"Yangi O'zbekiston pedagoglari axborotnomasi" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена ​​на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Опубликован: 2026-01-05

RESPUBLIKAMIZNING AVTOMOBIL YO‘LLARIDAGI TIRBANDLIKLARNI OLDINI OLISHNING AYRIM JIHATLARI

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasidagi avtomobil yo‘llarida yuzaga kelayotgan tirbandliklarning kelib chiqish sabablari, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik oqibatlari hamda tirbandliklarni oldini olishga qaratilgan huquqiy, tashkiliy va texnologik chora-tadbirlar tahlil qilingan. Shuningdek, xorijiy davlatlar tajribasi asosida mamlakatimiz sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan samarali mexanizmlar ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan

Rashidov Shavkatbek Ravshanbek o‘g‘li

5-8

2026-01-05

MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA WRITING (YOZUV) KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI.

Zamonaviy ta’lim tizimida pedagog kadrlarning kasbiy kompetensiyasini oshirish jarayonida yozuv (writing) ko‘nikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Malaka oshirish kurslarida writing ko‘nikmalarini takomillashtirish o‘qituvchilarning akademik savodxonligi, kasbiy hujjatlar bilan ishlash malakasi hamda ilmiy-metodik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Mazkur maqolada malaka oshirish kurslarida writing ko‘nikmalarini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari tahlil qilinadi. Xususan, jarayonga kompetensiyaviy yondashuv, raqamli texnologiyalardan foydalanish, jarayonli (process-oriented) yozuv modeli, reflektiv va kollaborativ yozuv usullarini joriy etish masalalari yoritiladi. Tadqiqot natijalari writing ko‘nikmalarini rivojlantirish pedagoglarning kasbiy o‘sishi va uzluksiz ta’limini ta’minlashda muhim omil ekanini ko‘rsatadi

Yesbosinova Nursulu Perdebayevna

9-10

2026-01-07

ӘЛІШЕР НАУАИ ЖӘНЕ АБАЙ ҚҰНАНБАЕВ ШЫҒАРМАШЫЛЫҒЫНДАҒЫ РУХАНИ ҮНДЕСТІК ПЕН КӨРКЕМДІК САБАҚТАСТЫҚ.

Мақалада өзбек халқының кемеңгер ақыны Әлішер Науаи мен қазақ поэзиясының алыбы Абай Құнанбаев шығармашылығындағы рухани үндестік пен сабақтастық мәселелері қарастырылады. Екі ақынның түрлі тарихи дәуірлерде өмір сүргеніне қарамастан, олардың адамгершілік, адалдық және әділдік туралы идеяларының ортақтығы талданған. Шығыс классикалық әдебиетінің, соның ішінде Науаи мұрасының Абайдың дүниетанымы мен ақындық шеберлігіне тигізген ықпалына ерекше назар аударылады. Автор қос тұлғаның поэзиясындағы табиғат лирикасы мен философиялық ой-толғамдарын нақты өлең жолдарымен салыстыра отырып зерделейді. Бұл зерттеу түркі тілдес халықтардың ортақ әдеби жәдігерлерін ұлықтау мен жас ұрпаққа рухани тағылым беру тұрғысынан маңызды мәнге ие..

Алмағамбетова Насиба

11-14

2026-01-12

ZAMONAVIY TA’LIMDA IJODIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISHNING KONSEPTUAL YONDASHUVLARI. Sattarova Dilafroʻz Asqar qizi

Ushbu maqola boshlang‘ich ta’lim tizimida o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirish va rivojlantirish masalalarini ilmiy-nazariy hamda amaliy nuqtai nazardan o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqot doirasida ijodiy fikrlash tushunchasining pedagogik va psixologik asoslari tahlil qilinib, uning ta’lim jarayonidagi ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tasavvur qilish, mustaqil qaror qabul qilish hamda muammoli vaziyatlarga ijodiy yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyalarining samarali jihatlari ochib beriladi. Xususan, interfaol metodlar, loyiha asosida o‘qitish, o‘yin texnologiyalari va STEM yondashuvining ta’lim jarayoniga integratsiyalashuvi tahlil qilinadi. Tadqiqot metodologiyasi asosida olib borilgan ilmiy tahlillar natijalari ushbu pedagogik yondashuvlarning o‘quvchilarning bilimlarni egallash faolligi hamda ijodiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. Maqola xulosalari boshlang‘ich ta’limda ijodiy fikrlashni rivojlantirish ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlovchi ustuvor omillardan biri ekanini tasdiqlaydi..

Sattarova Dilafroʻz Asqar qizi

15-19

2026-01-23

BASLAWISH KLASLARDA OQIWSHILARDIŃ MATEMATİKA SABAĠINDA LOGİKALIQ PİKİRLEWİN RAWAJLANDIRIW

Bul ilimiy maqalada baslawısh klass oqıwshılarınıń logikalıq pikirlewin matematika tálimi arqalı rawajlandırıwdıń teoriyalıq-metodikalıq tiykarları keń jarɪtıladı. Baslawıısh tálimde logikalıq oylaw elementlerin qáliplestiriw oqıwshınıń keyingi basqıshlarda bilimlerdi tereń ózlestiriwine, mashqalalı jaǵdaylarda ǵárezsiz sheshim tabıwına hám de óz pikirin dálillewine xızmet etedi. Maqalada logikalıq pikirlew túsiniginiń pedagogikalıq-psixologiyalıq talqılawları, matematika mazmunɪnɪń intellektuallıq rawajlanıwdaǵı ornı, sabaq processinde logikalıq shınıǵıwlardı tańlaw hám qóllaw kriteriyaları hám de zamanagóy tálim texnologiyalarınıń logikanı rawajlandırıwǵa tásiri ilimiy analiz etiledi. Sonıń menen birge, baslawısh klass oqıwshılarınıń jas qásiyetleri, biliw processleri ( aqıl, dıqqat, yad, oyda sawlelendiriw, oylaw) menen logikalıq tapsırmalar arasındaǵı uyqaslıq, oqıtıwshınıń metodikalıq sheberlik hám bahalaw mexanizmleriniń áhmiyeti tiykarlanadı. Usı maqala baslanǵısh klass oqıtıwshıları, metodistler hám bilimlendiriw tarawıdaǵı izertlewshiler ushın ámeliy-metodikalıq usınıslar deregi bolıp xızmet etedi.

Muxtarova Nabira Tajibaevna

20-24

2026-01-26

XOTIN-QIZLAR TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-PEDAGOGIK MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Mazkur maqolada zamonaviy globallashuv sharoitida xotin-qizlar ta’limini rivojlantirishning nazariy va amaliy asoslari tadqiq etiladi. Tadqiqotda oliy ta’lim tizimida xotin-qizlar ulushini oshirishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari, pedagogik yondashuvlar va xalqaro tajribalar tahlil qilingan. Shuningdek, xotin-qizlar uchun masofaviy va gibrid ta’lim shakllarini joriy etish, ularning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishda mentorlik (ustoz-shogird) tizimining ahamiyati yoritilgan

Saipova Tozagul Risboy qizi

25-28

2026-01-26

HUDUDIY IQTISODIY TARAQQIYOTDA OLIY TA’LIM TIZIMI SAMARADORLIK INDIKATORLARINING AHAMIYATI..

Maqolada hududiy iqtisodiy taraqqiyotda oliy ta’lim tizimi samaradorlik indikatorlarining o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari oliy ta’lim rivoji hududlarning iqtisodiy o‘sishi va raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Egamov Sevinchbek Maxsud o‘g‘li

29-32

2026-01-26

ZAMONAVIY TA’LIMDA MEDIA MAHSULOTLARDAN FOYDALANISH ORQALI TAHLIL KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH.

Ushbu maqolada zamonaviy axborotlashgan jamiyat sharoitida media mahsulotlaridan (video-keyslar, infografikalar, ijtimoiy tarmoq materiallari, hujjatli filmlar va reklama) foydalanish orqali umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarida tahlil ko‘nikmasini shakllantirishning nazariy-pedagogik asoslari, psixologik mexanizmlari va didaktik imkoniyatlari chuqur tahlil qilinadi. “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi va xalqaro tadqiqotlar (PISA-2022, PIRLS-2021) natijalari asosida fake news, manipulyativ kontent va axborot ortiqcha yuklamasi muammolari fonida tanqidiy fikrlash, fakt-tekshirish (fact-checking) va ko‘p manbali baholash ko‘nikmalarining rivojlanishi dolzarbligi asoslanadi. Benjamin Blum taksonomiyasining yangilangan versiyasi (2001), J. Piagetning formal operatsiyalar bosqichi, L. Vygotskiyning sotsial-kultural nazariyasi hamda R. Mayerning multimedia o‘qitish nazariyasi doirasida media mahsulotlarining kognitiv jarayonlarni faollashtirishi, motivatsiyani oshirishi va yuqori tartibli fikrlash ko‘nikmalarini (HOTS) shakllantirishi ko‘rib chiqiladi. Chet el tajribalari (Finlandiya majburiy media savodxonlik dasturi, Kanadaning “5 kalit savol” modeli) va O‘zbekistonning milliy xususiyatlari (raqamli tafovut, o‘qituvchilar tayyorgarligi, madaniy-lingvistik kontekst) hisobga olinib, media mahsulotlarini darslarga integratsiya qilishning amaliy mexanizmlari (muammoli vaziyatlar, keys-stadilar, dekonstruksiya-rekonstruksiya bosqichlari) taklif etiladi. Tadqiqot natijalari o‘quvchilarning axborotni qismlarga ajratish, bog‘liqliklarni aniqlash, baholash va yaratish qobiliyatlarini an’anaviy usullarga nisbatan tezroq rivojlantirish imkoniyatini tasdiqlaydi hamda milliy ta’lim tizimida mediasavodxonlikni mustahkamlash bo‘yicha tavsiyalar beradi.

