«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» - это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках.
Опубликован: 2024-01-03
Статьи
ҚУРБАНБАЙ ЖЫРАЎ ТӘЖИБАЕВТЫҢ ДӘСЛЕПКИ ШӘКИРТЛИК ҚӘДЕМЛЕРИ
Бул мақалада Қурбанбай жыраў Тәжибаевтың дәслепки шәкиртлик қәдемлери ҳаққында сөз етилди. Оған дәстан атқарыў жолларын үйреткен устазлары ҳәм оннан усы жыраўшылық өнерин үйренген шәкиртлерине айрықша тоқталып өтилди.
2024-01-09
ХАЛҚАРО ҲУЖЖАТЛАРДА КИБЕРЖИНОЯТЧИЛИККА ҚАРШИ КУРАШ МАСАЛАЛАРИ
Мзкур мақолада халқаро ҳужжатларда кибержиноятчиликка қарши кураш масалалари баён этилган. Шунингдек, мақолада халқаро ҳамкорликни кенгайтириш, кибержиноятчиликка қарши биргаликда ҳаракат қилиш ва уни текшириш борасида тегишли органлар фаолиятини тартибга солиш ҳамда ўзаро ҳамкорликнинг халқаро ҳуқуқий механизмларини ишлаб чиқиш билан боғлиқ масалалар ҳам таҳлил этилган.
2024-01-10
СОҒЛИҚҚА ҚАРШИ ЖИНОЯТЛАРНИНГ ОБЪЕКТИ ВА УНИНГ ЎЗИГА ХОС ЖИҲАТЛАРИ
Мазкур мақолада соғлиққа қарши жиноятларнинг объекти ва унинг ўзига хос жиҳатларига доир масалала таҳлил этилган. Шунингдек, мақолада соғлиққа қарши жиноятларнинг объекти ва предмети билан боғлиқ масалаларга доир олимларнинг фикирлари ўрганилган.
2024-01-10
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ТАШҚИ МЕҲНАТ МИГРАЦИЯСИ СОҲАСИДАГИ ДАВЛАТ СИЁСАТИНИ ЮРИТИШДА ТАШҚИ МЕҲНАТ МИГРАЦИЯСИ АГЕНТИЛИГИНИНГ РОЛИ
Мазкур мақолада Ўзбекистон Республикасида ташқи меҳнат миграцияси соҳасида давлат сиёсати даражасида амалга оширилаётган ислоҳотлар ҳамда ушбу йўналишда Ташқи меҳнамт миграцияси агентлиги фаолиятининг асосий йўналишлари ва устувор вазифалари атрофлича тадқиқ қилинган.
2024-01-16
ЯРАШУВ ИНСТИТУТИ БОРАСИДА ХОРИЖИЙ ДАВЛАТЛАР ТАЖРИБАСИ
Мазкур мақолада ярашув институти борасида хорижий давлатлар тажрибаси боғлиқ масалалар таҳлил этилган. Шунингдек, мақолада муаллиф жаҳонда бир қанча ҳуқуқ оилалари мавжуд бўлган ярашув институтини қўллаш асослари ва амалиёт жараёнида юзага келаётган бир қанча фарқли жиҳатларини таҳлил қилиб ўтган.
2024-01-16
ЎЗБЕКИСТОНДА ИСЛОМ ДАВРИГА ҚАДАР БЕЗОРИЛИК УЧУН ЖИНОИЙ ЖАВОБГАРЛИК
Мазкур мақолада ўзбекистонда ислом даврига қадар безорилик учун жиноий жавобгарликига доир масалалар баён этилган.
2024-01-16
IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARINING HUQUQIY HIMOYASINI TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI
mazkur tezisda O‘zbekistonning keyingi besh yillikda amalga oshiradigan taraqqiyot strategiyasining, 97-maqsadi Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish texnik jihatdan tartibga solish, sanitariya va fitosanitariya choralari va intellektual mulk himoyasi sohalarida milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlarining talablariga muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish bilan bog‘liqligi, ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarining intellektual mulk sifatida huquqini amalga oshirishning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqishga oid fikr-mulohazalar o‘rin olgan.
