ZAMONAVIY SHAROITDA SPORT TASHKILOTLARI VA FUTBOL KLUBLARINI TIJORATLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Авторы

  • Haydarov, Davron Автор

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.18014800

Аннотация

Ushbu maqola zamonaviy sport tashkilotlari, xususan futbol klublarining tijoratlashtirish jarayonini huquqiy asoslarini chuqur tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotda sport tashkilotlarining media huquqlari, reklama faoliyati, intellektual mulkni himoya qilish mexanizmlari hamda translyatsiya jarayonlarini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar o‘rganilgan. Maqolada O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”, “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida” va “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunlari bilan bir qatorda Yevropa Ittifoqining Audiovizual Media Xizmatlari Direktivasi (AVMS), Buyuk Britaniyaning Broadcasting Act 1996 va Media Act 2024 kabi xalqaro huquqiy me’yorlar tahlil qilingan. Shuningdek, FIFA va OFKning media va marketing reglamentlari, intellektual mulkni himoya qilish qoidalari ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot sport tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, raqamli platformalarda kontent monetizatsiyasini rivojlantirish, reklama bozorida shaffoflikni kuchaytirish va sport tashkilotlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy takliflarni ishlab chiqishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Опубликован

2025-12-22

Как цитировать

Davron, H. (2025). ZAMONAVIY SHAROITDA SPORT TASHKILOTLARI VA FUTBOL KLUBLARINI TIJORATLASHTIRISHNING HUQUQIY ASOSLARI. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 5(12), 92-97. https://doi.org/10.5281/zenodo.18014800
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads