BO'LMACHLAR FIBRILLIYATSIYASI BO'LGAN BEMORLARDA REJALI RADIOCHASTOTALI ABLATSIYA O'TKAZISHDA DIAZEPAM VA FENTANIL KOMBINATSIYASI BILAN NEYROLEPTOANALGEZIYA, SHUNINGDEK, DEKSMEDETOMIDIN BILAN ANALGOSEDATSIYA SHAROITIDA SEDATSIYA DARAJASINI O'RGANISH VA ULARNI SOLISHTIRISH
;
https://doi.org/10.5281/zenodo.20133781Abstrak
Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi (BF) yurak ritmining eng keng tarqalgan buzilishlaridan biri bo‘lib, uning davolash usullaridan biri radiochastotali kateter ablatsiyasi hisoblanadi. Mazkur invaziv muolajani samarali o‘tkazish uchun bemor immobilizatsiyasi, yetarli analgeziya va sedatsiya darajasini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Sedatsiya uchun amaliyotda ko‘pincha benzodiazepinlar va opioidlar kombinatsiyasi yoki alfa-2 adrenoretseptor agonistlari qo‘llaniladi. Ushbu maqolada bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi bilan og‘rigan bemorlarda rejali radiochastotali ablatsiya vaqtida diazepam va fentanil kombinatsiyasi bilan neyroleptoanalgeziya hamda deksmedetomidin asosidagi analgosedatsiya sharoitida sedatsiya darajasini baholash va ularni solishtirishga oid ilmiy ma’lumotlar tahlil qilindi. Adabiyotlar ma’lumotlariga ko‘ra, deksmedetomidin sedativ va analgetik ta’sirga ega bo‘lib, minimal respirator depressiya bilan xarakterlanadi va invaziv kardioelektrofiziologik muolajalar uchun muhim afzalliklarga ega. Shu bilan birga, benzodiazepin-opioid kombinatsiyasi ham amaliyotda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Tadqiqotlar natijasi sedatsiya barqarorligi, gemodinamik ko‘rsatkichlar va bemor xavfsizligi nuqtai nazaridan ushbu usullarni taqqoslash muhimligini ko‘rsatadi.##submission.downloads##
Nashr qilingan
2026-05-12
Nashr
Bo'lim
Articles
Iqtibos keltirish tartibi
Shaxzod, I., Sanjar, J., & Baxodir, A. (2026). BO’LMACHLAR FIBRILLIYATSIYASI BO’LGAN BEMORLARDA REJALI RADIOCHASTOTALI ABLATSIYA O’TKAZISHDA DIAZEPAM VA FENTANIL KOMBINATSIYASI BILAN NEYROLEPTOANALGEZIYA, SHUNINGDEK, DEKSMEDETOMIDIN BILAN ANALGOSEDATSIYA SHAROITIDA SEDATSIYA DARAJASINI O’RGANISH VA ULARNI SOLISHTIRISH. Markaziy Osiyo Ko‘p Tarmoqli Tadqiqotlar Va Menejment Tadqiqotlari Jurnali, 3(5), 85-89. https://doi.org/10.5281/zenodo.20133781
Article metrics
Views and PDF downloads
0
Views
0
Downloads