2024-01-18
THE IMPACT OF SOCIOECONOMIC STATUS ON EARLY CHILDHOOD LITERACY DEVELOPMENT: A LONGITUDINAL STUDY ANALYZING PARENTAL ENGAGEMENT, EDUCATIONAL RESOURCES, AND SCHOOL-BASED INTERVENTIONS IN DIVERSE COMMUNITIES
Early childhood literacy development is a critical precursor to academic success and lifelong learning. This longitudinal study investigates the multifaceted impact of socioeconomic status (SES) on early childhood literacy, focusing on parental engagement, access to educational resources, and school-based interventions within diverse communities. Drawing from empirical evidence, this research underscores the importance of addressing SES-related disparities in early literacy to ensure equitable educational opportunities for all children. SES has emerged as a crucial determinant of literacy outcomes, with children from low-SES backgrounds often facing significant disadvantages.
2024-01-22
ЎЗБЕКИСТОНДА НОТАРИАЛ ФАОЛИЯТ ШАКЛЛАНИШИ ВА РИВОЖЛАНИШИГА ОИД АЙРИМ МУЛОҲАЗАЛАР
Мақолада муаллиф томонидан Ўзбекистонда нотариал фаолият шаклланиши ва ривожланишига оид айрим мулоҳазалар баён қилинган. Шу маънода муаллифнинг фикрича Ўзбекистон ҳудудида нотариал фаолият, унинг ҳуқуқий асослари шаклланиши ва ривожланишини шартли равишда қуйидаги 3 босқичга бўлиш мумкин: шариат қоидалари амалда бўлган давр; чор мустамлакаси ва собиқ Совет иттифоқи даври; мустақилликдан кейинги давр. Мамлакатимизда нотариат институти узоқ тарихга эга эканидан, бу жараён мусулмон ҳуқуқида ҳам ўз ифодасини топганидан далолат беради. Мазкур тадқиқот асносида юртимиз ҳудудида нотариал фаолият, унинг ҳуқуқий асослари шаклланиши ва ривожланиши узоқ тарихга эгалигини кўрсатади.
2024-01-22
ГИЁВАНДЛИК ВОСИТАЛАРИ, УЛАРНИНГ АНАЛОГЛАРИ ЁКИ ПСИХОТРОП МОДДАЛАРИНИ ҒАЙРИҚОНУНИЙ ОЛИБ КИРИЛИШИГА ҚАРШИ КУРАШ МАСАЛАЛАРИ
Мазкур мақолада гиёвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларини ғайриқонуний олиб кирилишига қарши кураш масалалари таҳлил этилган. Шунингдек, мақолада гиёвандлик воситалари, уларнинг аналоглари ёки психотроп моддаларнинг инсон ҳаёти, соғлиғи ва жамоат хавфсизлигига жиддий таҳдид солиши билан боғлиқ масалалар ўрганилган.
2024-01-22
OSSURIYA DAVLATI HARBIY ISH SAN'ATI TARIXI
Ossuriya Mesopotamiyaning shimolida, Dajla daryosi yuqori oqimi bo'ylarida qadimda mavjud bo'lgan davlat (m.a XX – VII asrlar) hisoblanadi. Ashshur (Assur) shahar – davlati nomidan olingan bo'lib, Ossuriya aholisi asosan, somiy–akkad xalqlariga mansub bo'lgan. M.a XVIII – asr boshida Ashshur yirik davlatning markazi bo'lgan. Keyinchalik Bobil, XVI – XV asrlarda Mitanni davlatlari qo'l ostiga o'tgan. Ushbu maqolada qadimgi Ossuriya davlatida harbiy tizimning yo‘lga qo‘yilishi va harbiy qo‘shinning tuzilishi bilan bog’liq masalalar o‘z aksini topgan.
2024-01-25
YOSHLARDA TADBIRKORLIK MADANIYATINI YUKSALTIRISHDA IQTISODIY XULQ-ATVORNING ROLI
Maqolada mamlakatimizdagi olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishirilayotgan hozirgi davrda yoshlarimizning iqtisodiy dunyoqarashni axloqiy jihatlarini rivojlanish jarayonida ularning yuksak iqtisodiy siyosiy va ma’naviy faollik yuksaltirish masalalari qamrab olingan.
2024-01-25
SHOIR ANDALIB IJODIDA NASIMIY OBRAZI
Maqolada XVIII asr turkman adabiyotining taniqli vakili Nurmuhammad Gʻarib – Andalibning ijodidagi merosida diniy-tasavvufiy g'oyalar va so'fiyona qarashlariga e’tibor qaratilgan. Unung Sayid Imomiddin Nasimiy bag’ishlangan “Risоlai Nasimiy” qissasi haqida to’xtalib o’tilgan.
