HAYOTNING DAVOMIYLIGI TABIAT BILAN UYG'UNLIKDA

Mualliflar

  • Baratova Parizod Qarshi shahar 15-maktab 11-A sinf o'quvchisi Muallif

Abstrak

Tabiat shunday bag'ri keng, sahovatli va himmatliki, u o'ziga nisbatan qilingan har qanday shafqatsizlikni, hurmatsizlikni bag'rida saqlab kelmoqda. Lekin, unga nisbatan bo'lgan bu nohaqliklarga javoban tabiatning o'ch olishi muqarrardir. Chunki, bugungi kunda bunday munosabatlarning ta'siri yangicha ekologik muammolar ko'rinishida insonlar hayotiga va butun tiriklik dunyosi hayotiga tahlika solmoqda. Jumladan, havo haroratining ko'tarilishi, ozon qatlamining siyraklashuvi, toza suv tanqisligi, dunyo okeanining ifloslanishi, cho'llashish jarayoni, tuproq eroziyasi, tabiiy boyliklarning kamayib borishi va boshqa sabablar oqibatida iqtisodiy-ijtimoiy va ma'naviy muammolar kelib chiqmoqda. Ayniqsa, joriy yilda sayyoramizning ko'pgina mamlakatlarida suv toshqinlari, to'fonlar, o'rmonlarga o't ketishi kabi salbiy holatlar ko'p kuzatilmoqda. Ayni kunda tabiat yaratgan jamiki jonzot toza havoga, zilol suvlarga, mehr-shafqatga muhtoj bo'lib qoldi.

Iqtiboslar

Ergashev A., Ergashev T. Ekologiya, biosfera va tabiatni muhofaza qilish. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2018.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-07-22

Iqtibos keltirish tartibi

Baratova , P. (2026). HAYOTNING DAVOMIYLIGI TABIAT BILAN UYG’UNLIKDA. Zamonaviy Dunyoda Tabiiy Fanlar, 5(11), 50-51. https://www.in-academy.uz/index.php/ZDTF/article/view/54953
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
2 Views
0 Downloads