Бюллетень педагогов нового Узбекистана
https://www.in-academy.uz/index.php/yopa

"Бюллетень педагогов нового Узбекистана" - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для международных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, английском или русском языках и пройти тщательную рецензию.

Innovative Academy RSCru-RUБюллетень педагогов нового Узбекистана2181-4503BOSHLANGʻICH SINFLARDA MANTIQIY MASALALARNI YECHISH USULLARI
https://www.in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/76052

Mazkur maqolada boshlangʻich sinflarda mantiqiy masalalarni yechishning nazariy asoslari, metodik tamoyillari hamda amaliy yondashuvlari keng va tizimli ravishda tahlil qilinadi. Avvalo, mantiqiy tafakkurning psixologik-pedagogik asoslari yoritiladi, shundan so‘ng mantiqiy masalalarni o‘qitishning bosqichma-bosqich metodikasi, interfaol yondashuvlar hamda didaktik tamoyillarning ahamiyati asoslab beriladi. Shu bilan birga, mantiqiy masalalar orqali o‘quvchilarda tahlil, sintez, taqqoslash, umumlashtirish hamda xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish mexanizmlari ochib beriladi.
Svetlana Allaniyazova
Copyright (c) 2026
2026-03-092026-03-094347VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN SODIR ETILADIGAN JINOYATLARNING YURIDIK TAHLILI
https://www.in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/76227

Ushbu keng qamrovli ilmiy tadqiqotda voyaga yetmaganlar jinoyatchiligining yuridik tabiati, jinoiy javobgarlik subyekti sifatidagi xususiyatlari va jazo tayinlashning doktrinal asoslari tahlil qilinadi. Muallif O‘zbekiston Respublikasining 2025-2026 yillardagi huquqiy islohotlari prizmasidan turib, voyaga yetmaganlar delinkvent xulq-atvorini huquqiy tartibga solishdagi bo‘shliqlar va ularni bartaraf etish yo‘llarini tadqiq etadi. Maqolada kiber-makon va raqamli iqtisodiyot sharoitida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan yangi turdagi jinoyatlarning kriminologik determinatsiyasi va ularning profilaktikasi bo‘yicha strategik takliflar berilgan.
Dilmurod Mirzaumarov
Copyright (c) 2026
2026-03-102026-03-1043811 O‘ZBEK XALQ CHOLG‘ULARI IJROCHILIGIDA O‘QUVCHILARNING TEXNIK MAHORATINI OSHIRISHNING METODIK ASOSLARI
https://www.in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/76327

Mazkur maqolada o‘zbek xalq cholg‘ulari — rubob, dutor va ud ijrochiligi darslarida o‘quvchilarning texnik mahoratini oshirishning zamonaviy metodik asoslari yoritilgan. Maqolada an’anaviy o‘qitish usullarini psixofiziologik yondashuvlar, xususan, mushak erkinligi, mental mashqlar va geymifikatsiya elementlari bilan boyitish masalalari tahlil qilinadi. Muallif mazkur cholg‘u asboblarini o‘rganish jarayonida uchraydigan texnik to‘siqlarni bartaraf etish va o‘quvchilarning ijrochilik sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy tavsiyalar beradi.
Olim Norbutayev
Copyright (c) 2026
2026-03-112026-03-11431216МАКТАБ БОШҚАРУВИДА ДИРЕКТОРНИНГ ЛИДЕРЛИК КОМПЕТЕНЦИЯСИ ВА ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШНИНГ СТРАТЕГИК ОМИЛЛАРИ.
https://www.in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/76458

Мазкур мақолада умумтаълим муассасаларида мактаб директори лидерлик компетенцияларининг таълим сифатига таъсири таҳлил қилинган. Замонавий таълим тизимида муассаса раҳбарининг стратегик фикрлаш, инновацион бошқарув ва жамоани мотивация қилиш қобилияти таълим самарадорлигини белгилайдиган муҳим омил ҳисобланади. Тадқиқот жараёнида таълим менежменти назариялари, стратегик бошқарув концепциялари ва лидерлик моделлари таҳлил қилинди. Натижалар мактаб раҳбарининг лидерлик компетенцияси педагогик жамоа самарадорлиги, таълим жараёни сифати ва ўқувчиларнинг академик натижаларига сезиларли таъсир кўрсатишини кўрсатди
С.Н. Хашимова
Copyright (c) 2026
2026-03-122026-03-12431720MUSTAQILLIK DAVRIDA O‘ZBEKISTONNING ZARAFSHON VOHASIDA EKOLOGIK HOLATNI BARQARORLASHTIRISH MASALALARINING TARIXIY AHAMIYATI.
https://www.in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/76645

Ushbu maqolada mustaqillik davrida O‘zbekistonning Zarafshon vohasida ekologik holatni barqarorlashtirish yo‘nalishida amalga oshirilgan chora-tadbirlar, davlat siyosati va islohotlarning tarixiy ahamiyati tahlil qilinadi. Hududning asosiy ekologik muammolari, suv resurslari, tuproq degradatsiyasi, sanoat va qishloq xo‘jaligi faoliyatining atrof-muhitga ta’siri yoritilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan amaliy ishlar ilmiy asosda bayon etiladi.
Mashrab Goziyev
Copyright (c) 2026
2026-03-162026-03-16432125BOSHLANG'ICH SINF O`QUVCHILARINI MATEMATIKA DARSLARIDA MASALALARNING BERILISHI.
https://www.in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/76755

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf matematika darslarida masalalarning berilish usullari, ularning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Masalalarni og‘zaki, yozma, rasmli va hayotiy vaziyatlar asosida berishning samaradorligi tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda masalalarni tanlash va tuzish bo‘yicha metodik tavsiyalar beriladi.
Ilxomjon SoliyevRuxshonxonim Abdufattoyeva
Copyright (c) 2026
2026-03-172026-03-17432627