"Yangi O'zbekiston talabalari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.
Опубликован: 2025-10-06
Статьи
SEPTAL DEFEKTLAR (YURAK DEVORI TESHIKLARI) MORFOGENEZI VA KLINIK OQIBATLARI
Ushbu maqolada yurakning tug‘ma nuqsonlaridan biri — septal defektlarning kelib chiqish sabablari, ularning embrional rivojlanish davrida shakllanish jarayoni hamda keyinchalik yuzaga keltiradigan klinik oqibatlari haqida so‘z yuritiladi. Yurak devorining to‘liq ajralmasligi natijasida qon aylanish tizimida gemodinamik o‘zgarishlar kuzatiladi, bu esa yurak faoliyatining yetishmovchiligiga olib kelishi mumkin. Maqolada bo‘lmachalararo va qorinchalararo devor teshiklarining morfogenezi, ularning anatomik xususiyatlari, klinik kechishi, tashxislash usullari va zamonaviy davolash yondashuvlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari septal defektlarni erta aniqlash, ularni profilaktika qilish va bolalar kardiologiyasida samarali davolash choralarini ishlab chiqishda muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.
2025-10-06
YURT TINCHLIGI: BARQAROR KELAJAK UCHUN YO‘L-YO‘RIQLAR.
Ushbu maqolada yurt va tinchlikning asosiy tamoyillari maqsadi va rejalari yoritilgan,tinchlikning naqadar buyuk nemat ekanini bolaligimizdan qulogimizga quyib kelishgan uni asrash,avaylash har birimizni burchimiz va holangki bu tinchlikga shunchaki erishmadik milyonlab bobolarimiz buyuk mutafakirlarimiz vatanimizni ozod va hur bolishi uchun jon olib jon berishgan, vatan tuygusi ular uchun nomus masalasi edi.Bu vattani omonat sifatida oldik va uni tinch holda kelajak avlodga topshirishimiz lozim. Vatanni asrash -Iymondandir.
2025-10-06
XALQ OGʻZAKI IJODI
mazkur maqolada xalq ogʻzaki ijodining mazmun-mohiyati, shakllanish jarayoni va uning xalq ma’naviy hayotidagi oʻrni yoritilgan. Xalq ogʻzaki ijodi — bu millatning tarixiy xotirasi, hayotiy tajribasi, urf-odat va an’analarini avloddan-avlodga yetkazuvchi bebaho meros sifatida tahlil qilingan. Maqolada ogʻzaki ijodning asosiy janrlari — ertak, doston, maqol, topishmoq, afsona va qoʻshiqlarning tarbiyaviy, estetik hamda ma’naviy ahamiyati ilmiy asosda bayon etiladi. Shuningdek, xalq ogʻzaki ijodini asrab-avaylash, uni zamonaviy ta’lim va madaniyat jarayonlariga tatbiq etishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi..
2025-10-06
NOGIRONLAR HUQUQLARI: INKLYUZIV JAMIYAT SARI
Ushbu maqolada nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari masalalari yoritilgan. Xususan, ularning inson huquqlari tizimidagi o‘rni, davlat tomonidan yaratiladigan huquqiy kafolatlar, hamda xalqaro normalar va milliy qonunchilik o‘rtasidagi uyg‘unlik tahlil qilinadi. Maqola nogiron shaxslarni ijtimoiy hayotga to‘laqonli jalb etish, diskriminatsiyaga qarshi kurashish va teng imkoniyatlarni ta’minlash yo‘lidagi asosiy yo‘nalishlarni ochib beradi.
2025-10-07
BOSHLANG‘ICH SINFDA XALQ OG‘ZAKI IJODI ASARLAR USTIDA ISHLASH DARSLARNI KUZATISH VA DIDAKTIK MATERIALLARNING AHAMIYATINI TAHLIL QILISH.
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinfda xalq og‘zaki ijodi asarlari ustida ishlash darslarini kuzatish va didaktik materiallarning ahamiyati tahlil qilingan. Xalq og‘zaki ijodi asarlari orqali o‘quvchilarda badiiy tafakkur, nutq madaniyati, milliy qadriyatlar va ijodiy fikrlash ko‘nikmalari shakllanishi yoritilgan. Shuningdek, maqolada darslarni kuzatish jarayonida o‘qituvchi faoliyati, metodik yondashuvlar va didaktik vositalarning ta’lim samaradorligiga ta’siri ilmiy asosda o‘rganilgan.
