GRAMMATIK KO‘NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHDA O‘YINLI METODLARNING O‘RNI
Main Article Content
Аннотация:
Ushbu maqolada o‘zbek tili ta’limida grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish jarayonida o‘yinli metodlardan foydalanishning samaradorligi ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi — grammatik bilimlarni o‘quvchilarga qiziqarli va faol ishtirok asosida yetkazish, ularning nutqiy va grammatik kompetensiyasini rivojlantirishdir. Tadqiqot jarayonida umumta’lim maktabining 3–4-sinfida tahsil olayotgan 30 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Tajriba davomida “Grammatik domino”, “So‘z zanjiri”, “Top va javob ber”, “Kim chaqqon?” kabi interfaol va o‘yinli topshiriqlar qo‘llanildi. Natijada tajriba guruhi o‘quvchilarining grammatik qoida va shakllarni anglash, ularni og‘zaki va yozma nutqda to‘g‘ri qo‘llash ko‘rsatkichlari an’anaviy metod bilan taqqoslaganda sezilarli darajada oshgani kuzatildi. Tadqiqot grammatik ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘yinli metodlar motivatsiyani kuchaytirishi, faol ishtirokni ta’minlashi va o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini rivojlantirishga yordam berishini ko‘rsatdi. Ushbu natijalar o‘zbek tili ta’limida interfaol metodlarni keng joriy etish zarurligini asoslaydi.
Article Details
Как цитировать:
Библиографические ссылки:
Karimov S. “Boshlang‘ich sinfda o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi”. – Toshkent: O‘qituvchi, 2020.
Abdullayeva M. “Interfaol metodlar yordamida grammatika o‘qitishning samaradorligi”. – Ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, 2021.
Vygotskiy L.S. “O‘yin faoliyatining psixologik asoslari”. – Moskva, 1984.
Xudoyberdiyeva N. “O‘yin texnologiyalarining ta’limdagi o‘rni”. – Ta’lim va innovatsiyalar jurnali, №3, 2022.
G‘ulomova N. “Boshlang‘ich ta’limda grammatik ko‘nikmalarni shakllantirish yo‘llari”. – Toshkent, 2019.
Nurmatova D. “Interfaol topshiriqlarning til ko‘nikmalariga ta’siri”. – Metodik qo‘llanma, 2021.
Piaget J. “Psixologiya i pedagogika”. – Moskva: Prosveshcheniye, 1999.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat ta’lim standarti (Boshlang‘ich ta’lim). – Toshkent, 2020.
