Центральноазиатский журнал образования и инноваций https://www.in-academy.uz/index.php/cajei
Центральноазиатский журнал образования и инноваций - это рецензируемый международный журнал с открытым доступом, в котором публикуются оригинальные исследования и обзорные статьи, относящиеся к различным областям. Основная цель состоит в том, чтобы предложить интеллектуальную платформу международным ученым, и она направлена на продвижение междисциплинарных исследований в прикладных науках. Все рукописи должны быть подготовлены на узбекском, казахском, таджикском, английском или русском языках и пройти тщательный процесс рецензирования.
ru-RU info@in-academy.uz (Dildora Akbarova) info@in-academy.uz («Innovative Academy RSC» LLC) Tue, 27 Jan 2026 00:00:00 +0000 OJS 3.3.0.8 http://blogs.law.harvard.edu/tech/rss 60 ONA TILI DARSLARIDA BADIIY MATN TAHLILI ORQALI O‘QUVCHILARNING KOGNITIV (BILISH) QOBILIYATLARINI SHAKLLANTIRISH https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72790
Maqolada ona tili darslarida badiiy matn bilan ishlash jarayonida o‘quvchilarning kognitiv jarayonlarini (idrok, xotira, tafakkur, xayol) rivojlantirish masalalari tahlil qilinadi. Bundan tashqari matnda keltirilgan notanish so‘zlar imlosi va tahlili ustida ishlash texnologiyalari berib o‘tiladi. Matnni o‘qish vaqtida integratsiyalashgan metodlardan foydalanishning ahamiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tiladi
Mahmudova Charos Baxtiyor qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72790 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODKORLIK QOBILIYATI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72791
Mazkur maqolada bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida o‘qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo‘llash texnologiyasining nazariy hamda amaliy jihatlari tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi kasb ta’limi jarayonida didaktik vositalarning pedagogik mohiyatini aniqlash, ularni yaratish va ta’lim jarayoniga samarali integratsiya qilish mexanizmlarini asoslashdan iborat. Tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, pedagogik adabiyotlarni o‘rganish, qiyosiy tahlil hamda umumlashtirish metodlaridan foydalanildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, raqamli, interaktiv va multimediya asosidagi zamonaviy didaktik vositalar talabalarning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish, mustaqil va ijodiy fikrlashini rivojlantirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega. Maqolada, shuningdek, didaktik vositalarni qo‘llashda o‘qituvchi va talabalar faoliyatini metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etish hamda o‘quv natijalarini baholashning teskari aloqa mexanizmlari yoritilgan. Tadqiqot xulosalari bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash tizimini takomillashtirishda amaliy ahamiyat kasb etadi
Bozorova Munisa Chuli qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72791 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 BOSHLANGʻICH TAʼLIMDA MILLIY QADRIYATLAR VA ANʼANAVIY TARBIYA GʻOYALARINI SHAKLLANTIRISH MUAMMOSINING DOLZARBLIGI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72792
Ushbu maqolada butun jahon zamonaviylashuvi rivojlangan sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida milliy o‘zlikni anglash, qadriyat va urf-odatlarga hurmat bilan qarash o‘quv-amaliy malakasini shakllantirish dolzarb tarbiyaviy vazifalardan biridir. Mazkur jarayonning metodik asosda tashkil etilishi ta’limning natijadorligiga to’g’ridan to’g’ri ta’sir qiladi
Boymurodova Shalola Ibodullayevna Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72792 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 ART - TEXNOLOGIYALARI VOSITASIDA TALABALARNING KREATIVLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72793
Ushbu maqolada oily ta’lim muassasalarida, xususan magistratura bosqichida ta’lim olayotgan talabalar kreativligini rivojlantirishda art-texnologiyalardan foydalanishning pedagogik-metodik asoslari yoritilgan. Art-texnologiyalarning mohiyati, turlari hamda ularni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish mexanizmlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari art-texnologiyalar talabalarning ijodiy tafakkuri, reflektiv fikrlashi va innovatsion kompetensiyalarini rivojlantirishda samarali vosita ekanligini ko‘rsatadi
Rasulova Bahtigul Sadatovna Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72793 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KREATIV TA’LIM MUHITINI SHAKLLANTIRISHDA IJTIMOIY-EMOTSIONAL KO‘NIKMALARNING PEDAGOGIK AHAMIYATI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72794
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ ta’lim muhitini shakllantirish jarayonida ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarning pedagogik ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil etiladi. Tadqiqot aralash metodologiya asosida olib borilib, kvantitativ va sifatli ma’lumotlar integratsiyalandi. Olingan natijalar ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarning rivojlanganligi bo‘lajak o‘qituvchilarning pedagogik moslashuvchanligi, innovatsion metodlardan foydalanish faolligi hamda kreativ ta’lim muhitini barqaror shakllantirish samaradorligini oshirishini ko‘rsatdi. Tadqiqot natijalari asosida oliy ta’lim tizimida bo‘lajak o‘qituvchilarning ijtimoiy-emotsional tayyorgarligini kuchaytirishga qaratilgan amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Rajabova Charos Sheroziddin qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72794 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 DIFFERENSIAL YONDASHUV TUSHUNCHASINING PEDAGOGIK MOHIYATI VA BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINI TAYYORLASHDAGI O‘RNI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72795
Ushbu maqolada differensial yondashuv tushunchasining pedagogik mohiyati, uning bosqichma-bosqich pedagogik jarayonga tatbiqi hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlashdagi o‘rni tadqiq etilgan. Tadqiqotda differensial yondashuvning ta’lim sifatini oshirish, shaxsga yo‘naltirilgan o‘quv strategiyalarini yaratish va pedagogik kompetensiyalarni rivojlantirishdagi roli yoritilgan. Shuningdek, o‘qituvchilarni tayyorlash jarayonida metodik vositalar, individual o‘quv yondashuvlari va innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati tahlil qilingan
Xurramova Zulayxo Salohiddin qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72795 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MA’NAVIY TARBIYA INDIKATORLARINING KOMPETENSIYAVIY ASOSLARI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72796
Maqolada boshlang‘ich ta’limda ma’naviy tarbiya indikatorlarining kompetensiyaviy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda kompetensiyaviy yondashuvning pedagogik mohiyati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiyani baholash va rivojlantirish imkoniyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, ma’naviy tarbiya indikatorlarini kompetensiyaviy jihatdan aniqlash va ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llash masalalari yoritilgan
Norbutayeva Dilfuza Abdubakir qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72796 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA MANTIQIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72797
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining intellektual salohiyatini oshirishda mantiqiy fikrlash operatsiyalarini (tahlil, sintez, qiyoslash, umumlashtirish) rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari tadqiq etiladi. Maqolada an’anaviy ta’limdan farqli o‘laroq, o‘quvchilarda algoritmlardan tashqari mustaqil mulohaza yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishning samarali metodlari, jumladan, nostandart topshiriqlar va didaktik o‘yinlarning roli ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari mantiqiy fikrlashning o‘quv fanlarini o‘zlashtirish samaradorligiga ta’sirini tasdiqlaydi
Abdirasulova Dilshoda Otabek qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72797 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 BOSHLANG’ICH SINFLARDA PASSIV O'QUVCHILAR MULOQOTINI RIVOJLANTIRISHDA TA’LIMIY O'YINLARDAN FOYDALANISH https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72798
Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'quvchilari orasida kuzatiladigan passivlik holati va uning muloqot ko'nikmalarini rivojlantirishdagi salbiy ta'sirini tahlil qiladi. Zamonaviy ta'lim sharoitida ijtimoiy-kommunikativ kompetensiyalarning ahamiyati ortib borayotganini hisobga olgan holda, maqolada ta'limiy o'yinlarning passiv o'quvchilarni faollashtirish, ularda muloqotga kirishishga bo'lgan qo'rquvni kamaytirish va ijtimoiy ko'nikmalarni shakllantirishdagi samarali vosita sifatidagi roli ilmiy asoslab berilgan. Maqolada kognitiv va ijtimoiy-madaniy rivojlanish nazariyalariga tayangan holda, ta'limiy o'yinlarning passiv o'quvchilarning psixologik to'siqlarini yengishga, ularning motivatsiyasini oshirishga va xavfsiz muhitda muloqotni amalda qo'llash imkoniyatini yaratishga qanday xizmat qilishi atroflicha ko'rib chiqiladi. Shuningdek, turli xil ta'limiy o'yinlar turlari (rolli o'yinlar, guruh o'yinlari, hikoya yaratish o'yinlari va boshqalar) ning muloqotni rivojlantirishdagi mexanizmlari, o'qituvchining bu jarayondagi roli, amaliy tavsiyalar va mavjud muammolar yoritilgan. Tadqiqot xulosalari boshlang'ich ta'lim amaliyotchilari va siyosatchilari uchun passiv o'quvchilarning muloqotini rivojlantirishga qaratilgan samarali strategiyalarni ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi
Abdiyeva Shohista Najim qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72798 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 ELEKTRON DARSLIKLAR BILAN ISHLASH ASOSIDA O‘QUVCHILARDA RAQAMLI KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH MODELI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72799
Mazkur maqolada elektron darsliklar bilan ishlash asosida o‘quvchilarda raqamli kompetensiyani shakllantirishning metodik modeli ishlab chiqilgan. Tadqiqotda raqamli kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati, uning tarkibiy qismlari hamda elektron darsliklarning didaktik imkoniyatlari tahlil qilingan. Taklif etilayotgan model maqsad, mazmun, faoliyat, metodlar va natija komponentlarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, o‘quvchilarning axborot bilan ishlash, raqamli vositalardan samarali foydalanish va mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Maqola natijalari ta’lim jarayonida elektron darsliklardan samarali foydalanish orqali raqamli kompetensiyani shakllantirishga xizmat qiladi
O’ktamova Nigina O’tkir qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72799 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARIDA MILLIY MAFKURANI SHAKLLANTIRISH METODIKASI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72800
Ushbu maqola boshlang'ich sinf o'qituvchilarida milliy mafkurani shakllantirishning metodik asoslari va ahamiyatini tahlil qiladi. Unda milliy mafkuraning nazariy asoslari, pedagogik ahamiyati hamda uni samarali singdirishda o'qituvchining o'rni yoritiladi. Maqolada innovatsion metodik yondashuvlar, o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi va malakasini oshirish masalalari, shuningdek, metodikani amaliyotga tatbiq etishdagi muammolar va ularning yechimlari muhokama qilinadi. Tadqiqot yakunida mavjud muammolarni bartaraf etish va milliy mafkurani o'qituvchilar ongiga chuqur singdirish bo'yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar beriladi..
Esonova Mehrigul Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72800 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 TARBIYASI OG'IR BOLALARNI IJTIMOIYLASHDA OILA-MAKTAB-MAHALLA HAMKORLIGI TEXNOLOGIYASI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72801
Mazkur maqolada tarbiyasi og‘ir bolalarni ijtimoiylash jarayonida oila, maktab va mahalla institutlari hamkorligining pedagogik ahamiyati hamda samarali texnologiyalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tarbiyasi og‘ir bolalar bilan ishlashda yuzaga keladigan muammolar, ularning ijtimoiy moslashuviga ta’sir etuvchi omillar va ushbu jarayonda ijtimoiy institutlar o‘rtasidagi hamkorlikning zaruriyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi.
Pardayeva Feruza Baxtiyor qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72801 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 TABİATSHUNOSLIK FANLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72802
Mazkur maqolada tabiatshunoslik fanlarini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish jarayonini takomillashtirish masalalari va ushbu fanni o’qitish jarayonida qo’llanish mumkin bo’lgan zamoviy pedagogik ,psixologik innovatsion texnologiyalar  ilmiy-uslubiy jihatdan tahlil qilingan.
Gadoymurodova Madina Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72802 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 BOʻLAJAK BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARNING OʻQUV FAOLIYATINI FAOLLASHTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72803
Mazkur maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv faoliyatini faollashtirish metodikasini takomillashtirish masalalari ilmiy-pedagogik jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini oshirishda o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi metod va texnologiyalarning mazmuni hamda ularni ta’lim jarayoniga samarali joriy etish yo‘llari yoritiladi. Shuningdek, interaktiv metodlar, muammoli ta’lim, reflektiv yondashuv va amaliy mashg‘ulotlar asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning mustaqil fikrlashi, kasbiy kompetensiyalari va pedagogik faolligini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab beriladi. Tadqiqot natijalari bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonida o‘quv faoliyatini faollashtirishga qaratilgan metodik tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi
Meliyeva Gulnoza Xomitovna Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72803 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 HAMKORLIK VA JAMOADA ISHLASH TUSHUNCHALARINING PEDAGOGIK -PSIXOLOGIK MOHIYATI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72804
Mazkur maqolada hamkorlik va jamoada ishlash tushunchalarining pedagogik-psixologik mohiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda hamkorlikda o‘qitish jarayonining shaxs rivojiga, ijtimoiylashuvga va ta’lim samaradorligiga ta’siri yoritiladi. Jamoada ishlashning psixologik asoslari, xususan, muloqot, o‘zaro ishonch, motivatsiya va ijtimoiy mas’uliyat kabi omillarning o‘quv jarayonidagi o‘rni asoslab beriladi. Shuningdek, hamkorlikda ta’lim olish o‘quvchilarda ijtimoiy-emotsional kompetensiyalarni shakllantirish, mustaqil fikrlash va muammoli vaziyatlarni birgalikda hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari hamkorlikka asoslangan pedagogik yondashuvlarni ta’lim amaliyotiga samarali joriy etish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishga imkon beradi..
Azizova Charos Abdumannon qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72804 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA O’QUVCHILARGA TABIATNI ASRASH G’OYASINI SINGDIRISHNING PEDAGOGIK-STRATEGIK ASOSLARI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72805
Maqolada zamonaviy global ekologik inqiroz sharoitida o‘quvchilarga tabiatni asrash g‘oyasini singdirishning pedagogik mexanizmlari tahlil qilingan. Tadqiqotda ekologik ta’lim-tarbiya jarayonini modernizatsiya qilish, o’quvchilarda tabiatga nisbatan mas’uliyatli munosabatni shakllantirishning didaktik imkoniyatlari va metodik usullari ilmiy asoslab berilgan. Shuningdek, nazariy bilimlarni amaliy ekologik faoliyat bilan integratsiya qilish samaradorligi natijalar asosida yoritilgan
Nusratova Setora Dilshod qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72805 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 DARS JARAYONIDA O’QUVCHILAR MOTIVATSIYASINI OSHIRUVCHI OMILLAR https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72806
Maqolada ta’lim jarayonida o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish va o‘quv motivatsiyasini shakllantirishning pedagogik-psixologik mexanizmlari tadqiq etilgan. Tadqiqotda motivatsiyaga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar, o‘qituvchining kommunikativ mahorati hamda innovatsion ta’lim texnologiyalarining o‘rni tahlil qilinadi. Natijalar o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga bo‘lgan munosabatini ijobiy tomonga o‘zgartirish bo‘yicha metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi
Jumayeva Goʻzal Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72806 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 O‘QITUVCHILARNING IQTISODIY KOMPETENSIYASINI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72843
Mazkur ilmiy tadqiqotda o‘qituvchilarning iqtisodiy kompetensiyasini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tizimli yondashuv asosida tahlil etilgan. Tadqiqot doirasida iqtisodiy kompetensiya tushunchasining mazmun-mohiyati, uning pedagogik ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati, shuningdek, zamonaviy kompetensiyaviy yondashuv, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim, faoliyatga asoslangan o‘qitish va refleksiv pedagogika tamoyillari asosida rivojlantirish mexanizmlari asoslab berilgan. Metodologik jihatdan tadqiqotda tizimli, integrativ, kompetensiyaviy, aksiologik va akmeologik yondashuvlar uyg‘unlashtirilgan holda iqtisodiy kompetensiyani shakllantirish modeli ishlab chiqilgan. Shuningdek, innovatsion pedagogik texnologiyalar, raqamli ta’lim resurslari hamda interfaol metodlardan foydalanish orqali o‘qituvchilarning iqtisodiy bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlari yoritilgan. Tadqiqot natijalari pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, ta’lim jarayonida iqtisodiy savodxonlikni oshirish hamda bozor iqtisodiyoti sharoitida samarali faoliyat yurituvchi raqobatbardosh o‘qituvchilarni tayyorlashga xizmat qiladi
Sohibov Akram Rustamovich, Zaripova Ziyoda Odiljon qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72843 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 MINTAQA OLIY TA’LIM TIZIMIDA ILMIY FAOLIYAT VA TA’LIM SIFATINING IQTISODIY O‘SISHGA TA’SIRI: SEM YONDASHUVI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72851
Mazkur maqolada mintaqa oliy ta’lim tizimida ta’lim sifati va ilmiy faoliyatning iqtisodiy o‘sishga ta’siri strukturaviy tenglamalar modeli (SEM) asosida baholanadi. Tadqiqotda oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati, ta’lim jarayoni sifati hamda ularning hududiy iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Olingan natijalar oliy ta’lim tizimini rivojlantirish mintaqaning barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi
Egamov Sevinchbek Maxsud o‘g‘li Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72851 Mon, 26 Jan 2026 00:00:00 +0000 SHASHMAQOM TALQIN SHO‘BALARINING IJROCHILIK XUSUSIYATLARI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72964
Mazkur ilmiy maqolada Shashmaqom ashula bo‘limi tarkibiga kiruvchi Talqin sho‘balari va ularning ijrochilik xususiyatlari musiqashunoslik nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi. Talqin tushunchasining etimologik mazmuni, usul sifatidagi o‘rni, maqom tizimidagi vazifalari hamda Nasr va Ufar sho‘balari bilan musiqiy-intonatsion aloqadorligi yoritiladi. Buzruk, Rost, Navo, Dugoh va Segoh maqomlaridagi Talqin sho‘balari misolida ularning lad-ohang tuzilishi, doyra usuli, shakliy qismlari va badiiy-estetik ahamiyati ochib beriladi. Maqola milliy musiqashunoslik an’analari va zamonaviy ilmiy yondashuvlar asosida yozilgan bo‘lib, Shashmaqom ijrochiligini chuqurroq anglashga xizmat qiladi
Sohiba Abdullayeva Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72964 Tue, 27 Jan 2026 00:00:00 +0000 MUSIQIY TA’LIMDA USTOZ–SHOGIRD MUNOSABATINING PEDAGOGIK VA IJROCHILIK AHAMIYATI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72965
Mazkur maqolada musiqiy ta’lim tizimida ustoz–shogird munosabatining tarixiy, pedagogik va ijrochilik ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Xususan, an’anaviy o‘zbek musiqasi va cholg‘u ijrochiligi ta’limida individual yondashuv, shogird shaxsini shakllantirish, ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda ustozning roli yoritiladi. Zamonaviy ta’lim sharoitida innovatsion texnologiyalar va qadimiy ustoz–shogird an’analarining uyg‘unligi masalalari ochib beriladi. Tadqiqot musiqiy pedagogika va ijrochilik amaliyotida ustoz–shogird munosabatini takomillashtirishga qaratilgan
Isroil Rustamov Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72965 Tue, 27 Jan 2026 00:00:00 +0000 O‘ZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY ETISHNING IQTISODIY SAMARADORLIKKA TA’SIRINI STATISTIK TAHLILI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72989
Mazkur maqolada O‘zbekistonda raqamli texnologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri statistik tahlil asosida o‘rganiladi. Tadqiqotda sanoat, xizmat ko‘rsatish va moliya sektorlarida raqamli texnologiyalardan foydalanish darajasi bilan mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish hajmi hamda rentabellik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilinadi. Ma’lumotlar bazasi sifatida rasmiy statistika materiallari va tarmoqlar kesimidagi dinamik qatorlar asosida iqtisodiy-statistik modellar quriladi. Shuningdek, raqamli transformatsiya jarayonining hududiy xususiyatlari hamda uning iqtisodiy samaradorlikka ta’siri omillar kesimida baholanadi. Tadqiqot natijalari raqamli texnologiyalarni keng joriy etish bo‘yicha davlat siyosatini takomillashtirish hamda iqtisodiy samaradorlikni oshirishga qaratilgan strategik qarorlarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi
Meyliyev Farrux Ikrom o‘g‘li Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72989 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 RIGHT OF WOMEN WITH DISABILITIES TO USE SURROGATE MATERNITY SERVICES https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73043
This article analyzes the right of women with disabilities to use surrogacy services based on the legislation of Uzbekistan and international legal norms. It highlights international guarantees of reproductive rights of women with disabilities within CRPD, CEDAW, ICESCR, WHO and Council of Europe documents. The experience of foreign countries, existing problems in the practice of Uzbekistan, safety and legal gaps, as well as proposals for regulating ART processes are presented
Dinara Babajanova Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73043 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 SURROGAT ONALIK SHARTNOMASI: ZAMONAVIY MUAMMOLAR VA O'ZBEKISTONDA TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73044
Maqolada surrogat onalik shartnomasining huquqiy tabiati, zamonaviy amaliyotdagi muammolar va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida tartibga solishning mavjud holati tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida surrogat onalik institutining xorijiy mamlakatlardagi tajribasi, shartnoma shartlari, tomonlarning huquq va majburiyatlari, nizoli vaziyatlarni hal qilish mexanizmlari o'rganilgan. Muallif O'zbekistonda surrogat onalik shartnomasini tartibga soluvchi qonunchilik bazasining yetishmaskigi, amaliyotda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni aniqlagan. Maqolada surrogat onalik shartnomasining fuqarolik-huquqiy tomonlari, oila huquqi bilan bog'liqligi, shuningdek, axloqiy-etik masalalar muhokama qilingan. Tadqiqot natijalari asosida milliy qonunchilikni takomillashtirish bo'yicha amaliy takliflar ishlab chiqilgan
D.I.Babajanova Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73044 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINING RIVOJLANISHI TARIXIGA DOIR BAZI MASALALAR https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73045
Mazkur maqolada O‘zbekistonda gender siyosatini amalga oshirish jarayonlari, xotin-qizlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi o‘rni hamda mavqeini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Unda ayollar huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, teng huquq va imkoniyatlar yaratish borasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, gender tenglik siyosatining demokratik jamiyat barpo etishdagi ahamiyati hamda ayollarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali barqaror taraqqiyotga erishish imkoniyatlari asoslab beriladi
Abdolniyazova Nilufar Davronbekovna Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73045 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 QASHQADARYO VILOYATI TOPONIMLARINING LEKSIK-SEMANTIK TAHLILI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73050
Ushbu maqolada Qashqadaryo viloyati geografik nomlarining leksik-semantik xususiyatlari tahlil qilingan. Tadqiqotda toponimlarning etimologik kelib chiqishi, semantik tuzilishi va tarixiy-madaniy konteksti o'rganilgan. Natijalar Qashqadaryo viloyati geografik nomlarining O'rta Osiyo turkiy tillarining tarixiy rivojlanishi va mintaqaning etnolingvistik xususiyatlarini aks ettirishini ko'rsatadi
Sattorova Sumbulaoy Qaxramon qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73050 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 РОЛЬ ВИТАМИНА D В РЕПРОДУКТИВНОМ ЗДОРОВЬЕ ЖЕНЩИНЫ https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73051
Витамин D играет важную роль в регуляции репродуктивной функции женщины, влияя на гормональный баланс, овуляцию и состояние эндометрия. Его дефицит может быть связан с нарушениями менструального цикла, бесплодием и осложнениями беременности
Тухтаева Нигина Хайитмуродовна, Бурхонова Аниса Боймуротзода Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73051 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 BOJXONA TOʻLOVLARIDAN QARZDORLIKNING KELIB CHIQISH SABABLARI VA ULARNING OLDINI OLISH CHORALARI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73052
Maqolada bojxona toʻlovlaridan qarzdorlikning shakllanish omillari va ularni kamaytirish mexanizmlari tahlil qilingan. Statistik maʼlumotlari asosida qoʻshimcha hisoblangan bojxona toʻlovlari dinamikasi oʻrganilib, bojxona qiymati, imtiyoz va preferensiyalarni notoʻgʻri qoʻllash qarzdorlikning asosiy manbalari ekanligi aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida bojxona organlari fiskal faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan amaliy takliflar ishlab chiqilgan
Pardayev Toʻlqin Nasirovich, Mavlonov Bahromali Qodirovich Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73052 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 SOLIQ IMTIYOZLARINING HUQUQIY ASOSLARI VA ULARNING INVESTITSIYALARDAGI O‘RNI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73053
Maqolada investitsiya jarayonlarini faollashtirishda soliq imtiyozlarining o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Soliq imtiyozlarining huquqiy asoslari, ularning investitsiya muhitiga ta’siri hamda xalqaro va milliy tajriba tahlil qilingan. O‘zbekiston sharoitida soliq yengilliklarini maqsadli va samarali qo‘llash zarurligi asoslab berilgan.
Jumabaeva Aziza Djengisbaevna Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73053 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 BOSHLANG'ICH SINFLARDA NUTQIY SAVODXONLIK OMILLARI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73054
Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’lim jarayonida o‘quvchilarning nutqiy savodxonligi va lingvistik kompetensiyasini rivojlantirish masalalari kompetensiyaviy yondashuv asosida yoritilgan. Unda ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarini integratsiyalash orqali o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, ijodiy faolligi hamda nutq madaniyatini shakllantirishning didaktik va metodik imkoniyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, badiiy matnlar, grafik matnlar, audio va video materiallar asosida lingvistik resurslardan foydalanishning ta’lim samaradorligiga ta’siri ochib berilgan. Tadqiqot natijalari nutqiy savodxonlikni rivojlantirishda ijodiy yozma ishlar, matn ustida ishlash va kommunikativ kompetensiyani shakllantirish muhim omil ekanini ko‘rsatadi
Mambetaminov Nurlibay Mambetsapaevich Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73054 Wed, 28 Jan 2026 00:00:00 +0000 MUSTAQILLIKDAN KEYINGI DAVRDA O‘ZBEKISTON-QOZOG‘ISTON STRATEGIK SHERIKLIGINING RIVOJLANISHI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73110
Ushbu maqolada Mustaqillikdan keyingi davrda O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari hamda hozirgi holati tahlil qilinadi. Ikkala davlat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, savdo, transport-logistika, energetika, madaniy-gumanitar va xavfsizlik sohalaridagi hamkorlik aloqalarining evolyutsiyasi tarixiy va tizimli yondashuv asosida yoritiladi
Ramatov Murat Qalvayevich Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73110 Thu, 29 Jan 2026 00:00:00 +0000 MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA NUTQ NUQSONLARINI ERTA ANIQLASH VA OLDINI OLISH MASALALARI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73117
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq nuqsonlarini erta aniqlash va ularning oldini olish masalalari ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan yoritilgan. Tadqiqotda nutq rivojining psixologik-pedagogik xususiyatlari, nutq nuqsonlarining asosiy turlari va kelib chiqish sabablari tahlil qilingan. Shuningdek, logopedik diagnostika, korreksion ishlarning ahamiyati hamda nutq nuqsonlarini oldini olishda maktabgacha ta’lim muassasalari va oilaning o‘rni asoslab berilgan. Maqolada nutq nuqsonlarini bartaraf etishga qaratilgan samarali pedagogik va logopedik yondashuvlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari tarbiyachilar, logopedlar va ota-onalar uchun metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega
Sultanova Jasmina Quatbay qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73117 Thu, 29 Jan 2026 00:00:00 +0000 DISLALIYA BILAN OG‘RIGAN BOLALARDA ARTIKULYATSION MASHQLARNING SAMARADORLIGI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73118
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda dislaliya nutq nuqsonini aniqlash va bartaraf etishda artikulyatsion mashqlarning samaradorligi ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilingan. Tadqiqotda dislaliyani keltirib chiqaruvchi asosiy sabablar, artikulyatsion apparatning rivojlanishi va mashqlar orqali nutq tovushlarini to‘g‘ri shakllantirish metodikasi yoritilgan. Shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalari va ota-onalar bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan logopedik mashg‘ulotlarning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Tajriba natijalari artikulyatsion mashqlarning dislaliya bilan og‘rigan bolalarda nutq faolligini oshirish va tovush talaffuzini yaxshilashda yuqori samaradorligini tasdiqlaydi. Maqola logopedlar, pedagoglar va ota-onalar uchun amaliy metodik tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
Sultanova Jasmina Quatbay qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73118 Thu, 29 Jan 2026 00:00:00 +0000 DIZARTRIYA TASHXISIDA LOGOPEDIK YONDASHUVLARNING ZAMONAVIY USULLARI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73119
Ushbu maqolada dizartriya tashxisida zamonaviy logopedik yondashuvlar, ularning metodik xususiyatlari va amaliy qo‘llanilishi tahlil qilingan. Tadqiqotda dizartriya shakllari, artikulyatsion va nafas mashqlarining roli, shuningdek kompyuter va interaktiv texnologiyalar yordamida nutq korreksiyasining samaradorligi yoritilgan. Mashg‘ulotlar individual tarzda ishlab chiqilgan va bemorning nutq rivojini kompleks rivojlantirishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari logopedlar, nevrologlar, pedagoglar va ota-onalar uchun metodik jihatdan muhim ahamiyatga ega bo‘lib, dizartriya bilan og‘rigan bemorlarning nutq rivojini samarali ta’minlashga xizmat qiladi
Sultanova Jasmina Quatbay qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73119 Thu, 29 Jan 2026 00:00:00 +0000 ALALIYA BILAN OG‘RIGAN BOLALARDA LUG‘AT BOYLIGINI RIVOJLANTIRISH METODIKASI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73120
Ushbu maqolada alaliya bilan og‘rigan bolalarda lug‘at boyligini rivojlantirishning metodikasi, samarali logopedik yondashuvlar va pedagogik usullar ilmiy-pedagogik nuqtai nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda lug‘at boyligini oshirishning asosiy metodlari: artikulyatsion mashqlar, so‘zlarni tushunish va ishlatish mashqlari, interaktiv o‘yinlar va audio-vizual materiallar orqali nutqni rivojlantirish ko‘rsatildi. Shuningdek, individual yondashuv va ota-onalar bilan hamkorlikning ahamiyati, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish samaradorligi ko‘rsatildi. Tadqiqot natijalari logopedlar, maktabgacha ta’lim tarbiyachilari va ota-onalar uchun amaliy ahamiyatga ega.
Sultanova Jasmina Quatbay qizi Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73120 Thu, 29 Jan 2026 00:00:00 +0000 NERV TOLALARİNİNG TUZİLİSH XUSUSİYATLARİ VA NERV İMPULSLARİNİNG O‘TKAZİLİSH MEXANİZMLARİ https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73124
Ushbu annotatsiyada nerv tolalarida qo‘zg‘alishning tarqalish jarayoni zamonaviy fiziologik qarashlar asosida batafsil yoritilgan. Nerv impulslarining hosil bo‘lishi, ularning nerv tolasi bo‘ylab uzatilishi hamda bu jarayonning nerv tolasi tuzilishiga bog‘liqligi ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Mielinli va mielinsiz nerv tolalarining morfologik va funksional farqlari, qo‘zg‘alishning uzluksiz hamda sakrab (saltator) tarqalish mexanizmlari solishtirma asosda ko‘rib chiqilgan. Ranve bo‘g‘imlarida ion kanallarining yuqori zichlikda joylashuvi harakat potensialining tez va ishonchli o‘tishini ta’minlashi asoslab berilgan.
Ibragimova Shahnoza Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73124 Thu, 29 Jan 2026 00:00:00 +0000 POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLARNING ILMIY-NAZARIY MOHIYATI, KELIB CHIQISHI, TURLARI, FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73129
Ushbu maqolada polimer va kompozit materiallarning ilmiy-nazariy mohiyati, kelib chiqishi, turlari hamda fizik-kimyoviy xususiyatlari o‘rganiladi. Maqolada polimerlarning tabiiy va sun’iy manbalari, kompozit materiallarning tarkibi va ularning sanoat va kundalik hayotdagi qo‘llanilishi haqida ilmiy izoh berilgan. Shuningdek, polimer va kompozit materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlari, ularni sinovdan o‘tkazish metodlari va turli sohalarda qo‘llanilish imkoniyatlari batafsil tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari polimer va kompozit materiallar bilan ishlash jarayonida ularning samaradorligini oshirish va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishda ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
S.M.Otajonov , A.Y.Yo`ldashev Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73129 Thu, 29 Jan 2026 00:00:00 +0000 BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH BO‘YICHA KONVENSIYASI VA UNDA O‘ZBEKISTONNING ISHTIROKI https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73158
Maqolada  2003-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining  Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tomonidan qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasining qabul qilinish tarixi, sabablari, tuzilishi faoliyat mexanizmi unga a‘zo davlatlarning ishtiroki,konvensiya doirasida amalga oshirilgan samarali ishlar shuningdek  O‘zbekiston tomonidan  konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi va uning yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi o‘rni yoritib beriladi.
Ergashev Jahongir Sheraliyevich, Mavlonberdiyev Asadbek Murodjon o‘g‘li Copyright (c) 2026 https://www.in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/73158 Fri, 30 Jan 2026 00:00:00 +0000