISH

Ishemik infarct yurak mushaklarining qon bilan ta’minlanishi keskin kamayishi yoki to‘xtashi natijasida yuzaga keladigan og‘ir patologik holat bo‘lib, u o‘lim va nogironlikning eng asosiy sabablaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada ishemik infarktning kelib chiqish sabablari, xavf omillari, erta aniqlash usullari hamda davolash samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy diagnostika texnologiyalari va reabilitatsiya usullarining ahamiyati yoritilgan. Tadqiqotda klinik kuzatuvlar, laborator va instrumental tekshiruv natijalari asosida ishemik infarktni erta aniqlashning tibbiy va ijtimoiy foydalari haqida fikr yuritiladi. Maqolada shuningdek, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, profilaktik choralar ko‘rish va aholining kardiologik savodxonligini oshirish orqali kasallikni kamaytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, erta tashxis va kompleks davolash yondashuvlari o‘lim darajasini sezilarli darajada kamaytiradi hamda bemorlarning hayot sifatini yaxshilaydi.

Nafisa Hoshimova , Odiljon Sotvoldiyev

136-139

2025-10-31

“MARKAZIY QIZILQUM TABIIY FOSFORITLARINI KIMYOVIY FAOLLASHTIRISH ASOSIDA SAMARALI FOSFORLI O‘G‘ITLAR OLISH TEXNOLOGIYASI”

Maqolada O‘zbekistonning Markaziy Qizilqum fosforit konlaridan olinadigan tabiiy fosforitlarni kimyoviy faollashtirish asosida qayta ishlash, ularning reaktivligini oshirish va suvda eruvchan fosfor shakllarini hosil qilish yo‘llari yoritilgan. Sulfat, azot va fosfor kislotasi yordamida amalga oshirilgan tajribalar natijasida fosforitlardan NP, PK va NPK turdagi kompleks o‘g‘itlar olishning ilmiy asoslari ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida import o‘rnini bosuvchi, iqtisodiy samarali va ekologik xavfsiz o‘g‘itlar ishlab chiqarishni kengaytirishga xizmat qiladi.

Ja’far Baxronov

140-142

2025-10-31

XALQARO AVTOMOBIL YUK TASHISHDA JAVOBGARLIKNING NORMATIV-HUQUAQIY ASOSLARI: CMR KONVENSIYASI

Maqolada xalqaro avtomobil yuk tashishda tashuvchining javobgarligi CMR Konvensiyasi asosida huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tashuvchining javobgarlik davri, javobgarlikdan ozod etish shartlari, zarar tushunchasining mazmuni va tovon miqdorini cheklash mexanizmlari tizimli ravishda yoritiladi. Konvensiyaning 17–29-moddalarida belgilangan javobgarlik modeli yukni qabul qilishdan tortib uni qabul qiluvchiga topshirishgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi hamda tashuvchining xodimlari va agentlari xatti-harakatlari uchun ham kengaytirilgan javobgarlikni belgilaydi. Shuningdek, deklaratsiya qilingan qiymat va yetkazib berishga maxsus manfaat institutlarining risklarni oldindan boshqarish hamda yuqori qiymatli yuklarni himoya qilishdagi amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot CMRning javobgarlik rejimi barqaror xalqaro tashish muhitini shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidlaydi.

Sh.Z. Sheraliyeva

143-146

2025-10-31

O‘ZBEK TILIGA DAVLAT TILI MAQOMI BERILISHINING AMALIY AHAMIYATI VA DAVLAT TILI SIFATIDA MUSTAHKAMLASH USULLARI

Bu maqolada o`zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, davlat boshqaruvi, ta`lim, fan vas an`at sohasida davlat tilining ahamiyati, bu sohalarda yagona til tizimiga o`tilishining afzalliklari,  xalqaro hamjamiyatda O‘zbekistonning mustaqil davlat sifatida tan olinishi bilan bir qatorda, o‘zbek tilining ham mustaqil milliy til sifatida tanilishi haqida so`z yuritiladi. Maqoladan davlat tilida ish yurituvchilar va keng aholi o`qib o`rganishi mumkin

To`lqin Kenjayev

147-151

2025-10-31

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA YUVENAL YUSTITSIYA TUSHUNCHASINING NAZARIY-HUQUQIY ASOSI

Xalqaro va mamlakatimiz miqyosida voyaga yetmaganlarning huquqlarini, qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimining takomillashib borishi natijasida ushbu sohada qonun hujjatlari ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratish prokuratura organlari va boshqa idoralar oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan voyaga yetmaganlarning huquqlarini sud orqali himoya qilishning xalqaro standartlaridan biri yuvenal yustitsiya hisoblanadi. Ushbu maqola demokratik odil sudlovning muhim bir shakli bo‘lgan yuvenal yustitsiyaga bag‘ishlangan bo‘lib, unda yuvenal yustitsiyaning tushunchasi, shakllanish tarixi va uning o‘ziga xos xususiyatlarining tahlili o‘z ifodasini topgan.

Marjona Aliyeva

152-156

2025-10-31

DIPLOMATIK MATNLARNING PRAGMATIK TAHLILI

Ushbu maqolada diplomatik matnlarining pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Xususan, illokutiv aktlar, xushmuomalalik strategiyalari, eufemizm, perlokutiv effektlar kabi pragmatikaning asosiy elementlari diplomatik nutqda qanday qo‘llanilishi ko‘rib chiqiladi. Fransuz va oʻzbek diplomatiyasidagi baʼzi pragmatik xususiyatlar oʻrganiladi.

Bobur Hamidullayev

157-162

2025-10-31

SUN`IY INTELLEKTNING IJTIMOIY ONTOLOGIYASI: BORLIQ, QADRIYAT VA IJTIMOIY MUNOSABATLARNING TRANSFORMATSIYASI

Ushbu maqola sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining zamonaviy ijtimoiy borliqni (ontologiyani) qanday o‘zgartirayotganini tahlil qiladi. SI nafaqat texnik vosita, balki yangi ijtimoiy agent va munosabatlar ishtirokchisi sifatida ko‘rib chiqiladi. Maqolada SI ning ontologik maqomi, jamiyatning tuzilishi, mehnat borlig‘i va axloqiy qadriyatlarga ta’siri falsafiy va ijtimoiy nuqtai nazardan o‘rganiladi. Tadqiqot xulosalari shuni ko‘rsatadiki, SI inson-jamiyat borlig‘ining fundamental negizlarini qayta belgilamoqda, bu esa yangi ijtimoiy tartibni talab qiladi

Gulmira Boboqulova

163-166

2025-10-31

MAKTABGACHA YOSHDAGI NUTQI TO‘LIQ RIVOJLANMAGAN BOLALARDA KORREKSION LOGOPEDIK ISHLARDA TERAPIYANING O‘RNI

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarda logopedik korreksiya jarayonida terapiyaning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda art-, musiqa-, sensor- va psixo-terapiya usullarining logopedik mashg‘ulotlarga integratsiyasi bola nutqini rivojlantirish, emotsional barqarorlikni mustahkamlash va ijtimoiy moslashuvni yaxshilashdagi ahamiyati ilmiy asosda yoritilgan.

