"Yangi O'zbekiston talabalari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию

Опубликован: 2024-12-06

SUN’IY INTELLEK VA MASHINALARGA OID MASALALARNI BUBBLE SORT SARALASH ALGORITIMI YORDAMIDA YECHISH

Ushbu maqola C# dasturlash tilida Bubble Sort saralash algoritmini ko'rib chiqadi. Maqolada algoritmning asosiy tamoyillari, uning C# tilidagi amalga oshirilishi va ushbu saralash usulining afzalliklari va kamchiliklari batafsil tahlil qilinadi. Algoritmning ma'lumot hajmiga va amalga oshirish murakkabligiga qarab bajarilish vaqti haqida alohida e'tibor qaratiladi. Bunda biz kod misollari va samaradorlik testlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo'lib, algoritm qanday ishlashini va qaysi hollarda qo'llanilishi kerakligini yaxshiroq tushunishimiz  mumkin.

Farmonov Sherzodbek Raxmonjonovich, Mo’ydinova Asalxon Qodirjon qizi

5-8

2024-12-11

MUSIQA MADANIYATI DARSLARIDA O‘RTA SINF O‘QUVCHILARINI BUXORA-SAMARQAND MUSIQA USLUBI BILAN TANISHTIRISH TEXNOLOGIYALARI

Mazkur maqolada musiqa madaniyati darslarida o‘rta sinf o‘quvchilarini Buxoro-Samarqand musiqa uslubi bilan tanishtirishning pedagogik texnologiyalari tahlil qilinadi. O‘rta sinf o‘quvchilarida milliy musiqa madaniyatiga qiziqishni oshirish va ularni boy musiqiy meros bilan tanishtirish orqali estetik va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llari ko‘rib chiqiladi. Maqolada o‘quvchilarni Buxoro va Samarqand musiqa an’analarining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tanishtirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalari va innovatsion yondashuvlardan samarali foydalanish usullari yoritiladi. Shuningdek, dars jarayonida qo‘llaniladigan metodikalar, musiqiy namunalar va interfaol uslublarning samaradorligi tahlil qilinadi.

Rustamova Farangiz

9-13

2024-12-17

MUSIQA VA SAN’AT MAKTABLARIDA O‘QUVCHILARNI AXLOQIY-ESTETIK TARBIYALASHNING NAZARIY TAMOYILLARI

Mazkur maqolada musiqa va san’at maktablarida o‘quvchilarning axloqiy-estetik tarbiyasini shakllantirishning nazariy tamoyillari yoritilgan. Axloqiy-estetik tarbiya jarayonida san’atning ta’sirchan vosita sifatidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. O‘quvchilarda estetik did, ma’naviy qadriyatlar va axloqiy xulq-atvorni rivojlantirish uchun samarali pedagogik usullar va metodlarning qo‘llanilishi o‘rganiladi. Maqolada musiqa va san’at orqali tarbiyaviy ishlarni olib borishda o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning ahamiyati alohida ta’kidlangan. Shuningdek, axloqiy-estetik tarbiyaning ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Atabayeva Shakarjon

14-18

2024-12-17

O‘ZBЕK MUSIQA MADANIYATIDA ХОRAZM DUTОR MAQОMLARINING TUTGAN O‘RNI

Mazkur maqolada O‘zbek musiqa madaniyatida Хоrazm dutor maqomlarining tutgan o‘rni va ularning milliy madaniyatimizni boyitishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Хоrazm dutor maqomlari ijrochilik an'analari, ularning shakllanish bosqichlari, janr xususiyatlari hamda musiqiy estetik mazmuni o‘rganiladi. Maqolada dutor maqomlarining nafaqat milliy musiqiy merosimiz, balki butun Markaziy Osiyo xalqlari musiqa madaniyatida o‘ziga xos o‘rin tutishi haqida ilmiy asoslangan fikrlar bildirilgan. Shu bilan birga, maqolada Хоrazm dutor maqomlarining bugungi kunda ijro etilish holati va ularni kelajak avlodga yetkazish masalalariga e’tibor qaratilgan.

Jumabayev Og‘abek Otabek o‘g‘li

19-21

2024-12-17

DEVELOPMENT OF COMPOSITE ADHESIVE MIXTURES FOR CERAMIC TILE INSTALLATION USING WATER-SOLUBLE POLYMERS

The construction industry continuously seeks innovative solutions to enhance the efficiency and longevity of building materials. This study explores the formulation of advanced composite adhesive mixtures incorporating water-soluble polymers into traditional cement-based adhesives, specifically designed for ceramic tile installations. These polymers are intended to address the limitations of conventional adhesives by enhancing properties such as adhesion strength, flexibility, workability, and moisture resistance. The results demonstrate significant improvements in the physical properties of the adhesives, suggesting potential applications in modern construction practices.

Zavqiddinjon Kurbanov, Laziz Suyunov

22-25

2024-12-23

ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ПРОБАЦИЯ ФАОЛИЯТИНИНГ ҲУҚУҚИЙ МАҚОМИ ВА УШБУ ФАОЛИЯТНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ТАРТИБИ

Мақолада Ўзбекистон Республикаси пробация фаолиятининг ҳуқуқий мақоми ва ушбу фаолиятни ташкил этиш тартиби хусусида фикр юритилиб, мазкур фаолиятни янада самарали ташкил этишга оид таклиф ҳамда тавсиялар билдирилган.

Аманов Аброржон Абдуллаевич

26-33

2024-12-23

ЎЗБЕКИСТОНДА ИЖТИМОИЙ-ИҚТИСОДИЙ РИВОЖЛАНИШНИНГ ЎЗИГА ХОС ХУСУСИЯТЛАРИ ВА ТАМОЙИЛЛАРИ

Президент Шавкат Мирзиёевнинг Ўзбекистонда кенг қамровли  ислоҳотларни амалга ошириш ташаббускори бўлиши сабабли кенг кўламли асосий туб ўзгаришлар йўлини босиб ўтди. Мамлакат ичида бўлганидай, хорижда ҳам бугунги Ўзбекистон ва етти йил аввалги Ўзбекистон – бу ўзининг сифат кўрсаткичлари бўйича иккита буткул турлича ҳодиса эканлиги борасида экспертлар фикрларида якдиллик бор.

Умаров Закир Равупович

34-40

2024-12-23

FOLKLOR-ETNOGRAFIK QO‘SHIQLAR VOSITASIDA O‘RTA SINF O‘QUVCHILARINI MILLIY RUHDA TARBIYALASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada o‘rta sinf o‘quvchilarini folklor-etnografik qo‘shiqlar vositasida milliy ruhda tarbiyalashning ahamiyati, maqsad va vazifalari yoritilgan. Milliy ruhni shakllantirishda xalq ijodiyoti va musiqiy merosning pedagogik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu usulning o‘quv jarayoniga tatbiq etilishi va natijadorligini oshirishga qaratilgan metodik takliflar keltirilgan. Metodikaning dolzarbligi, pedagogik samaradorligi va amaliyotda qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan. Folklor-etnografik qo‘shiqlarning milliy o‘zlikni anglash va ma’naviy kamolotga ta’siri ilmiy jihatdan asoslangan.

Yusupov Ravshan Rustambekovich

41-44

2024-12-24