Мы рады сообщить вам, что Центр поддержки исследований «Innovative Academy» организовал Республиканская конференция «Наука и инновация». Это национальная онлайн-конференция с открытым доступом, на которой публикуются обзорные тезисы, относящиеся к различным областям. Главная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу для национальных ученых, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований.
Опубликован: 2025-07-05
Статьи
"HOZIRGI DAVRDA ABU ALI IBN SINO FALSAFIY MEROSIGA BERILAYOTGAN E’TIBOR VA UNING IJTIMOIY-MA’NAVIY AHAMIYATI"
Ushbu maqolada buyuk alloma Abu Ali Ibn Sinoning falsafiy merosi va uning hozirgi davrdagi ilmiy-ma’naviy ahamiyati tahlil etiladi. Ibn Sino tomonidan ilgari surilgan aql, tafakkur, ruh va mavjudlik haqidagi falsafiy qarashlarning zamonaviy talqini, ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni yoritilgan. Ayniqsa, O‘zbekiston mustaqilligi yillarida alloma merosiga berilayotgan e’tibor, Prezident Shavkat Mirziyoyevning siyosiy-nazariy yondashuvlari bilan bog‘liq holda tahlil qilinadi. Ibn Sinoning asarlari nafaqat tarixiy, balki hozirgi jamiyat uchun ham dolzarb ma’naviy manba sifatida qaraladi.
2025-07-07
O‘ZBEKISTONDA IJTIMOIY MOBILLIK SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHIGA TA’SIRI: SOTSIOLOGIK TAHLIL
Mazkur maqolada O‘zbekistonda ijtimoiy mobillik shakllanishi va rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar sotsiologik yondashuv asosida tahlil qilinadi. Tadqiqotda migratsiya, urbanizatsiya, mehnat bozori va ta’lim tizimidagi o‘zgarishlarning ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi vertikal va gorizontal harakatlanishga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani empirik ma’lumotlar asosida yoritiladi. Xususan, tashqi mehnat migratsiyasining ijtimoiy maqom o‘zgarishi, iqtisodiy barqarorlik va kasbiy malaka orttirish imkoniyatlari orqali ijtimoiy mobillikni faollashtirishi ko‘rsatilgan. Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar, demografik omillar va hududiy tafovutlar kontekstida ijtimoiy mobillikning zamonaviy dinamikasi aniqlanadi.
2025-07-07
ASSESSMENT TECHNIQUES IN ENGLISH LANGUAGE LEARNING: TRADITIONAL VS MODERN APPROACHES
Assessment in English language learning plays a crucial role in monitoring progress, diagnosing difficulties, and guiding instruction. Traditionally, assessments have been centered on standardized tests and summative evaluations. However, with shifts in pedagogical paradigms toward communicative competence and learner-centered approaches, modern assessment techniques such as formative assessment, portfolio assessment, peer review, and digital tools have gained prominence. This article examines the differences between traditional and modern assessment methods in English language learning, evaluating their respective strengths and limitations. The study emphasizes the need for a balanced assessment framework that reflects language use in real-world contexts while supporting learner development.
2025-07-07
MARKAZIY OSIYO DAVLATLARINING XAVFSIZLIK SIYOSATIDA TASHQI TA'SIRLAR VA AFG'ONISTON MASALASI
ushbu maqolada Markaziy Osiyo davlatlarining xavfsizlik siyosatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar tahlil qilinadi. Xususan, Afg‘onistondagi siyosiy beqarorlik, Tolibon harakatining hokimiyatga kelishi, migratsion bosim va ISHID-K terroristik guruhining tahdidlari mintaqa uchun muhim xavf manbalari sifatida ko‘rsatilgan. Shuningdek, Rossiyaning ODKB orqali mintaqaviy xavfsizlikka aralashuvi, harbiy bazalar, iqtisodiy ta’sir vositalari va geosiyosiy manfaatlari asosida mintaqadagi ta’sir kuchi yoritilgan.
