KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA METAFORALAR: NAZARIYA VA AMALIY TAHLIL

Mualliflar

  • Niyazova Gulnoraxon G‘ulomovna Dotsent (PhD), Renessans ta’lim universiteti, Toshkent, O‘zbekiston Muallif
  • Maxamatova Munavvara G’ayratjon qizi Renessans Ta’lim Universiteti magistranti Muallif

;

Kognitiv tilshunoslik, metaforalar, pragmatika, tarjimada kognitiv muvofiqlik.

Abstrak

Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslik doirasida metaforalarning talqini va ularning nazariy asoslari yoritiladi. Metafora — bu bir obyekt, hodisa yoki voqelikni boshqa tushunchalar orqali ifodalashga xizmat qiluvchi til vositasi bo‘lib, uning ildizlari qadimgi davrlarga borib taqaladi. Metaforalar dastlab insonning tabiiy jarayonlarni anglash va tasvirlash ehtiyoji asosida shakllangan bo‘lib, keyinchalik tarixiy, ijtimoiy, ekologik hamda siyosiy omillar ta’sirida rivojlanib va o‘zgarib borgan. Uzoq vaqt davomida metaforalarga nisbatan qiziqish nisbatan sust bo‘lgan, chunki ular ko‘proq badiiy ifoda vositasi sifatida, ya’ni voqelikni boshqa nom bilan tasvirlash shakli sifatida talqin etilgan. Biroq XX asrga kelib, tilshunoslikda antropotsentrik yondashuvning shakllanishi natijasida metaforalarga yangicha — pragmatik, lingvokulturologik va kognitiv nuqtai nazardan qarash zarurati yuzaga keldi. Maqolada turli davrlarda faoliyat yuritgan olim va tadqiqotchilarning metafora haqidagi qarashlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ayrim metaforalar kognitiv jihatdan tahlil qilinib, ularni tarjima jarayonida mos ekvivalentlar orqali ifodalash masalalari ham ko‘rib chiqiladi.

Iqtiboslar

Aristotle. (1997). Poetics (S. H. Butcher, Trans.). Dover Publications.

Black, M. (1955). Metaphor. Proceedings of the Aristotelian Society, 55, 273–294.

Chomsky, N. (2006). Language and mind (3rd ed.). Cambridge University Press.

Evans, V., & Green, M. (2006). Cognitive linguistics: An introduction. Edinburgh University Press.

Kövecses, Z. (2010). Metaphor: A practical introduction (2nd ed.). Oxford University Press.

Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors we live by. University of Chicago Press.

Ricoeur, P. (1977). The rule of metaphor: Multi-disciplinary studies of the creation of meaning in language. University of Toronto Press.

Wittgenstein, L. (1953). Philosophical investigations. Blackwell.

Shakespeare, W. (2005). As you like it. Simon & Schuster. (Original work published 1623)

##submission.downloads##

Nashr qilingan

2026-04-29

Iqtibos keltirish tartibi

KOGNITIV YONDASHUV ASOSIDA METAFORALAR: NAZARIYA VA AMALIY TAHLIL. (2026). Yevroosiyo Akademik Tadqiqotlar Jurnali, 6(4), 279-284. https://www.in-academy.uz/index.php/EJAR/article/view/38846
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads