SHAHAR LANDSHAFT ARXITEKTURASI VA JAMOAT MAYDONLARI: JAHON TAJRIBASI VA O'ZBEKISTONDA SAMARALI QO'LLASH IMKONIYATLARI

Mualliflar

  • Sattarova, K.D. Muallif
  • Egamshukurova, O.A. Muallif

;

https://doi.org/10.5281/zenodo.18494449

Abstrak

Mazkur ilmiy maqolada shahar landshaft arxitekturasi va jamoat maydonlarini tashkil etish bo’yicha jahon tajribasi tizimli ravishda tahlil qilinadi hamda ushbu tajribalarni O’zbekiston sharoitida samarali qo’llash imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot davomida jamoat maydonlarining shahar muhitidagi funksional, ekologik va ijtimoiy ahamiyati ochib berilib, ularning barqaror shahar rivojlanishidagi o‘rni ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Dunyoning yirik shaharlarida amalga oshirilgan zamonaviy arxitektura-landshaft loyihalari misolida jamoat makonlarini inson omiliga yo‘naltirish, yashil infratuzilmani rivojlantirish va mikroiqlimni yaxshilashga qaratilgan yondashuvlar tahlil qilinadi. Shuningdek, O’zbekiston shaharlarida jamoat maydonlarini rejalashtirishda iqlim sharoiti, tarixiy-me’moriy meros va milliy madaniyatni hisobga olgan holda xalqaro tajribani moslashtirish zarurligi asoslab beriladi. Maqola natijalari shaharsozlik va landshaft arxitekturasi sohasida ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, jamoat makonlarini rivojlantirishga oid qarorlar qabul qilishda foydalanilishi mumkin.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-02-05

Iqtibos keltirish tartibi

K.D., S., & O.A., E. (2026). SHAHAR LANDSHAFT ARXITEKTURASI VA JAMOAT MAYDONLARI: JAHON TAJRIBASI VA O’ZBEKISTONDA SAMARALI QO’LLASH IMKONIYATLARI. Yevroosiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 6(2), 7-14. https://doi.org/10.5281/zenodo.18494449
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
2 Views
0 Downloads