Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative  Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.

Опубликован: 2025-11-29

NATIONAL FEATURES OF THE CONCEPT OF ‘FAMILY’ IN UZBEK AND ENGLISH ETHNOLINGUISTIC CULTURE

This paper explores the national and cultural characteristics of the concept of “family” in Uzbek and English ethnolinguistic contexts. It compares how each culture understands family structure, roles, and values through kinship terminology, idioms, proverbs, and everyday communication. The study shows that English-speaking societies generally highlight individualism, emotional bonds, and the independence of the nuclear family. In contrast, Uzbek society emphasizes collectivism, strong extended family ties, and respect for hierarchy. These cultural differences are reflected in the complexity of kinship terms, patterns of communication, and traditional expressions. Understanding these distinctions is essential for improving cross-cultural communication, translation accuracy, and sociolinguistic analysis.

Shukurova Nodira Bahtiyor qizi

4-6

2025-11-30

NUTQ APPARATIDA BUZILISHI BOʻLGAN BOLALARDA ARTIKULYATSIYON MASHQLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada nutq apparati buzilishlari bo‘lgan bolalarda artikulyatsion mashqlarni takomillashtirish yo‘llari, logopedik mashg‘ulotlarning ilmiy asoslari va samaradorligini oshirish metodlari yoritilgan. Tadqiqotda artikulyatsion apparat faoliyatini yaxshilash orqali to‘g‘ri talaffuzni shakllantirish hamda nutqiy nuqsonlarni bartaraf etish masalalari tahlil qilinadi.

Abdullayeva Oyjamol Adhamjon qizi, M. Musayeva

7-9

2025-11-30

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAHALLA FUQAROLAR YIGʻINI RAISI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISHNING TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI

Ushbu maqola profilaktika inspektori va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi o‘rtasidagi hamkorlikni takomillashtirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini chuqur tahlil qilishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda samarali kooperatsiyani ta’minlovchi huquqiy me’yorlar, boshqaruv mexanizmlari va amaliy jarayonlarning funksional xususiyatlari yoritiladi. Tadqiqot davomida mahalla institutining davlat boshqaruvidagi o‘rni, huquqbuzarliklarning oldini olishga doir umumiy va maxsus profilaktika mexanizmlari, profilaktika inspektorining vakolatlari, mahalla raisining jamoatchilik nazoratidagi roli hamda ularning o‘zaro hamkorligining haqiqiy holati har tomonlama o‘rganildi. Muallif tomonidan amaldagi me’yoriy-huquqiy bazaning yetarli darajada integratsiyalashmagani, idoralararo hamkorlikning raqamlashtirilmaganligi, mahalla boshqaruvi subyektlari va profilaktika tizimi o‘rtasida vakolatlar chegarasining ayrim hollarda mavhumligi kabi tizimli muammolar tahlil qilindi. Xulosa sifatida mahalla-profIlatika hamkorligini institutsionallashtirishga, profilaktika inspektorlari faoliyatini raqamlashtirishga, mahalla raislari uchun huquqiy savodxonlikni kuchaytirishga va integratsiyalashgan monitoring tizimini joriy etishga doir ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqildi.

Olimov Azizbek Komil oʻgʻli

10-12

2025-11-30

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING QASDDAN ODAM OʻLDIRISH JINOYATLARINING MAXSUS PROFILAKTIKASI BOʻYICHA FAOLIYATINI TAKOMILLASHTIRISHNING TASHKILIY HUQUQIY ASOSLARI

Mazkur maqolada O‘zbekistonda jinoyatchilikka qarshi kurashning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan qasddan odam o‘ldirish jinoyatlarining maxsus profilaktikasini amalga oshirishda profilaktika inspektorlarining roli, vakolatlari va faoliyat mexanizmlari keng miqyosda tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda davlat xavfsizligi, jamoat tartibini saqlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan huquqiy islohotlar jarayonida profilaktika inspektorlarining zimmasiga yuklangan majburiyatlar yanada oshgan bo‘lib, ayniqsa og‘ir jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha tizimli va kompleks yondashuvni talab etadi. Maqolada mavjud normativ-huquqiy baza, idoralararo hamkorlikning real holati, aholining ijtimoiy-iqtisodiy holati bilan bog‘liq xavf omillari, oilaviy nizolar, zo‘ravonlikka moyillik, psixologik beqarorlik va boshqa risk faktorlarini erta aniqlash mexanizmlari chuqur o‘rganiladi. Yakunda profilaktika inspektorlarining faoliyatini raqamlashtirish, mahalla bilan integratsiyani kuchaytirish, xatarlarni prognozlash tizimini joriy etish va xizmat samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.

Musayev Sarvar Akmal oʻgʻli

13-15

2025-11-30

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING MAHALLA FUQAROLAR YIGʻINI RAISI BILAN OʻZARO HAMKORLIGINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining mahalla fuqarolar yig‘ini raisi bilan o‘zaro hamkorligi mazmuni, uning tashkiliy-huquqiy asoslari hamda amaliy samaradorligini oshirishga qaratilgan mexanizmlar chuqur tahlil qilinadi. Mahalla instituti aholining ijtimoiy muammolarini erta aniqlaydigan va mahalliy boshqaruvning eng quyi bo‘g‘ini sifatida jinoyatchilik profilaktikasida muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot doirasida hamkorlik jarayonining hozirgi holati, uning samaradorligiga ta’sir etayotgan omillar, mavjud me’yoriy-huquqiy tartiblar, axborot almashinuvi tizimi hamda profilaktik tadbirlarning koordinatsiyasi ko‘rib chiqilib, ularni takomillashtirishga doir ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur maqola hamkorlikni raqamlashtirish, xavf guruhlarini aniqlashning yangi mexanizmlarini joriy etish, mahalla va ichki ishlar organlari o‘rtasida institutsional integratsiyani kuchaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Olimov Azizbek Komil oʻgʻli

16-18

2025-11-30

DIGITAL STORY TELLING AS A METHOD FOR TEACHING ENGLISH

Digital story telling is a modern and effective method used in teaching English, combining traditional storytelling techniques with digital tools such as videos, images, audio recordings, and interactive media. This approach engages students actively, enhances their language skills, and fosters creativity and critical thinking. By integrating technology into language learning, teachers can create more dynamic and interactive lessons that cater to different learning styles. Digital story telling encourages students to construct narratives, express ideas clearly, and practice vocabulary, grammar, and pronunciation in meaningful contexts. It also promotes collaboration and communication among students, as they often work in groups to create digital stories. This method is particularly significant in the  classroom, where digital literacy is as important as language proficiency. Research shows that students who participate in digital story telling activities demonstrate improved motivation, retention, and overall language competence. Thus, digital story telling is not only a tool for language acquisition but also a way to prepare students for a digital and interconnected world.

Dinara Kholmurotova, Nigina Ashurova

19-22

2025-11-30

PROFILAKTIKA INSPEKTORI TOMONIDAN TURMUSHDAN AJRASHIB IJTIMOIY-IQTISODIY OG‘IR AHVOLGA TUSHIB QOLGAN AYOLLARGA NISBATAN IJTIMOIY PROFILAKTIK CHORA TADBIRLARNI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu maqola turmushdan ajrashish natijasida ijtimoiy-iqtisodiy og‘ir ahvolga tushib qolgan ayollar bilan ishlashda profilaktika inspektori faoliyatini takomillashtirish zaruriyatini tahlil qiladi. Unda ajrimdan keyingi ijtimoiy muammolar — moddiy ta’minotsizlik, psixologik bosim, oilaviy zo‘ravonlikning davom etishi, uy-joy masalalari va farzandlar tarbiyasi bilan bog‘liq xavf omillari yoritiladi. Tadqiqot doirasida mahalla, NNTlar, ijtimoiy xizmatlar, ayollar daftari, psixologik yordam markazlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasidagi integratsiyalashgan hamkorlik modeli ishlab chiqildi. Shuningdek, profilaktika inspektorining ushbu toifadagi ayollar bilan ishlash bo‘yicha vakolatlarini kengaytirish, ularga manzilli va barqaror yordam tizimini yaratish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar berilgan.

Abduraupov Ravul Rafiq o‘g‘li

23-25

2025-11-30

PROFILAKTIKA INSPEKTORINING VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATINING IJTIMOIY-HUQUQIY ASOSLARI

Ushbu maqolada profilaktika inspektorining voyaga yetmaganlar bilan ishlashdagi ijtimoiy-huquqiy vakolatlari, ularning huquqiy himoyasi va sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirishdagi roli atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, voyaga yetmaganlarning huquqbuzarliklarining oldini olishda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-profilaktik choralar, ularning samaradorligi va amaldagi normativ-huquqiy baza bilan bog‘liq dolzarb masalalar yoritilgan. Tadqiqot jarayonida mavjud qonunchilik hujjatlari, amaliyotda qo‘llanilayotgan mexanizmlar hamda profilaktik ishlarning bugungi holati kompleks ravishda ko‘rib chiqildi.

Pirimov Sarvar Jasur oʻgʻli

26-27

2025-11-30

TRANSPORT VA TURIZM OBEKLARIDA HUQUQBUZARLIKLARNI PROFILAKTIKASINI TAKOMILLASHTIRISH

Ushbu ish transport va turizm obyektlarida sodir etiladigan huquqbuzarliklarning oldini olish, xavfsizlikni ta’minlash hamda profilaktika mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan. Mavzuda transport infratuzilmasi (temir yo‘l, avtomobil, havo va suv transporti) hamda turizm sektorida uchraydigan huquqbuzarlik turlari, ularning kelib chiqish sabablari va ijtimoiy-huquqiy oqibatlari keng yoritiladi. Tadqiqotda mavjud me’yoriy-huquqiy baza, profilaktik faoliyatni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat tuzilmalarning o‘rni tahlil qilinib, amaldagi tizimning samaradorligi baholanadi. Shuningdek, zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, xavfsizlik standartlarini takomillashtirish, xodimlarning kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish kabi profilaktik choralarni yanada rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari transport va turizm obyektlarida xavfsizlik darajasini oshirish hamda huquqbuzarliklarning samarali oldini olishga qaratilgan ilmiy-amaliy yechimlarni taklif etadi.

Qalbayeva Durdana Matnazar qizi

28-33

2025-11-30

ИСТОРИЯ РАЗВИТИЕ МАЛОГО БИЗНЕСА В ГОРОДЕ ТАШКЕНТЕ

Целью экономики города Ташкента является установление политики, восстановление социально-экономического рынка экономики, демократического права государства и прав человека. Республика рынка узконаправленная и измученная. В городе Ташкенте активизируются развитие малого бизнеса и частного предпринимательства, государственное регулирование этой сферы.

Алиев Тулкин Тургунович

34-36

2025-11-30

FIZIKA FANINI O‘QITISHNING ZAMONAVIY METODLARI

Mazkur maqolada fizika fanini o‘qitishda qo‘llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar va raqamli ta’lim vositalarining samaradorligi yoritiladi. Fizik jarayonlarni chuqur anglash uchun interaktiv o‘qitish, muammoli vaziyatlar asosida o‘qitish, STEAM yondashuvi, laboratoriya simulyatorlaridan foydalanish, loyiha asosida ta’lim va blended learning kabi metodlarning afzalliklari ilmiy tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarda ilmiy-tadqiqot kompetensiyasini shakllantirish, kritic fikrlashni rivojlantirish va fizika qonuniyatlarini real hayot bilan bog‘lashda zamonaviy usullarni qo‘llashning amaliy ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Tadqiqot natijalari ushbu metodlar fizika ta’limi sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilishini tasdiqlaydi.

Abdulqayumova Kibriyoxon

37-38

2025-11-30

BULUTLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI DASTURIY VOSITALARNI LOYIHALASH

Ushbu ishda bulutli texnologiyalar asosida dasturiy vositalarni loyihalashning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Bulutli hisoblashning asosiy tushunchalari, IaaS, PaaS va SaaS kabi xizmat ko‘rsatish modellari hamda ularning dasturiy ta’minot yaratish jarayonidagi o‘rni tahlil qilingan. Shuningdek, bulut infratuzilmasida dasturni loyihalash bosqichlari — talablarni aniqlash, arxitektura tanlash, ma’lumotlar bazasini tashkil etish, xavfsizlik mexanizmlarini ishlab chiqish va xizmatni joylashtirish jarayonlari ko‘rib chiqilgan. Ishda zamonaviy bulut platformalarining imkoniyatlari hamda ular yordamida ishlab chiqiladigan dasturiy vositalarning afzalliklari, samaradorligi va fleksibiligi haqida amaliy misollar asosida tushuntiriladi. Mazkur ish bulutli texnologiyalarni qo‘llagan holda zamonaviy dasturiy mahsulotlarni yaratish jarayoniga ilmiy-uslubiy yondashuvni shakllantirishga xizmat qiladi.

Qodirov Farrux Ergash o’g’li, Ibodova Umida Eshmurod qizi

39-43

2025-11-30

ANALITIK GEOMETRIYADA TO'G'RI CHIZIQNING TEKISLIKKA PERPENDIKULYARLIGI TEKSHIRISHNING YANGI KOMPOZIT FORMULASI

Ushbu maqolada analitik geometriyada to‘g‘ri chiziqning tekislikka perpendikulyarligini tekshirish uchun yangi kompozit formula taklif etiladi. Yangi yondashuv normallashtirilgan yo‘nalish vektori, gradient vektori va determinantli mezonni birlashtiradi. Natijada chiziq–tekislik perpendikulyarligi faqat skalyar ko‘paytma emas, balki aralash ko‘paytma va gradientning yo‘nalish bo‘yicha o‘zgarish tezligi yordamida aniqlanishi mumkinligi ko‘rsatiladi. Teorema asosida chiziq va tekislikning o‘zaro joylashuvi uchun yangi klassifikatsiya mezonlari ishlab chiqiladi. Ushbu formula 3D grafikasi, mexanika, fizik modellashtirish va kosmik navigatsiyada qo‘llanilishi mumkin.

Qodirova Ruxshona Tohirjon qizi , Maxmudova Dilnoza Xaytmirzayevna

44-47

2025-11-30

TO‘G‘RI CHIZIQNING TEKISLIKDAGI PROYEKSIYASINI TOPISHNING UMUMIY ALGEBRAIK IFODASI

Ushbu maqolada fazoda berilgan to‘g‘ri chiziqning tekislikdagi proyeksiyasini topishning yangi umumiy algebraik formulasi ishlab chiqiladi. Yondashuv chiziqning yo‘nalish vektori, tekislikning normal vektori, ortogonal proyeksiya operatori va determinantli mezonlar asosida quriladi. Natijada proyeksiyalangan chiziqning yo‘nalish vektori, uning tenglamasi va tekislikdagi algebraik tasviri aniqlanadi. Yangi teorema proyeksiyaning invariant xossalarini, xususan, yo‘nalishning saqlanish yoki o‘zgarish shartlarini ifodalaydi. Metod fazoviy modellashtirish, 3D grafikasi va analitik geometriyaning ko‘plab amaliy masalalarida qo‘llanishi mumkin.

Urozaliyeva Shaxrizoda Xakimjon qizi , Maxmudova Dilnoza Xaytmirzayevna

48-51

2025-11-30

INNOVATSION TADBIRKORLIKDA SUNʼIY INTELLEKTNING TUTGAN OʻRNI

Maqolada su’niy intellekt texnologiyalarining innovatsion tadbirkorlikdagi ahamiyati va uning ta’siri tahlil qilingan. Shuningdek, mavzu doirasida O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi, normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy mexanizmlar ham yoritilgan.

Yaxshimurodova Marjona Oʻrinboy qizi

52-54

2025-11-30

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING KASBIY REFLEKSIYA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy refleksiya madaniyatini shakllantirishning nazariy asoslari, metodik tamoyillari hamda refleksiv kompetensiyani rivojlantirishga qaratilgan samarali yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida diagnostika, trening, videodars tahlili va “refleksiya kundaligi” kabi metodlardan foydalanilgan bo‘lib, ularning ta’lim sifatiga ta’siri tajriba-sinov asosida asoslab berilgan. Maqola yakunida refleksiv madaniyatning o‘qituvchi kasbiy rivojlanishidagi o‘rni va ahamiyati bo‘yicha umumiy xulosalar keltirilgan.

Sayqanova Begoyim

55-57

2025-11-30

SUN’IY INTELLEKT ASOSIDA O‘QUVCHILARNING BILIMINI AVTOMATIK BAHOLOVCHI VA INDIVIDUAL TOPSHIRIQLAR TAVSIYA ETUVCHI TA’LIM PLATFORMASINI ISHLAB CHIQISH

Ilmiy maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari asosida o‘quvchilarning bilim darajasini avtomatik baholash va ularga individual topshiriqlar tavsiya etuvchi adaptiv ta’lim platformasini ishlab chiqish masalasi yoritiladi. Tadqiqotda o‘quv jarayonini shaxsga yo‘naltirilgan holda tashkil etish, test topshiriqlari va yechim jarayonidan kelib chiqib avtomatik diagnostika o‘tkazish, bilim profillari (learner model)ni yaratish hamda moslashtirilgan o‘quv kontentini shakllantirish algoritmlari tahlil qilinadi. Mashinaviy o‘qitish, tabiiy tilni qayta ishlash va tavsiyaviy tizimlar yordamida o‘quvchilarning bilim bo‘shliqlarini aniqlash, ularning individual rivojlanish trayektoriyasini tuzish bo‘yicha ilmiy asoslangan yondashuvlar taklif etiladi.

Abduvoxidova Laylobonu Shavkatjon qizi, Ergasheva Sarvinoz Nurmamat qizi

58-61

2025-11-30

OPTIK ALOQA TIZIMLARI

Ushbu ishda optik aloqa tizimlarining asosiy tuzilishi, ishlash prinsiplari va ma’lumot uzatishdagi ahamiyati yoritiladi. Optik tolalarda yorug‘lik signallarining tarqalishi, yo‘qotishlar va dispersiya jarayonlari qisqacha tahlil qilinadi. Shuningdek, WDM texnologiyasi yordamida axborotni yuqori tezlikda uzatish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. Ish oxirida optik aloqa tizimlarining afzalliklari va zamonaviy telekommunikatsiyadagi o‘rni umumlashtiriladi.

Xalilov Muxammadmuso Muxammadyunusovich, Xabibullayev Elyor Asqarbek o`g`li

62-64

2025-11-30

RAQAMLI PEDAGOGIKADA MA’LUMOTLAR XAVFSIZLIGI MASALALARI

Ushbu maqolada raqamli pedagogika jarayonida ma’lumotlar xavfsizligi masalalari yoritilgan. Raqamli ta’lim tizimlarining kengayishi bilan bog‘liq kiberxavflar, xususan phishing, ransomware, ichki tahdidlar va shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi kabi muammolar tahlil qilingan. Tadqiqotda xalqaro va mahalliy manbalar asosida ta’lim muassasalarida kiberxavfsizlik infratuzilmasining hozirgi holati, muammolari va ularni bartaraf etish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan yangi tashabbuslarning ahamiyati ta’kidlangan.

Fayzullayeva Dilnura Husan qizi

65-68

2025-11-30

FAZODA CHIZIQ VA TEKISLIK ORASIDAGI MUNOSABATLARNI DETERMINANT VA GRADIENT YORDAMIDA ANIQLASH

Ushbu maqolada fazoda berilgan to‘g‘ri chiziq va tekislik orasidagi o‘zaro joylashuv (kesishish, parallel bo‘lish, chiziqning tekislik ichida yotishi) determinant va gradient tushunchalari yordamida tahlil qilinadi. Tekislik sath funksiyasi uchun gradient vektori va chiziq tenglamasi parametri asosida yangi tasniflovchi funksiya kiritiladi. Shuningdek, chiziq va tekislik kesishish nuqtasini determinantlar orqali, Kramer qoidasi yordamida ifodalovchi formulalar beriladi. Natijada chiziq–tekislik munosabatlarini klassifikatsiya qiluvchi yangi teorema isbotlanadi. Taklif etilgan yondashuv fazoviy modellashtirish, hisoblash geometriyasi va kompyuter grafikasi sohalarida qo‘llanilishi mumkin.

Abbosova Muhpira O’lmasboy qizi , Maxmudova Dilnoza Xaytmirzayevna

69-73

2025-11-30

MIKROORGANIZMLARNING GEN MUHANDISLIGIDA QO`LLANILISHI

Ushbu maqolada mikroorganizmlarning gen muhandisligi sohasidagi roli va qo‘llanilishi batafsil tahlil qilinadi. Mikroorganizmlar orqali genlarni o‘zgartirish, yangi genetik xususiyatlarni yaratish, tibbiyot, qishloq xo‘jaligi va sanoatda ularning ahamiyati ko‘rsatildi. Shuningdek, mikroorganizmlarning genetik muhandislikda qo‘llanilishining asosiy usullari va afzalliklari o‘rganildi. Maqola so‘nggi ilmiy tadqiqotlar va amaliy misollar bilan boyitilgan.

Ahmadjonova Munisa , Sayidova Saida, Kurbanova Mehrioy

74-76

2025-11-30

GEN FAOLIYATINING BOSHQARILISH

Ushbu tezis gen faoliyatining boshqarilishi mexanizmlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda hujayradagi gen ekspressiyasining boshqarilishi jarayonlari — transkripsiya, translyatsiya, epigenetik modifikatsiyalar va regulyator molekulalar faoliyati ilmiy asosda tahlil qilingan.

Ne’matjonova Mohinur Nozimjon qizi, Yo’ldashev Abduvali Alisher o’g’li

77-79

2025-11-30

JINSNING HOSIL BO’LISHIDA GARMONLARNING AHAMIYATI

Tezisda jinsning hosil bo‘lishida gormonlarning roli yoritiladi. Embrional davrda testosteron, estrogen va anti-müller gormoni gonadlarning differensiallanishini boshqaradi, pubertatda esa FSH va LH jinsiy yetilish jarayonini faollashtiradi. Gormonal muvozanat jinsiy fenotipning to‘g‘ri shakllanishi uchun asosiy omil ekani ko‘rsatiladi.

Usmanova Farangiz Kozimjon qizi, Yo’ldashev Abduvali Alisher o’g’li

80-82

2025-11-30

ROBOTA TEXNIK TIZIMLARIDA FIZIK MEXANIKA TAMOYILLARINI SUN'IY INTELLEKT ORQALI AVTOMATIK MUVOZATLASHTIRISH

Mazkur ishda robototexnik tizimlarda fizik va mexanik qonunlar asosida muvozanatni avtomatik boshqarishning sun’iy intellekt orqali amalga oshirilishi yoritilgan. Robotning og‘irlik markazi, harakat barqarorligi, tashqi muhitga moslashuvi va sensorlar orqali ma’lumot yig‘ilishi sodda tarzda tushuntirilgan. Sun’iy intellekt robotga tezkor qaror qabul qilish, yiqilishning oldini olish va murakkab sharoitda mustaqil harakatlanishga yordam berishi haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Mexmonaliyeva Shalola Umidjon qizi

83-85

2025-11-30

ПРОФИЛАКТИКА ИНСПЕКТОРИНИНГ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАРДАН ЖАБРЛАНГАН ШАХСЛАР БИЛАН ЯККА ТАРТИБДАГИ ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР ПРОФИЛАКТИКАСИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ

Якка тартибдаги профилактика фаолиятини ташкил этишнинг мақсади, Ҳуқуқбузарликлар профилактикасини бевосита амалга оширувчи органлар ва муассасалар ғайриижтимоий хулқ-атворли, ҳуқуқбузарликлар содир этишга мойил бўлган, ҳуқуқбузарлик содир этган шахсларни аниқлаш, уларнинг ҳисобини юритиш ва уларга тарбиявий таъсир кўрсатишга доир фаолияти, ҳуқуқбузарлик содир этишга мойил бўлган шахслар, ҳуқуқбузарликларнинг якка тартибдаги профилактикасининг бошқа турдаги ҳуқуқбузарликлар профилактикасидан алоҳида хусусиятлари, Ўзига нисбатан ҳуқуқбузарликларнинг якка тартибдаги профилактикаси чора-тадбирлари қўлланилаётган шахслар ва бошқалар ҳақида сўз юритилади.

Усмонов Дониёр Қахрамон ўғли, Баротов Сайёр Абдулло ўғли

86-94

2025-11-30

EVKLID FAZOSI VA KILLING VEKTOR MAYDONLAR GEOMETRIYASI

Ushbu maqola Evklid fazosi va uning geometriyasi bilan bog‘liq Killing vektor maydonlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqolada Evklid fazosining asosiy xususiyatlari, Killing vektorlari tushunchasi, ularning simmetriya va geometriyadagi roli, shuningdek, Evklid fazosida Killing vektor maydonlarini aniqlash va tasvirlash usullari yoritiladi. Tadqiqotda matematik formulalar va nazariy tafsillar orqali Killing vektorlarning fazo simmetriyalarini ifodalash usullari ko‘rsatildi. Ushbu maqola matematika va fizika sohalarida Evklid fazosi va simmetriya nazariyasini chuqur tushunish uchun foydalidir.

Shamshiddinov Shuxratjon Sharobiddin o’g’li

95-96

2025-11-30

DINAMIK MARSHRUTIZATSIYA JARAYONI. DINAMIK MARSHRUTIZATSIYA JARAYONI, RIP PROTOKOLI, OSPF PROTOKOLI

Maqolada zamonaviy kompyuter tarmoqlarida qo‘llaniladigan dinamik marshrutizatsiya jarayonining nazariy asoslari, ma’lumot paketlarini eng maqbul yo‘l orqali yetkazib berish mexanizmlari hamda routerlar o‘rtasidagi avtomatik marshrut almashinuvi jarayoni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida ikki asosiy dinamik marshrutizatsiya protokoli — RIP (Routing Information Protocol) va OSPF (Open Shortest Path First) protokollarining ishlash tamoyillari, ularning metrika tanlash algoritmlari, afzallik va cheklovlari, shuningdek, tarmoq miqyosiga ko‘ra qo‘llanish sohalari keng yoritiladi. Maqola tarmoq texnologiyalarini o‘rganayotgan talabalar va mutaxassislar uchun marshrutlash jarayonining mazmunini chuqur anglashga xizmat qiladi.

Xalilov Muhammadmuso , Xasanov Javohir Tohirjon o’g’li, Ismoilov Nurmuhammad Muhammadqodir o’g’li

97-101

2025-11-30

7-SINFLAR UCHUN INFORMATIKA FANIDAN “INTERNETDA ISHLASHNI TA'MINLOVCHI DASTRULAR” MAVZUSIDA ELEKTRON DARSLIK TAYYORLASH

Ushbu maqolada umumta'lim maktablarining 7-sinf o‘quvchilari uchun informatika fanidan "Internetda ishlashni ta’minlovchi dasturlar"  mavzusida elektron darslik (E-darslik) yaratishning konseptual g‘oyalari, pedagogik asoslari va texnologik talablari yoritilgan. Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad — o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha bilimlarini interaktiv, vizual va amaliy mashqlar orqali mustahkamlash, ularda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) bo‘yicha raqamli savodxonlikni oshirishdir. Hozirda loyiha mazmun-mohiyatni ishlab chiqish bosqichida bo‘lib, mavjud ta’lim resurslari va ilg‘or pedagogik usullar tahlil qilinmoqda. Taklif etilayotgan E-darslik yordamida o‘quv jarayonini samaradorligini oshirish va o‘quvchilarni "Raqamli O‘zbekiston - 2030" strategiyasi talablariga mos ravishda tayyorlash ko‘zda tutilgan.

Mamatkarimova Mohidil Murodjon qizi, Xoldaraliyeva Dilnura Furqatjon qizi

102-105

2025-11-30

GAMIFIKATSIYA ELEMENTLARI ORQALI DARS JARAYONIDA RAQOBAT VA RAG‘BATLANTIRISH MUHITINI YARATISH METODIKASI

Maqolada ta’lim jarayonida gamifikatsiya elementlaridan foydalanish orqali o‘quvchilarda raqobatbardoshlik, motivatsiya va faol qatnashuvni kuchaytirishning samarali metodikasi tahlil qilinadi. Gamifikatsiya — o‘yin mexanizmlarini ta’limga integratsiya qilish orqali o‘quvchilarni rag‘batlantirish, o‘quv jarayoniga jalb etish hamda bilimlarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuv sifatida izohlanadi. Tadqiqot doirasida ball berish tizimi, reyting jadvallari, badge va achievements, missiya-topshiriqlar, onlayn platformalar kabi gamifikatsiya vositalarining o‘quvchilar psixologiyasiga ta’siri hamda ular orqali sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek, o‘quvchini ichki va tashqi rag‘batlantirish omillari, gamifikatsiyaning o‘quv motivatsiyasiga ta’siri, o‘quv jarayonida raqobatning konstruktiv va destruktiv jihatlari ilmiy asosda tahlil qilinadi.

Xoldoraliyeva Dilnura Furqatjon qizi, Mamatkarimova Mohidil Murodjon qizi

106-110

2025-11-30

MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE

The models and methods used in the fields of modern science make it possible to deeply analyze scientific processes, forecast the behavior of complex systems, and optimize. Mathematical modeling, statistical approaches, artificial intelligence and computer simulations serve to effectively solve various scientific problems. This article analyzes the main models used in current scientific paradigms, their advantages, limits of application and practical results. Data from the study shows that the integrated modeling approach provides high accuracy, speed and flexibility in the development of science.

Nargiza Adizova , Kozim Gulmurodov

111-114

2025-11-30

SHLAM TARKIBIDAGI FOYDALI KOMPONENTLARNI AJRATISHNING ZAMONAVIY USULLARI

Shlam — ya’ni suvsizlantirilmagan, yarim suyuq yoki yarim qattiq holatda bo‘lgan chiqindi modda — koʻp hollarda sanoat, neft-gaz, kommunal va chiqindilarni qayta ishlash jarayonlarida yuzaga keladi. Bunda shlam tarkibida organik moddalar, metall ionlari, fosfor, kiyim-kudurga o‘tgan yog‘lar, barqaror va noo‘rin birikmalar mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, chiqindi shlamlarida fosfor 0,5-2,5 % atrofida bo‘lishi mumkinligi qayd etilgan. discovery.ucl.ac.uk+2PubMed+2

Abdullayeva Dilnoza Ochilboy qizi

115-118

2025-11-30

FUQAROLARNING HUQUQ VA ERKINLIKLARI KAFOLATLARI

Ushbu maqolada fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlashning nazariy-huquqiy asoslari, ularning konstitutsiyaviy mustahkamlanishi va amaliyotda ta’minlanish mexanizmlari keng ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlarini kafolatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar, sud-huquq tizimi modernizatsiyasi, fuqarolik jamiyati institutlarining faollashuvi hamda xalqaro standartlarga uyg‘unlashtirish jarayonlari yoritilgan.

Toshniyozov Madrahim

119-121

2025-11-30

OʻZBEK ALIFBOSI VA IMLOSI

Ushbu maqolada o‘zbek alifbosining tarixiy rivojlanishi va hozirgi lotin yozuviga asoslangan alifboda uchrayotgan imlo muammolari keng tahlil qilinadi. Ayniqsa, o‘, g‘, sh, ch kabi harflarning yozilishidagi noaniqliklar, ularning ta’lim, matbuot, hujjat yuritish va raqamli texnologiyalardagi oqibatlari alohida ko‘rib chiqiladi. Asosiy muammo sifatida lotin yozuvida bir xillik va barqarorlikning yetishmasligi tanlanadi hamda xalqaro tajribalar asosida uni hal qilish yo‘llari taklif etiladi. Jumladan, Turkiya, Ozarbayjon, Turkmaniston va Qozog‘iston tajribasi o‘rganilib, O‘zbekiston uchun ilmiy asoslangan xulosalar beriladi. Maqolada yozuvdagi yagona standartni joriy qilish, uni ta’lim va rasmiy hujjatlarda qat’iy qo‘llash hamda raqamli texnologiyalarga moslashtirish davlat tilining mavqeini mustahkamlashda hal qiluvchi omil ekanligi ta’kidlanadi.

Tohirova Farangiz Muzaffar qizi, Jo‘ranazarova Nigora Qurbonboy qizi

122-124

2025-11-30

BOZOR MUVOZANATIGA DAVLAT ARALASHUV SAMARASI. MAKSIMAL VA MINIMAL NARXLAR

Ushbu tezisda bozor muvozanatining shakllanishi, davlatning bozorga aralashuvi va narxlarni tartibga solish mexanizmlari yoritilgan.Maksimal va minimal narxlarning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari tahlil qilingan.Bozor muvozanatiga davlat aralashuvi samaradorligi va istemolchilarni himoya qilish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.Davlat maksimal va minimal narxlarni belgilash orqali bozorni tabiiy muvozanatiga aralashadi. 

Ibodullayeva Muxlisa

125-126

2025-11-30

RAQOBATLASHMAGAN BOZOR SHAROITIDA MONOPOL NARX BELGILASH VA BOZOR HOKIMIYATI

Ushbu tezisda raqobatlashmagan bozor sharoitida monopol narx belgilash jarayoni, bozor hokimiyatining shakllanishi, uning iqtisodiy oqibatlari va davlat tomonidan tartibga solishning zaruriyati yoritiladi. Monopol tuzilmalar iqtisodiyotda qanday ustunliklarga ega bo‘lishi, narxlarni mustaqil belgilash mexanizmlari hamda ularning iste’molchilar farovonligiga ta’siri ilmiy asoslarda tahlil qilingan.

Madrimova Sarvinoz Shokirovna

127-129

2025-11-30

ISHLAB CHIQARISH JARAYONIGA YANGI SAMARALI TEXNOLOGIYALARNI TATBIQ ETISH ZARURATI VA ISTIQBOLLARI

Ushbu maqolada ishlab chiqarish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarni joriy etish zarurati, ularning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri hamda korxonalar raqobatbardoshligini oshirishdagi roli yoritilgan. Texnologik yangilanishlar mehnat unumdorligini ko‘tarish, resurslardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish orqali sanoatning barqaror rivojlanishini ta’minlaydi. Shuningdek, maqolada yangi texnologiyalarni tatbiq etishning istiqbollari, mavjud imkoniyatlar va innovatsion yechimlardan foydalanish mexanizmlari tahlil qilinadi.

Otajonova Barchinoy Sanjar qizi

130-132

2025-11-30

SUN’IY INTELLEKT VA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA INTERAKTIV O‘QITISH TIZIMINI ISHLAB CHIQISH VA JORIY ETISH

Maqolada sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar asosida interaktiv o‘qitish tizimini yaratishning nazariy-metodologik asoslari, texnologik arxitekturasi hamda uni ta’lim jarayonida joriy etish mexanizmlari yoritiladi. Zamonaviy ta’lim jarayonida AI algoritmlaridan foydalanish o‘quvchilarning  individual bilim darajasi, kognitiv xususiyatlari va o‘quv sur’atini aniqlash imkonini beradi. Learning Analytics vositalari yordamida o‘quv jarayonidagi ma’lumotlar chuqur tahlil qilinib, real vaqt rejimida moslashtirilgan o‘quv topshiriqlari, testlar va resurslar taqdim etilishi mumkin. Tadqiqotda interaktiv muhitning texnik va pedagogik talablari, foydalanuvchi–tizim o‘zaro ta’siri, avtomatik baholash tizimlari, bilim monitoringi va shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari o‘rganiladi. Raqamli texnologiyalar asosida shakllantirilgan bunday tizim o‘qituvchiga dars jarayonini optimallashtirish, o‘quvchilarning faol ishtirokini oshirish va o‘quv natijalarini prognozlash imkonini beradi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, AI integratsiyasi ta’limning samaradorligini oshirish, interaktivlikni kuchaytirish va o‘quvchilarning mustaqil ta’limga bo‘lgan motivatsiyasini yuksaltirishda muhim omil hisoblanadi.

Axmadjonov Ixtiyorjon Rovshanjonovich , Faxriddinov Ramziddin Xasanboy o`g`li

133-137

2025-11-30

MAKSVELL BOLTSMANN TAQSIMOT FUNKSIYASI

Maksvell Botsmann taqsimot funksiyasi aynimagan gaz taqsimot funksiyasidir, demak biz aynimagan gaz taqsimot funksiyasini o’rganamiz.

Muqimova Muazzamxon Baxromjon qizi

138-146

2025-11-30

ISH YURITUVCHILARNING TIL SAVODXONLIGINI OSHIRISH YOʻLLARI

Ushbu maqolada til savodxonligini bilish darajasining hamkorlik muvaffaqiyatiga va tashqi siyosat mahkamasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda tutgan muhim oʻrni ko‘rsatiladi. Ish yurituvchilarning til bilimlarini oshirib borish va ularning kamolotga yetishlarida bardavom ko‘tarilishida muhimligi bayon qilinadi.

Normurodova Zarifa Ruziqulovna, Bozorova Lola ismoil qizi

147-149

2025-11-30

PRIMARY PREVENTION OF ALLERGIC DISEASES

The first manifestation of allergy in young children is most often atopic dermatitis [5]. In the practice of pediatric dermatologists and pediatricians, atopic dermatitis is diagnosed in 1/3 of outpatients [2]. Starting at an early age, atopic dermatitis in children quickly becomes chronic. Children with atopic dermatitis suffer from such manifestations of the disease as multiple scratching, itching and skin inflammation, which are the cardinal symptoms of this disease [8]. The family stress associated with caring for a child with moderate atopic dermatitis significantly exceeds the stress caused by caring for a child with type 1 diabetes mellitus [2]. In addition, the material damage from this disease is significant, since the treatment of atopic dermatitis is a serious financial problem for the family and healthcare in general [4].

Jasmina Allambergenova , Shaxnoza Qobiljonova

150-154

2025-11-30

STUDY AND ASSESSMENT OF THE DYNAMICS OF ATMOSPHERIC AIR POLLUTION IN TASHKENT CITY

Contamination level of the atmospheric air is studied according to Tashkent city ssecc. The Recultes showed that vsta sweet streets atmospheric air indication where were are located many industrial production interprisers is higher than in Shaikhontohur district. For example air pollution indicator in Olmazor district is 1.2±0.02 mg\m 3 hydrogen oxide 4.0 mg\m 3 in Shaykhontohur district these indicators appropriately dust level 0.43±0.03 mg\m 3 nitrogen oxide 0.08mg\m 3 and hydrogen oxide 2.8 mg\m 3 had been determined.

Lola Abdukadirova

155-157

2025-11-30