2025-10-07
BOLALARDA GEMATOLOGIYA VA ONKOLOGIYA KASALLIKLARI ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA MUAMMOLAR
Bolalarda gematologik va onkologik kasalliklar pediatriya sohasining eng murakkab yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu guruh kasalliklari, jumladan, o‘tkir limfoblast leykoz, gemofiliya, anemiya, limfomalar va suyak iligi kasalliklari, nafaqat bolaning sog‘lig‘iga, balki ularning psixologik rivojlanishiga ham kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bolalarda onkologik kasalliklar o‘lim sabablarining yuqori ulushini egallaydi. Shu bois ularni erta aniqlash, to‘g‘ri tashxislash va zamonaviy davolash usullarini qo‘llash dolzarb ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda yuqori sezgirlikka ega laboratoriya diagnostikasi, molekulyar genetik tadqiqotlar hamda yangi avlod kimyoterapiya va nishonli terapiya usullari keng joriy etilmoqda. Bundan tashqari, psixososial reabilitatsiya va ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari ham davolash samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Ushbu maqolada bolalar gematologiyasi va onkologiyasi bo‘yicha asosiy kasalliklar, ularning etiologiyasi, klinik belgilar, tashxislash usullari, davolash strategiyalari va profilaktik chora-tadbirlari ilmiy adabiyotlar asosida tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, integratsiyalashgan yondashuvlar — klinik tibbiyot, molekulyar biologiya va psixologiya uyg‘unligi — bolalarda ushbu kasalliklarni samarali boshqarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda
2025-10-07
BOLALARDA EPILEPSIYA KASALLIGINING SABABLARI VA KLINIK KECHISHI
Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan epilepsiya kasalligini keltirib chiqaruvchi asosiy sabablari, uning rivojlanish mexanizmlari va klinik kechish xususiyatlari tahlil qilingan. Epilepsiya — markaziy asab tizimi faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi surunkali kasallik bo‘lib, u asosan bolalik davrida boshlanadi. Tadqiqotda epilepsiyaning tug‘ma va orttirilgan shakllari, irsiy omillar, miya jarohatlari, infeksion kasalliklar hamda psixonevrologik omillar o‘rganilgan. Shuningdek, klinik belgilarning o‘ziga xos ko‘rinishlari, diagnostika va davolash usullari yoritilgan. Maqolada kasallikning bolalar ruhiy va ijtimoiy rivojlanishiga ta’siri, erta tashxis va kompleks terapiya ahamiyati alohida ta’kidlanadi.
2025-10-08
QONUN USTUVORLIGI VA XAVFSIZLIKNI TA’MINLASHDA ICHKI ISHLAR ORGANLARINING ROLI: TASHKILIY VA HUQUQIY MEXANIZMLARNI MUSTAHKAMLASH
Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasida ichki ishlar organlari (IIO) fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish vakolatining tashkiliy-huquqiy asoslariga bag‘ishlangan. Maqolada IIO faoliyatining tashkiliy tuzilishi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga asoslangan huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishda IIO vakolatlarini amalga oshirishdagi muammolar, xususan, kadrlar tayyorlashning yetarli emasligi, raqamli tizimlarning kam qo‘llanishi va korrupsiya xavfi ko‘rib chiqiladi. Mahalla huquq-tartibot maskani faoliyati va uning fuqarolar bilan hamkorlikdagi roliga alohida e’tibor berilgan. Maqolada IIO faoliyatini takomillashtirish yo‘llari, jumladan, qonunchilikni mustahkamlash, kadrlar malakasini oshirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha takliflar berilgan. Maqola ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, yuridik ta’lim muassasalari talabalari, IIO xodimlari va tadqiqotchilar uchun mo‘ljallangan.
2025-10-13
EMOTSIYALAR VA ULARNING INSON HAYOTIDAGI AHAMIYATI.
Ushbu maqolada emotsiyalar va ularning inson hayotidagi o‘rni, shuningdek, shaxs faoliyati hamda ruhiy holatga ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Emotsiyalar insonning ichki dunyosini ifodalovchi muhim psixologik jarayon sifatida tahlil qilinadi. Maqolada ijobiy va salbiy emotsiyalar turlari, ularning fiziologik asoslari hamda kundalik hayotda tutgan o‘rni haqida ilmiy ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqot natijalari emotsiyalarni boshqarish ko‘nikmalari inson ruhiy barqarorligini saqlash, ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlash va hayot sifatini yaxshilashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi.
2025-10-13
ABU ALI IBN SINONING TIBBIYOTGA QO’SHGAN HISSASI
Ushbu maqolada buyuk alloma va tabib Abu Ali Ibn Sino hayoti, ilmiy faoliyati hamda tibbiyot sohasiga qo‘shgan beqiyos hissasi yoritiladi. Ayniqsa, uning mashhur “Qonun fi’t-tibb” asarining tibbiy fanlar rivojidagi o‘rni, diagnostika, davolash usullari, dorishunoslik, gigiyena va profilaktikaga oid qarashlari tahlil qilinadi. Ibn Sino ilmiy merosi nafaqat Sharq, balki G‘arb tibbiyotiga ham katta ta’sir ko‘rsatgani asosli misollar bilan bayon etiladi. Maqola orqali Ibn Sinoning tibbiy bilimlarni tizimlashtirishdagi yondashuvi, ilmiy izlanishlari va bugungi zamonaviy tibbiyot bilan uyg‘un jihatlari ochib beriladi.
2025-10-17
ALTSGAYMER XASTALIGI
Ushbu maqolada Altsgaymer kasalligining sabablari, belgilari, tashxis qo’yish usullari, davolash yo’llari va profilaktika haqida batafsil ma’lumot beriladi. Bu kasallik miya hujaylaralarining asta-sekin nobut bo’lishi natijasida yuzaga keladigan va insonning xotirasi hamda kundalik hayot faoliyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Hozirda uni to’liq davolashning imkoni bo’lmasa-da, erta aniqlash va simptomatik davolash orqali kasallik kechishi sekinlashtirish mumkin. Sog’lom turmush tarziga amal qilish, aqliy faollik va ijtimoiy hayotda ishtiriok etish orqali Altsgeymer kasalligining oldini olishda muhim qadamlar tashlash mumkin.
2025-10-17
VAGINAL MIKROBIOTA VA MUDDATIDAN AVVALGI TUG‘RUQ XAVFI.
Ushbu maqolada ayollarda vaginal mikrobiota holati va uning muddatidan avvalgi tug‘ruq rivojlanish xavfiga ta’siri keng tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar vaginal muhitning mikrobiologik muvozanati homiladorlikning davomiyligi bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatmoqda. Vaginal mikrobiota tarkibida foydali laktobakteriyalar yetishmovchiligi, patogen mikroorganizmlarning ko‘payishi, yallig‘lanish jarayonlari va immun javob buzilishi natijasida bachadon faoliyati erta faollashib, homila yetilmasdan tug‘ilishi kuzatiladi. Maqolada vaginal disbiyozning etiologik omillari, patogenezi, diagnostik usullari hamda muddatidan avvalgi tug‘ruqni oldini olishda mikrobiologik tekshiruvlarning ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shuningdek, biomarkerlar, mikroflora monitoringi va probiotik terapiya orqali profilaktika choralarining samaradorligi haqida ilmiy dalillar keltirilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, vaginal mikrobiota muvozanatini saqlash ayollar reproduktiv salomatligini mustahkamlash va perinatal asoratlarni kamaytirishda muhim o‘rin tutadi.
2025-10-17
GREEN GROWTH: THE COST OF URBANIZATION IN AIR QUALITY TERMS
The objective of this paper is to analyze the relationship between urbanization and air pollution using cross-section data to better understand the relationship and recommend policies toward the “Green Future”. The data for OLS regression analysis was taken from the official database of the World Bank. Claiming the hypothesis of the positive relationship between air pollution and urbanization, the results of this analysis comply with the findings of the previous literature. Sample size consists of 45 countries randomly chosen from the IQAir website. The limitations of this analysis are acknowledged at the end with further recommendations for future research
2025-10-18
ЗАМОНАВИЙ ЖАМИЯТДА АҲОЛИ ЖИСМОНИЙ МАДАНИЯТНИ ЮКСАЛТИРИШ ПАРАДИГМАЛАРИ
Мақолада жисмоний маданият ва спортнинг фалсафий жиҳатлари, уларнинг замонавий жамиятдаги ўрни ҳамда маънавий қадрият сифатидаги аҳамияти ёритилган. Муаллиф турли даврлардаги жисмоний маданиятга муносабатни, унинг ижтимоий ва маданий тизимлар билан боғлиқ ривожланишини таҳлил қилади. Ғарб ва Америка олимларининг таълим тизимида жисмоний тарбиянинг ўрни, унинг шахс камолотига таъсири ҳақидаги қарашлар келтирилган. Шунингдек, спортнинг инсонпарварлик ва жамият ривожланишидаги роли фалсафий нуқтаи назардан кўриб чиқилган.
2025-10-20
DEVIANT XULQ ATVOR IJTIMOIY MUAMMO SIFATIDA.
Bu maqola yoshlar orasidagi tarbiyaning buzilishi, ularning boshqa yo‘llarga kirib ketishi haqidagi tushunchalardir. Deviant xulq-atvor degani — bu jamiyatdagi odamlarga odatda to‘g‘ri deb hisoblanadigan qoidalarga zid ish tutish. Masalan, qonunni buzish, maktabdan qochish, urush-janjal qilish, spirtli ichimlik yoki giyohvand moddalar iste’mol qilish kabi xatti-harakatlar deviant hisoblanadi. Bunday xulq-atvorning sabablari ko‘p bo‘lishi mumkin: noto‘g‘ri tarbiya, oilaviy muammolar, atrofdagi salbiy ta’sir, ijtimoiy tengsizlik yoki ruhiy bosimlar. Bu muammoni kamaytirish uchun yoshlar bilan ko‘proq ishlash, to‘g‘ri tarbiya berish va ijobiy muhit yaratish kerak. Jamiyatda tinchlik va tartib bo‘lishi uchun bunday xatti-harakatlarga qarshi birgalikda kurashish muhimdir.Quyidagi turlari orqali deviant xulq-atvorning qanday ekanligi aniq tarzda ko‘rsatilgan.
2025-10-20
ARAB TILIDAGI MAQOLLARNING OʻZBEK TILIGA TARJIMASIDA UCHRAYDIGAN LINGVISTIK VA MADANIY MUAMMOLAR
Mazkur maqolada arab tilidagi maqollarni o‘zbek tiliga tarjima qilish jarayonida uchraydigan lingvistik va madaniy muammolar tahlil qilinadi. Maqollarning tilshunoslikka oid xususiyatlari, shuningdek, ularning madaniy birligini to‘g‘ri yetkazish masalalari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida tarjima nazariyasi, qiyosiy lingvistika hamda madaniyatshunoslik yondashuvlari asosida misollar tahlil qilinib, maqollar tarjimasida ekvivalentlik, adaptatsiya va madaniy kompensatsiya usullarining samaradorligi baholanadi.
2025-10-21
TA’LIM JARAYONIDA KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRISHGA YORDAM BERADIGAN ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Maqola ta’lim jarayonida kreativlikni rivojlantirishga xizmat qiladigan zamonaviy yondashuvlarni tahlil qiladi va ularning pedagogik mexanizmlarini ochib beradi. Shuningdek, gamifikatsiya, refleksiya va metakognitiv strategiyalar, formatif baholash hamda inklyuziv-differensiallashtirilgan o‘qitish orqali kreativlikni qo‘llab-quvvatlash yo‘llari yoritiladi. O‘qituvchi kompetensiyalarining transformatsiyasi, o‘quv muhitini ijodiy ekotizim sifatida qurish, o‘quvchilar ijodiy portfeli va rubrikalari orqali natijalarni o‘lchash kabi amaliy tavsiyalar keltiriladi.
2025-10-22
TUG’MA YURAK NUQSONLARI BO’LGAN BOLALARDA PARVARISH VA REABILITATSIYA
Bu maqolada tug‘ma yurak nuqsonlari bilan dunyoga kelgan bolalarda parvarish va reabilitatsiya jarayonlari ilmiy asosda tahlil qilinadi. Tug‘ma yurak nuqsonlari bolalarda sog‘liqni saqlash va hayot sifati uchun jiddiy xavf tug‘diradi, shu sababli samarali parvarish va moslashtirilgan reabilitatsiya muhim ahamiyatga ega. Maqolada kasallikning turlari, bolalardagi klinik ko‘rinishlari, diagnostika usullari, shuningdek parvarishlash metodlari va reabilitatsiya usullari batafsil bayon etiladi. Unda sog‘liqni saqlash tizimidagi muhim jihatlar, ota-onalar roli, psixologik yordam ko‘rsatish va ijtimoiy moslashuv jarayonlari ham ko‘rib chiqiladi. Mazkur maqola bolalar sog‘lig‘ini yaxshilash maqsadida zamonaviy ilmiy yondoshuvlar asosida parvarish va reabilitatsiya tizimini yaratishga qaratilgan.
2025-10-24
TEN TWO FINGERED INTESTINE PHYSIOLOGICAL IMPORTANCE AND DUODENAL " MECHANISMS OF WOUND DEVELOPMENT "
This in the article ten two fingered intestine physiological importance, its digestion to do in the process place and duodenal ulcer disease development mechanisms analysis Wound appeared. Helicobacter pylori infection, acid reflux of the environment increase, stress and wrong food such as factors important role plays. The disease in treatment etiological and symptomatic approaches, as well as diet and preventive measures important importance profession This will on the subject ten two fingered diseases medicinal plants using treatment wide in a circle illuminating is given. Also wormwood, na'matak, zubturum, gulkhayri, cumin, lemon, medicinal chamomile and hawthorn such as of plants to inflammation against and epithelium regeneration accelerator features scientific sources based on analysis done
2025-10-27
INGLIZ TILI – DUNYO TILI
Ushbu maqolada ingliz tilining jahon miqyosida tutgan o‘rni, uning tarixiy shakllanish jarayoni, global ahamiyati va zamonaviy hayotdagi o‘rni keng tahlil qilingan. Maqolada ingliz tilining xalqaro aloqa, ta’lim, fan-texnika, diplomatiya, iqtisodiyot va madaniyat sohalaridagi yetakchi mavqei yoritilgan. Shuningdek, ingliz tili global kommunikatsiyaning asosiy vositasi sifatida insoniyat taraqqiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani haqida ma’lumotlar keltirilgan.
2025-10-28
LIMITGA EGA BO‘LGAN FUNKSIYALAR USTIDA AMALLAR
Ushbu tezisda limitga ega bo‘lgan funksiyalar ustida bajariladigan asosiy amallar hamda ularning xossalari yoritilgan bo‘lib, hozirgi kunda limit tushunchasi matematik analiz fanida funksiyalarning uzliksizligi va hosilasi bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘satadi. Ushbu tezisda limitlarning arifmetik amallaridagi qo‘llanilishi hamda bir qancha aniqmasliklar tahlil qilinadi. Shuningdek talabalarga qo‘llanma vazifasini bajaradi.
2025-10-28
BALOG’AT YOSHIDAGI BOLALARNING TELEFON VA KOMPYUTERGA QARAMLIGI NATIJASIDA ORGANIZMDA BO’LADIGAN O’ZGARISHLAR.
Maqolada balogʻat yoshidagi bolalarning telefon va kompyuterdan ortiqcha foydalanish jarayonida organizmda yuzaga keladigan neyrofiziologik, endokrin va jismoniy oʻzgarishlar mexanizmlari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqotda elektromagnit nurlanishlarning miya faoliyatiga, qon bosimiga va asab tizimiga ko‘rsatadigan zararli ta’siri haqida ma’lumotlar keltirilgan. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, telefonlardan uzoq muddat foydalanish inson organizmida turli kasalliklarning, jumladan, saraton xastaligining rivojlanish xavfini oshiradi. Shuningdek, maqolada telefonlardan to‘g‘ri foydalanish qoidalari, ya’ni so‘zlashuv vaqtini cheklash, tunda o‘chirib qo‘yish, bolalardan uzoqda saqlash kabi gigiyenik tavsiyalar berilgan.
2025-10-31
JISMONIY FAOLLIK VA YURAK SOG‘LOMLIGI: BOLALAR UCHUN TAVSIYALAR
Ushbu maqolada bolalar orasida jismoniy faollikning yurak sog‘lomligiga ta’siri tahlil qilinadi. Jismoniy mashqlar, faol o‘yinlar va harakatli turmush tarzi bolalarda yurak-qon tomir tizimining mustahkamlanishiga, ortiqcha vaznning oldini olishga hamda umumiy sog‘lom rivojlanishga xizmat qiladi. Shuningdek, ota-onalar va pedagoglar uchun bolalarda muntazam jismoniy faollikni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar beriladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yosh davridan boshlab sog‘lom hayot tarzini shakllantirish kelajakda yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi.