Alijonov Zuhriddin Abduraxmon oʻgʻli, T.X.Olimov

33-35

2026-01-28

THEORETICAL FOUNDATIONS OF VIRTUAL LANGUAGE LABS IN ENGLISH LANGUAGE TEACHING

This article explores the theoretical foundations of virtual language laboratories and their role in enhancing English language teaching in digital learning environments. Virtual language labs are defined as technology-based platforms that integrate audio, video, interactive tasks, and real-time communication tools to support the development of language skills. The study examines key pedagogical theories that justify the use of virtual labs, including communicative language teaching, constructivist learning theory, and multimedia learning principles. These frameworks emphasize active learner participation, social interaction, and multimodal input as essential conditions for effective language acquisition.

Iroda Beknazarova, Setora Xolmurodova , Bahora Ubaydullayeva, Sabina Suvonova

36-39

2026-01-28

“O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JINOYAT PROTSESSINING RAQAMLASHTIRILISHI: RAQAMLI AKTIVLARDAN FOYDALANILGAN KIBERJINOYATLARGA QARSHI KURASHNING PROTSESSUAL MEXANIZMLARI”

Maqolada raqamlashtirishning O‘zbekiston Respublikasida jinoyat ishlarini yuritishga ta’siri o‘rganilgan bo‘lib, kriptovalyutalar va raqamli aktivlar bilan bog‘liq jinoyatlarga alohida e’tibor qaratilgan. Maqolada jinoyat-protsessual qonunchilikni raqamli davr talablariga moslashtirish zarurati, jumladan tergov organlariga raqamli aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni to‘xtatib turish bo‘yicha yangi vakolatlar berish masalasi ko‘rib chiqilgan. Normativ-huquqiy tahlil, tizimli-tuzilmaviy yondashuv va huquqiy modellashtirish usullaridan foydalanilgan. Tadqiqot natijalari amaldagi qonunchilikda sezilarli bo‘shliq mavjudligini ko‘rsatib, bu kiberjinoyatlarga tezkor javob berishni qiyinlashtirmoqda. Maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish, jumladan, raqamli aktivlar muomalasini vaqtincha to‘xtatish to‘g‘risidagi yangi moddani kiritish taklif etilgan. Shuningdek, raqamli odil sudlov sharoitida fuqarolar huquqlarini huquqiy tartibga solish va himoya qilishni takomillashtirish choralari tavsiya etilgan. Ushbu sohada sud amaliyotining izchilligini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini ishlab chiqish zarurligi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan. Tadqiqot natijalaridan tergov organlari va moliya institutlarining o‘zaro hamkorligini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda, shuningdek, xalqaro standartlarga muvofiq milliy huquqiy bazani takomillashtirishda foydalanish mumkin.

Aybek Orazbayevich Xalmuratov

40-49

2026-01-29

TALABALARDA AXBOROT KOMMUNIKATSIYA VOSITALARIDAN FOYDALANISH KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH.

Mazkur maqolada talabalarda axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Tadqiqotda raqamli texnologiyalar sharoitida ta’lim jarayonining transformatsiyasi, axborot-kommunikatsiya kompetensiyasining mazmuni, tuzilmasi va rivojlantirish bosqichlari tahlil qilinadi. Shuningdek, zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv metodlar hamda raqamli ta’lim vositalaridan foydalanish orqali talabalarning mustaqil fikrlash, axborotni izlash, tahlil qilish va qayta ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab beriladi.

Rajabova Saida Matnazarovna

50-53

2026-01-29