Maqolalar

ORALIQ EKINDA PIYOZ KO‘CHATLARINING TURLI VEGETATIV QISMLARINI CHILPIB EKISHNING HOSILDORLIK VA HOSIL SIFATIGA TA’SIRI

Jild 5 son 23 (2026): Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar 60-63

DOI: 10.5281/zenodo.21289561 2026-07-09 Maqolalar Open Access

Mualliflar

  • Mirzasoliyev Mirzaosimjon Mirzasoypovich q.x.f.f.d., k.i.x. Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti
  • Shokirov Alisher Jo‘raboevich q.x.f.d. Toshkent davlat agrar universiteti

Annotatsiya

Mazkur maqolada oraliq ekin sharoitida piyoz (Allium cepa L.) ko‘chatlarining ekish oldidan ildiz va barglarini turli variantlarda chilpishning tovarbop va notovar hosil shakllanishiga ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot davomida ko‘chatlarni ildizining 1/3 qismi, bargining 1/3 qismi hamda ildiz va bargining 1/3 qismi bir vaqtning o‘zida chilpib ekish variantlari nazorat bilan qiyosiy baholandi. Olingan natijalarga ko‘ra, bargning 1/3 qismini chilpib ekish eng yuqori tovarbop hosil (46,2 t/ga) va eng past notovar hosil (3,5 t/ga) ta’minladi. Aniqlanishicha, barglarni qisman chilpish ko‘chatlarning ekishdan keyingi moslashuvchanligini oshirib, transpiratsiya jarayonini me’yorlashtirishi hisobiga mahsuldorlikni oshiradi. Tadqiqot natijalari oraliq ekinlarda piyoz yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish hamda yuqori tovarbop hosil olish uchun ilmiy asoslangan agrotexnik tavsiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega.

Kalit soʻzlar:

Iqtiboslar

Azimov B.B., Abdullaev A.A. Sabzavotchilik. – Toshkent, 2014.

Azimov.B.J., AzimovB.B., larning «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o‘tkazish metodikasi» (2002).

Литвинов С.С. Овощеводство. Теория и практика. – Москва, 2011.

Пивоваров В.Ф. Овощеводство. – Москва: Колос, 2006.

Saidov M. Sabzavot ekinlari agrotexnologiyasi. – Toshkent, 2010.

Rubatzky V.E., Yamaguchi M. World Vegetables: Principles, Production and Nutritive Values. – New York, 1997.

Oʻquvchilar geografiyasi

3 Koʻrishlar
0 PDF yuklab olishlar
3 Davlatlar

    Yuklab olishlar

    Nashr qilingan

    2026-07-09

    Iqtibos keltirish tartibi

    Mirzasoliyev, M., & Shokirov, A. (2026). ORALIQ EKINDA PIYOZ KO‘CHATLARINING TURLI VEGETATIV QISMLARINI CHILPIB EKISHNING HOSILDORLIK VA HOSIL SIFATIGA TA’SIRI. Zamonaviy Dunyoda Innovatsion Tadqiqotlar, 5(23), 60-63. https://doi.org/10.5281/zenodo.21289561
    Innovative Academy RSC
    Article metrics Views and PDF downloads
    1 Views
    0 Downloads