2024-01-25
O‘RTA ASRLARDA ARAB XALIFALIGI
Ushbu maqolada Movarounnahrda arab xalifaligining o‘rnatilishi, Movarounnahr tomon yurishlar, Movarounnahrda Islom dinining yoyilishi, O‘rta asrlarda arab xalifaligi, yerga egalik shakllari haqida to'liq fikr yuritilgan.
2024-01-26
XIZMAT KOʻRSATISH KORXONALARIDA RAHBARLIK MAHORATINI SHAKLLANTIRISH
Ushbu maqolamda xizmat koʻrsatish korxonalarida rahbarlik mahoratini shakllantirish, boshqaruv va boshqaruv jarayoni tushunchalariga ta’rif hamda rahbarlik faoliyatini rivojlantirish uchun ilmiy, amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.
2024-01-26
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING ASARLARINI BOSHQARUVCHILIK FAOLIYATIGA OID IJTIMOIY NAZARIYA QARASHLARI
Ushbu maqolada sharq mutafakkirlarining davlat va uning boshqaruviga oid qarashlari bayon etiladi. Boshqaruvda ilm-fan ziyolilarining, el tanigan iqtidor sohiblarining xizmati xaqida alohida ta’kidlanadi.
2024-01-27
МИЛЛИЙ ҚОНУНЧИЛИКДА МОЛ-МУЛКНИ МУСОДАРА ҚИЛИШГА БЎЛГАН МУНОСАБАТЛАР ТЕНДЕНЦИЯСИ
мазкур мақолада миллий қонунчиликда жиноятларни олдини олиш ва уларга қарши қарши курашда шахснинг мол-мулкни мусодара қилиш, унинг мулкий оқибатлари, мусодара қилишда қонунчилик нормаларини такомиллаштириш масалалари таҳлил этилди.
2024-01-27
НОМУСГА ТЕГИШ ЖИНОЯТЛАРИНИ ТЕРГОВ ҚИЛИШДА ИСБОТЛАНИШИ ЛОЗИМ БЎЛГАН ҲОЛАТЛАР
Мазкур мақола номусга тегиш жиноятларини тергов қилишда исбот қилишни амалга оширувчи суриштирувчи, терговчи, прокурор, судларнинг хусусан терговчининг ушбу турдаги жиноятларни тергов қилишда қайси жиҳатларга эътибор қаратиши лозимлигига бағишланган. Муаллиф номусга тегиш билан боғлиқ жиноятларни тергов қилишда учрайдиган зиддиятли масалаларни олимлар билан ўзаро баҳсга киришиб, ҳар бир масала бўйича ўз тўхтамини беришга ҳаракат қилган. Шунингдек, таҳлил қилинаётган жиноятлар бўйича одам ДНК суд биологик экспертизасининг тайинланиши ва мазкур экспертизанинг номусга тегиш жиноятларини самарали тергов қилиш учун ижобий натижа бериши ҳақидаги жиҳатларга тўхталиб ўтган.
2024-01-29
RAHBAR MA’NAVIYATI VA MA’DANIYATINI BOSHQARUVIDAGI RO’LI VA AHAMIYATI
Ushbu maqolada rahbar ma’naviyati to‘g‘risida, ko‘pincha, rahbarning tarixni, allomalarimiz merosini, go‘zallik, yaxshilik, yomonlik haqidagi bilimlarini tushunishadi. Aslida bular - rahbar ma’naviyatining bir bo‘lagi, xolos. Zamonaviy raxbar ma’naviyati nihoyatda ko‘p qirrali, tobora boyib, o‘zgarib boruvchi tushunchadir. Prezidentimiz nutqlarida zamonaviy rahbar kadr ma’naviyatida ustuvor bo‘lishi kerak bo‘lgan fazilatlar o‘z aksini topganligi ko‘rsatilgan. Shuningdek, maqolada rahbar kadr davlatning insoniy timsoli demakdir. Ko‘zlangan, oldimizga qo‘ygan strategik vazifalarni bevosita amalga oshiruvchi shaxs-davlat vakilidir. Bu ulug‘ martaba, mansab, muhtaramlik makrini egallashni xohlovchilar ko‘p, lekin bu burch va huquq har bir tashkilotda faqat bir kishiga ishoniladi. Bu rahbarlikka nomzodlar orasidan eng halolini, eng tadbirkorini, eng fidoyisini, eng mohiri, eng vatanparvarini, eng bilimlisini tanlash zarurati va muammosini paydo qilishi bayon etilgan.
