Innovative Academy
  • Register
  • Login
  • En
  • Ўз
  • Ру

Innovative Academy

  • Journals
    • Eurasian Journal of Academic Research
    • Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences
    • Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture
    • Eurasian Journal of Law, Finance and Applied Sciences
    • Eurasian Journal of Mathematical Theory and Computer Sciences
  • New Journals
    • Central Asian Journal of Education and Innovation
    • Eurasian Journal of Technology and Innovation
    • Bulletin of pedagogs of new Uzbekistan
    • Bulletin of students of new Uzbekistan
  • Conferences
    • Science and technology in the modern world
    • Applied Sciences in the modern world: problems and solutions
    • Natural Sciences in the modern world: theoretical and practical research
    • Innovative research in the modern world: theory and practice
    • Pedagogy and psychology in the modern world: theoretical and practical research
    • Social Sciences in the modern world: theoretical and practical research
  • Announcements
    • Ilmiy maqola qanday yoziladi?
    • Questions and answers to doctoral studies
    • «Eng yaxshi ilmiy maqola» tanlovi
    • What is the Hirsch index and how to increase it?
    • atm

Search

Advanced filters

Search Results

BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHILARIDA MUSIQA MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INTUITIVLIKNI TARBIYALASH MUAMMOSI

talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirish butun o'quv jarayonida davom etmoqda. Musiqa mutaxassislig talabasi musiqiy asarlarni intuitiv identifikatsiyalash, madaniy yaxlitlikni intuitiv anglash, yosh avlodda sezgi shakllanishi va boshqalar bilan bog'liq kasbiy kompetentsiyalarga ega bo'lishi kerak. Sezgi egaligi muammosi talabaning kasbiy faoliyatida musiqiy va pedagogik anaviklarni rivojlantirish uchun intuitiv asoslarni ongli ravishda yaratishi bilan bog'liq. Musiqaga professional intuitiv egalik qilish madaniyatda shaxsning ongli va ongsiz musiqiy mavjudligining belgisiga aylanadi. Pedagogik faoliyat jarayonida musiqiy madaniyatning intuitiv asoslarini tarbiyalash talabada gumanistik ko'rsatmalarni keltirib chiqaradi. Sezgi bo’lajak o'qituvchi-musiqachining pedagogik faoliyatida zarur bo'lgan musiqiy madaniyatni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Maqolaning maqsadi musiqiy madaniyatni shakllantirishda talabalarda sezgini tarbiyalash muammosini asoslaniladi.

Saodat Muratova

36-40

2024-02-20

KORPORATIV MADANIYATNI SHAKLLANTIRISHDA RAHBARLIK USLUBLARINING TA’SIRI

Hozirgi biznes muhitida korporativ madaniyat tashkilotning raqobatbardoshligini, xodimlarning motivatsiyasini va natijaviyligini belgilovchi muhim omillardan biridir. Organizational Behaviour va menejment tadqiqotlarida ko‘p bora tadqiq etilganidek, rahbarlik uslubi tashkilot ichidagi madaniyatni shakllantirishda bevosita rol o‘ynaydi. Masalan, rahbar xatti-harakati, qadriyatlar tizimi, kommunikatsiya uslubi va qaror qabul qilish jarayonlari — bularning barchasi korporativ madaniyatga ta’sir qiladi. Shuning uchun, ushbu tezisda birinchi navbatda korporativ madaniyat va rahbarlik uslublarining nazariy asoslari, keyin ularning o‘zaro ta’siri va amaliy misollar orqali qanday ishlashi ko‘rib chiqiladi. Asosiy e’tibor rahbarlik uslublarining qaysi jihatlari korporativ madaniyatni shakllantirishda ijobiy, va qaysilari salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligiga beriladi. Tadqiqot maqsadi — korporativ madaniyatni shakllantirish jarayonida rahbarlik uslubining ta’sirini aniqlash va tashkilotlarda madaniyatni yaxshilash uchun rahbarlik uslublarini qanday optimallashtirish mumkinligini ko‘rsatishdir.

