O'PKA XAFLI O'SMALARIDA KT NING O'RNI

Mualliflar

  • Nishanova Yulduzxon Xatamovna Tashkent davlat tibbiyot universiteti Muallif
  • Tursunpo‘lotov Xumoyun Xurshid o‘g‘li Tashkent davlat tibbiyot universiteti Muallif

Abstrak

O‘pka saratoni bugungi kunda dunyo bo‘yicha eng ko‘p uchraydigan va o‘limga olib keluvchi onkologik kasalliklardan biri hisoblanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, har yili taxminan 2,2 milliondan ortiq yangi o‘pka saratoni holatlari qayd etiladi[1].hu bilan birga, ushbu kasallik sababli yiliga 1,8 milliondan ortiq bemor vafot etadi, bu esa umumiy saraton o‘limlarining 18–20% ini tashkil etadi. So‘nggi 10 yil ichida o‘pka saratoni bilan kasallanish darajasi ayrim hududlarda 15–20% ga oshgan. Erkaklar orasida kasallanish darajasi ayollarga nisbatan yuqori bo‘lib, erkaklarda bu ko‘rsatkich 60–65%, ayollarda esa 35–40% ni tashkil etadi[3]. Tamaki chekish asosiy xavf omili bo‘lib, o‘pka saratoni bilan kasallanganlarning 85–90% ida chekish tarixi mavjud. Bundan tashqari, ekologik omillar, havoning ifloslanishi, sanoat chiqindilari ham kasallik rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi[2]. O‘pka saratonining kech bosqichlarda aniqlanishi uning davolash samaradorligini keskin kamaytiradi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bemorlarning faqat 15–20% ida kasallik erta bosqichda aniqlanadi[4]. Kech bosqichlarda aniqlangan bemorlarning 5 yillik yashash darajasi 5–10% ni tashkil etsa, erta bosqichda bu ko‘rsatkich 60–70% gacha yetadi. Diagnostika usullaridan rentgenografiya uzoq yillar davomida asosiy tekshiruv usuli bo‘lib kelgan[5]. Shu sababli, o‘pka saratonini erta aniqlash va samarali davolashni rejalashtirishda KT usulining ahamiyati nihoyatda yuqori hisoblanadi.

Iqtiboslar

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti. Global Cancer Observatory (GLOBOCAN) 2020/2022. Geneva: WHO, 2022.

International Agency for Research on Cancer. World Cancer Report: Cancer Research for Cancer Prevention. Lyon: IARC, 2020.

American Cancer Society. Cancer Facts & Figures 2024. Atlanta: ACS, 2024.

National Cancer Institute. SEER Cancer Statistics Review. Bethesda: NCI, 2023.

National Comprehensive Cancer Network. NCCN Clinical Practice Guidelines in Oncology: Lung Cancer. Version 2024.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-05-11

Iqtibos keltirish tartibi

Nishanova, Y., & Tursunpo‘lotov , X. (2026). O’PKA XAFLI O’SMALARIDA KT NING O’RNI. Zamonaviy Dunyoda Tabiiy Fanlar, 5(7), 39-40. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDTF/article/view/40464
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
17 Views
0 Downloads