2025-10-31
BOLALARDA SPASTIK SEREBRAL FALAJLIKNING KLINIK KO‘RINISHLARI VA REABILITATSIYA USULLARI
Spastik serebral falajlik SSF - markaziy asab tizimining tug‘ma yoki erta rivojlanish davrida zararlanishi natijasida paydo bo‘ladigan, harakat faoliyatining buzilishi bilan kechuvchi murakkab nevrologik sindromdir. Mazkur maqolada bolalarda SSFning etiologiyasi, patogenezi, klinik turlari va ularning asosiy klinik belgilari yoritilgan. Shuningdek, maqolada reabilitatsiya jarayonining ahamiyati, fizioterapevtik mashqlar, refleksoterapiya, nutq va psixomotor rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash usullari tahlil etilgan. Zamonaviy tibbiy yondashuvlar, erta aniqlash va kompleks reabilitatsiya orqali bolalarning hayot sifatini yaxshilash yo‘llari keng yoritiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, tizimli reabilitatsiya dasturlari bolaning funksional imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi hamda ijtimoiy integratsiyani osonlashtiradi
2025-10-31
QANDLI DIABETNI ERTA ANIQLASH, PROFILAKTIKA VA DAVOLASH SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING TIBBIY HAMDA IJTIMOIY JIHATLARI
Ushbu maqolada qandli diabetning zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni, uning erta aniqlanishi, profilaktikasi va davolash samaradorligini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Hozirgi davrda qandli diabet nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy muammo sifatida ham qaralmoqda, chunki bu kasallik aholining mehnatga layoqatliligini kamaytiradi, iqtisodiy yo‘qotishlarga olib keladi va hayot sifatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada diabetning etiologiyasi, xavf omillari, erta tashxis qo‘yish usullari, zamonaviy davolash yondashuvlari hamda profilaktik chora-tadbirlarning ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, bemorlarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilishda davlat va jamiyatning o‘rni alohida e’tiborga olingan. Tadqiqot davomida mavjud ilmiy manbalar, tibbiyot amaliyotidagi tajribalar va ijtimoiy sog‘lomlashtirish dasturlari tahlil qilinib, samarali yechimlar taklif etilgan.
2025-10-31
IMPORT O’RNINI BOSUVCHI MAHSULOTLAR ISHLAB CHIQARISHNING STRATEGIK AHAMIYATI.
Jahon iqtisodiyoti shiddat bilan o‘zgarib bormoqda va mamlakatlar oldida eng muhim vazifalardan biri — milliy iqtisodiyotning barqarorligini ta’minlashdir. Shu jarayonda import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish alohida ahamiyat kasb etadi. Bu yo‘nalish mamlakat ichki bozorini sifatli va arzon mahsulotlar bilan ta’minlash, valyuta mablag‘larini tejash hamda mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonda so‘nggi yillarda davlat tomonidan import o‘rnini bosuvchi ishlab chiqarish siyosati faol olib borilmoqda. Bu esa iqtisodiy xavfsizlikni mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va eksport salohiyatini kengaytirishda muhim omil bo‘lib qolmoqda.
2025-10-31
SUN’IY INTELLEKTNI IQTISODIYOTGA TA’SIRI
Ushbu maqola rivojlanib borayotgan raqamli iqtisodiyotda sun’iy intellektni ijobiy va salbiy ta’sirlari yuzasida misollar bilan bayon etilgan.Shuningdek sun’iy intellektning ishlab chiqarish,mehnat bozori,moliya va qishloq xo’jaligi va savdoda qo’llanilib,mahsulot va tovar sifatini oshirish nazariyalari va ijobiy va salbiy tomonlarini hisobga olingan holda misol keltirilgan.Bunga qo;shimcha tarzda iqtisodiy-xavf xatarni oldini olish bo’yicha yechimlar qayd qilib o’tilgan.Ushbu maqolada raqamli va zamonaviy bu davrda iqtisodiyotga sun’iy intellektni ta’siri haqida ma’lumot beriladi va rivojlanishdagi strategik o’rnini tudhunishga yordam beriladi.
2025-10-31