Madina Usarova

167-171

2025-10-31

ИССЛЕДОВАНИЕ МЕТОДОВ ГРАВИТАЦИОННОГО И ФЛОТАЦИОННОГО ОБОГАЩЕНИЯ УПОРНЫХ ЗОЛОТОСОДЕРЖАЩИХ РУД МЕСТОРОЖДЕНИЯ КОКПАТАС С ПРИМЕНЕНИЕМ ТРАДИЦИОННЫХ И МЕСТНЫХ РЕАГЕНТОВ

В статье рассмотрены особенности обогащения упорных золотосодержащих руд месторождения Кокпатас. Проведен сравнительный анализ эффективности гравитационного и флотационного методов переработки руд. Выявлено, что гравитационное обогащение ограниченно из-за тонкодисперсной формы золота. Флотационные методы, применяемые в открытом и замкнутом циклах с использованием традиционных и местных реагентов, обеспечивают высокие показатели извлечения золота и серебра, достигая 90% и выше по золоту. Комбинированное применение реагентов повышает качество концентратов и эффективность переработки. Полученные результаты могут служить основой для оптимизации технологических схем переработки упорных золото-серебро-содержащих руд.

Ж.М. Бекпулатов , У.Р. Газибекова, У.И. Нажмиддинов , А.С. Гуломов , С.Б. Рустамова

172-177

2025-10-31

JUN TOLASINI MAYDA VA YIRIK IFLOSLIKLARDAN TOZALASH TEXNOLOGIYASINI ANALITIK TAHLILI

Korxonalarda ishlatilayotgan titish-tozalash uskunasining ta’minlash mexanizmi noqulay yasalganligi, bu esa uskunaning ish unumdorligiga, tola sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va iqtisodiy samaradorlikning sezilarli darajada pasayishiga sabab bo‘lishi aniqlandi. Jun tolasini titish-tozalash uskunasining eng asosiy va murakkab konstrutsiyasiga ta’minlash mexanizmlari kiradi..

Qadam Jumaniyozov, Abdulla Urozov

178-184

2025-10-31

KUBIK SPLAYN USULI VA UNING SONLI MODELLASHTIRISHDAGI QO‘LLANILISHI

Hozirgi zamon ilm-fanida sonli usullar murakkab funksiyalarni tahlil qilish, differensial va integral tenglamalarni yechish hamda tajriba natijalarini silliq interpolatsiya qilishda keng qo‘llanilmoqda. Shunday samarali usullardan biri — kubik splayn (yoki kubik bo‘lakli interpolatsiya) usulidir. Ushbu usulning afzalligi shundaki, u berilgan nuqtalar orasida funksiyani silliq, uzluksiz va birinchi hamda ikkinchi tartibli hosilalari bo‘yicha uzluksiz shaklda tiklash imkonini beradi.

Ilhom Ahmadov, Shamshod Karimov , Muzrob Muhiddinov

185-187

2025-10-31

MO‘G‘ULLAR DAVRINING ILMIY TAFAKKURI VA DAVLAT BOSHQARUVI CHORRAHASIDA: RASHIDUDDIN FAZLULLOH HAMADONIY FAOLIYATI

Mazkur maqolada o‘rta asrlar musulmon Sharqi tarixida ilmiy tafakkur, siyosiy boshqaruv va madaniy taraqqiyotning o‘zaro aloqadorligi Rashiduddin Fazlulloh Hamadoniy (1247–1318) shaxsiyati misolida tahlil etiladi. Tadqiqot davomida Ilxoniylar davri siyosiy hayotida Rashiduddinning tutgan o‘rni, uning ilmiy-ma’rifiy faoliyati hamda “Jome‘ at-tavorix” asarining tarixshunoslikdagi ahamiyati ochib berilgan. Shuningdek, allomaning islomni qabul qilishi, ilmiy dunyoqarashi va siyosiy islohotlaridagi roli o‘rta asr musulmon tafakkurining shakllanish jarayoni bilan bog‘liq holda tahlil qilingan.

Farrux Sotvoldiyev

188-195

2025-10-31

QARAQALPAQ POEZIYASÍNDA AZATLÍQ HÁM ÁDILLIK IDEYALARÍ

Bul maqalada qaraqalpaq poeziyasında azatlıq hám ádillik ideyalarınıń kórkem súwretleniwi, olardıń tariyxıy negizleri hám zamanagóy talqılawları tallanadı. Maqalada Ájiniyaz Qosıbay ulı, Berdaq, Kúnxoja sıyaqlı shayırlar dóretiwshiligi mısalında xalıqtıń azatlıqqa umtılıwı hám ádillik ruwxınıń poeziyadaǵı sáwlesi ashıp beriledi. Sonday-aq, ǵárezsizlik dáwiri qaraqalpaq ádebiyatında bul ideyalardıń jańasha mazmunǵa iye bolıwı, yaǵnıy azatlıqtı insan qálbiniń erkinligi, ádillikti bolsa sociallıq turaqlılıq hám hadallıq belgisi sıpatında talqılanıwı kórsetip ótiledi. Maqala dawamında tariyxıy, estetikalıq hám filosofiyalıq jaqtan izbe-iz tallaw ámelge asırılǵan bolıp, qaraqalpaq poeziyası xalıqtıń ruwxıy oyanıwında tutqan ornı kórsetip ótilgen.

Dilbar Rametova

196-199

2025-10-31

MODELING COGNITIVE CONSTRAINTS IN SIGNED-TO-SPOKEN TRANSLATION: A MULTIMODAL NEURAL APPROACH

In recent years, the field of sign language translation (SLT) has evolved rapidly due to advances in deep learning and multimodal computing. However, despite this progress, translation from signed to spoken languages remains a complex challenge due to fundamental cognitive, linguistic, and modality-specific constraints. This paper investigates how cognitive factors — including working memory limits, multimodal perception, and temporal alignment — affect the process of translating visual-manual languages into spoken forms. The study also explores how multimodal neural networks, especially transformer-based architectures, can model and mitigate these constraints. Using statistical data and comparative analysis from developed countries (the USA, UK, Germany) and emerging contexts, the paper highlights the current state of SLT research, key datasets, and BLEU score benchmarks, providing recommendations for future development of inclusive AI systems that serve deaf and hard-of-hearing communities worldwide.

Beknazar Bokijonov

200-203

2025-10-31

IJTIMOIY ADOLAT TUSHUNCHASINING FALSAFIY ASOSLARI VA ZAMONAVIY TALQINLARI

Mazkur maqolada “ijtimoiy adolat” tushunchasining falsafiy ildizlari (klassik adolat nazariyalari, xususan taqsimlovchi adolat, huquqiy adolat va tan olish adolati) hamda zamonaviy davrda ushbu tushunchaning yangi talqinlari yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan davlatlarda ijtimoiy adolatni baholashda qo‘llaniladigan asosiy ko‘rsatkichlar — Gini koeffitsienti, ijtimoiy adolat indeksi, ijtimoiy inklyuziya darajasi — statistik ma’lumotlar asosida tahlil qilinadi. Maqolada OECD va BMT hisobotlariga tayangan holda adolatning nazariy va amaliy talqinlari o‘rtasidagi bog‘liqlik ko‘rsatilib, xulosa qismida ijtimoiy adolatni ta’minlash istiqbollari yoritiladi..

Haydarali Normirzayev

204-206

2025-10-31

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ВОПРОСЫ ФОРМИРОВАНИЯ И РАЗВИТИЯ СВЕТСКОГО ГОСУДАРСТВА: МЕЖДУНАРОДНЫЙ ОПЫТ

В статье рассматриваются теоретические аспекты формирования и развития светского государства в контексте международного опыта. Особое внимание уделяется историко-правовым предпосылкам становления принципа светскости, его эволюции в различных правовых системах и влиянию на современные государственно-правовые институты. Анализируются модели взаимодействия государства и религии в разных странах, включая французскую, американскую, турецкую и узбекскую, с целью выявления общих закономерностей и национальных особенностей. Автор подчеркивает, что светский характер государства является важнейшей гарантией обеспечения прав и свобод человека, а также устойчивого развития демократических институтов. В заключении делается вывод о необходимости адаптации лучших международных практик с учетом исторических, культурных и религиозных особенностей конкретного общества.

Улугбек Абдуганиев

207-212

2025-10-31