IJTIMOIY HIMOYADAN OILAVIY TARBIYAGA: FARZANDLIKKA OLISH INSTITUTINING HUQUQIY AHAMIYATI
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.18693378Abstrak
Mazkur maqolada farzandlikka olish instituti bolalarni ijtimoiy himoya tizimidan oilaviy tarbiyaga o‘tkazishning muhim huquqiy shakli sifatida tahlil qilinadi. Tadqiqotda farzandlikka olishning huquqiy mohiyati, uning bolalar huquqlarini ta’minlashdagi o‘rni hamda davlatning ushbu jarayondagi mas’uliyati yoritiladi. Shuningdek, milliy qonunchilikda farzandlikka olishni tartibga soluvchi normalarning mazmuni, ularning amaliyotda qo‘llanilishi va mavjud muammolar ko‘rib chiqiladi. Maqolada bolani institutsional muassasalarda tarbiyalashdan ko‘ra, oilaviy muhitda voyaga yetkazishning ustuvorligi asoslab beriladi hamda farzandlikka olish institutini takomillashtirish bo‘yicha huquqiy taklif va xulosalar ilgari suriladi.##submission.downloads##
Nashr qilingan
2026-02-19
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
Muxlisa, E., & V., T. (2026). IJTIMOIY HIMOYADAN OILAVIY TARBIYAGA: FARZANDLIKKA OLISH INSTITUTINING HUQUQIY AHAMIYATI. Yevroosiyo Huquq, Moliya Va Amaliy Fanlar Jurnali, 6(2), 76-83. https://doi.org/10.5281/zenodo.18693378
Article metrics
Views and PDF downloads
2
Views
0
Downloads