2025-07-07
ЦИФРОВАЯ НЕПРИКОСНОВЕННОСТЬ В СОВРЕМЕННОМ ПРАВЕ РАССМАТРИВАЕТСЯ КАК НЕОТЪЕМЛЕМАЯ ЧАСТЬ ОБЩЕГО ПРАВА ЧЕЛОВЕКА НА НЕПРИКОСНОВЕННОСТЬ ЧАСТНОЙ ЖИЗНИ
Это понятие охватывает защиту личной информации, переписки, электронной коммуникации, цифровых следов и персональных данных от неправомерного вмешательства, контроля или использования. С расширением цифровой среды и ростом киберугроз обеспечение цифровой неприкосновенности становится центральной задачей правозащитной политики любого государства.
2025-07-08
ИММУНОЛОГИЧЕСКИ ОБОСНОВАННЫЙ ПОДХОД К КОМПЛЕКСНОМУ ЛЕЧЕНИЮ АРТРОЗО-АРТРИТА У ЛИЦ МОЛОДОГО ВОЗРАСТА
В работе представлена оптимизация комплексного лечения артрозо-артрита у лиц молодого возраста с учётом их иммунологического статуса. Исследованы 84 пациента в возрасте от 18 до 35 лет, разделённых на две группы: основную и контрольную. Учитывались показатели клеточного и гуморального иммунитета, уровни цитокинов, СРБ. Разработана терапевтическая схема, включающая стандартное лечение и иммуномодуляторы. Применение предложенного подхода позволило достоверно улучшить клинические и лабораторные показатели, снизить уровень воспалительных маркеров на 40%, сократить выраженность болевого синдрома и ускорить восстановление функции сустава.
2025-07-08
OʼZBEKISTONI URUF-ODATLARI VA MILLIY KIYIMLARI
Ushbu maqolada O'zbek xalqining urf-odati, marosim va bayramlarining an'anaviyligi haqida va millatning an'analarini ifodalovchi avloddan avlodga o'tib kelayotgan bebaho merosimiz haqida gap boradi.Markaziy davlatlar orasida O’zbekistoning milliy qadiryatlari va urf odatlari.
2025-07-08
KOXLEAR IMPLANTLI MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA LUG‘AT BOYLIGINI OSHIRISH USULLARI
Ushbu maqolada koxlear implantlari bo‘lgan bolalar normal eshitish qobiliyatiga ega bo‘lgan tengdoshlariga qaraganda og‘zaki nutq so‘z boyligi pastroq ekanligi, uni oshirish usullari ko‘rib chiqilgan. Qo‘shimcha tahlillar eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalarning lug‘at bilimlarini chambarchas mos keladigan (masalan, ijtimoiy-iqtisodiy holatga mos keladigan) namuna bilan solishtirishning ahamiyatini tasdiqladi. Implantatsiya yoshi, implantatsiya davomiyligi va sinovdagi xronologik yosh og‘irlikdagi ta’sir hajmining kattaligiga sezilarli darajada bog‘liq emas edi. Ushbu tahlil natijalari lug‘at bilimlari adabiyotidagi nomuvofiqliklarni bartaraf etish yo‘lidagi birinchi qadamdir
2025-07-08
ФОРМИРОВАНИЕ УЧЕБНОЙ МОТИВАЦИИ У МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ
В статье рассматривается проблема формирования учебной мотивации у младших школьников. Автор анализирует психологические особенности этого возраста, раскрывает виды и источники учебной мотивации, а также акцентирует внимание на ключевой роли семьи и педагога в развитии интереса к обучению. Также приводятся основные педагогические подходы и методики, способствующие формированию устойчивой мотивации к учебной деятельности. Материалы статьи могут быть полезны педагогам, родителям и специалистам в области детской психологии.
2025-07-09
GLOBALLASHUV SHAROITIDA YOSHLAR MAFKURAVIY IMMUNITETINI YUKSALTIRISH JAMIYAT TARAQQIYOTINING GAROVI
Ushbu maqolada globallashuv sharoitida yoshlar ongiga ko‘rsatilayotgan mafkuraviy ta’sirlar, ularning ijtimoiy hayotdagi tutgan o‘rni hamda bu jarayonda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning dolzarbligi tahlil qilinadi. Globallashuv bilan birga kirib kelayotgan yot g‘oyalar, ommaviy madaniyat va axborot xurujlari yosh avlodning dunyoqarashi, qadriyatlari va milliy o‘zligiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu bois, yoshlarni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, ularni mustahkam g‘oyaviy asosda tarbiyalash, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali mafkuraviy immunitetini yuksaltirish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biri sifatida qaraladi. Maqolada bu borada ta’lim tizimi, ommaviy axborot vositalari, oilaning o‘rni va davlat siyosatining ahamiyati yoritiladi. Mafkuraviy immunitetining yuksalishi – jamiyat barqarorligi va taraqqiyotining asosiy garovi ekani asoslab beriladi.
2025-07-09
SINTETIK DIZEL YOQILG‘ISINING MOYLOVCHANLIK XOSSALARINI YAXSHILASHDA OLTINGUGURTLI QO‘SHIMCHALARNING AHAMIYATI
Energiya resurslariga bo‘lgan talabning ortishi, ekologik xavfsiz va samarali yoqilg‘ilar ishlab chiqarishga bo‘lgan ehtiyoj, sintetik dizel yoqilg‘ilarining ekspluatatsion xossalarini takomillashtirishni talab etmoqda. Sintetik dizel yoqilg‘ilarining tarkibida tabiiy moylovchanlikni ta'minlovchi komponentlar, masalan, aromatik uglevodorodlar yoki oltingugurtli birikmalarning miqdori past bo‘lgani sababli, bu yoqilg‘ilar metall yuzalarda yuqori ishqalanish va eskirish xavfiga ega bo‘ladi. Shuning uchun, ularning moylovchanlik xossalarini yaxshilash uchun maxsus qo‘shimchalarga ehtiyoj mavjud.
2025-07-09
DEHQONCHILIK UCHUN YAROQSIZ BO‘LGAN HUDUDLARDA INNOVASION USLUBDA EKSPORTBOP QULUPNAY YETISHTIRISHNI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada dehqonchilik uchun yaroqsiz bo‘lgan hududlardan samarali foydalanish orqali eksportbop qulupnay yetishtirish tizimini innovasion usullar asosida tashkil etish masalalari yoritilgan. Asosiy e’tibor, agrotexnik va agrosanoat innovatsiyalarini tadbiq etish, muqobil (gidroponika, vertikal ferma, konteynerli issiqxonalar) texnologiyalarni joriy etish orqali resurslardan oqilona foydalanishga, hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan. Maqolada shuningdek, zamonaviy irrigatsiya tizimlari, quyosh energiyasidan foydalanish, mahalliy va xorijiy bozorlarga yo‘naltirilgan mahsulot sifati va logistika masalalari ham tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari innovasion yondashuvlar asosida qiyin iqlim va tuproq sharoitida ham yuqori hosildorlikka erishish imkoniyatlarini ochib beradi.
2025-07-10
KOREYA TA’LIM TIZIMIDA KOGNITIV FAOLLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI DASTURLAR MAZMUNI
Ushbu maqolada Koreya ta’lim tizimida o'quvchilarni kognitiv faollikni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, ularning mazmuni, ta’lim tizimidagi ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Shuningdek ushbu dasturlar ta'lim sifatini oshirishga va o'quvchilarning kelajakdagi muvaffaqiyatlarini ta'minlashga xizmat qilishi ta’kidlanadi.
2025-07-11
TIJORAT BANKLARIDA KASSA ISHINI TASHKIL ETISH, NAQD PUL VA BOSHQA QIMMATLIKLARNI INKASSASIYA QILISH HISOBI VA AUDITINI TAKOMILLASHTIRISH
Ushbu ilmiy tezisda tijorat banklarining kassa amaliyotlarini samarali tashkil etish, naqd pul va boshqa qimmatliklarni inkassatsiya qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari, buxgalteriya hisobi va ichki audit jarayonlari kompleks yondashuv asosida o‘rganilgan. Banklar faoliyatida naqd pul bilan ishlash va ularning aylanmasini nazorat qilish eng muhim moliyaviy jarayonlardan biri hisoblanib, bu yo‘nalishda yuzaga keladigan muammolar butun bank tizimining xavfsizligi, likvidligi hamda ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
2025-07-11
MURAKKAB STRUKTURALI TOMIRSIMON OLTIN KONLARIDA KON BOSIMINING NAMOYON BO‘LISHI VA UNING SABABLARI
Murakkab strukturali tomirsimon oltin konlarida kon bosimi geologik va texnogen omillar ta’sirida namoyon bo‘lib, qazib olish jarayonining barqarorligiga va xavfsizligiga sezilarli darajada ta’sir qiladi. Ushbu maqolada kon bosimining shakllanish omillari, uning namoyon bo‘lish xususiyatlari hamda oldini olish usullari tahlil qilinadi. Tadqiqotda geofizik kuzatuvlar, raqamli modellashtirish va kon bosimi monitoringi natijalari asosida kon bosimining dinamikasi va uning tog‘ jinslariga ta’siri o‘rganilgan. Olingan natijalar asosida kon ishlari jarayonida xavfsizlikni oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan..
2025-07-11
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA INFORMATIKA TERMINLARINING SHAKLLANISHI
Mazkur tezis ingliz va o‘zbek tillarida informatika sohasi terminlarining shakllanishi, ularning lingvistik va semantik xususiyatlari, tarjima usullari hamda o‘zbek tilida qo‘llanilish holatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Asosan inglizcha IT terminlarining o‘zbek tiliga kirib kelish mexanizmlari: transliteratsiya, kalkalash, semantik moslashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qabul qilish kabi yo‘llar tahlil qilingan. O‘zbek tilining leksik tizimiga yangi informatika terminlarining integratsiyasi, ularning o‘zlashtirilish darajasi va lingvistik moslashuvi yoritilgan.
2025-07-11
BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA BADIIY ASARLARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI
Mаzkur maqolada boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash, ona tili ta’limida qo’llaniladigan usullar, o‘quvchilarning og‘zaki va yozma nutqini shakllantirishda so’zning asosiy omil ekanligi haqida fikr yuritilgan. Boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilarda so‘z boyligini rivojlantirish, ularning nutqini to‘g‘ri yo‘naltirish va ifodali nutq ko‘nikmalarini shakllantirish kelgusidagi ta’lim jarayoniga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
2025-07-14
MOLIYAVIY NATIJALARNING HAQQONIYLIGINI BAHOLASHDA ICHKI NAZORAT TIZIMINING ROLI
Ushbu maqolada moliyaviy natijalarning haqqoniyligini ta’minlashda ichki nazorat tizimining o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan yoritilgan. Tadqiqot davomida ichki nazorat tizimining asosiy tarkibiy qismlari, ularning moliyaviy hisobotlarga ta’siri hamda xatoliklar va firibgarliklarning oldini olishdagi roli tahlil qilindi. Shuningdek, xalqaro standartlar (jumladan, COSO modeli) hamda O‘zbekiston amaliyotidagi real misollar asosida nazorat tizimining samaradorlik darajasi baholandi. Muallif ichki nazorat mexanizmlarining takomillashtirilishi orqali tashkilotning moliyaviy shaffofligini oshirish, investitsion jozibadorligini kuchaytirish mumkinligini asoslab berdi. Maqola natijalari amaliyotchi auditorlar, buxgalterlar hamda moliyaviy menejerlar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
2025-07-14
TIJORAT BANKI KREDITLARINING KICHIK BIZNES RIVOJLANISHI ORQALI AHOLI BANDLIGINI OSHIRISHDAGI O‘RNI
Ushbu tezisda tijorat banklari, xususan, “Hamkorbank” ATB tomonidan kichik biznes subyektlarini kreditlash amaliyoti tahlil qilinib, bu jarayonning aholi bandligini oshirishdagi o‘rni o‘rganiladi. Tadqiqotda kichik biznesga yo‘naltirilgan moliyaviy resurslar orqali yangi ish o‘rinlari yaratilishi, iqtisodiy faollikning kuchayishi va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashdagi bank kreditlarining bevosita va bilvosita ta’siri yoritiladi. Shuningdek, kreditlash mexanizmlari, ularning tarmoqlar kesimidagi samaradorligi va aholi bandligiga qo‘shgan hissasi statistik tahlillar asosida baholanadi. Tezisda natijalari asosida kichik biznesni kreditlash orqali barqaror bandlikni ta’minlashga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
2025-07-14
TOURISM BRAND OF UZBEKISTAN: THE ROLE OF GUIDES AND THEIR PROFESSIONAL TRAINING IN THE DEVELOPMENT OF INCLUSIVITY
The recent policy of accelerated development of tourism in Uzbekistan, attraction of investments in the industry is aimed at maximum realization of the existing considerable potential and enhancement of the country's tourist image. The new impetus is built, first of all, on the solid foundation created in this area during the years of independence. Indeed, every year the interest in Uzbekistan as a land with an amazing history, bright architecture, unique culture is growing in the tourist world. And this is not accidental. There are over seven thousand monuments of different eras and civilizations on the territory of the republic, most of which are located in the ancient cities of the country, such as Samarkand, Bukhara, Khiva, Tashkent, Shakhrisabz. They are included in the UNESCO World Heritage List. Rich flora and fauna, amazing landscape, contrast of natural zones, diversity of cultural traditions and national cuisine, united in one place, can be found only in a few corners of the planet.
2025-07-14
QORAQOLPOG‘ISTONNING IQLIMI EKSTREMAL AHOLI PUNKTLARIDA YOMG‘IR SUVLARINI YIG‘ISH VA ULARDAN FOYDALANISH
Ushbu maqolada geografik iqlim sharoiti noqulay bo‘lgan aholi punktlari hududlarida suv resurslarining yetarli bo‘lmaganligi sababli suv ta’minotida jiddiy muammolar yuzaga kelgan Qoraqalpog‘istonning Orol bo‘yi mintaqasi hududlarida suv ta’minotida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan. Yomg‘ir suvlarini yig‘ish usuli bilan suvtejamkor sug‘orish texnologiyalarini birgalikda qo‘llash orqali ekologik va landshaft muammolarini yechish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.
2025-07-14
SUDGACHA VA SUD JARAYONIDAGI MEDIATSIYA: QIYOSIY TAHLIL VA AMALIY JIHATLAR
Ushbu tezisda O‘zbekiston Respublikasining huquqiy tizimida mediatsiya institutining sudgacha va sud jarayonidagi o‘rni va ahamiyatini qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlari va ilmiy adabiyotlarga asoslangan holda mediatsiyaning huquqiy asoslari, sudgacha va sud jarayonidagi xususiyatlari, afzalliklari va ayrim kamchiliklari yoritiladi hamda mediatsiyaning amalda qo‘llanilishi, muammolari va rivojlanish istiqbollari tahlil qilinib, mediatsiyaning sud tizimiga ta’siri, nizolarni muqobil hal etishning samaradorligi va jamiyatdagi huquqiy madaniyatni rivojlantirishdagi roli o‘rganiladi.
2025-07-14
«ВОЯГА ЕТМАГАНЛАРНИ ФОҲИШАЛИККА ЖАЛБ ҚИЛИШ БИЛАН БОҒЛИҚ ЖИНОЯТЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ЧОРАЛАРИ»
Ўзбекистонда вояга етмаганларни фоҳишаликка жалб қилиш билан боғлиқ жиноятлар ҳозирги кунда ҳам долзарб ижтимоий муаммолардан бири бўлиб қолмоқда. Мақолада мазкур турдаги жиноятларнинг олдини олиш бўйича амалга оширилаётган ҳуқуқий ва ташкилий чоралар таҳлил қилинади, амалдаги қонунчиликнинг камчиликлари кўрсатиб ўтилади ҳамда уларни такомиллаштириш бўйича таклифлар илгари сурилади. Шунингдек, турли олимларнинг фикрлари таққосланади ва муаллифнинг шахсий қарашлари ёритилади. Тадқиқот натижалари вояга етмаганларнинг ҳуқуқий ҳимоясини кучайтириш, профилактика самарадорлигини оширишга қаратилган таклифлар ишлаб чиқишга хизмат қилади.
2025-07-15
TURKIYADA ALISHER NAVOIY NOMI VA MEROSINING BADIIY-MADANIY QADRLANISHI
Ushbu maqolada Alisher Navoiy merosining Turkiyada badiiy va madaniy jihatdan qanday qadrlanishi, uning zamonaviy turk adabiyotidagi ta’siri hamda ilmiy hamkorliklar orqali davom etayotgan izlanishlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarixiy manbalar va zamonaviy adabiyotshunoslik qarashlari asosida tahliliy yondashuv qo‘llaniladi.
2025-07-16
LISTENING IS THE MOST USEFUL SKILL TO IMPROVE ENGLISH SPEAKING
Listening is a foundational language skill that significantly influences the development of effective English-speaking abilities. This paper examines the crucial role of listening in enhancing pronunciation, vocabulary acquisition, fluency, and overall communication confidence. By providing authentic language input, listening helps learners internalize grammatical structures and conversational patterns necessary for natural speech. The paper also discusses practical strategies for integrating listening activities into language teaching to promote speaking proficiency. Ultimately, the study underscores that prioritizing listening practice is essential for learners aiming to improve their English-speaking skills effectively.
2025-07-16
РОЛЬ ПРОЕКТНОГО МЕНЕДЖЕРА ЦЕПОЧКИ ПОСТАВОК В ОБЕСПЕЧЕНИИ КАЧЕСТВА ЦЕПЕЙ ПОСТАВОК
Качество и надежность функционирования цепочек поставок оказывают существенное влияние на экономическую эффективность и конкурентоспособность государства. Современная глобальная экономика характеризуется высокой взаимосвязанностью: доля внешней торговли Узбекистана достигла 57% ВВП, а экспорт за последние годы вырос в 2,2 раза. Однако мировая конъюнктура остается нестабильной: новые торговые барьеры и тарифы замедляют рост и сокращают объёмы международной торговли. Главная опасность состоит в вероятности сбоев в глобальных цепочках поставок, как это было в период пандемии. Под угрозой оказываются ведущие отрасли экономики с высоким экспортным потенциалом – текстильная, электротехническая, автомобилестроительная, пищевая и др..
2025-07-16
OZIQ-OVQAT SANOATIDA BARQARORLIK VA YASHIL MARKETING: “NESTLE” KOMPANIYASI MISOLIDA
Mazkur maqolada oziq-ovqat sanoatida yashil marketingning roli va barqarorlikka erishishdagi ahamiyati tahlil qilinadi.
2025-07-17
TURIZM SANOATIDA INNOVATSION BOSHQARISH USULLARINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Ushbu tezisda turistik korxonalarda qo‘llanilayotgan zamonaviy boshqaruv yondashuvlari — xususan, Lean management, Agile metodologiyasi va Design Thinking konsepsiyalarining amaliyotda qanday moliyaviy natijalar keltirayotgani, ularning rentabellik, foyda normasi va investitsiyadan qaytish (ROI) ko‘rsatkichlariga ta’siri tahlil etiladi. Ilmiy manbalar, real biznes modellar va ROI tahlillari asosida innovatsion boshqaruv uslublari turizm sanoati uchun iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi asoslab beriladi.
2025-07-18
SHAKAR O‘RNIDA IKKILAMCHI UZUM MAHSULOTLARI SHARBATIDAN FOYDALANIB, INNOVATSION METOD YORDAMIDA QISHLOQ XO‘JALIGI MAHSULOTLARI VA MEVALARI SUKATLARINI ISHLAB CHIQARISH
Mazkur maqolada ikkilamchi uzum mahsulotlaridan olingan sharbat (shira) asosida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va mevalarni qayta ishlab, sukatlar (qandlangan quritilgan mahsulotlar) ishlab chiqarish bo‘yicha innovatsion usullar tahlil etilgan. Bu texnologiya meva va sabzavotlarni mavsumdan tashqari vaqtlarda ham saqlash, qo‘shimcha qiymatga ega mahsulot yaratish hamda eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish imkonini beradi.
2025-07-21
ILMIY METODLARNING ADABIYOTSHUNOSLIKDAGI O’RNI
Ilm-fan nihoyatda muvaffaqiyatli inson faoliyati hisoblanadi. Ilmga xos deb hisoblangan faoliyatlar orasida tizimli kuzatuv va tajriba o’tkazish, induktiv va deduktiv fikrlash, gipotezalar va nazariyalarni shakllantirish va sinovdan o’tkazish ilmiy jarayonlarning asosi hisoblanadi. Ilm-fanning turli sohalarida “metod” so’zi juda keng qo’llaniladi va har bir sohaning o’z tadqiqotlari, metodlari mavjud. Odatda, metodlar, masalan, ilmiy tadqiqotlar yoki texnologik jarayonlar doirasida, muayyan maqsadga erishish uchun tizimli va aniq belgilangan usullar, qadamlar yig’indisi sifatida tushuniladi. Metod o’zi nima degan savolga bugungi kunda judayam ko’plab va xilma hil javoblar topish mumkin. Metodlar bu – bilim olish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun tizimli tarzda belgilangan yondashuv va protseduralar to’plamidir.
2025-07-21
DEVELOPING AI-DRIVEN VIRTUAL LABS FOR TEACHING COMPUTER TECHNOLOGIES IN ENGLISH
This article explores the development and implementation of AI-driven virtual labs for teaching computer technologies through the medium of English. These virtual labs leverage advanced technologies such as intelligent tutoring systems, natural language processing, and adaptive learning algorithms to create personalized, interactive, and engaging educational experiences. The dual objective is to enhance both technical competence and language proficiency, equipping learners with the necessary skills for success in the global digital economy. The paper reviews existing platforms, highlights potential challenges, and suggests future directions for interdisciplinary collaboration and ethical considerations.
2025-07-21
ABDUQAYUM YOʻLDOSHEV HIKOYALARIDA RAMZIYLIKNING OʻRNI
Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Abduqayum Yoʻldoshevning hikoyalari tahlil qilingan. Ayniqsa, ijodkor hikoyalarida ramziylikning oʻrni alohida ahamiyat kasb etgan. Xususan, yozuvchi hikoyalaridagi davr ruhiyati, ijtimoiy kayfiyat masalalari haqida mulohazalar bildirilgan. Hikoyalardagi obrazlar ruhiyati va psixologiyasi orqali davr manzarasi aks ettirilgan.
2025-07-21
ТАСАВВУФ ТАЪЛИМОТИНИ ЎРГАНИШНИНГ ИЛМИЙ-МЕТОДОЛОГИК АСОСЛАРИ (НАЖМИДДИН КОМИЛОВ ТАДҚИҚОТЛАРИ МИСОЛИДА)
Мақолада Нажмиддин Комиловнинг тасаввуф тарихини ўрганиш бўйича олиб борган илмий-тадқиқот ишлари таҳлил этилган. Тасаввуф таълимотининг вужудга келиши, шаклланиш даври ва тараққиёт босқичлари ҳақидаги профессор Н.Комиловнинг илмий қарашлари асосида тасаввуф таълимотини ўрганишнинг илмий-методологик жиҳатлари ёритилган. Н.Комиловнинг тасаввуф тарихига оид тадқиқотларининг ўзига хос хусусиятлари, унинг тадқиқот методологияси ва концептуал ёндашувлари тизимли равишда таҳлил қилинган. Тасаввуфнинг зоҳидлик, орифлик ва ошиқлик даврлари таснифидаги илмий ёндашувлар, шунингдек тасаввуфнинг футувват билан боғлиқлиги масаласи Н.Комилов қарашлари орқали очиб берилган.
2025-07-21
DUАL TА’LIM SHАROITIDА KАSBIY O‘Z-O‘ZINI RIVOJLАNTIRISHGА TА’SIR ETUVCHI OMILLАR
ushbu mаqolаdа duаl tа’lim texnologiyаsi shаroitidа bo‘lаjаk mutаxаssislаrning kаsbiy o‘z-o‘zini rivojlаntirishigа tа’sir etuvchi omillаr tаhlil qilinаdi. Xususаn, tа’lim vа ishlаb chiqаrish muаssаsаlаri o‘rtаsidаgi hаmkorlik, tаlаbаlаrning ichki motivаtsiyаsi, mustаqil tа’lim olish ko‘nikmаlаri, refleksiyа vа o‘zini bаholаsh mexаnizmlаri аsosiy omillаr sifаtidа ko‘rib chiqilаdi. Shuningdek, duаl tа’lim modeli аsosidа kаsbiy rivojlаnishni tа’minlаshdа mentorlik, аmаliyotgа yo‘nаltirilgаn tа’lim rejаsi vа zаmonаviy pedаgogik texnologiyаlаrning o‘rni ochib berilаdi. Tаdqiqot nаtijаlаri kаsbiy kompetensiyаni shаkllаntirish jаrаyonidа o‘z-o‘zini rivojlаntirishni qo‘llаb-quvvаtlovchi omillаrni аniqlаsh vа ulаrni pedаgogik аmаliyotgа tаdbiq etish imkonini berаdi.
2025-07-21
SOTSIOLOGIYANING JAMIYATDAGI ROLI VA AHAMIYATI. NAZARIY VA AMALIY TAHLIL
Sotsiologiya — jamiyat hayotini, ijtimoiy munosabatlarni va insonlarning o‘zaro aloqalarini o‘rganadigan ilmiy soha hisoblanadi. Ushbu maqolada sotsiologiyaning nazariy asoslari, tadqiqot metodlari va jamiyatdagi roli yoritiladi. Sotsiologiyaning rivojlanishi tarixiy jihatdan ko‘rib chiqilib, uning bugungi zamondagi dolzarbligi ta’kidlanadi. Tadqiqot metodologiyasi qismida asosiy ilmiy yondashuvlar, jumladan, anketalar, kuzatuvlar va statistik usullar ko‘rib chiqiladi. Maqola asosiy qismida sotsiologiyaning ijtimoiy institutlar, mehnat, oilaviy munosabatlar va madaniyat kabi sohalardagi o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari sotsiologiya fanining jamiyatni tushunishda, ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal qilishda muhim vosita ekanligini ko‘rsatadi. Xulosa qismida sotsiologiyaning ilmiy va amaliy ahamiyati, shuningdek, uning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi haqida fikrlar bayon etiladi. Maqola 12 ta manbalar asosida yozilgan bo‘lib, zamonaviy va klassik adabiyotlar yoritilgan. Umuman olganda, sotsiologiya jamiyatni o‘rganish va rivojlantirishda muhim fan ekani tushuntiriladi.
2025-07-21
BOSHLANG’ICH SINFLARDA LEKSIK KO’NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING PSIXOLINGVISTIK VA METODIK ASOSLARI
Ushbu maqolada Ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchilarda til ko’nikmalarini rivojlantirish haqida tushunchalar va metodik usullar ko’rsatilgan. Xorijiy tilni o’rganayotgan o’quvchilarda psixologik, yoshga doir va o’qituvchining metodik usullari tahlil etilgan holda ma’lumotlar berilgan.
2025-07-21
O‘ZBEK AN’ANAVIY MUSIQALARI ASOSIDA TALABALARNING MILLIY VA MA’NAVIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH
Mazkur maqolada O'zbek an’anaviy musiqalarining talabalarning milliy va ma’naviy qadriyatlari ruhida tarbiyalanishidagi o‘rni tahlil qilinadi. Shuningdek, musiqiy pedagogika vositalari orqali talabalarda estetik did, vatanparvarlik, xalqchil ruh va ma’naviy immunitetni shakllantirish metodikasini takomillashtirish yo‘llari ochib beriladi.
2025-07-21
МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ ХРОНИЧЕСКОЙ ТРЕЩИНЫ ГУБ
Хроническая трещина губ (fissura labii chronica) представляет собой стойкое нарушение целостности кожно-слизистой границы губ, наиболее часто локализующееся в области красной каймы нижней губы. Заболевание имеет высокую распространённость среди различных возрастных групп, особенно у лиц с повышенной склонностью к сухости кожи, а также у лиц, подверженных воздействию неблагоприятных климатических факторов (низкие температуры, ветер, сухой воздух) и профессиональных вредностей.
2025-07-21
TADQIQOT METODOLOGIYASIDAGI NOANIQLIKLARNI BARTARAF ETISH METODLARI
Ushbu maqolada ilmiy tadqiqot metodologiyasida uchraydigan noaniqliklar va ularni bartaraf etish usullari ko‘rib chiqiladi. Ilmiy metodologiya har qanday tadqiqotning asosiy tayanchi bo‘lib, metodologik xatolar yoki noaniqliklar natijaviylikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Maqolada metodologik noaniqliklarning sabablari, ularni aniqlash yo‘llari hamda zamonaviy metodlar asosida bartaraf etish usullari tahlil qilinadi.
2025-07-22
