SHAXS XARAKTERINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING FRAZEOSEMANTIK MAYDONLARIDA ISHLATILADIGAN METAFORIK IBORALARNING LINGVO - KOGNITIV TAHLILI

Mualliflar

  • Axmedova Matluba Ibragimdjonovna, Yigitaliyeva Handona Zokirjon qizi Muallif

Abstrak

Ushbu maqolada insonning xarakterini ifodalaydigan metaforik iboralarning badiiy asarlardan keltirilgan namunalari asosida izohlamoqchimiz. Quyida tarkibida inson xarakter - xususiyatiga oid leksemalar qatnashgan ayrim o‘zbekcha metaforik iboralarning lingvo - kognitiv tahlilini keltiramiz hamda iboralarning ne chog‘liq xalq madaniyatiga, mentalitetiga aloqadorligini aniqlaymiz. Tilimizdagi frazeologik birliklarning aksariyati insonning ichki va tashqi olami bilan bog‘liq faoliyati orqali shakllanadi. Shu sababli ham bunday iboralar ifodalagan ma’nolarning zamirida inson, uning xattiharakatlari, fe’l - atvori, yashash tarzi va fikr - o‘ylari yotadi. Shuning uchun ham bir qator tilshunos olimlar o‘z tadqiqotlarida inson xattiharakatlari va fe’l - atvorlarini aks ettiruvchi frazeologizmlarni o‘rganishgan. Ham ingliz, ham o‘zbek tilida insonni xarakterini tasvirlaydigan ko‘plab metaforaga asoslangan frazeologik birliklar mavjudki, ular kishilarning turli xarakterli xususiyatlarini namoyon etadi. Tadqiqotimiz davomida insonning ijobiy hamda salbiy xarakterini bildiradigan ko‘plab metaforaga asoslangan frazeologik birliklar mavjudligiga amin bo‘ldik.

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2023-03-30

Iqtibos keltirish tartibi

qizi, A. M. I. Y. H. Z. (2023). SHAXS XARAKTERINI IFODALOVCHI FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING FRAZEOSEMANTIK MAYDONLARIDA ISHLATILADIGAN METAFORIK IBORALARNING LINGVO - KOGNITIV TAHLILI. Yevroosiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 3(3), 123-125. https://www.in-academy.uz/index.php/EJAR/article/view/43655
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads