BO'LMACHLAR FIBRILLIYATSIYASI BO'LGAN BEMORLARDA REJALI RADIOCHASTOTALI ABLATSIYA O'TKAZISHDA DIAZEPAM VA FENTANIL KOMBINATSIYASI BILAN NEYROLEPTOANALGEZIYA, SHUNINGDEK, DEKSMEDETOMIDIN BILAN ANALGOSEDATSIYA SHAROITIDA SEDATSIYA DARAJASINI O'RGANISH VA ULARNI SOLISHTIRISH

Authors

  • Ismoilov, Shaxzod Author
  • Joniyev, Sanjar Author
  • Akramov, Baxodir Author

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.20133781

Abstract

Bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi (BF) yurak ritmining eng keng tarqalgan buzilishlaridan biri bo‘lib, uning davolash usullaridan biri radiochastotali kateter ablatsiyasi hisoblanadi. Mazkur invaziv muolajani samarali o‘tkazish uchun bemor immobilizatsiyasi, yetarli analgeziya va sedatsiya darajasini ta’minlash muhim ahamiyatga ega. Sedatsiya uchun amaliyotda ko‘pincha benzodiazepinlar va opioidlar kombinatsiyasi yoki alfa-2 adrenoretseptor agonistlari qo‘llaniladi. Ushbu maqolada bo‘lmachalar fibrillyatsiyasi bilan og‘rigan bemorlarda rejali radiochastotali ablatsiya vaqtida diazepam va fentanil kombinatsiyasi bilan neyroleptoanalgeziya hamda deksmedetomidin asosidagi analgosedatsiya sharoitida sedatsiya darajasini baholash va ularni solishtirishga oid ilmiy ma’lumotlar tahlil qilindi. Adabiyotlar ma’lumotlariga ko‘ra, deksmedetomidin sedativ va analgetik ta’sirga ega bo‘lib, minimal respirator depressiya bilan xarakterlanadi va invaziv kardioelektrofiziologik muolajalar uchun muhim afzalliklarga ega. Shu bilan birga, benzodiazepin-opioid kombinatsiyasi ham amaliyotda keng qo‘llanilib kelinmoqda. Tadqiqotlar natijasi sedatsiya barqarorligi, gemodinamik ko‘rsatkichlar va bemor xavfsizligi nuqtai nazaridan ushbu usullarni taqqoslash muhimligini ko‘rsatadi.  

Downloads

Published

2026-05-12

Issue

Section

Articles

How to Cite

Shaxzod, I., Sanjar, J., & Baxodir, A. (2026). BO’LMACHLAR FIBRILLIYATSIYASI BO’LGAN BEMORLARDA REJALI RADIOCHASTOTALI ABLATSIYA O’TKAZISHDA DIAZEPAM VA FENTANIL KOMBINATSIYASI BILAN NEYROLEPTOANALGEZIYA, SHUNINGDEK, DEKSMEDETOMIDIN BILAN ANALGOSEDATSIYA SHAROITIDA SEDATSIYA DARAJASINI O’RGANISH VA ULARNI SOLISHTIRISH. Central Asian Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(5), 85-89. https://doi.org/10.5281/zenodo.20133781
Innovative Academy RSC
Article metrics Views and PDF downloads
0 Views
0 Downloads