GENDER TENGLIK VA AYOLLAR HUQUQLARI: GLOBAL VA MAHALLIY MUAMMOLAR TAHLILI
Abstrak
Ayollar huquqlari va gender tengligi masalasi bugungi kunda global miqyosda eng dolzarb muammolardan biridir. So‘nggi o‘n yilliklarda ushbu sohada sezilarli yutuqlarga erishilgan bo‘lsa-da, BMT Bosh kotibi Antonio Guterrishning ta’kidlashicha, ayollar huquqlari yangi tahdidlar tufayli tobora ko‘proq xavf ostida qolmoqda. Raqamli vositalarning rivojlanishi, iqtisodiy tengsizlik, gender asosidagi zo‘ravonlik va siyosiy qutblanish kabi omillar ayollarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlashga xalaqit bermoqda. Ushbu tezisda global va mahalliy kontekstda ayollar huquqlari va gender tengligi bilan bog‘liq muammolar tahlil qilinadi, shuningdek, O‘zbekiston misolida mamlakatdagi gender tengligi holati va uni yaxshilash yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot BMT, Equal Measures 2030, Jahon banki va boshqa manbalardan olingan ma’lumotlarga asoslanadi.
Iqtiboslar
Guterres, A. (2025, March). UN Secretary-General’s remarks at the International Women’s Day event 2025. UN Women. https://www.unwomen.org/en/news-stories/speech/2025/03/un-secretary-generals-remarks-at-the-international-womens-day-event-2025.
Equal Measures 2030. (2025). Dunyo bo‘ylab gender tengligiga XXII asrgacha erishib bo‘lmaydi – tadqiqot. https://equalmeasures2030.org/press/dunyoda-gender-tengligiga-xxii-asrgacha-erishib-bolmaydi-tadqiqot/
Aniq.uz. (2025). Iroq hukumati qizlarga 9 yoshdan turmushga chiqishga ruxsat bermoqchi, xalq norozi. https://aniq.uz/uz/yangiliklar/iroq-hukumati-qizlarga-9-yoshdan-turmushga-chiqishga-ruxsat-bermoqchi-xalq-norozi
Kun.uz. (2024, May 10). BMT Ayollar tuzilmasi O‘zbekistonning gender tenglikni ta’minlash say’-harakatlariga yuqori baho berdi. https://www.kun.uz/news/2024/05/10/bmt-ayollar-tuzilmasi-ozbekistonning-gender-tenglikni-taminlash-say-harakatlariga-yuqori-baho-berdi
Gazeta.uz. (2022, November 25). Ayollar va qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish O‘zbekiston iqtisodiyotiga foyda keltirishi mumkin. https://www.gazeta.uz/oz/2022/11/25/women/
World Bank. (2022). O‘zbekiston: mamlakatdagi gender holatni baholash. https://wcu.uz/oz/lists/view/684