2024-01-29
FRANKLAR IMPERIYASI
Frank davlati — ilk oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropadagi davlat (V asr oxiri —843). V asr oxirida Gʻarbiy Rim imperiyasining Galliya viloyatini Xlodvig I rahbarligidagi franklar tomonidan bosib olinishi jarayonida vujudga kelgan. Buyuk Karlning harbiy yurishlari natijasida oʻz tarkibiga Gʻarbiy Yevropaning deyarli butun qismi va Markaziy Yevropaning bir qismini kiritgan.
2024-01-29
SHARQ MUTAFAKKIRLARINING QARASHLARIDA BOSHQARUVCHILIK FAOLIYATI
Ushbu maqolada boshqaruv faoliyati tushunchasi Sharq mutafakkirlari nuqtai nazaridan muhokama qilinadi. Konfutsiylik, daosizm va buddizm kabi Sharq falsafalarida boshqaruv tamoyillari va amaliyotlari qanday qabul qilinishini o‘rganadi. Maqolada Sharq boshqaruvi tafakkurida uyg‘unlik, muvozanat va axloqiy yetakchilikka e’tibor qaratiladi va uni G‘arb nuqtai nazaridan qarama-qarshi qo‘yadi. Shuningdek, u global biznes muhitida Sharqiy boshqaruv istiqbollarini tushunish muhimligini ta'kidlaydi. Umuman olganda, maqola Sharq falsafalari zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini qanday xabardor qilishi va boyitishi mumkinligi haqida tushuncha beradi.
2024-01-29
ILK OʻRTA ASRLARDA VA RIVOJLANGAN OʻRTA ASRLARDA XITOY
Ushbu maqolada Xitoyning erta o'rta asrlar va yuqori o'rta asrlardagi tarixi muhokama qilinadi, bu davrlardagi asosiy voqealar, yutuqlar va madaniy o'zgarishlarga e'tibor qaratiladi. U sodir bo'lgan siyosiy va ijtimoiy o'zgarishlar, sulolalarning yuksalishi va qulashi, buddizmning Xitoy jamiyatiga ta'sirini o'rganadi. Shuningdek, maqolada qog‘oz ixtirosi va matbaa rivoji kabi sodir bo‘lgan texnologik va ilmiy yangiliklarga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Unda Xitoyning oʻrta asrlardagi tarixiy yoʻnalishi va uning butun dunyoga taʼsiri toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot berilgan.
2024-01-29
YUSUF XOS HOJIB MA’NAVIY MEROSI TADQIQOTCHILAR NIGOHIDA
Vatanimiz yoshlariga milliy tarixni milliy ruhda, xolisona, ilmiy asosda etkazish, o‘tmishdan xulosa va saboq chiqarish asosida o‘z taraqqiyot yo‘li va kelajagini to‘g‘ri belgilay oladigan barkamol avlodni tarbiyalashga oid islohotlar davom ettirilmoqda. “Vatanimiz o‘z taraqqiyotining yangi bosqichiga qadam qo‘yayotgan bugungi kunda biz uchun qadimiy tariximiz va madaniyatimizga oid yangi ilmiy tadqiqotlar har qachongidan ham muhim ahamiyatga ega.
2024-01-31
MAHMUD KOSHG‘ARIY MA’NAVIY MEROSIDA TURKIY XALQLAR VA ULARNING TILLARI HAQIDA
O‘zbek davlatchiligini tiklanishi, miliy qadriyatlarning tiklanishi, o‘zbek tiliga “davlat tili” maqomining berilishi milliy identlikning tarixiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yangi sifat bosqichiga ko‘tardi. Prezident SH.M.Mirziyoev “Har birimiz davlat tiliga bo‘lgan e’tiborni mustaqillikka bo‘lgan e’tibor deb, davlat tiliga ehtirom va sadoqatni, ona vatanga ehtirom va sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasiga aylantirishimiz kerak. Bu olijanob harakatni barchamiz o‘zimizdan, o‘z oilamiz va jamoamizdan boshlashimiz, ona tilimizga, urf-odat va qadriyatlarimizga hurmat, Vatanga mehrimizni amaliy faoliyatda namoyon etishimiz kerak[1].
2024-01-31