Marhabo Tojiboyeva

137-139

2025-10-27

BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARIDA IJTIMOIY MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISHDA OʻQITUVCHINING OʻRNI VA ROLI

Ushbu maqolada boshlangʻich sinf o'quvchilarining ijtimoiy motivlarini shakllantirishda o'qituvchining roli kattaligi. Asosan,  ijtimoiy motivlarni shakllantirishda o'qituvchining ularga ta'sir koʻrsatishi  va ularni har tomonlama rivojlantirishi haqida.

Gurbanjemal Kakabayeva

66-67

2025-05-31

TASVIRIY SAVODXONLIKKA OID O‘QUV KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA O‘QUVCHILARNI MANTIQIY VA ABSTRAKT FIKRLASHGA O‘RGATISH

Maqolada tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirishda o‘quvchilarni mantiqiy va abstrakt fikrlashga o‘rgatish usullariga oid qarashlar, uni amalga oshirishning pedagogik imkoniyatlari, uning tarkibiy qismlari bo‘lgan o‘quv komponentlari, pedagogik qobiliyat va pedagogik texnika tur va vositalari haqida qimmatli ma’lumotlar keltirilgan. Shuningdek, tasviriy savodxonlikka oid o‘quv kompetensiyalarni shakllantirishda o‘quvchilarni mantiqiy va abstrakt fikrlashga o‘rgatish usullari borasida tavsiyalar berilgan.

Sunnat Shovdirov

193-196

2023-12-15

TIBBIY SAVODXONLIKNI SHAKLLANTIRISHDA XALQ PEDAGOGIKASI

ushbu maqola aholi orasida tibbiy savodxonlikni rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, bunday sanitar-gigienik vazifalarni shakllantishda bolalik chog'laridan boshlashning eng sodda usullari berilgan. Tibbiy savodxonlikni shakllantirishda kattalar tomonidan tadbiq etiladigan turli metodik ko'rsatmalar va usullar haqida yoritilgan.

N.A. Mirzayeva

113-117

2025-02-25

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARDA NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

Ushbu maqolada bugungi kunda dunyoda maktabgacha yoshdagi bolalarning nutq madaniyatini shakllantirishda inovatsion texnologiyalardan amaliyotda foydalanish haqida soʻz yuritilgan  

Dilafruz Yuldasheva , Gulsanam Abdumuminova

8-11

2023-03-23

TALABALARDA ILMIY DUNYOQARASHNI SHAKLLANTIRISHDA PEDAGOGIK AKSIOLOGIYANI AHAMIYATI

Mazkur maqolada talabalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda pedagogik aksiologiyani ahamiyati koʻrib chiqiladi. Shuningdek, ta'limdagi aksiologik yondashuvning tarixiy-nazariy tahlili pedagogik aksiologiya tarkibidagi eng yuqori komponent – “qadriyat” va “dunyoqarash” kategoriyalarining mazmunini aniqlashtirishni belgilaydi.

Shoxsanam Usmanova

51-55

2022-09-22

TASVIRIY FAOLIYAT ORQALI BOLALARNING ESTETIK DIDINI RIVOJLANTIRISH

Mazkur maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning estetik didini shakllantirishda tasviriy faoliyatning ahamiyati tahlil qilingan. Bolalarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning go‘zallikni idrok etish qobiliyatini rivojlantirish, atrof-muhitdagi predmet va hodisalarga nisbatan estetik munosabatini shakllantirishda tasviriy faoliyatning o‘rni alohida o‘rganilgan. Maqolada maktabgacha ta’lim muassasalarida estetik tarbiyani ta’minlash uchun samarali metodlar va amaliy mashg‘ulotlar asosida tavsiyalar berilgan

Laylo Xudoyberdiyeva

75-78

2025-04-13

BOSHLANG'ICH TA’LIMDA FONETIKA ASOSIDA TIL KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISHDA KREATIV YONDASHUV VA AXLOQIY QADRIYATLAR INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida fonetika materiallari asosida o‘quvchilarning til kompetentligini shakllantirishda kreativ yondashuv va axloqiy qadriyatlarni o‘zaro uyg‘unlashtirish masalasi yoritilgan. Tadqiqot doirasida fonetik kompetensiyani rivojlantirish jarayonida kreativ metodlar va didaktik topshiriqlardan foydalanish o‘quvchilarning nutqiy faolligi hamda mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirishga xizmat qilishi asoslab berilgan. Shuningdek, fonetika mashqlari mazmuniga axloqiy qadriyatlarni singdirish orqali o‘quvchilarda nutq madaniyati, ijtimoiy xulq-atvor va shaxsiy mas’uliyatni shakllantirish imkoniyatlari tahlil qilingan. Maqolada kreativ yondashuv va axloqiy qadriyatlar integratsiyasining boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida til kompetentligini samarali rivojlantirishdagi pedagogik imkoniyatlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritilib, amaliy tavsiyalar ilgari surilgan.

Soxiba Zokirova, Olimaxon Buzrukova

41-45

2025-12-25

THE ROLE OF PUBLIC AND PRIVATE UNIVERSITIES IN SHAPING THE MODERN EDUCATIONAL SPACE OF UZBEKISTAN

The article explores the role of public and private universities in shaping the modern educational landscape of Uzbekistan. It analyzes the impact of different models of governance, financing, and academic autonomy on educational quality. The paper identifies the main differences and intersections between public and private higher education institutions, as well as their contribution to the development of the nation's human capital

Дильбар Косбергенова

198-202

2025-11-30

YOSHLAR SOG‘LOM TURMUSH QADRIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA OILA INSTITUTINING TARBIYAVIY FUNKSIYASI (IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLIL)

Ushbu maqolada oila talaba yoshlar hayotida sog‘lom turmush tarziga (STT) bo‘lgan qadriyaviy munosabatni shakllantiruvchi ijtimoiy institut sifatida ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, oilaviy muloqotning, ota-onaning shaxsiy namunasi va qadriyatlarni avloddan avlodga o‘tkazishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu omillar yosh avlodda o‘z sog‘lig‘ini asrashga yo‘naltirilgan ijtimoiy-povedencheskiy pozitsiyani shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Faridaxon Ochilova

112-117

2025-06-30

O‘ZBEKISTONDA AXBOROTDAN OQILONA FOYDALANISH MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHDA TA’LIM VA TARBIYANING O‘RNI

Ushbu maqolada O‘zbekistonda axborot texnologiyalari jadal rivojlanayotgan davrda axborotdan oqilona va mas’uliyatli foydalanish madaniyatini shakllantirishda ta’lim va tarbiyaning hal qiluvchi o‘rni yoritilgan. Yosh avlod ongida tanqidiy fikrlash, axborot xavfsizligi va media savodxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligini ta’kidlab, maktabgacha ta’limdan boshlab oliy ta’limgacha bo‘lgan tizimda ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar tahlil qilingan. Shuningdek, oilaning, o‘qituvchilarning va jamiyatning umumiy mas’uliyati haqida fikr yuritilib, samarali usullar va takliflar keltirilgan. Maqola ta’lim-tarbiya orqali axborotga nisbatan ongli munosabatni shakllantirish bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan.

N.A. Akbarova, A.P. Minavvarjonov

4-7

2025-05-15

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING SHAXMAT O’RGATISH JARAYONIDA MANTIQIY FIKRLASH VA SHAXSIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI

Ushbu maqolamizda yosh avlodni ta’lim tarbiya berishda shaxsiy sifatlarini shakllantirishda shaxmat o’yini orqali boshlang’ich sinf o’quvchilarida shaxsiy sifat va mantiqiy fikrlashlarini shakllantirishda amaliyoti omili muhim ekanligi sababli jahonda uni chuqur tadbiq etishga dolzarb ilmiy-amaliy masala sifati to’g’rsida ma’lumot berilgan.

Umidjon Xoliqov, Madina Abdualimova

110-115

2023-04-25

ZIYOLILAR MAFKURASINI SHAKLLANTIRISHDA RIVOJLANGAN MAMLAKATLAR TAJRIBASI

Ushbu maqola zamonaviy jamiyatda ziyolilar mafkurasining shakllanishida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o'rganishga bag'ishlangan. Maqolada G'arb va Sharq mamlakatlari misolida ziyolilar mafkurasining shakllanishi, uning asosiy komponentlari, amaliy mexanizmlari va O'zbekiston sharoitiga moslashuv imkoniyatlari tadqiq etilgan. Maqolada AQSh, Yaponiya, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlari tajribasi qiyosiy tahlil qilingan. Zamonaviy axborot jamiyati sharoitida ziyolilar mafkurasining transformatsiyasi, uni rivojlantirishning innovatsion yo'llari va global kontekstda milliy xususiyatlarni saqlash masalalari atroflicha yoritilgan. Maqola ziyolilar mafkurasini shakllantirishda davlat va fuqarolik jamiyatining o'zaro ta'sirini takomillashtirish, ziyolilarning ijtimoiy mavqeini oshirish va ularning jamiyatdagi rolini kuchaytirish bo'yicha amaliy tavsiyalar bilan yakunlanadi.

Abduhalil Sodiqov

44-47

2025-03-31

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING MANTIQIY TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK MATERIALLARNING O‘RNI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mantiqiy tafakkurini rivojlantirish jarayonida didaktik materiallarning tutgan o‘rni ilmiy-nazariy jihatdan yoritilgan. Mavzuga oid pedagogik va psixologik manbalar tahlil qilingan holda, mantiqiy tafakkurni shakllantirishda vizual, amaliy va interfaol didaktik vositalardan foydalanishning samarali tomonlari ochib berildi. Shuningdek, maktab amaliyoti misolida didaktik o‘yinlar, topishmoqlar, mantiqiy masalalar va grafik organayzerlarning o‘quvchilarda tahliliy fikrlashni rivojlantirishdagi ahamiyati asoslab berilgan.

Gulira’no Sultonova , Davlatxon Rustamova

136-138

2025-12-19

MAKTABGACHA TA’LIM YOSHDAGI BOLALARNING IJODIY QOBILIYATLARI VA UNI SAMARALI RIVOJLANTIRISH OMILLARI

Bolalarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishda turli omillar turlicha ta’sir etadi. Bu omillar ichida ijodiy va matiqiy tafakkurni rivojlantirish eng asosiysi hisoblanadi. Zero, bolada tasavvur, tushunchalarning shakllanish jarayoni aynan maktabgacha ta lim muassasasidan boshlanadi va bu davr dunyoqarashni shakllanishning mazmunini hajm jihatidan eng salmoqli bosqichdir. Shuning uchun ham tushuncha va tasavvurlarni shakllantirishda maktabgacha yoshidagi davri asosiy davr hisoblanadi.  

Ilhomjon Soliyev , Nigora Sobirova

22-25

2023-03-24

MADANIYATNING SHAKLLANTIRISHDA OILANING MUHIM AHAMIYATI

Ushbu maqolada muallif tomonidan oilaviy qadriyatlar tizimi aosida madaniyatning shakllantirishda uning muhim ahamiyati ko’rib chiqiladi va tahlil qilinad. Shuningdek, eng avvalo oila va nikoh munosabatlarini takomillashtirishning qonuniy bazasi yaratilib, oila jamiyatning ustivor yoʼnalishiga aylantirildi va uni muhofaza qilishga qaratilgan qator qonunlar va qonun osti hujjatlarni ham qabul qilinganligini, shu bilan bir qatorda oila maktablariga ham davlatimiz tomonidan katta etibor qaratilmoqda. Ko’p asrlar davomida oila har qanday tsivilizatsiyalashgan jamiyat ijtimoiy tuzilishining zaruriy tarkibiy qismi bo’lib kelgan. Jamiyat oiladan boshlanadi, shaxsning shakllanishi unda sodir bo’ladi.

Dilfuza Nosirova

187-192

2022-12-10

BOSHLANG'ICH SINF O‘QUVCHILARINING TASAVVURINI SHAKLLANTIRISHDA ETNOPEDAGOGIKANING O‘RNI

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining tasavvur jarayonini shakllantirishda etnopedagogikaning psixologik-pedagogik va madaniy-ma’naviy ahamiyati tahlil qilinadi. Xususan, xalq og‘zaki ijodi, urf-odatlar, qadimiy marosimlar, afsonaviy obrazlar orqali bolalarda obrazli fikrlash, ijodkorlik, emotsional sezgirlik, madaniy identifikatsiya kabi psixik xususiyatlarni rivojlantirish imkoniyatlari yoritiladi. Maqolada shuningdek, etnopedagogik yondashuvlar asosida metodik vositalarning didaktik samaradorligi, tasavvur bilan bog‘liq faoliyat turlarining bola shaxsiyati shakllanishiga ta’siri empirik va nazariy asosda bayon etiladi. 

Zulayho Negmatova

101-105

2025-06-24

GRAMMATIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA O‘YINLI METODLARNING O‘RNI

Ushbu maqolada o‘zbek tili ta’limida grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida o‘yinli metodlardan foydalanishning samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — grammatik bilimlarni o‘quvchilarga qiziqarli va faol ishtirok asosida yetkazish, ularning nutqiy va grammatik kompetensiyasini rivojlantirishdir. Tadqiqot jarayonida umumta’lim maktabining 3–4-sinfida tahsil olayotgan 30 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Tajriba davomida “Grammatik domino”, “So‘z zanjiri”, “Top va javob ber”, “Kim chaqqon?” kabi interfaol va o‘yinli topshiriqlar qo‘llanildi. Natijada tajriba guruhi o‘quvchilarining grammatik qoida va shakllarni anglash, ularni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash ko‘rsatkichlari an’anaviy metod bilan taqqoslaganda sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Tadqiqot grammatik ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘yinli metodlar motivatsiyani kuchaytirishi, faol ishtirokni ta’minlashi va o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam berishini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar o‘zbek tili ta’limida interfaol metodlarni keng joriy etish zarurligini asoslaydi.

Dilbar Aytimbetova

69-72

2025-10-18

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARDA ESTETIK DID VA MADANIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDA MUZEY PEDAGOGIKASINING O‘RNI

Maqolada bo‘lajak o‘qituvchilarda estetik did va madaniy tafakkurni shakllantirishda muzey pedagogikasining o‘rni yoritiladi. Estetik did shaxsning go‘zallikni anglash, qadrlash va yaratish qobiliyati bo‘lib, u pedagogning kasbiy madaniyati va tarbiyaviy faoliyatida muhim o‘rin tutadi. Madaniy tafakkur esa shaxsning milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ongli munosabati, tarixiy merosni anglash va zamonaviy madaniy jarayonlarda faol ishtirok etish qobiliyatini ifodalaydi. Maqolada muzey resurslarining estetik va madaniy tarbiyada tutgan o‘rni, interfaol metodlar, raqamli muzey imkoniyatlari hamda xorijiy va milliy tajribalar tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida muzey pedagogikasini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘lajak o‘qituvchilarning umummadaniy kompetensiyasini rivojlantirishning muhim mexanizmi ekanligi asoslanadi.

Durdonaxon Murodova

51-53

2025-09-23

O‘QUVCHILARNING EKOLOGIK ONGINI SHAKLLANTIRISHDA VIRTUAL SAYOHATLAR VA AR TEXNOLOGIYALARINING O‘RNI

Mazkur tezisda o‘quvchilarning ekologik ongini shakllantirishda virtual sayohatlar va kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalarining o‘rni tahlil qilinadi. Ushbu texnologiyalar orqali ekologiya mavzularining interaktiv va vizual tarzda o‘qitilishi o‘quvchilarda atrof-muhitni asrashga bo‘lgan qiziqishni oshirishi va ularning ekologik xulq-atvorini ijobiy tomonga o‘zgartirishga yordam berishi ko‘rsatildi.

Nozima Nuriddinova

24-27

2025-06-16

O‘SMIRLARNING KREATIV FIKRLASHINI SHAKLLANTIRISHDA TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI

Ushbu maqola o‘smirlarning kreativ fikrlash qobiliyatlarini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning muhimligini ochib beradi. Maqolada kreativ fikrlashning ta’rifi, innovatsion texnologiyalarning turlari, va ularning o‘smirlar uchun ahamiyati tahlil qilinadi. Maqola, shuningdek, ilmiy izlanish va amaliyotdan olingan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, bu esa o‘quvchilarga mavzu bo‘yicha keng qamrovli tushuncha beradi.

Nodira Bobonazarova

167-169

2025-02-18

ONA TILI DARSLARIDA ORFOGRAFIK MALAKALARNI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK O‘YINLARDAN FOYDALANISH METODIKASI

Didaktik o‘yinlar orfografik malakalarni shakllantirishda samarali metodik vosita hisoblanadi. O‘yinlar yordamida o‘quvchilar o‘zlashtirgan bilimlarni amaliyotda qo‘llashni o‘rganadilar, orfografiya qoidalarini o‘zlashtiradilar va xatolarni tuzatish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar. Bunday o‘yinlar nafaqat bilimlarni o‘rganishni yengillashtiradi, balki o‘quvchilarning motivatsiyasini oshiradi va o‘rganish jarayonini qiziqarli qiladi.

Maxfuza Omonillayeva

19-22

2024-11-12

BO‘LAJAK MUSIQA O‘QITUVCHILARIDA MUSIQIY-RITMIK KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHDA G‘ARB MUTAFAKKIRLARI QARASHLARI

ushbu maqolada musiqiy-ritmik kompetensiyalarni shakllantirishda g‘arb mutafakkirlarining qarashlari, musiqaning insonning axloqiy olamiga yaqinligi, pedagogikada musiqa, plastik san‘at sintezida ruh, tanani tarbiyalashning ulkan imkoniyatlari, she’riyatni, raqsni, falsafani, ijodni birlashtirish va boshqalar to‘g‘֥risida yozilgan.

Xonzoda Ibragimova , Tohirjon Ismailov

59-62

2024-06-19

ZAMONAVIY SHAROITDA YOSHLARNI BARKAMOL SHAXS SIFATIDA KAMOL TOPTIRISHDA TA’LIM VA TARBIYA INTEGRATSIYASI

Ushbu maqolada hozirgi davrda yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda ta'lim va tarbiyaning uzviyligi hamda bugungi kundagi mamlakatimiz ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili shuningdek ushbu islohotlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda uning yoshlarni barkamol shaxs sifatida shakllantirishda o‘rni va roli tahlil qilingan.

Qaljan Ayimbetova

97-99

2026-02-11

1 - 25 of 500 items 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 > >> 

Indexing

butom

Requirements Editorial Board Politics Send the material

Language

  • English
  • Uzbek (latin)
  • Русский

Developed By

Open Journal Systems

CONTACT

Republic of Uzbekistan, Tashkent, st. Shirin 53, 100131


(+998) 935692306


info@in-academy.uz


© Copyright 2021-2023 «Innovative Academy RSC» LLC. All Rights Reserved

Innovative Academy