KONSTITUTSIYA PREAMBULASINING HUQUQIY TABIATI

Авторы

  • Choriyev, Ulug'bek Автор

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.17934391

Аннотация

Ushbu maqolada Konstitutsiya preambulasining huquqiy tabiatini tahlil qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Preambula tushunchasining tarixiy-etimologik ildizlari, uning konstitutsion tuzilmadagi o‘rni, huquqiy xususiyatlari hamda xalq irodasining ifodasi sifatidagi mohiyati ilmiy jihatdan yoritiladi. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi muqaddimasi mazmuni tahlil qilinib, preambulaning huquqiy kuchi, normativ ahamiyati va ideologik vazifalari izohlanadi. Shu bilan birga, xorijiy huquqshunoslar — Peter Häberle, David S. Law, Liav Orgad, Tom Ginsburg, Nick Foti va Daniel Rockmorelarning preambulaning turli nazariy yondashuvlariga oid qarashlari tahlil qilinadi. Ularning fikrlari asosida preambulaning huquqiy-falsafiy, ideologik va siyosiy funksiyalari o‘rganiladi. Shuningdek, O‘zbekiston qonunchiligida muqaddimaga nisbatan belgilangan yuridik talablar va ularning amaliy ahamiyati ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, preambula nafaqat ramziy yoki siyosiy bayonot, balki Konstitutsiyaning ruhini, maqsadini va huquqiy yo‘nalishini belgilovchi huquqiy-falsafiy institut sifatida e’tirof etilishi zarur.

Опубликован

2025-12-15

Как цитировать

Ulug'bek, C. (2025). KONSTITUTSIYA PREAMBULASINING HUQUQIY TABIATI. Евразийский журнал права, финансов и прикладных наук, 5(12), 51-61. https://doi.org/10.5281/zenodo.17934391
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads