XALQARO AVTOMOBIL YUK TASHISHDA JAVOBGARLIKNING NORMATIV-HUQUAQIY ASOSLARI: CMR KONVENSIYASI
Main Article Content
Аннотация:
Maqolada xalqaro avtomobil yuk tashishda tashuvchining javobgarligi CMR Konvensiyasi asosida huquqiy jihatdan tahlil qilinadi. Tashuvchining javobgarlik davri, javobgarlikdan ozod etish shartlari, zarar tushunchasining mazmuni va tovon miqdorini cheklash mexanizmlari tizimli ravishda yoritiladi. Konvensiyaning 17–29-moddalarida belgilangan javobgarlik modeli yukni qabul qilishdan tortib uni qabul qiluvchiga topshirishgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi hamda tashuvchining xodimlari va agentlari xatti-harakatlari uchun ham kengaytirilgan javobgarlikni belgilaydi. Shuningdek, deklaratsiya qilingan qiymat va yetkazib berishga maxsus manfaat institutlarining risklarni oldindan boshqarish hamda yuqori qiymatli yuklarni himoya qilishdagi amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot CMRning javobgarlik rejimi barqaror xalqaro tashish muhitini shakllantirishga xizmat qilishini ta’kidlaydi.
